INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI I.V.SAVITSKIY NOMIDAGI DAVLAT SAN'AT MUZEYI ASOSCHISI I.V.SAVITSKIY HAYOTI VA IJODINING MUZEY
TASHKIL TOPISHIDA TUTGAN O'RNI Shardemetova Yulduzxan O'tepbaevna
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti. Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob'ektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash mutaxassisligi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6788121 Annotatsiya. Ushbu maqolada I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyining asos solinish tarixi o'rganilgan. Shuning bilan bir qatorda muzey asoschisi I.V.Savitskiyning hayoti va ijodining asosiy bosqichlari haqida so'z etilgan. Kalit so'zlar: muzey, arxeologiya topilmalari, diplomatikprotokol.
РОЛЬ ОСНОВАТЕЛЯ ГОСУДАРСТВЕННОГО ХУДОЖЕСТВЕННОГО МУЗЕЯ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН И. В. САВИЦКОГО И. В.
САВИЦКОГО В СТАНОВЛЕНИИ МУЗЕЯ Аннотация: В стате рассказывается об истории Каракалпакского государственного художественного музея имени И.В. Савицкого. Также с этим речь идет об основных этапах жизни и творчества основатель музея Савицкого.
Ключевые слова: музей, археологические находки, дипломатический протокол.
THE ROLE OF I.V. SAVITSKY, THE FOUNDER OF THE I.V. SAVITSKY STATE ART MUSEUM OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN, IN THE
ESTABLISHMENT OF THE MUSEUM Abstract. The article tells about the history of the Karakalpak State Art Museum named after I.V. Savitsky. Also with this we are talking about the main stages of the life and work of the founder of the Savitsky Museum.
Key words: museum, archaeological findings, diplomatic protocol.
KIRISH
Bugungi kunda I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat san'at muzeyi O'zbekistondagina emas, balki butun dunyoda mashhurdir. Ko'plab taniqli xorijlik san'atshunos mutaxassis va sayyohlar aynan shu muzeyni ko'rish uchun keladilar. Bu muzeyni ko'rish orzusidagilar esa undan ham ko'p. I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat san'at muzeyi mana necha yildirki O'zbekistonning sayyohlik yo'nalishlaridagi o'ziga xos asosiy manzilga aylangan. Bugungi kunda bu muzeyni «Saxrodagi Luvr», «Osiyo marvaridi», «Zamonaviy san'at Makkasi» deb atashadi. Bu tom ma'noda muzey tarixi, xorijning boshqa mashhur muzeylari ichida o'z o'rniga ega bo'lgan betakror to'plamiga munosib bahodir. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat san'at muzeyi Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining qarori bilan 1966 yilning fevralida tashkil topgan. Uning birinchi direktori moskvalik rassom Igor Vitalevich Savitskiy bo'lgan, u Moskvani tashlab, Nukus shahriga ko'chib kelgan va o'zining hayoti va ijodi taqdirini butun umrga Qoraqalpog'iston bilan bog'lagan edi. Mazkur o'lkaning madaniyati bilan tanishgan ilk kunlardanoq I. V. Savitskiy Xorazmning qadimgi va o'rta asrlardagi arxeologiya topilmalariga, qoraqalpoq xalqi va shu yerda yashab o'tgan boshqa tarixiy xalqlarning amaliy-bezak san'atiga qattiq mexr ko'ygan va keyinchalik Turkiston va rus avangardi dunyosini o'zi uchun kashf etgan. Qoraqalpog'iston
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
rahbariyati va ziyolilarining qo'llab-quvvatlashi natijasida I. V. Savitskiy qisqa muddat ichida muzeyning betakror to'plamini shakllantirishga muvaffaq bo'lgan.
Shu o'rinda muzeyning butun tarixi asoschi Igor Vitalievich Savitskiy bilan chambarchas bog'liq holda kechganligi u kishining shaxsiga va asosiy hayotiy voqealariga alohida to'xtalib o'tish o'rinli bo'ladi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Igor Vitalevich o'zi haqida juda kam so'zlagan, bu uning nazarida «arzimagan narsalarga» vaqtni bekorga sarflash bo'lgan. Buni u nafaqat kamtarligidan qilar edi. Balki asosiy sababi, ehtimol uning boobro' oiladan chikkanligi o'sha eski Ittifok davrida «siyosiy zararli» suhbat xisoblanganligidandir. Shu sababli bizga endi uning hayotidagi ko'p voqealarni sirliligicha qolishi tayin. 2007 yil muzey xodimlaridan bir nechtasi Savitskiyning oilasi va yaqinlari haqida ma'lumot to'plash uchun Kiev davlat arxiviga xizmat safariga yuborilgan.
1915 yil 4 avgustda advokat Vitaliy Viktorovich Savitskiy va Vera Timofeevna Florinskayaning ikki o'g'lining kenjasi Igor Vitalevich Savitskiy Kievda dunyoga keladi. Uning ukasi Viktor 1913 yilda tug'ilgan bo'lib, har ikki aka-uka ham bolaligidanoq o'sha davrning vatanparvarlik ruhida voyaga yetishadi. Ularning tog'asi Sergey Florinskiy ixtiyoriy ravishda armiyaga jo'nadi va 1914 yilda Germaniya frontida halok bo'ldi. Ehtimol, bu Viktorning harbiy kasbni tanlashiga sabab bo'lgan. Bundan tashqari Savitskiylar oilasining o'z vatanlariga bo'lgan muxabbati, oilaning qolgan a'zolari bilan birga Rossiyaga jo'nash istagini yengib chikdi. Ko'rinib turibdiki, bu yerda intellektuallik, aql-zakovat yuksak qadrlangan. Oilada madaniy-ma'naviy qadriyatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishgan. Oilaviy mulkda nafaqat eng boy kutubxona, balki ko'plab antiqa buyumlar ham mavjud bo'lib, ularni o'rganish bolalarda estetik didni rivojlantirishga yordam berdi. Oilada, bayramlarda, ko'pincha kutilmagan hodisalar bilan bezatilgan sahna ko'rinishlari bo'lib o'tardi. Uy o'qituvchisi (guvernentka) bolalarga fransuz tilini o'rgatadi va Vera Timofeevnaga katta yig'inlarda hamrohlik ham qilardi. Igorning ota-onasi, amakilari va holalari tez-tez Yevropaga sayohat qilib, u yerda ko'rganlari va madaniy hayot haqidagi yangiliklari, taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar. Igorning buvisi mohir chevar bo'lib, nevaralarida go'zal narsalarga muhabbat uyg'otgan.
Igor Vitalevich Savitskiy 1915 yil 4 avgustda Kiev shahrida advokat Vitaliy Viktorovich Savitskiy va Vera Timofeevna Florinskaya oilasida tavallud topgan. Uning bobosi Dmitriy Irodionovich Florinskiy (1827-1888) Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk ibodatxonasining protoiereyi (oliy martabali ruhoniy) va eshikog'asi bo'lgan. Uning ikki o'g'lidan biri Timofey Florinskiy (1854-1919) admiral general-mayorning qizi Vera Ivanovna Kremkovaga uylangan. Ularning nikohida uch o'g'il va bir qiz - Vera dunyoga kelgan.1882 yili Timofey Dmitrievich Florinskiy Kievga ko'chib o'tgan, bu yerda u umrining oxirigacha avliyo Vladimir universitetining Slavyan filologiyasi kafedrasida ishlagan. Rossiya va Sharqiy Yevropaning to'rtta akademiyasi a'zosi etib saylangan. Igor Savitskiyning bolalik va o'smirlik yillari oila davrasida, rus ziyolilarining an'anaviy muhitida kechgan. Yevropaga safar, bobosining o'n ikki ming jildlik kutubxonasi, tarbiyachi farangi (guvernant) ayol, nozik estetik didning shakllanishi va ma'naviyatni yuqori qadrlash, ilm-ma'rifat, rasm chizishdan berilgan saboqlari zamonning notinchligi va oilaviy fojealarga qaramay, bularning barchasi Igorning hayotidan mustahkam o'rin olgan. 1919 yili Kievdagi «qizil terror» kunlari bolsheviklar tomonidan buyuk rus millatchiligida (shovinizmida) ayblangan professor T. D. Florinskiy
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
otishga hukm qilingan. 1934 yili tog'asi, Chor va Sovet Rossiyasi vaqtida uzoq yillar davomida Tashqi ishlar xalq komissarligining protokol bo'limi boshlig'i bo'lib faoliyat olib borgan Dmitriy Florinskiy lavozimidan bo'shatilgan va qatag'on qilingan. U mashhur diplomatlar va tashqi ishlar vazirlari G.Chicherin va M.Litvinovlar rahbarlik qilgan vaqtlarda Protokol xizmatini boshqaribgina qolmay, Sovet Rossiyasining diplomatik protokoli bo'yicha dastlabki yo'riqnoma va ko'llanmalarning muallifi ham bo'lgan.
TADQIQOT NATIJASI
Shu tarzda Igor tog'asi bilan yashagan va bu yerda o'tkazilgan ko'plab qabul marosimlarida qatnashgan Sofiya Sohil bo'yidagi hashamatli uyni (hozirgi paytda Buyuk Britaniyaning elchisi qarorgohi) tark etishga to'g'ri kelgan. Florinskiylar oilasining bir qismi Fransiyaga jo'nab ketgan. Ko'p qarindoshlar va hamshaharlar Moskvaga ko'chishgan. I. V. Savitskiy hayotining bu qismi haqida deyarli hech qachon gapirmagan. Faqat qandaydir ishoralar, umr yo'llarining eng yaxshi paytlari haqidagi oniy sog'inchli so'zlar, bizning ko'p yillik so'rovlarimiz natijasida yaqinda olingan arxiv ma'lumotlari (Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va shaxsan RFning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi V. A. Tyurdenevning yordamida) bo'yicha uning tarjimai holidagi bu detallarni tiklashga muvaffaq bo'ldik. 1930 yillarning boshlarida yetti yillik maktabni tamomlaganidan keyin, zamon talabiga ko'ra, shuningdek kun kechirish uchun (bu davrda muhtojlik boshlangandi) u «Serp i molot» zavodining fabrika-zavod bilim yurtida o'qib, elektr qurilmachi mutaxassisligini egallagan.
Igor Vitalevich Savitskiy 1926-30-yillari Moskvada yetti yillik maktabni tamomlagan 1930-31-yillarda esa rassomlik kurslarida o'qigan. Shu bilan birga, 1931-33-yillari o'sha davrga mos ravishda (ya'ni o'zining «proletar mandati»ni namoyish qilish uchun) - u «O'roq va «Bolg'a» zavodi qoshidagi Kechki o'qish fakulteti (KO'F) maktabida elektr montajchisi ixtisosligini oldi. Shu yillarda Vera Ivanovna bolaligida Savitskiyning badiiy iste'dodini payqab, uning o'qishni bor kuchi bilan qo'llab-quvvatladi va nevarasiga juda bog'langan Igorning buvisi unga barcha narsalar to'liq yetib kelmasa ham, Fransiyadan rasm qog'ozi va boshqa materiallarni yuborib turadi. 1932 yil 28 dekabrda yangi yil tabrigida «Senda rasm chizishga qobiliyat bor, uni rivojlantirib borishing kerak. Shuning uchun o'qishingni tashlama, talantingni yerga ko'mish kerak emas», - deb yozadi u nevarasiga.
Bir vaqtning o'zida, buvisining qistovi bilan rassomlar Yelena Saxnovskaya va Mark Shagalning «sinfdoshi» Ruvim Mazellardan rassomlik sirlarini o'rganishda davom etgan. Ayni shu vaqtlarda Mazel dunyoga mashhur arxeolog S.Tolstov bilan birga Qoraqalpog'iston va Turkmanistonni o'rganish uchun bu o'lkalarga safar qilgan. Bu Osiyoning ekzotik mamlakati haqidagi hikoyalar yigitcha qalbini rom etgani mutlaqo tabiiy hol. Buvisi Igorga Fransiyadan rasm chizish uchun materiallar jo'natib, uning musavvirlik iqtidorini har qanday yo'llar bilan rag'batlantirib turgan. 1934-1941-yillarda I. Savitskiy Poligrafiya institutining grafika bo'limida, 1905 yil nomidagi rassomlik bilim yurtida, rassomlar malakasini oshirish institutida tahsil olgan. Bu yillarda u o'qituvchisi Lev Kramarenko oilasi bilan yaqinlashgan. Uning rafiqasi, rassom Irina Jdanko, ayniqsa singlisi, taniqli etnograf Tatyana Jdanko I. Savitskiy hayotida keskin burilish yasaganlar. Ularning har uchalalari Markaziy Osiyo, ayniqsa, O'zbekistonga o'zlarining benazir ijod namunalarini bag'ishlaganlar. Bundan tashqari I. Jdanko keyinchalik Nukus muzeyiga qator eksponatlarni topshirgan, ular orasida «rus avangardlari amazonkasi» Lyubov
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Popovaning grafik ishlari nihoyatda qimmatli hisoblanadi. 1941 yili Igor Savitskiy Surikov nomidagi rassomlik institutiga o'qishga kirgan.
Bu yillarda Savitskiy rassomlar Yelena Saxnovskaya va va Ruvim Mazellarning uylarida tahsil oldi.1934 yilda Poligrafiya institutining Grafika fakultetiga o'qishga kirib, ikki yil davomida tahsil oladi.1936-38-yillarda u o'qishni «1905 yil nomidagi» deb nomlanuvchi san'at maktabida davom ettirdi. Ushbu bilim yurtini tamomlagach, u rasm va chizmachilikdan dars berishi mumkin edi. 1938-41-yillarda Savitskiy Rassomlar malakasini oshirish institutining monumental rassomlik bo'limida o'qidi. U institutdan oldin ham do'st bo'lgan Lev Kramarenko studiyasida ishlaydi. L. Kramarenkoning rafiqasi, rassom Irina Jdanko shunday deb eslaydi: «Igor, Lev Yurevichning ustaxonasida g'ayrioddiy ishtiyoq bilan ishladi, vaqtini ayamay, kechgacha u yerda qolardi». Talaba Igor tez-tez o'qituvchisiga Qrim va Kavkazga sayohatlarda hamroh bo'lib, u yerda ular birgalikda eskizlar yozar edilar. Afsuski, Ikkinchi jahon urushi davrida Poligrafiya institutida sodir bo'lgan yong'in tufayli bu asarlar saqlanib qolmagan.
Ikkinchi Jahon urushi boshlangan 1941 yilda Savitskiy V.I.Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutiga o'qishga kirdi. Keyinchalik xalq militsiyasida qatnashgan bo'lsa-da, sog'lig'i sababli frontga olib ketilmagan. 1942 yilda Surikov instituti Samarqandga evakuatsiya qilindi. Kasallik, to'yib ovqatlanmaslik va urush davridagi boshqa qiyinchiliklarga qaramay, evakuatsiyada o'tkazilgan yillar Savitskiyning buyuk shaxs bo'lib shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Jiddiy tashxis bilan u uzoq vaqt kasalxonaga yotqizildi va u yerda o'qituvchisi Robert Falk bilan bir xonada edi. U yerda ularga Falkning rafiqasi Anjelina Shekin-Krotova va Irina Jdanko tashrif buyurishardi. Xuddi shu 1942 yilda Savitskiyning yana bir ustozi Konstantin Istomin vafot etdi. Samarqanddagi evakuatsiya yillari nihoyatda og'ir bo'lsa-da, san'atning buyuk namayondalari bilan ijodiy aloqalar o'rnatish o'ta samarali bo'ldi. Qolaversa, O'rta Osiyo Savitskiy uchun haqiqiy kashfiyot bo'lib, uning rassomlar va umuman san'at haqidagi ilmlarini boyitdi desa mubolag'a bo'lmaydi.
MUHOKAMA
1942 yili Ikkinchi jahon urushi tufayli Moskva va Leningraddagi ko'plab ahamiyatga molik ob'ektlar front ortiga evakuatsiya qilingan. Urushdan tasodifan qutulib qolgan (frontga jo'nash arafasida uni quturgan it qopib olgan va uzoq vaqt davolangan edi. Sog'aygandan keyin u xalq ko'shinida bo'lgan) I. Savitskiy o'z ustozlari R. Falk, N. Ulyanov, K. Istominlar bilan birga Samarqandga kelib qolgan. Qiyinchiliklar, ochlik va kasallikka qaramay, I. Savitskiy o'zining shaxs sifatida shakllanishida bu yillar juda muhim hisoblanadi. Ijodiy aloqalar ma'nosida Samarqand uning uchun juda sermahsul bo'lgan. Bu yerda u vaqtlarda ko'plab zabardast rassomlar va olimlar yashagan. O'quv jarayoni noyob me'moriy muhitda olib borilgan. Bundan tashqari og'ir urush yillari o'qituvchilar va o'quvchilarni insoniy jihatdan juda jipslashtirgan. Igor Savitskiy istisqo bilan og'rib kasalxonaga tushganda, ustozi Robert Falk bilan bir palatada yotgan, I.Jdanko va R. Falkning rafiqasi Angelina Vasilevna Shekina-Krotova ularning holidan xabar olib turishgan. I. Savitskiyning yaqinlari bu yerda bo'lmagan, shuning uchun ham mehribon ayollar unga sidqidildan g'amxo'rlik ko'rsatishgan. Bu tuyg'ular samimiy do'stlikka aylangan. Keyinchalik bu muloqot doirasi Igor Vitalevichning muzey kolleksiyalarini shakllantirish ishidagi muvaffaqiyatlarida muayyan ahamiyat kasb etganini hayotning o'zi tasdiqladi (Nukus muzeyida R. Falk va uning o'g'li V. Falk kartinalarining katta kolleksiyasi mavjud). Shundan keyin ayni Samarqand rassom I. Savitskiyning ijodiy uslubida tub burilish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yasagan. Keyinchalik u shunday deb yozgan edi: «Samarqandda o'tgan ikki yil ranglarning barcha ma'nosini anglab yetishimga yordam berdi. Samarqand va O'rta Osiyoni to'ldirgan rang va yorug'lik - rassom uchun eng yaxshi maktab, u o'zi intilgan maqsad - yorug'likda ham, soyada ham yanada ta'sirchanlik va yorqinlik kasb etadigan ranglarning butun kudratini anglab yetadi». 1950 yili institutni tugatganidan keyin ko'p o'tmay I. Savitskiy Tatyana Jdankoning Xorazm ekspeditsiyasiga rassom sifatida ishga joylashish haqidagi taklifini qabul qilgan. O'sha yillarda fotograf bilan bir qatorda topilmalar suratini chizish, qazilmalar va boshqa chizmalarni ishlash keng qo'llanilgan. Topilmalarni hujjatlashtirish bilan birga I. Savitskiy qal'alar xarobalari, tabiat manzaralari suratlarini chizish bilan ham shug'ullangan.
1946 yil Savitskiy institutni Vasiliy Baksheev ustaxonasida tugatdi. Xuddi shu yili u SSSR Rassomlar uyushmasiga a'zo bo'ldi. Shundan so'ng u «taniqli etnograf, Irina Jdankoning singlisi Tatyana Jdankoning Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi va Qoraqalpog'istonda qatnashish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. 1950 yildan 1957 yilgacha SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya instituti tomonidan tashkil etilgan ekspeditsiyaning doimiy a'zosi bo'ldi. O'tgan asrning 30-yillarida Xorazmning qadimiy sivilizatsiyasini kashf etgan ushbu ekspeditsiya arxivlari yetarlicha ma'lum. Unga SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, jahonga mashxur olim, professor Sergey Pavlovich Tolstov boshchilik qildi. Ko'pchilikning fikriga ko'ra uning Xorazm haqidagi kashfiyoti Shlimanning Troyani kashf etishi, Karter va Karnarvonning Misr qabrlarini qazishlari, hatto Stiven va Tompsonning qadimgi mayya qal'alarini topishi kabi hayratlanarli darajada qiyoslanadi. Darhaqiqat, Xorazm ekspeditsiyasi XX asrning eng yirik kashfiyotlaridan birini amalga oshirdi.
Ekspeditsiyada ishlagan yillarida Savitskiy rassom sifatidagi bevosita vazifasidan tashqari qoraqalpoq qishloqlariga borib, xalq amaliy san'ati namunalarini to'plagan. Bu artefaktlar o'rganilib, so'ng Moskva va Leningrad muzeylariga jo'natildi. Asta-sekin bu asarlar uni shu qadar o'ziga tortdiki, u unutilganlar san'ati haqida jiddiy o'ylay boshladiki, u Amudaryoning olis qirg'og'idagi cho'lning o'rtasida yashaydigan kichik bir xalq orasiga Nukusga ko'chib kelishga qaror qild.
Uning tabiatdan zavq olib yaratgan asl asarlari kunning turli vaqtlarida va hatto, oy nurlariga boy tundagi manzaralarni ham aks ettirgan. U 32 yoshida o'z hayotini butunlay o'zgartirgan, Moskva markazida, Arbat ko'chasida joylashgan uyini tashlab Nukusga ko'chib o'tgan. Uning bu qarori do'stlarini lol qoldirgan. Ular I. Savitskiyni o'z fikrlaricha, bu aqlsizlikdan qaytarmoqchi bo'lganlar, bunday olis chekka hudud iqtidorli rassomning joyi emas, Moskva va Leningraddek yirik madaniyat o'choqlaridan uzilmaslik kerak, deya uqdirishga uringanlar. Biroq I. V. Savitskiy o'z qarorida sobit qolgan.
Uning yarim Moskva aslzodalari hayoti butunlay boshqa turmush tarzi bilan almashtirildi. Unda dam olish uchun joy yo'q edi. 1956 yildan boshlab u 1959 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi filialiga aylantirilgan Qoraqalpog'iston ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim sifatida ish boshladi.
O'zbekiston Fanlar akademiyasining qoraqalpoq bo'limiga ishga kirib, xalq amaliy san'ati buyumlarini to'plash bilan shug'ullangan, qoraqalpoq yog'och o'ymakorligi to'g'risida risola yozib, ilmiy izlanishlar olib borgan. I. Savitskiy o'z yordamchilari bilan birga topilmalarni restavratsiya qilgan, bo'lim garajida, Nukusdagi pedagogika instituti binosida, keyinchalik Toshkent va Moskvada ilk ko'rgazmalarni tashkil etgan. 1961 yili Moskva Davlat universiteti
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
binosida, sharqshunoslarning xalqaro kongressi o'tayotgan bir vaqtda qoraqalpoq amaliy san'ati kolleksiyasi ko'rgazmasini tashkil qilgan va sof fransuz tilida ishtirokchilarga kolleksiya haqida gapirib bergan. O'sha yillarda Nukus va Toshkentda 1950-yillarda va 1960-yillarning boshlarida ijod qilgan O'rta Osiyo peyzajlariga bag'ishlangan benazir asarlarning shaxsiy ko'rgazmalarini o'tkazgan. Uning O'rta Osiyoda yashagan vaqtlari, takdir taqozosi bilan rassom I. Savitskiy ijodiy faoliyatining cho'qqisi va Savitskiyning ixtiyori bilan uning yakuni bo'lgan. Ko'pchilikning fikricha, rassomning ayni peyzaj asarlari juda muvaffaqiyatli chiqqan va u nafaqat qoraqalpoq peyzaj maktabining asoschisi, balki Qoraqalpog'iston tabiatining eng nozik va sadoqatli zarshunosi bo'lgan. «Qoraqalpog'iston - hayratomuz zamin», - deb yozgan edi u. «Uning rang-barang manzaralari, baland bo'lmagan, biroq, qudratli qora, oq, qizil va tillarang tog'lari, sahrolari, bog' va dalalari, baliqchilarning qamishdan oltin tus olgan poselkalari, nayrioddiy nozik ranglar gammasi, peyzajga betakror nurli muhit beruvchi qandaydir o'zgacha kumushsimon ranglari ularning barchasi kishini to'lqinlantirmasligi va sehrlamasligi mumkin emas».
Qoraqalpoq tilini bilmagan holda u uyda saqlanayotgan antikvar buyumlarning qadrini tushuntirishga turli yo'llar bilan urinib ko'rdi. Odamlar boshqa millat vakilining an'anaviy uy-ro'zg'or buyumlariga bo'lgan qiziqishini ko'rib, ota-bobolaridan qolgan hamma narsani unga ko'rsatishga harakat qilishdi.
Ko'p o'tmay, turli xil antikvar rus kolleksiyalari to'plangani haqida g'alati mish-mishlar Qoraqalpog'istonning ovullari va tumanlariga tarqaldi. Aynan o'sha davr «antik davrga oid yodgorliklar» saqlanmagan. Savitskiy tomonidan qoraqalpoq xalqining asarlarini to'plash bo'yicha qilingan ishlar bebahodir. Uning tinimsiz mehnati natijasida kelajakdagi san'at muzeyiga asos solgan noyob xalq ijodiyoti to'plami to'plandi.
Keyinchalik san'at tarixi sektoriga aylantirilgan Amaliy san'at laboratoriyasida ishlagan Savitskiy qoraqalpoq amaliy san'atini to'plash va tadqiq qilishni rangtasvir va chizmachilik bilan uyg'unlashtiradi. Savitskiy taklifi bilan qo'shni Turkmanistondan Nukusga ko'chib kelgan iste'dodli rassom Qodirboy Soipov, arxeolog Aleksandra Gudkova, rassom Alvina Shpade kabi taniqli san'atkorlar, mahalliy ziyolilarning hamfikr vakillari bilan do'stlashdi. 1950-yillarning oxiri - 1960-yillarning boshlarida Qoraqalpog'iston madaniy va ilmiy hayotining faol rivojlanishi davri bo'ldi. 1961 yilda Savitskiy qoraqalpoq san'atining «Jahon» ko'rgazmasini tashkil qildi.
Bolaligidagi fransuz tilidagi ko'nikmalaridan foydalanib, u xatto fransuz tilida ko'rgazmaga ekskursiyalarni ham uyushtirdi.
Savitskiy o'z kolleksiyasini o'sha paytda Toshkentda yashagan va shu vaqt ichida ikki marta Qoraqalpog'istonda bo'lgan mashhur sovet shoiri Konstantin Simonovga, shuningdek, mahalliy hunarmandlarning misli ko'rilmagan mahoratidan lol qolgan boshqa taniqli rassomlarga sovg'a qildi.
XULOSA
Shubhasiz, moskvalik rassom Valeriy Volkov musavvir I.Savitskiyga bergan bahosida haqli edi: «Qoraqalpoq tabiatini bu qadar go'zal ifodalagan yagona inson Savitskiy bo'lgan. Uning ijodi asosi esa tabiatning o'zi». Xorazm ekspeditsiyasi fotografi Georgiy Argiropulo ham bu fikrlarni qo'llab-quvvatlaydi. «Tog' yoki dengizlarga nisbatan sahroga muhabbat qo'ygan kishi kam uchraydi, Igor Vitalevich esa cho'lga adadsiz mehr qo'ygan va shuning uchun uning
asarlari bu munosabatni yaqqol va to'laqonli namoyish etadi. Cheksiz barxanlar, sahroning abadiy yo'ldoshi shamollar katta «havas bilan bezagan» va dengizchilarning yo'l-yo'l ko'ylagini eslatuvchi «libos kiygazgan» kum barxanlar kengliklari... Bular sahroni dengizga yanada o'xshatadi, yanada go'zalroq va rang-barang qiladi va kishini o'z asoratiga oladi». Bu yillarda Igor Savitskiyning muzey tashkil etish g'oyasi mahalliy ziyolilar va respublika rahbariyati tomonidan yaxshi qabul qilingan (ular orasida Marat Nurmuhamedov ham bo'lib, u O'zbekiston Fanlar akademiyasi bo'limiga rahbarlik qilgan vaqtida I. Savitskiyga qoraqalpoq amaliy san'atini o'rganish bo'yicha laboratoriya ochib bergan, keyinchalik partiyaning viloyat qo'mitasida ishlab turib, do'stining harakatlarini qo'llab-quvvatlagan; Qdirbay Saipov I. Savitskiy g'oyasini himoya qilgan va unga yordam ko'rsatgan dastlabki mahalliy rassomlardan biri bo'lgan; Qoraqalpog'iston Muxtor Pespublikasi rahbari Kallibek Kamalov I.Savitskiy tomonidan yig'ilayotgan eksponatlarni sotib olish uchun katta mablag' ajratgan). Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi qarori va O'zbekiston hukumati ma'qullashi bilan 1966 yili muzey ochilgan. Muzey asosini I. Savitskiy O'zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limida ishlayotganda uning guruhi tomonidan to'plangan kolleksiya tashkil qilgan. Tabiiy, kolleksiya muzeyda sezilarli darajada boyitilgan va hozir 9 mingga yaqin an'anaviy turarjoy o'tov, ko'chmanchilar maishiy buyumlari, liboslari, zeb-ziynatlari va boshqa ashyolar bor. Bu dunyodagi qoraqalpoqlar moddiy boyliklari va amaliy san'ati buyumlarining eng to'liq to'plami va qoraqalpoq xalqining o'ziga xos madaniy genofondi isoblanadi. Igor Vitalevichning boshqa muzeylardagiga o'xshamagan to'plam yaratishga bo'lgan sa'y-harakatlari bir vaqtning o'zida turli yo'nalishlarda amalga oshirilgan. Kolleksiyalarni jamlash barcha bo'limlarda bab-baravar olib borilgan. Muzeyga topshirilgan eksponatlar ustida ishlash, yangi ashyolarni izlash va to'plash, arxeologik qazilmalar olib borish, kolleksiyalarni restavratsiya qilish, ko'rgazmalar tashkil etish va boshqa ko'plab vazifalar oldida rassom I. Savitskiy ikkilangan: shaxsiy ijodmi yoki muzey? U ikkinchisini tanlagan. Bu ikki mashg'ulotni birga olib borish mumkin emas, deb hisoblagan. Ehtimol, bu qadamni hamma ham tushuna olmas. Biroq har qanday musavvir uchun o'z «Men»ini muzey mehrobi yo'lida kurbon qilishi katta fojea ekani shubhasiz.
1. Узбекистан маданий мероси. И.В.Савицкий номидаги ^оракалпогистон давлат санъат музейи туплами.- Тошкент: «Uzbekistan today», «Zamon press info», 2017. -
2. Бабаназарова М. Игорь Савицкий (художник, собирател, оснаватель музея). -Нукус: «Silk Road Publishing House». - С. 19.
3. И.В.Савицкийнинг музей архивидаги шахсий варакасидан таржимаи х,оли.
4. Бабаназарова М. Игорь Савицкий (художник, собирател, оснаватель музея). -Нукус: «Silk Road Publishing House». - С. 28.
5. И.В.Савицкийнинг музей архивидаги шахсий варакасидан таржимаи х,оли.
6. Бабаназарова М. Игорь Савицкий (художник, собирател, оснаватель музея). -Нукус: «Silk Road Publishing House». - С. 35.
7. И.В.Савицкийнинг музей архивидаги шахсий варакасидан таржимаи х,оли.
8. Бабаназарова М. Игорь Савицкий (художник, собирател, оснаватель музея). -Нукус: «Silk Road Publishing House». - С. 34.
9. Савицкий И. В. Коракалпок халк амалий санъати. Ёгоч уймакорлиги. - Тошкент:
Foydalanilgan adabiyotlar:
С. 22.
«Фан», 1965. - С. 23.