Научная статья на тему 'QORАQАLPOGʻISTONDА TEATR SАNАTINING SHАKLLАNISHI VА OʻZIGА XOS XUSUSIYATLАRI (“TONG NURI” TRUPPASINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQISHLARI MISOLIDA)'

QORАQАLPOGʻISTONDА TEATR SАNАTINING SHАKLLАNISHI VА OʻZIGА XOS XUSUSIYATLАRI (“TONG NURI” TRUPPASINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQISHLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
610
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
havaskorlik / ijod / teatr / rivojlanish / rejissyor / aktyor / truppa / dramaturgiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Elmira Аtaniyazova

Mazkur maqolada Qoraqalpogʻistonda teatr sanʼatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, “Tong nuri” truppasi ijodidan boshlangan havaskorlik keyinchalik, Qoraqalpoq davlat teatrini tuzishi va professional tarizda ijodiy ishlarni olib borish yoʻllari haqida fikrmulohoza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORАQАLPOGʻISTONDА TEATR SАNАTINING SHАKLLАNISHI VА OʻZIGА XOS XUSUSIYATLАRI (“TONG NURI” TRUPPASINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQISHLARI MISOLIDA)»

QORAQALPOG'ISTONDA TEATR SANATINING SHAKLLANISHI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ("TONG NURI" TRUPPASINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQISHLARI MISOLIDA)

Elmira Ataniyazova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Qoraqalpog'istonda teatr san'atining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari o'rganib chiqilgan. Shuningdek, "Tong nuri" truppasi ijodidan boshlangan havaskorlik keyinchalik, Qoraqalpoq davlat teatrini tuzishi va professional tarizda ijodiy ishlarni olib borish yo'llari haqida fikr-mulohoza yuritilgan.

Kalit so'zlar: havaskorlik, ijod, teatr, rivojlanish, rejissyor, aktyor, truppa, dramaturgiya.

FORMATION AND SPECIFIC FEATURES OF THEATER ART IN

KARAKALPAKSTAN

Elmira Ataniyazova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article examines the stages of formation and development of theatrical art in Karakalpakstan. The hobby, which began with the work of the troupe "Tong nuri", was followed by discussions on the creation of the Karakalpak State Theater and ways to carry out creative work in a professional manner.

Keywords: amateur, creativity, theater, development, director, actor, troupe, dramaturgy.

Qoraqalpog'istonda madaniy-oqartuv muassasalari, ya'ni teatrlarning dastlabki ildizlari 1920 yillardan boshlab, har hil atama bilan har hil hududiy punktlarda paydo bo'la boshlagan. Uning tarixi bilan yaqiniroq tanishib ko'rsak, ularga o'sha davr siyosiy-ijtimoiy nuqtaiy nazaridan nomlar berilib, sovetlik idealogiyani yel orasida targ'ibot-tashviqot sifatida olib borish vazifalari topshirilgan. Bu madaniy-oqartuv muassasalari o'sha yillarda: "Qizil o'y", "Qizil otov", "Qizil arava", "Qizil karvon", "Qizil mo'yesh", "Qizil kater" kabi nomlar bilan atalgan. Ular mahalliy va ko'chmanchi (gastrol) tarizda faoliyat olib borgan. Mazkur madaniy-oqartuv muassasalarining yonida kichkina ko'chmanchi kutubxona, agit-krujok, havaskorlar to'garaklari bo'lgan. Shuningdek, teatr truppasi kabi atamalar umuman bo'lmagan.

Qoraqalpoq teatr san'atining birinchi professional rejissyori To'resh Ollonozorovning ma'lumotlariga qaraganda: madaniy-oqartuv muassasalarida targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mahsus atamalar bo'lgan. Mana shu atamalar "agit-krujok", "havaskorlik to'garagi" da rejissyorlikning vazifalarini bajargan. Ammo, ular "rejissyor" deb nomlanmagan. "Teatr", "teatr truppasi" - degan atama so'zlar, bizning qoraqalpoq yelati orasida, 1920 yilning o'rtalaridan boshlab tarqala boshlagan. Bundan keyingi o'zining milliy an'anasida teatr bo'lmagan. Milliy Respublikalarda, oblastlarda, rus, yevropa namunasidagi teatrlar shu yillardan boshlab, ochilib o'zlarining milliy tilida faoliyat olib bora boshlaydi. Bu yangi tashabbuslarga xalq juda qiziqib, lol qolib qaraganlar.

Keskin kurashlar davom etayotgan 20-yillari Qoraqalpog'iston avtonom respublikasi madaniyati tarixida ulkan va unutilmas voqea ro'y berdi. Ya'ni qoraqalpoq jamoatchiligi 1920 yillarning ikkinchi yarimidan boshlab, o'zining "Tong nuri" nomli eng birinchi milliy teatr truppasini tashkil qilgan edi. Mazkur "Tong nuri" truppasini eng dastlabki tashkilotchisi teatr azamati, To'rtko'l shahridagi muallimlar tayyorlash texnikumining o'qituvchisi Zarip Fatixovich Qosimov bo'ldi. Keyinchalik bu tashabbusning davomchisi Abdiraman O'tepov bo'ldi. Endi, asosiy masalaga kelganda, mazkur 1926 yili tashkil qilingan "Tong nuri" truppasida, 1930 yilga qadar rejissyor degan mahsus kasb yo'q edi. Sababi, 1976 yildan boshlab To'rtko'l shahrida ofitserlar yig'ilishi klubida paydo bo'lgan. Rus teatr to'garaginda ham 1918 yildan boshlab paydo bo'lgan.

Ammo, bu vazifani yuqorida ta'kidlab o'tkanimiz kabi havaskorlik to'garaklarining rahbarlari, dramaturgalar, yetakchi artistlar ijro etib kelgan. Misol tariqasida shu yillarda Qosim Avezov, Seyfulg'abit Majitov, Abdiraman O'tepov, Asan Begimov, Jolmurza aymurzaevlar rejissyorlik qilishgan. Chuningdek, o'z davrining taniqli aktyori Bayniyaz Seytov ham, taniqli baxshi Aytjan yusupov ham "Tong nuri" teatr truppasida rejissyorlik ishlarini amalga oshirib kelgan.

1930 yillari "Tong nuri" truppasi asosida birinchi Qoraqalpoq davlat teatrini tuzish darajasigacha keltirdi. Mana shu masalada o'zi milliy truppaning ham direktori, ham rejissyori, ham artisti, ham sozandasi, ham qo'shiqchisi, ham dramaturgi bo'lib, nihoyatda katta xizmatlari bilan Abdiraman O'tepovning ijodiy va tashkilotchilik mehnatlari yuqori bo'lgan. Milliy an'ana, milliy urf-odatga moslik va boshqa sahnaviy talab, tartib asnosida tashkil qilinmagan.

Unga e'tibor berilmagan. 1930 yildan boshlab shu kabi teatr turmushida ustuvorlikka ega bo'lgan, sahnaviy qarashlarga nuqta qo'yila boshladi. Buning asosiy sababi, 1930 yili qoraqalpoq teatr tarixida tub burilish yili bo'ldi.

VKP (b) o'ninchi s'ezdi qaroriga binoan eski Sovetlar ittifoqining tarkibidagi barcha milliy respublikalarda milliy teatrlar vujudga kela boshladi. Teatrning shakllanishi va rivojlanishida L.M.Leonidov, V.I.Kachalov, O.I.Pitjova, B.B.Bibikov.

B.A.Bronskaya singari xorij mutaxassislari va Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mannon Uyg'ur, Zuhur Qobulov, Javod Obidov kabi zabardast san'atkorlar munosib hissa qo'shdilar. Ularning sayi-harakati bilan qoraqalpoq teatrida dastlab bir pardali sodda pesalar, kontsert namoyishlari, so'ngra katta hajmdagi dramatik va musiqali drama asarlar sahnalashtirildi.

Shu bilan birga ularga barcha davlat muassasalar qatorida davlat teatri degan unvonlar "statuslar" berila boshladi. Mana shu butut ittifoqlik tarixiy hujjatga muvofiq 1930 yili dekabrda eski "Tong nuri" truppasining asosida qoraqalpoq davlat milliy teatri paydo bo'ladi.

Qoraqalpoq teatrining davlat teatri darajasiga ko'tarilishi uning hammasidan avval professional teatrlar bosqichiga o'tishiga asos soldi. 1930 yildan boshlab qoraqalpoq davlat teatriga boshqa shtatlar bilan bir qatorda rejissyor degan mahsus shtat ham belgilanib, teatrning istiqboldagi barcha ijodiy ishlar taqdiri shu rejissyor deb nomlangan kasbing zimmasiga yuklatila boshlaydi. Sahna madaniyatini belgili bir yo'nalishda tartibga solish, uning kasbiy mahoratini shakllantirish, teatr bilan teatr tomoshabinlarining o'zaro munosabatini tafakkur bilan yaxshilashning yechimi sifatida yangis sayi-harakatlarni ishlab chiqish vazifasi ham rejissyorga tegishli bo'ldi.

O'sha yillari teatr san'atiga o'ziga xos milliy respublikalar teatriga rahbarlar tomonidan e'tibor o'zgacha kuchli bo'ldi. Bu siyosiy vaziyatga qarab, motbuot, radio va barcha jamoat tashkilotlari, umumiy xalq tarafidan, teatr san'atiga alohida yuqori nuqtaiy nazardan qarashlarini yuzaga chiqarishga, jamoatchilikning fikr-mulohozalaridan, to'yg'ularidan o'rin egallay boshlagan edi. Haqiqatan ham teatr san'ati o'sha yillari xalqqa estetik tarbiya berishda xalqning tafakkuriga ta'sir qilib, unga ma'ul darajada yo'nalish berishda, beqiyos tarbiya o'chog'i bo'ldi.

Ayniqsa, milliy respublikalarda alohida qoraqalpog'istonda xalq hali teatr bo'yicha to'liq ma'lumotlarga ega emas edi. Faqat ko'z bilan ko'rib, quloq bilan eshitganiga amal qilishdan boshqa televizor kabi qulayli va tushunarli qurollar u paytlari yo'q edi. Jumladan, radio va kinoteatrlar bo'lsa, intelegentlarga bo'lmasa, asosiy mehnatkash xalqdan yiroq ko'rinar edi. Mazkur vaziyatlarni hisobga olgan holda teatr ishga e'tibor kuchayttirilishi bilan birga davlat tomonidan uning ishini nazorat qilish, g'amxo'rlik ham, boshqaruvchi muassasalar tomonidan qattiq ko'lga olingan edi.

Shunday qilib, o'sha davrlarda yuqoridan kelgan "topshiriqlar" bo'yicha tarixida teatr bo'lmagan respublikalar singari bizning milliy davlat teatrimizda yevropa, rus teatrlarining namunasida milliy rivojlanish yo'liga tushdi.

Shunday qilib 1930-1939 yillari qoraqalpoq teatrining davlat teatrlari katoriga qo'shilib, tajriba bosqichiga endi-endi ko'tarilib kelayotgan davri o'lgan. Ammo, yevropa teatrlarining "sahnaviy realizm" deb nomlanagan ijodiy ish tajribasiga

ma'lum bir obektiv sabablarga boliq, hali to'liq amaliyotga joriy etilmasdan, orqada qolib kelayotgan edi. 1930 yili bu muammoli masala uchunchi turkum rejissyorlarning hissasiga to'g'ri keldi. 1936 yildan boshlab 1940 yillari oralig'ida eski ittifoq tarkibida istiqomat qilgan barcha milliy respublikalar uchun katta sinovli yillar bo'ldi. 1939 yili iyul oyida bir guruh qoraqalpok yoshlari Moskvadagi Lunacharskiy nomidagi davlat teatr institutini bitirib kelgani bo'ldi. Bu esa, qoraqalpoq teatrining tarixidagi ilk mutaxassis kadrlar edi. Shu bilan birga To'rtko'l shahrida 1939 yili tahminan oktyabr oyida moskavdvn mahsus o'quv o'rnini bitirib kelib, qoraqalpoq davlat teatriga qo'shilgan yigirma oltita yosh mutaxassislar bilan qoraqalpoq oblastli partiya komitetining birinchi sekreatri Qalekeevning kabinetida qabul marosimi o'tkazildi. Mazkur qabul marosimiga avtonomik respublikaning barcha raxbarlari bilan bir qator moskvali professor O.I.Pijova, B.B.Bibikov, moskvali rassom Ye.M.Romanovskiylar ham ishtirok etgan edi.

1926 yilda birinchi qoraqalpoq professional teatri tashkil topdi va uning tarix yilnomasi shu yildan boshlanadi. Hozirgi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri 1926-yili 11-aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati tomonidan "Qoraqalpoq milliy truppasini tashkil etish tug'risida"gi qaror qabul qilinib, "Tong nuri" truppasi tashkil qilinadi. Truppaning badiiy rahbari etib To'rtkul shahri pedagogika texnukimi o'qutuvchisi Zarip Qasimov tayinlanadi. Teatr o'zining birinchi pardasini 1926-yil 8-noyabr kuni Qasim Avezovning "Tilak yulida" 4 aktli musiqali dramasi bilan ochadi.

Qoraqalpoq teatrining yilnomasi ush bu sanadan boshlandi. 1927-yili truppaga rahbar etib yosh istedodli yozuvchi Abdirahman Utepov tayinlanadi. Q.Avezov, Z.Qasimov, A.Utepovlar qoraqalpoq teatrining asoschilari hisoblanadi. 1926-yili truppa xodimlari soni 13 ta bo'lsa, 1927-yilga kelib 29 taga yetadi. Ularning ichida Jolmurza Aymurzaev, Seyfulg'abit Majitov, Qaljan Begimova, Bayniyaz Seytov, Qurbangul Bekmuratova, Genjebay Ubaydullaevlar bor edi. Teatrning qaldirg'och aktyorlari va tashkilotchilari san'atni sevuvchi mahalliy yosh ziyolilar edi. Teatr repertuarini asosan mahalliy dramaturglarning asarlari tashkil qilardi.

A.Utepovning "Tengini topgan qiz", S.Majidovning "Yigit bo'ldik", "Ernazar olako'z", Q.Avezovning "Maqsad yo'lida" va boshqa asarlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari mahalliy yosh shoirlarning she'rlari, sevimli xalq qo'shiqlari, dostonlardan parchalar, Ajiniyoz, Berdaq kabi Qoraqalpoq klassik shoirlarining ijodlaridan namunalar ham teatr repertuaridan keng o'rin olgandi.

Mazkur ijodiy izlanishlar tez orada milliy dramaturgiyaning vujudga kelishiga turtki berdi. H.Davqoraevning "Alpomish", S.Xo'janiyozovning "Sevmaganga suykalma", J.Oymirzaevning "Oygul va Obod", "Berdaq" asarlari fikrimizga misol. Shu Bilan birga qardosh halqlar dramaturgiyasining badiiy puxta, sahnabop namunalariga murojaat qilinib, hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi. Ayniqsa, jahon

klassikasidan "Otello" (V.Shekspir) "Tartyuf' "Skapenning nayranglari" (Mol'er), "Ikki boyga bir malay" (Karlo Gal'doni) kabi shoh asarlarning sahnalashtirilishi teatr jamoasining ijodiy imkoniyatlari yetarlicha ekanidan darak berib, repertuar salmog'ini oshirdi, mavzu va janrlar xilma-xilligini ta'minladi. Mazkur asarlar T.Ollonozarov, Y.Sharipov, Y.Mamutov, S.Jumaniyozov, Z.Qobulov, J.Obidov kabi rejissyorlar tomonidan sahnaga olib chiqilib, teatr tarixida chuqur iz qoldirdi. Shuningdek, spektakllarda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artistlari O.Shomurotova, R.Seitov, Z.Zaripov, M.Matjonov, A.Sapargaliev, T.Rahmonova, T.Sherozieva, S.Qoraboevalar rang-barang xarakterga ega betakror obrazlarni yaratishdi.

To'g'ri, Qoraqalpoq davlat teatrining dastlabki ijod yo'li bir tekisda kechmagan. Professional kadrlarning yetishmasligi, tashkiliy va moliyaviy masalalar, repertuarni shakllantirish qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Lekin teatrning mehnatsevar ijodiy jamoasi bu yulda sabot bilan harakat qilib, mazmunli spektakllar yaratishga intildi. Bu yillar folklor an'anasiga tayangan holda rejissyor M.Griboedov Dariboevning "Kokem botir" "S.Majitovning "Bag'dagul", A.Begimov va T.Ollanazarov "G'arib oshiq", Ozarbayjon bastakori U.Xojibekovning "Arshin mol olon" Komil Yshin va M.Muhamedovning "Gulsara", H.H.Niyoziyning "Maysaraning ishi", Xurshid, T, Sodiqov va R. Glierning "Layli va Majnun", S.Abdulla va T.Jalilovning "Tohir va Zuhra" qozoq dramaturgi S.Muqonovning "Ko'zi Ko'rpesh Bayn suluv", "Qiz jibek" kabi pesalarini olib chiqib, milliy sahna amaliyotiga yangiliklar kiritdi, To'xta Rahmonova, Gulxon Sherozieva, Yo'ldosh Mamutov, Reyimboy Seyitov, A.Sapargaliev kabi teatrning yetakchi san'atkorlari mahoratini to'la ochib beruvchi spektakllar qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Keyingi yillarda aktyorlar tarkibi Sh.O'temuratov, Z.Piyzov, A.Juginisov, Sh.Bekmuratov, P.Reyimbaeva Z.Sayipova kabi yoshlar hisobga kengaydi. E'tiborlisi, milliy rejissuraning jonlanishi sezila boshlandi.

Bu bevosita murakkab ijodiy vaziyatlarning mustaqil hal e'tilishi, jahon dramaturgiyasi durdonalarining mazmun-mohiyati, badiiylik darajasini chuqur tushunish, ko'tarilgan hayotiy hamda ijtimoiy masalalarni sahna talablari va ifoda vositalariga mos tilda jonlantirish, go'yaviy tarbiyaviy jihatlarini to'g'ri yoritib berish bilan bog'liq.

Mazkur ishlar ijodiy rejalar qamrovining kengayishi va tetr nufuzining ortishiga imkon berdi. Ayniqsa, 70-yillar avvalida teatr bosh rejissyorligiga Q.Abdurayimovning tayinlanishi yangi ijodiy jarayonlarga yo'l ochdi. Yosh rejissyor dastlabki qadamlardanoq maishiy teatni keskin rad etib, buning o'rniga sof poetik sahna asarlarini yaratishga intildi. Maqsadini to'la amalga oshirish uchun, avvalo, repertuarlarni tubdan yangilaydi, jamoaga iqtidorli, izlanuvchan, yangi goya va rejalar bilan ishlaydigan jonkuyar ijodkorlarni to'playdi. Natijada "Otello",

"Qoraqalpoq qizi", "Abu Rayhon Beruniy", "Gerotratni unut", "Arava ag'darilmay turib", "Aldermushli Almandar" kabi yahlit, tomoshabinlarni fikrlashga undaydiga, zavq-shavq bag'ishlaydigan, rejissyorlik topilmalariga boyspektaklar vujudga keldi. Sahna asarlari salmog'ini belgilashda Q.Abdireyimov aktyorlarning potentsial kuchini,sahnaviy imkoniyatlarini to'g'ri baholab, shunga muvofiq ish yuritdi. Mahorat masalalariga ham alohida ahamiyat qaratdi.

Qoraqalpoq teatri mustaqillik davrida qator e'tiborga molik ishlarni amalga oshirdi, mutahassislar tadqiqotiga arziydi, janr, mavzu va mazmun jihatidan yangilik hisoblangan birinchi milliy opera va baletlarini tomoshabinlarga havola etdi. Hususan, kompozitor H.Muhammadinov, atoqli shoir Ibrayim Yusupov librettosi asosida qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz hayotiga bag'ishlangan shu nomdagi milliy opera hamda baletmeyster T.Qo'janovning H.Muhammadinov bilan ijodiy hamkorlikda sahnalashtirgan "Oyjamol" baleti teatr faoliyatida tamoman yangi yo'nalishlarni belgilab berdi. Ayni shu ilk urinishlar birin-ketin tarixiy mavzudagi "To'maris" Q.Zaretdinov musiqasi Sh.Yusupov librettosi) operasi, halq dostoni asosidagi "Qirq qiz" (Q.Zaretdinov musiqasi J.Turdimuratov librettosi) baletining yaratilishiga zamin hozirlab, istiqlol yillaridagi muvaffaqiyatli izlanishlar namunasiga aylandi.

1930 yili truppa Qoraqalpoq davlat teatri bo'lib tashkil qilindi. 1939 yili teatrga K.Stanislavskiy nomi berildi va Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri deb nomlandi. 1989 yili Qoraqalpoq davlat musiqali teatri statusi berildi. 1991 yildan teatr Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri deb nomlandi. 2017 yili fevral oyida Akademik maqomi berildi. Teatr ko'p janrli hisoblanadi. Unda opera, balet, musiqali asarlar va drama janrdagi asarlar saxnalashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Allanazarov T. Qaraqalpaq teatrinda milliy rejissuranm qáliplesiwi. 1926-1959-jj. - Nókis: Bilim, 1996. 64 b.

2. Bayandiev T. San'at masalalari - teatrshunos nigohida. - Toshkent: O'zDSMI, 2009.

3. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining veb-sayti. Qarang: https: //berdax-teatr.uz/3 9-teatr-tarij hi-aida-malumot.html.

4. Bayandiev T. Qoraqalpoq sahnasidagi odimlar. Jurnal. "Teatr". 2016/6 son.

5. Qarang: Gaz// O'zbekiston madaniyati. - Toshkent., 1969 yil, 3 yanvar, (1337)

6. "Teatr" jurnali, -Toshkent., 2000, 2-son, 32-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.