Научная статья на тему 'ALLOMALAR MUZEYI'

ALLOMALAR MUZEYI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
221
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adiblar / ilm-fan / sharqshunoslik / hunarmandchilik

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Shoxsanam G‘Olibjon Qizi Mamatqulova, M.Ismoilova

Ushbu maqolada Qo‘qon shahrining ma’naviy tarixini o‘z ichiga olgan Allomalar muzeyini tashkil etilishi va xozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan ma’naviy va madaniy boyliklarimiz haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALLOMALAR MUZEYI»

ALLOMALAR MUZEYI

Shoxsanam G'olibjon qizi Mamatqulova

M.Ismoilova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo'qon shahrining ma'naviy tarixini o'z ichiga olgan Allomalar muzeyini tashkil etilishi va xozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan ma'naviy va madaniy boyliklarimiz haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: adiblar, ilm-fan, sharqshunoslik, hunarmandchilik.

MUSEUM OF ALLOMAS

Shoxsanam Golibjon qizi Mamatkulova

M.Ismoilova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the establishment of the Museum of Scholars, which includes the spiritual history of the city of Kokand, and our spiritual and cultural heritage, which is preserved to this day.

Keywords: writers, science, oriental studies, crafts.

"Tarixiy merosni asrab avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir." Shavkat Mirziyoyev

Buyuk Allomalar muzeyi 1989-yil O'zbekiston bosh me'mori Sergo Mixaylovich Sutyagin tomonidan loyihalashtirilgan. 2018-yilda muhtaram prezidentimiz tashabbusi asosida tashkil qilingan. Ushbu muzey 5 ta zaldan iborat 3 ta qavatda joylashgan. Muzey hozirda 65 dan ortiq buyuk allomalar haqida ma'lumot beradi, unda 2000 dan ortiq eksponat saqlanib kelmoqda. 1-zal VII-XII-asrlarda o'rta Osiyoda ilm fan va madaniyat zali deb nomlangan. Dastlab u yerda Shavkat Zohidov qalamiga mansub Ko'hno Qo'qon deb atalgan sur'at mavjud bo'lib, sur'atda XVIII-asrda Chorsu maydonida madrasalar mavjud bo'lgan to'g'rida Minoyi madrasasi o'ng tomonida Sulton Murodbek chap tomonida Jome masjidi boshqa tomonida yana Shavkat Zohidov qalamiga mansub "Allomalar ish ustida" deb nomlangan kartina bo'lib, unga arab yozuvida Beshikdan to qabrgacha ilm izla deb yozilgan ko'plab hunarmandlar ish bilan mashg'ul bo'lgani tasvirlangan.

Buyuk Allomalarimizdan Muso Al-Xorazmiy.Xorazmning Xiva shaxrida tug'ilgan. Buyuk matematik astronom olim bo'lib, algebra fanining asoschisi

hisoblanadi, "Al jabr val Muqobala" asaridan algebra faniga asos solgan. Algaritm so'zi buyuk allomaning nomidan kelib chiqqan. Muzeyda zich jadvali berilgan unda asarlari hamda o'sha vaqtda ma'lum bo'lgan 5 ta sayyora, oy, quyosh, yulduzlar haqida umumiy ma'lumot berilgan, 116 ta jadvaldan iborat.

Abu nasr Al-Farobiy Sirdaryo yaqinida Farob qishlog'ida tug'ilgan. Grek mutaffakkirlari Aristotel asarlariga sharxlar yozgan, ularni arab tiliga tarjima qilgan. 70 dan ortiq til va shevani bilgan. Aristoteldan so'ng ikkinchi muallim unvoniga sazovor bo'lgan.

Abu Rayhon Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug'ilgan. U ham Buyuk matematik astronom olim. Birinchi bo'lib globusni yaratgan. Beruniy tomonidan chiziligan birinchi dunyo xaritasi muzeyda mavjud. Yer dumaloq shaklda va u quyosh atrofida aylanadi degan farazni ilgari surgan. Bundan V asr o'tib ingliz olimi bu farazni isbotlab bergan. Abu Rayhon Beruniy ham 70 dan ortiq til va shevalarni bilgan.

Abu Ali Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. 10 yoshida Qur'oni Karimni to'liq yod olgan. XVI-XVII yoshida mashhur tabib bo'lib tanilgan. Hozirda muzeyda uning mashxur Tib qonunlari asarining ko'chirma nusxasi saqlanib kelinadi, uning asli esa Toshkent shaxrining Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar bo'limida saqlanadi. Hamda muzeyda Qur'oni Karim Yosin surasining ko'chirma nusxasi 1883-yilda Sankt-Peterburgda chop ettirilgan. Kufiy (arab yozuvining eng qadimgi yozuvlaridan hisoblanadi) yoziuvida yozilgan. Usturlob asbobi Beruniy hamda Ahmad Farg'oniy tomonidan yasalgan bo'lib, Beruniy 25 yoshida abservatoriyada turli xil tajribalar o'tkazishda qo'llashgan. Ushbu asboblar yordamida yorug'likni chiqish tushish paytini hamda joyni geografik kengiligini aniqlashda foydalanishgan.

Imom Al-Buxoriy Buxorolik Buyuk hadisshunos olim. 10 yoshligidan hadis yodlashni boshlagan, bulardan 7394 tasini ishonchli deb Al-jome As-sahih asariga to'plagan. Muzeyda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Oltin silsila asarida sharxi bilan berilgan 4 tondan iborat kitoblari mavjud. Imom At-Termiziy Termiz shaxrida tug'ilgan, hadisshunos olim. Imom al-Buxoriyning shogirdi bo'lgan, uning eng mashxur asarlaridan biri "Sunnat at Termiziy" hadislari to'plamidir.

Imom Alma Turdiy Samarqand shaxrida tug'ilgan. U Fiqhshunos(Fiqh-Islom huqushunosi degan ma'noni bildiradi) olim bo'lgan. Hudoga yaqin inson bo'lgani uchun Imom Al-hudo Imom al Muatakkalimin unvonlariga sazovor bo'lgan. Muzey ekspanatlari ichida Qur'oni karim kitobi bo'lib, uning bosh va oxirgi qismlari saqlanib qolmaganligi sababli kim tomonidan ko'chirilganligi noma'lum, biroq buni ko'chirishda Qo'qon qog'ozidan foydalanganiligi uchun XVIII- asr deb taxmin qilinadi (XVIII-asrda Qo'qonda "Qo'qon qozog'i ishlab chiqarilgan"). Hamda X-asrda yozilgan yana bir Qur'on kitobi hamda bularni yozish uchun o'sha davrlarda

foydalanilgan qamishdan qilingan qalam, qalamdon chiroq o'sha davrlarda pilik qo'yib chiroqqa yog' kuyib tunda ham harflarni yozishda foydalanishgan. XV- asrda ruvojlangab, Buyuk ipak yo'lining xaritasi u zamonlarda bizning shaxrimiz ham shu yo'lda joylashgan bo'lib, Ho'qand deb atalgan. (Ho'qand degani shamollar shaxri degan ma'noni bildiradi) Bu yerda bir yilda 365 kun bo'lsa Qo'qonda 300 kun shamol bo'lar ekan shu sabab ham nomi avvaldan Ho'qand deb atalgan ekan. Keyingi buyuk Allomalarimizdan Ahmad al-Farg'oniy, Farg'onaning Quvbon shaxrida tug'ilgan Buyuk matematik astronom olim bo'lgan eng mashxur asarlaridan biri "Astronomiya elementlari" Chet davlatlarida Alfraganus nomi bilan mashxur bo'lgan. Muzeyda chop ettirgan asarlaridan na'munalar saqlanib kelinadi. Pargoflar yani hozirgi serkullarimizning qadimgi ko'rinishi. Ahmad Al-Farg'oniy tomonidan Misrdagi Nil daryosiga atab Qiyosayi nil, Nilometr deb nomlangan asbob qurdirgan muzey devorida buning ichki hamda tashqi ko'rinishi tasvirlangan sur'at mavjud. Asbob asosan toshlardan qurilgan 860-yillarda Ravza orollaridan qurilishni boshlagan. Asbob o'rtasida nazorat chizig'lari bo'lgan buni bir kishi doim nazorat qilib turgan yani suvning qachon ko'tarilib tushishi haqida habar berib turgan, chunki Nil daryosi juda loyqalanib oqgan hamda bu dexqonchilikka katta zarar yetkazgan. Bunday qurilmalardan 80 ga yaqini o'sha davrda qurib foydalanilgan hozirda 20 ga yaqini yodgorlik sifatida saqlanib qolingan. Marg'ilon shahrida Burxoniddin Marg'iloniyga atab qurilgan bog'ning maketi hozirda muzey ekspanatidan joy olgan. Uning mashxur "Hidoya" asaridan hozirgacha chet el davlatlarida o'qitilib kelinmoqda. Maxmud az-Zamaxshariy Xorazimning Zamaxshar qishlog'ida tug'ilgan. Bu alloma arab gramatikasini yaxshi bilgan, hatto arablarning o'zlari tan olishkan "Agar Maxmud Zamaxshariy bo'lmaganda bizning tilimiz bo'lmas edi" deya takidlashgan. O'zbek bo'laturib arab tilini kashf qilgan inson. Qozog'istonning Turkiston shaxrida Ahmad Yassaviyga atab qurilgan maqbaraning sur'ati hamda Hikmatlar asarlarining ko'chirma nusxasi muzeyda mavjud. Ahmad Yassaviy 63 yoshda payg'ambar yoshidan o'tib quyosh yuzini ko'rishni istamaganligi uchun yer ostidan xujra kovlab o'sha yerdan tashqi olamga chiqmay yashagan. Yusuf Xos Hojib aslida taxallus bo'lib, u Yusuf Bolasag'uniy yani Bolasag'un qishlog'ida tug'ilgan. Uning bizgacha yetib kelgan yagona asari "Qutadg'u bilig" ya'ni "Saodatga eltuvchi bilim" ensiklopedik kitob bo'lib, hamma savollarga javob olish mumkin. Xozirda Xitoyning Qashqar shaxrida Yusuf Xos Hojibga atab qurdirilgan maqbara bo'lib, uning sur'atini muzeyda ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari Maxmud Qoshg'ariyning "Devoni turk" asari bunda 70.000 dan ortiq turk tillari tarjimasi berilgan. Maxmud Qoshg'ariy ham yer dumaloq degan fikrni ilgari surgan. Xitoyning Qashqar shaxrida Yusuf Xos Hojibga atab qurdirilgan maqbara sur'ati ham muzeyda bor. Hozirgi berilgan ma'lumotlar va ekspanatlar 1-zalga tegishli. Keyingi zal XIV-XV asrda Amur Temur davrida ilm-fan va madaniyat zali deb ataladi. Amur Temur

bobomiz 1336-yil 30-aprelda Qashqadaryoni Kesh shaxrida tug'ilgan. Buyuk sarkarda davlat arbobi bo'lgan. Amur Temur davlatlarining haritasi hamda o'sha davrda foydalanilgan mis tangalari muzey eksponatlari qatoridan joy olgan. Amur Temur qayerni bosib olsa o'sha davlatdagi olimlarini hunarmandlarni Samarqand shaxriga yig'gan. Bu olimlardan biri Sa'diddin Taftazoniy Buxoro G'ijduvon madrasalarida mudarrislik qilgan. Hozirda Samarqand shaxrida u kishiga atab qurdirilgan madrasa bo'lib uning maketini Buyuk Allomalar muzeyda ko'rishimiz mumkin.

Mirzo Ulug'bek Samarqandda tug'ilgan Amir Temur nabirasi Shoxrux Mirzoning o'g'li buyuk astranom rasadxona qurdirgan muzeyda Ziju ko'rogoniy kitoblarining ko'chirmasi bo'lib, asli Toshkent sharqshunoslik muzeyida saqlanib kelmoqda. Muzeyda allomalar shoirlar shox sarkarda olimlardan tashqari XV- asrda yasalgan askarlar uchun zanjirlardan to'qilgan sovut, nayza, qalqon kabi qurol aslahalar bor. Bunday qurollar kiyimi bilan birga 15 kilogramdan 30 kilogramgacha og'irlikda bo'ladi. Qo'ng'iroq odatda ogohlantirish sifatida foydalanishkan, karvonlarda qum tuyalar bo'yniga ilib qo'yilgan sahroda chang to'zonda karvonni yo'qolib qolmasligi uchun foydalanilgan. Amir Temur byusti 1441-yilda qabrlarini kovlagandan keyin Gerasimov olim tomonidan kalla suyaklariga qarab yig'ilgandan keyin yasalgan. Saroy ayonlari kiyimlari ham muzeyda mavjud. Bundan tashqari yana ko'plab buyuk olim allomalarning kitoblari o'zlari haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin. Keyingi zal muzeyda XVIII-XIX asrda "Qo'qon adabiy muhiti" deb ataladi. Qo'qon adabiy muhitida 340 dan ortiq shoir va shoiralar yashab ijod qilgan. Ular Qo'qon va Qo'qon atrofida ijod qilgan insonlar haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin. Bu zalda siyohdan, qalamdon, yozish uchun turli qog'ozlar, juzgir (asosan teridan qilingan hozirgi fayl). Qo'qon adabiy muhitini yaratishdan Amir Umarxon hamda uning ayollari Andijon shaxri hokimining qizi Nodirabegim xizmatlari katta bo'lgan. Ho'qandi latif deb atalgan sur'at devorda ko'rishimiz mumkin. Sur'atda qadimgi Qo'qon shaxrida mavjud madrasalar tasvirlangan. O'sha davrlarda Qo'qon shaxrida 66 ta madrasa bo'lib, ulardan 12 ta hozirda saqlanib qolgan madaniy meros obye'kti hisoblanadi, qolgan madrasalar chor Rassiyasi bosib olingdanda urushda vayron etilgan. Zal oxirida maxsus shu zal uchun atab chizilgan yana bir sur'atga ko'zimiz tushadi. Sur'at Shavkat Zohidov qalamiga mansub "Shoir adabiyotshunoslar" deb ataladi. Sur'atda Amir Umarxon atrofida shoirlar birgalikda ijod qilayotganligi tasvirlangan. Binoni 2-qavatida yangi zal bor. Uning nomi Jadidchilar harakati yetakchilari. Bu yerda Turkistonda birinchi bo'lib jadidchilik harakatiga asos solgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrar, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniy ilk jadid maktabi uchun Alifbolar yozib yangi o'quv uslubini joriy qilgan insonlar. Ibrohim Davron birinchi bo'lib fotografyani olib kirgan inson. Jadid so'zi arabchadan olingan bo'lib, yangi degan

ma'noni bildiradi. Bular o'zimizning milliy qadryatlarimizni tiklash maqsadida yangi usul maktablarini ochib shu maktablar uchun yangi alifbo kitoblarini yozishgan. Bular orasida Arab yozuvida yozilgan eski o'zbek yozuvi kitoblari bor. Bularning yozilishi arabcha harflarda yozilgan o'zbekcha so'zlar. Devorida Baxodir Jalolov tomonidan chizilgan "Navro'z" deb atalgan rasm bo'lib, unda Navro'z unda bo'ladigan turli xil o'yinlar, ishlar, tayyorlanadigan milliy taomlar, sumalak bazmi kabi Navro'z shukuhini beruvchi narsalar tasvirlangan. Muzeyda ilk jadid maktalblari 66 ta madrasalar ularda o'qigan o'quvchilar haqida to'liq ma'lumot berilgan jadval ham shu kungacha saqlanib kelinadi. Yana bir ajoyib zal Hattotlik namunalari zali deb ataladi. XVIII-asrda arab yozuviga asoslangan eski o'zbek yozuvi rivojlangan bo'lib, bu yerda hattotlik namunalarini ko'rish mumkin. O'tgan davrlarda hattoki uy ro'zg'or buyumlariga ham arab yozuvida hadislar oyatlar yozilganligini muzeyda osilgan sur'atlardan ko'rishimiz mumkin. XVIII-asrda Qo'qonda "Qo'qon qog'ozi ishlab chiqarilgan" ekan muzeyda aynan man shu sexning maketini ko'rdik. Dastlab Qo'qon shahrida bo'lgan sex saroyga ziyon yetkazganligi sababli Xudoyorxon buyrug'i bilan Mo'yi muborak, Qal'acha qishloqlariga ko'chirilgan. Mo'yi muborakda katta anxorlar bo'yiga joylashgan chunki jarayon suv bilan bo'lgan aholidan latta qoldirlarini paxtani eng past navi hamda tut daraxti po'stlog'ini olib oyjuvozda maydalashgan, maydalangandan so'ng katta-katta humlarga ivitib qo'yilgan suyuq xamir holiga kelgandan so'ng qog'oz chiqarivchi moslamalarga quyib preslab qog'oz xoliga keltirilgan. Keyin sexni ichida tandir bo'lgan. Tandir yoqilganda uni devorlari qizigan shu qizigan devorlarga yangi chiqarilgan qog'ozlarni yopishtirib quritilgan, bir kunda bitta usta 300 tadan 500 tagacha qog'oz ishlab chiqargan. Bu qog'ozlarning 7 xil turi bo'lgan muzey vetrinasida bu qog'ozlarni ko'rishimiz mumkun. Qog'ozlar sifatiga qarab har hil bo'lgan eng past navidan oddiy xalq foydalangan sifati yaxshi qog'ozlarni boy zodagon amaldorlar foydalanishgan, saroyda ishlatiladigan qog'ozlarga esa mustahkamligini oshirish maqsadida ipak qo'shilgan. Qo'qon qog'ozi o'ta nafis bo'lgan bunga bir tomonidan yozilsa ikkinchi tomonidan ham bemalol o'qisa bo'ladigan bo'lgan, olovga kuymaydigan, hattoki eshib arqon sifatida foydalanishga ham mustahkam hisoblangan. 1925-yilda Rossiyada hamda Xitoyda arzon qog'oz ishlab chiqaruvchi fabrikalar qurilgandan so'ng Qo'qon qog'ozlari ishlab chiqarilishi to'xtatilgan. Ammo saroy xodimi hozirda olimlar bu amalyotni qayta yo'lga qo'yish ustida ish olib borishayotgani haqida bizga ta'kidlab o'tdi. Muzeydagi keyingi zal Hunarmandchilik zali deb ataladi. Bu yerda O'zbek milliy cholg'ularidan chang hamda yana bazi bir musiqa asboblari uy ro'zg'or buyumlari ayollarimiz uyda o'tirganda shug'ullanadigan mashg'ulotlari so'zona kashta kabi qo'l mehnatlari ayollar hamda erkaklar kiyimlari, kumushdan yasalgan taqinchoqlar yog'och o'ymakorlik namunalari hamda Xudoyorxon saroyining bizgacha yetib kelmagan

darvozlalari ko'rinishi hamda uning ukasiga tegishli bo'lgan Sultonmurodbek madrasasining sur'atlari tasvirlangan. Sultonmurodbek madrasasi hozirgi Furqat bog'ida joylashgan bo'lib unda 200 dan ortiq o'quvchilar ta'lim olishgan chor Rassiyasi bostirib kelgandan so'ng yarimini otxona qilib buzilgan, so'ng butunlay yakson qilib chiqib ketishgan. Shu sababli hozirda bizgacha yetib kelmagan. Muzeydagi so'ngi zal XXI asrda Qo'qondan yetishib chiqqan birinchi akademik professorlar deb ataladi. U yerda Toshmuhammad Qori Niyoziy 17 yoshida Qo'qon sudyasini tarjimoni bo'lgan 1924-yilda Qo'qonda birinchi o'zbek sovet maktabini ochgan. Ushbu maktabda o'n uchta o'quvchi o'qigan bular O'n uch qaldirg'och nomi bilan tanilgan. Muzeyda o'quvchilarning sur'atlari ham bor. Niyoziy O'zbekiston fanlar akademyasiga asos solgan fizika, matematika fanlari akademigi bo'lgan. Tesha Zohidov o'n uch qaldirg'ochdan biri zoologiya fani bo'yicha akademik bir necha yillar O'zbekiston fanlar akademyasini boshqargan. Jo'ra Saidov biologiya fanlari bo'yicha, O'day Oripov va Sadi Sirojiddinov fizika matematika fanlari bo'yicha akademik bo'lganlar. Qo'qondan yetishib chiqqan birinchi tarixchi olima Rahima Aminova. Fizik olim Sodiq Azimov. Adabuyotshunos Po'latjon Qayumov 340 dan ortiq Qo'qon adabiy muhitida ijod qilgan shoir va yozuvchilar haqida "Taskirrayi Qayyumiy" kitobida yozib qoldirgan. Uning farzandi Aziz Qayyumov Navoiyshunos Laziz Qayyumov Hamzashunos olim bo'lgan. Boqiy Farg'onani Bog'dod tumanida tug'ilgan shoir bo'lgan birinchi jurnalistlardan. Usta Qodirjon Haydarov yog'och o'ymakorligi ustasi. Rassom Mimmat Qo'ziboyev shoir Erkin Vohidov G'anijon Abdurahimov maktablarda adabiyot fani kitoblari muallifi Said Mahmudov naqqosh usta Abdug'ani Abdullayev yog'och o'ymakorligi ustasi kabi sur'atlar hamda ular haqida ko'plab ma'lumotlar olishimiz mumkin. Muzey so'nggida esa aynan mana shu muzey maketini ham ko'rishimiz mumkin. Muzeydan ko'plab ma'lumotlar olishimiz mumkin. O'ylaymizki o'sib borayotgan har bir yosh avlod tariximizni bilishi uchun bu yer yetarlicha ma'lumot bera oladi. Har bir yosh avlod bizning kelajagimizdir. Ular tariximizni bilmay turib kelajagimizni yarata olishmaydi. Mana shunday muzeylar bizni tariximizni oz bo'lsada tasavvur qilishimizga katta yordam hamda ma'lumot manbaasi bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1-12 tom.

2. Xaydarbek Bobobekov "Qo'qon tarixi"

3. Baxrom Irzayev "Qo'qon tarixidan lavxalar" Toshkent akademnashr-2020

4. "Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlarning ilmiy falsafiy merosi"

5. A. Mavrulov va boshqalar.Toshkent "Sano-standart" nashriyoti-2017

6. Allomalar muzeyida faoliyat olib borayotkan ilmiy hodim: Mahmudova Muazzamxon

7. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

8. Talaboev, A. (2021). O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 325-333.

9. Nabijonovich, T. A. (2022). RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 633-642.

10. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

11. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

12. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

13. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

14. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

15. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

16. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.

17. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.

18. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

19. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

20. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCTAPHHH TAHEP^Am^A ^HPH^EP^HK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

21. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

22. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

23. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

24. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219225.

25. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОГЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

26. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

27. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

28. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

29. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

30. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.

31. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

32. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.