Научная статья на тему 'QO’QON BUYUK ALLOMALAR MUZEYI FAOLIYATI VA EKSPOZITSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

QO’QON BUYUK ALLOMALAR MUZEYI FAOLIYATI VA EKSPOZITSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
264
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muzeylar / milliy madaniy hayot / madaniy markaz / milliy qadriyat / ma'naviy madaniyat yodgorliklari / muzey madaniyati / muzey fondi / ekspozitsiya. / museums / national cultural heritage / cultural center / national values / monuments of spiritual culture / museum culture / museum fund / exposition.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — F. Hasanova

Maqolada Qo’qon Buyuk allomalar muzeyi faoliyati, tashkil etilish tarixi hamda ekspozitsiyasini o’rganish va ekspozitsiyasini takomillashtirish masalalariga doir taklif va mulohazalarni bayon etilgan. Unda bugungi kunda Uchinchi Renessans yo‘lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda muzeylar milliy madaniy merosni saqlash markazi sifatida tadqiq qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE ACTIVITY AND EXPOSITION OF THE MUSEUM OF GREAT SCHOLARS OF KOKAN

The article deals about the activities of the Museum of the great scientists of Kokan, the history of its creation, the study of its exposition, suggestions and comments on improving its exposition. It explores museums as centers for the preservation of the national cultural heritage in the large-scale work carried out today in our country on the way to the Third Renaissance.

Текст научной работы на тему «QO’QON BUYUK ALLOMALAR MUZEYI FAOLIYATI VA EKSPOZITSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QO'QON BUYUK ALLOMALAR MUZEYI FAOLIYATI VA EKSPOZITSIYASINI

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Hasanova Feruza Rahmonalievna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7110327

Annotatsiya. Maqolada Qo'qon Buyuk allomalar muzeyi faoliyati, tashkil etilish tarixi hamda ekspozitsiyasini o'rganish va ekspozitsiyasini takomillashtirish masalalariga doir taklif va mulohazalarni bayon etilgan. Unda bugungi kunda Uchinchi Renessans yo'lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarda muzeylar - milliy madaniy merosni saqlash markazi sifatida tadqiq qilinadi.

Kalit so'zlar: muzeylar, milliy madaniy hayot, madaniy markaz, milliy qadriyat, ma'naviy madaniyat yodgorliklari, muzey madaniyati, muzey fondi, ekspozitsiya.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ЭКСПОЗИЦИИ МУЗЕЯ ВЕЛИКИХ УЧЕНЫХ КОКАНА

Аннотация. В статье рассказывается о деятельности Музея великих ученых Кокана, истории его создания, изучении его экспозиции, предложениях и замечаниях по вопросам совершенствования его экспозиции. В ней исследуются музеи как центры сохранения национального культурного наследия в масштабной работе, проводимой сегодня в нашей стране на пути к Третьему Возрождению.

Ключевые слова: музеи, национальное культурное наследие, культурный центр, национальные ценности, памятники духовной культуры, музейная культура, музейный фонд, экспозиция.

ISSUES OF IMPROVING THE ACTIVITY AND EXPOSITION OF THE MUSEUM OF

GREAT SCHOLARS OF KOKAN

Abstract. The article deals about the activities of the Museum of the great scientists of Kokan, the history of its creation, the study of its exposition, suggestions and comments on improving its exposition. It explores museums as centers for the preservation of the national cultural heritage in the large-scale work carried out today in our country on the way to the Third Renaissance.

Keywords: museums, national cultural heritage, cultural center, national values, monuments of spiritual culture, museum culture, museum fund, exposition.

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, qator qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Pr ezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida"gi PF -4947-son Farmoni [1] bilan tasdiqlangan "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi" hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarorini ijro etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi "2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-son qarori [ 2] qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturga muvofiq quyidagilar ishlab chiqildi:

- 2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi;

- 2018-2027-yillarda davlat muzeylari binolarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlashning manzilli dasturi;

- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va bo'limlari ro'yxati.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, tariximiz boy madaniyatimiz va o'ziga xos urf -odatlar va an'analarimizni tiklash, ularni asrab-avaylash uchun juda ko'plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlar orasiga ajdodlarimizga bo'lgan hurmat, ularning ruhini abadiylashtirishga bo'lgan xatti-harakatlarni ham qo'shishimiz mumkin. Zotan, tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. Shu boisdan mustaqillikka erishganimizdan so'ng o'z tariximizni anglash va yod etish maqsadida ko'plab yangi muzeylar tashkil qilindi. Shunday muzeylardan biri bizning buyuk o'tmishimiz aks etgan muzey - Buyuk allomalar muzeyi hisoblanadi. Qo'qon shahrida joylashgan ushbu muzey yangi muzey hisoblanadi.

2018-yilda Qo'qon shahrida tashkil topgan Buyuk allomlar muzeyi yurtimizda ilk bor tashkil etilgan qomusiy olimlar faoliyatini aks ettirgan muzey hisoblanadi. Shu kunga qadar muzey tashkil topish tarixi, uning ekspozitsiyasi hamda bo'limlarining tadqiq etilmaganligi mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. Ajdodlar merosiga hurmat, yosh avlodni barkamol va ilm-ma'rifatli qilib tarbiyalashda mazkur muzeyning o'rni beqiyos hisoblanadi.

Ushbu muzey binosi ilgari Qo'qon shahar musiqali drama teatri binosi bo'lgan. Ushbu teatrga 1915-yilda Shohid Miroqilov tomonidan asos solingan. O'tgan bir asrlik davr mobaynida zabardast ijodkorlar tomonidan ko'plab shoh asarlar ham ushbu teatr binosida o'tkazilgan. Biroq so'nggi yillarda bu teatr binosi ancha ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. Prezidentimizning topshiriqlari asosida amalgam oshirilgan bunyodkorlik ishlari madaniyat va san'at xodimlariga bo'lgan yuksak e'tibor ifodasi bo'ldi. O'tgan davr mobaynida teatr binosi tubdan yangilandi. Aktyorlarning ishlashi, dam olishi, spektakllarga tayyorgarlik ko'rishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Ushbu ansambldan o'rin olgan "Buyuk allomalar muzeyi" ham milliy qadriyatlarimiz, milliy ma'naviyatimizning eng noyob boyliklari o'zida jamlangan. Muzeyning ilmiy konsepsiyasi yangitdan ishlab chiqildi va uning asosida tematik ekpozitsiya rejasi tuzildi va ekspozitsiya ishlari boshlab yuborildi.

Muzeyni davlatimiz rahbari taklifi bilan "Buyuk allomalar muzeyi" deb nomlangan. Muzeyda o'rta asrlar, temuriylar davri, Qo'qon xonligi va mustamlakaga qadar yashab ijod etgan allomalarimizga oid eksponatlar, asarlar, suratlar yig'ilmoqda. Bu yerga tashrif buyuruvchilar buyuk ajdodlarimiz hayoti, bosib o'tgan yo'llari, ijod mahsullari haqida to'laqonli ma'lumot oladi. Buyumlar, turli idishlar esa o'sha davr turmush tarzidan darak beradi.

Muzey eksponatlari jami uch qavatda joylashgan bo'lib, xonalar va yo'lkalarga juda ham chiroyli bezak berilgan, zamonaviy va milliy uslublar uyg'unlikda ishlangan. Muzeyda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston hududida yashab o'tgan buyuk mutafakkirlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Uvaysiy, Nodira va boshqa bir qator boshqa allomalar asarlarining asl nushalari, Qur'oni Karim kitobi va undan ko'chirmalar, ayol va erkaklar liboslari, taqinchoq, zeb-ziynatlari, madrasa va masjidlar maketlari va boshqa osori-atiqalar o'rin olgan. Muzey uch qavatdan iborat binoda joylashgan bo'lib, muzey ekspozitsiyasi 5 bo'limdan iborat. Muzeyning birinchi qavatidagi ekspozitsiyalar Markaziy Osiyodagi qa dimgi sivilizatsiya davrini o'z ichiga oladi va V asrdan IX asrgacha yashab ijod qilgan allomalarimizga tegishli bo'lgan buyumlar va asarlar saqlanadigan 1-zal, Temuriylar davri zali 2-zal va Qo'qon xonligida yashab ijod qilgan allomalar zalidan iborat.

Ekspozitsiyada Muso Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot va uning eng mashhur asarlaridan biri bo'lgan "Zij Ko'ragoniy" jadvalidan ko'chirma qo'lyozma nusxa o'rin olgan.

Ikkinchisi, Abu-Nasr al-Forobiy va uning eng mashhur asarlaridan biri "Aqoid mulla Jalol" va "Fozil odamlar shahri" asarlari joylashgan.

Muzey ekspozitsiyadan Abu Rayhon Beruniy va uning "Hindiston" asaridan nusxa joy

olgan.

Keyingi namoyishda, Abu Ali Ibn Sino va ular haqida ma'lumot, tabobatga oid ko'chirma nusxalar o'rin olgan.

Ekspozitsiyaning navbatdagi qismi Imom al-Buxoriyga bag'ishlangan. Bundan tashqari muzey ekspozitsiyasidan uning muqaddas kitob "Qur'oni Karim"dan keyingi o'rinda turadigan yana bir muqaddas kitob "Hadis" kitoblari o'rin olgan.

Muzeyda Qo'qon qog'oziga ko'chirilgan Qur'on kitobi nusxasi va shuningdek, nusxa yonida shamdon, lavh va siyoh mavjud.

Muzey zali devorida rassom Shavkat Zohidov tomonidan mo'yqalamda ishlangan mahobatli devoriy tasvir mavjud. Ushbu suratda yuqorida aytib o'tilgan barcha allomalarimizning tasvirlari butun bir kompozitsiya qilib yaratilgan.

Ikkinchi zal, bu temuriylar davrini aks ettiruvchi zal. Ushbu zalda XIV-XV asrlarni namoyon qiladi. Ekspozitsiyada Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning bronzadan ishlangan byustlari o'rin olgan. shu bilan birga temuriylarga oid Temurnoma asaridan ko'chirma nusxalar, temuriylar va shayboniyxonlar davrida ishlatilgan kumush tangalar kolleksiyasini ko'rishimiz mumkun. Devorning bir tarafida esa Amir Temur bosib olgan hududlarning qisman ko'rsatilgan xaritasi mavjud.

Ushbu zal Amir Temur davridan boshlanib, Zahiriddin Muhammad Bobur davri madaniyatini o'z ichiga oladi. Ekspozitsiyada, Zahiriddin Muhammad Boburning bronzadan ishlangan byusti mavjud. Shu bilan birga "Boburnoma" asari va "Hindiston" haqida yozilgan asarlardan ko'chirma nusxalar o'rin olgan.

Uchinchi zal, Amir Temur davrida uning saroyida xizmat qilgan allomalarimizning namoyondalariga tegishli zal hisoblanadi. Amir Temurning eng sevimli ijodkorlari bo'lgan, At -Taftasoniy va Komil Xo'jandiy kabi allomalar haqida ma'lumotni ushbu zaldan olishimiz mumkun. At- Taftasoniyning Amir Temur haqidagi asarlaridan ko'chirmalar tomoshabinlar e'tiboriga havola qilingan. Komil Xo'jandiyning esa turli xil g'azallari va bitta devoni mavjud.

Keyingi zalda, Uvaysiy, Nodirabegim, Zavqiy, Gulxaniy, Amiriylarning hayoti haqida ma'lumotlar va ularning nodir asarlaridan namunalar mavjud.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Muzeyning ikkinchi qavati ikki qismga ajratilgan. Bu yerda ikkita zal mavjud. Birinchi zal, jadidchilik namoyondalari zali, ikkinchisi esa XX-XXI asrlarda yashab o'tgan Akademiklar zali.

Muzeyning ikkinchi qavatidagi "Jadidchilik namoyondalari" zalida Jadidchilik har akati namoyondalaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy hisoblanadi. Behbudiy Yevropa davlatlarida bo'lgan va u yerda ta'lim tizimi, maktablar haqida chuqur tushunchaga ega bo'lgan. Birinchi bo'lib, maktablarni Turkistonga olib kelishga muvaffaq bo'lgan. Ekspozitsiyada Behbudiyning "Oyna" jurnali, o'quv darsliklari ko'chirma nusxalari joylashtirilgan.

Yana bir jadidchilik namoyondasi Abdurauf Fitrat bo'lib, ekspozitsiyada uning ilk jurnallari, asarlaridan namunalar berilgan.

Zaldan yurib borarkanmiz, ekspozitsiyada Qo'qon qog'ozi ishlab chiqarilishini aks ettirgan maket mavjud. Bu yerda Qimmatli Qo'qon qog'ozining bosqichma -bosqich ishlanishi uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar mavjud. Ammo, hozirgi kunga kelib, ushbu sex mavjud emas. Ekspozitsiyada Qo'qon qog'oziga yozilgan xattotlik san'ati namunalari mavjud.

Keyingi ekspozitsiyada, Qo'qon xonligiga oid bo'lgan erkaklar va ayollar liboslari, taqinchoqlari bo'limi mavjud.

Hunarmadchilik bo'limi. Ushbu bo'limda Qo'qonning mashhur ustalari tomonidan yaratilgan yog'och buyumlar, jihozlar o'rin olgan. Shu bilan birga, sopol idishlar, ko'za, lagan, ro'zg'or uchun kerakli maxsus idishlar va xumdonlar tomoshabinlar e'tiboriga havola qilingan.

Ikkinchi bo'lim, O'zbekistonda XX-XXI asrlarda yashagan akademiklar zali. Ushbu zalga kirish yo'lagi devori Qo'qonning mashhur ustalari tomonidan yog'ochdan ishlangan o'ymakori naqshinkor devor mavjud.

Qori Niyoziy ilk bora fizika-matematika fanlarini chuqur targ'ib qilgan. Ilk maktablarga fan tariqasida kirgizib, turli dasturlar tuzgan akademik olimga tegishli bo'lgan ma'lumotlar va avtoportret mavjud.

Muhammadjon O'rozboyev kuchli pedagog, Moskva Davlat Universtitetida tahsil olgan. Mehanika fanlari bo'yicha professor olim, akademik unvoniga sazovor bo'lgan. Ekspozits iyada uning mehanika fanlari bo'yicha darsliklari va o'zining avtoportreti joy olgan.

Yana bir yirik namoyonda Dilshod Ahmedov. Professor, ilk bora zoologiya va biologiya fanlarini ta'sis qilgan, akademik pedagog hisoblanadi.

Muzeyning oxirgi uchinchi qavati - kutubxona. Ushbu kutubxona katta, yorug', zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan va barcha talablarga javob beradigan tarzda jihozlangan. Bu yerda ikki xil turdagi kutubxona mavjud. Elektron tarzdagi kompyuterlashtirilgan kutubxona va ilmiy adabiy kitoblar bilan jihozlangan kutubxona. Kutubxonadagi kitoblar soni unchalik ko'p emas. Kutubxona xazinasidagi kitoblar asosan Farg'ona, Qo'qon tarixi va allomalarimizga oid adabiyotlardan iborat.

TADQIQOT NATIJALARI

Muzey qoshida "Allomalar vorislari" nomli o'quv-axborot markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz ilmga va ijodiy faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini o'tamoqda.

Muzey dastlab teatr binosi vazifasini o'tagan. Ammo turli sabab va vaqt ushbu binoga o'zining salbiy ta'sirini o'tqazmay qolmagan albatta. Ammo prezidentimiz Sh.M.Miromonovichning tashabbuslari bilan ushbu teatr binosi qayta ta'mirlanib, muzey uchun ham alohida bino ajratilgan. Muzeyga kirib zamonaviy va chiroyli muzeyni ko'rish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Muzey uch qavatdan iborat. Muzey zamonaviy, yorug', interyer va ekspozitsiyalar joylashuvi bir biriga mos tushgan. Ammo, aytib o'tish joizki, muzeyda bir qancha muammolar ham mavjud. Bizga ayonki, ekskursiya o'tilayotganda tomoshabinni diqqati ekskursiya o'tuvchida bo'ladi. Lekin u to'liq va qiziqarli ekskursiya olib bora olmasa tabiiyki, mehmonda zerikish paydo bo'ladi. U imkon boricha muzey haqida to'liq ma'lumot berishi, har bir eksponat haqida ham to'liq ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Ekskursiya - bu muzey uchun birinchi reklama hisoblanadi.

MUHOKAMA

Muzey hali yangi bo'lganligi sababli, bir qator kamchiliklarga ega. Birinchi o'rinda reklama. Reklama bilamizki, juda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni, qariyalarni, turistlarni, umuman aholini muzeyga chaqirishning yo'li bu reklama bilan. Avvalo, tashrif buyuruvchi muzey qanday joy ekanligi haqida tushunchaga ega bo'lishi lozim. Odamlar ichida, muzey bu shunchaki eski buyumlar saqlanadigan, zerikarli joy deya tushunadiganlar ham afsuski yo'q emas. Bo'lajak mutaxassisilar bu kabi muammo va tushunchalarni imkon boricha bartaraf qilishga harakat qilishi lozim. Muzeylar uchun reklamalarni kuchaytirish, internet saytlar ochish, uni muntazam yangiliklar bilan yangilab turish kerak. Mazkur muzey hali yangi bo'lgani bois, hech qanday reklamaga ega emas, buklet va internet rasmiy saytiga ham ega emas. Birinchi taklif sifatida buklet tayyorlash. Bukletda shu muzeyga oid bo'lgan biron bir eksponatni logotip qilib olish va qisqacha muzey haqida ma'lumot kiritib, muzey manzili va nomerlarini tayyorlas h. Navbatdagi taklif, muzey pedagogikasini qo'llash joiz. Bilamizki, manbalarda "Muzey pedagogikasi" tushunchasi bor. Bu tushuncha ilk bor XX asr boshlarida, Germaniyada yuzaga kelgan. Mazkur tushuncha hayotga joriy etilishida A. Lixtvark, A. Reyxven hamda R. Frotsdental kabi olim va amaliyotchilar nomi bilan tilga olingan. Muzeylarning qulay tarbiyaviy va ta'limiy muhitga alohida e'tibor qaratilib, "muzey pedagogikasi" tushunchasiga ilmiy jihatdan yanada keng yondashilgan. "Muzey pedagogikasi" tushunchasiga bir qator pedagog-olimlar tomonidan ta'rif berganlar. Bu borada jumladan, yuqorida tilga olingan germaniyalik olimlar o'z fikrlarini bayon qilishgan. Muzey pedagogikasi-bu muzey muhiti sharoitlarida o'tmish tajribalari, tarixiy, marifiy, madaniy qadriyatlarni pedagogik jarayon orqali kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Mazkur yo'nalishning keng ommalashuvining sababi muzeylarga tashrif buyuruvchilarni yanada jalb etish, turli noan'anaviy ta'lim -tarbiya metodlaridan foydalanib, yosh avlodda mamlakatimiz tarixini o'rganishlarida o'z hissasini qo'shishdan iborat. Buyuk allomalar muzeyida ham ushbu ta'limni qo'llash kerak. Muzeyda har bir zalga oid tarzda turlicha sahna ko'rinishlari, tadbirlar tashkil qilinsa, yosh avlod ham ko'proq qiziqish bilan tashrif bu yurishadi va ularning aqliy salohiyatiga ham ijobiy tasir ko'rsatadi. Yana bir taklif sifatida, hozir juda ommabop bo'lgan internet tarmog'idan unumli foydalanish ham muhim hisoblanadi. Bunda muzey uchun rasmiy sayt ochish, uni har kuni yangiliklar bilan yangilab turish, odamlarni qiziqtirish, jalb qilish kerak. Muzey xodimlari uchun maxsus ish kiyimi joriy qilish, kiyimda, albatta allomalar tasviri aks etgan muzeyga xos xususiyatlar namoyon bo'lishi maqsadga muvofiq. Ekskursiyani imkon boricha faqatgina o'zbek tilida emas, boshqa tillarda ham tashkil qilish. Muzeyga logotip tanlash, muzey muhitidan kelib chiqqan holda, eksponatlar ichidan har tomonlama muzeyni bir qarashda aks ettiruvchi logotip tanlash. Hozirda bizning yurtimiz turistik davlatlardan hisoblanadi. Bizning yurtimizga yiliga millionlab turistlar tashrif buyurmoqda. Turgan gapki, har bir turist internet orqali bemalol, mehmonxona, restoran va boshqa ma'lumotlarni ola oladi. Agar muzeyni ham internet orqali reklama qila olsak, uni har kuni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yangilab, ma'lumot va fotolar bilan boyitib tursak, tabiiyki sayt o'z o'zidan kengaya boshlaydi va o'z foydalanuvchilari ham ko'paya boradi. Turistlar ham bemalol qiynalmasdan topa olishi, tushunishi uchun albatta xorijiy tilda ham ma'lumotnoma kiritish kerak va shunda maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylaymiz. Muzey tashqi ko'rinishi muzey atamasiga unchalik mos emas. Chunki muzey teatr binosi hududida joylashgani uchun kichikroq hudud belgilangan va bu bino muzey haqida ma'lumotga ega bo'lmagan kishi bu binoni muzey deb o'ylamaydi. Kirish eshigi ham juda kichkina va binoning nisbatan ichida joylashgan. Bu turli noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki muzey o'ziga tomoshabinlarni jalb qilishi, tashrif buyuruvchilar uchun qulay bo'lishi kerak. Hozirgi kunda muzeylarimizga e'tiborni kuchaytirish, ularning faoliyatini tubdan o'rganish va toifalash bo'yicha bir qator qonunlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qaroriga muvofiq Davlat muzeylarining toifalari to'g'risida Nizom qabul qilingan. Nizomga ko'ra muzeylarni toifalash ko'zda tutilgan. Masalan, muzeyning fondida saqlanayotgan ashyolar, muzeyning binosi zamonaviy talablarga javob bera olishi, ekspozitsiyaning jahon standartlariga mosligi va eksponatlar soni muzeylarning toifalarini belgilashda asosiy ko'rsatkichlar bo'lib hisoblanadi.

Masalan, muzey hali yangi bo'lsa, yoki asosiy fondida noyob muzey ashyolari, muzey kolleksiyalari mavjud bo'lmagan, eksponatlar saqlanish holati qoniqarli darajada, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan ta'minlanmagan, tashrif buyuruvchilarga yaratilgan qulayliklar darajasi past, ekspozitsiyasi jahon standartlari talablariga javob bermaydigan, xalqaro aloqalar yo'lga qo'yilmagan hamda eksponatlar soni 20 mingtagacha, muze yga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni 10 ming nafardan 20 ming nafargacha tashkil etgan bo'lsa- III toifa beriladi. Qo'qon Buyuk allomalar muzeyi hali yangi tashkil qilinganligi bois bu muzeyga 3 -toifa maqomi berilgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Qo'qon Buyuk allomalar muzeyi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-iyun kuni Farg'ona viloyatiga qilgan tashriflarida bergan topshiriqlariga asosan barpo etilgan. Qo'qon Buyuk allomalar muzeyi Markaziy Osiyoda yagona muzey hisoblanadi. Chunki Buyuk allomalar muzeyi aynan allomalarga bag'ishlangan muzey hisoblanadi va muzeyda faqatgina buyuk allomalarimiz hayoti, ularning ijodi, yashagan davri, madaniyat va ma'rifatga qo'shgan hissalari, ma'rifat yo'lida olib borgan izlanishu-mehnatlari namunalari hisoblanmish bitmas tuganmas madaniy yodgorliklar mavjud. Aynan allomalar uchun bag'ishlangan muzey nafaqat, Markaziy Osiyo balki, dunyo miqyosida bo'lmasa kerak.

Muzey faoliyatini yanada kuchaytirish uchun, tomoshabinlarni jalb qilish, muzey reklamasini kuchaytirish shart va muzey toifasini yuksaltirish lozim. Buning uchun muzey ekspozitsiyasini to'g'ri tashkil qilish, eksponatlar sonini nizom bo'yicha ko'paytirish, barcha sharoit va qulayliklarni yaratish, qiziqarli ekskursiyalar tashkil qilish lozim. Buning uchun muzey jamoasi birgalikda ishlashi, harakat qilishi lozim. Bunda, albatta, mutaxassislar muhim ahamiyatga ega.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni.//www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi "2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-son qarori // www.lex.uz

3. www.kun.uz

4. www.ziyonet.uz

5. www.google.com

6. http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5674.0

7. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/hamza-hakimzoda-niyoziy-1889-1929/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.