Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING ETNOGRAFIYA FONDINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISHI'

OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING ETNOGRAFIYA FONDINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
497
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey / fond / etnografiya / etnomadaniy meros / etnografik kolleksiya / ekspeditsiya. / музей / фонд / этнография / этнокультурное наследие / этнографическая коллекция / экспедиция.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A.A. Madraimov, M.M. Safayev

Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining etnografiya fondining shakllanishi va rivojlanishi tadqiq qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСТОРИЯ И РАЗВИТИЕ ЭТНОГРАФИЧЕСКОГО ФОНДА ГОСУДАРСТВЕННОГО ИСТОРИЧЕСКОГО МУЗЕЯ УЗБЕКИСТАНА

В данной статье изучено формирование и развитие этнографического фонда Государственного музея истории Узбекистана.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING ETNOGRAFIYA FONDINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISHI»

Oriental Journal of Social Sciences SJIF for 2022: 5.908

ORIENTAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

journal homepage: https://www.suppQrtscience.uz/index.php/oiss

O'ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING ETNOGRAFIYA FONDINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISHI

A.A. Madraimov

PhD, dotsent

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

M.M. Safayev

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, magistrant,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mailmanzil: [email protected]

Kalit so'zlar: muzey, Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston tarixi

fond, etnografiya, etnomadaniy davlat muzeyining etnografiya fondining shakllanishi va

meros, etnografik kolleksiya, rivojlanishi tadqiq qilindi. ekspeditsiya.

HISTORY AND DEVELOPMENT OF THE ETHNOGRAPHY FUND OF THE STATE

HISTORY MUSEUM OF UZBEKISTAN

A.A. Madraimov

PhD, associated professor

Tashkent State University of Oriental Studies,

M.M. Safayev

Researcher of the State Museum of History of Uzbekistan, master student

Tashkent State University of Oriental Studies E-

Email address: [email protected]

Key words: museum, fund, Abstract: In this article, the formation and

ethnography, ethnocultural development of the ethnographic fund of the State Museum

heritage, ethnographic of the History of Uzbekistan was studied.

collection, expedition.

ИСТОРИЯ И РАЗВИТИЕ ЭТНОГРАФИЧЕСКОГО ФОНДА ГОСУДАРСТВЕННОГО ИСТОРИЧЕСКОГО МУЗЕЯ УЗБЕКИСТАНА

А.А. Мадраимов

PhD, доцент

Ташкентского государственного университета востоковедения, М.М. Сафаев

научный сотрудник Государственного музея истории Узбекистана, магистрант,

Ташкентского государственного университета востоковедения, Адрес электронной почты: safoyevmansur8@gmail. com

Ключевые слова: музей, Аннотация: В данной статье изучено формирование и фонд, этнография, развитие этнографического фонда Государственного

этнокультурное наследие, музея истории Узбекистана. этнографическая коллекция,

экспедиция._

Jahonning turli muzeylarida Markaziy Osiyo xalqlarining etnomadaniy merosiga oid turli ashyolar saqlanishidan tashqari ekspozitsiya yoki ko'rgazmalarda namoyish etilmoqda. Xususan, nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi bo'lgan O'zbekiston tarixi davlat muzeyi etnografiya fondi ham mintaqa madaniyatiga xos bo'lgan 18 mingta turli noyob etnomadaniy merosni o'zida jamlagan.

Tadqiqotimizning maqsadi 1876-yildan yildan XX asrning 20-30-yillariga qadar O'zbekiston tarixi davlat muzeyida etnografik ashyolarni yig'ilish jarayoni nafaqat O'zbekiston balki Markaziy Osiyo mintaqasining etnomadaniy merosini o'rganishga qaratilgan intellektual faoliyat shakli sifatida tavsiflashdir.

Muzeyning etnografik kolleksiyasi bu - muayyan etnos yoki etnik guruh madaniyatini ifodalovchi obektlarning tizimlashtirilgan to'plamidir. Etnografik kolleksiyalarda etnik guruhlarning moddiy madaniyati ham, nomoddiy meros ham o'z aksini topgan. Muzey kolleksiyalarini o'rganishdagi yondashuv zamonaviy etnografiya fanining vazifalariga zid emas, balki fan uchun muzey fondlarini ilmiy o'rganish etnomadaniy merosni saqlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlardan biridir.

Ushbu kichik tadqiqot fanlararo xarakterga ega. Uni tayyorlashda muzeyshunoslik, tarix, etnografiya va madaniy antropologiya sohasidagi nazariy ishlanmalar natijalari hisobga olindi. Tadqiqotning uslubiy asosi qiyosiy tarixiy usul bo'lib, muzeylarning ekspeditsiya faoliyati va etnografik tadqiqotlar dasturlarini taqqoslash imkonini berdi.

O'zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan noyob ashyolarning asosiy qismini qadimshunoslar yoki boshqa shaxslar tomonidan tasodifiy topilgan osori-atiqalar tashkil etadi. Ular muzeyning arxeologiya va numizmatika fondlarida tizimlashtirilgan tartib raqamlar ostida saqlanadi. Shuningdek muzeyning o'zbek va qo'shni respublika xalqlarining urf-odatlari, milliy kiyimlari va kundalik hayotiga doir turli ashyolarni o'zida jamlagan qismi bu - etnografiya fondidir. Ushbu fonddagi ashyolarning asosiy qismini muzey tashkil topgandan buyon mintaqada o'tkazilgan etnografik dala ekspeditsiyalar natijalarida to'plangan buyumlardir. Etnografik ekspeditsiyalarning katta qismi muzeyning ilmiy xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Bundan tashqari muzeyda o'tkazilgan turli millatlarning madaniyat ko'rgazmalarida qo'yilgan buyumlar ham keyinchalik etnografiya fondiga topshirilgan.

1876-yil O'zbekiston tarixi davlat muzeyi dastlab Turkiston statistika qo'mitasi qoshida tashkil etilgan Toshkent muzeyi sifatida tashkil topgan. Muzey etnografiya, tabiat tarixi va arxeologiya, numizmatika, qishloq xo'jaligi singari to'rt bo'limga ega bo'lgan. 1877-yilning 1-

yanvariga kelib etnografiya, texnik ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo'yicha 1500 dan ortiq turli ashyolaga, 800 ta qadimiy tanga va medallarga ega edi 1.

Tadqiqotchi N.Sodiqovaning aniqlik kiritishicha, Toshkent muzeyi faoliyatining 1876-1880-yillarni o'z ichiga oluvchi dastlabki davrini eng samarali yig'uv ishlari bajarilganligi o'z ishida keltiradi2. Etnografiya bo'limidagi kolleksiyalarni: loy va toshdan ishlangan buyumlar, paxta, jun va yarim ipak matolarning namunalari, torli musiqa asboblarining to'liq to'plami, harbiy qurollar, ot jabduqlari, temirchilik asboblari to'plami va mahalliy aholi tomonidan sovg'a qilingan charm mahsulotlari namunalarini o'z ichiga olgan 3.

Muzeyda ilk invertar ro'yxat tuzish ishlari XIX asrning 80-yillariga to'g'ri keladi. 1886-yili Y.F.Kal tomonidan etnografiya, numizmatika va arxeologiyaning ayrim materiallariga katalog tayyorlandi. Afsuski muzeyning moddiy ahvolining tangligi, kolleksiyalarning yo'qolishi bo'limlarni qisqartirilishiga olib keldi. 1900-yili faqat etnografiya, arxeologiya va numizmatika bo'limlarigina mavjud edi4. Hatto joy bo'lmaganligi sababli o'sha yili San-Lui ko'rgazmasi uchun tayyorlangan etnografik kolleksiyalar muzeydan o'rin ololmagan5. Bu davrda muzey fondlarini to'ldirishda hunarmandchilik, qishloq xo'jaligi va boshqa turli sohalar uchun o'tkazilgan ko'rgazmalar katta ahamiyat kasb etardi.

Muzey 1906-yili etnografiya to'plamidan ashyolar Milan ko'rgazmasiga yuboriladi. Unda Buxoro amiri tamonidan taqdim etilgan milliy kiyimlar va muzeyning 40 ga yaqin turli etnografik ashyolar bo'lganligi to'g'risidagi ma'lumotlar arxiv hujjatlarida uchraydi6.

O'tgan asning 20-30-yillarda g'oyaviy-axloqiy mazmuniga ko'ra yangi bo'lgan sovet tizimi (sho'rolar) oyoqqa turdi, tarixiy tafakkur uslubiyatida ham katta o'zgarishlar yuzaga keldi. Uning muhim tarkibiy qismi sifatida etnografiya fani shakllandi7. Turkkomstaris boshchiligida O'zbekistonda muzeylar qurish amalga oshirildi. 1918-yili Toshkent muzeyi Turkiston xalq muzeyiga aylantirilib, 1921-yilning oxirida Turkkomstaris tasarrufiga o'tdi va O'rta Osiyo Bosh muzeyi deb nomlana boshlandi8. Bu o'zgarishlar tufayli muzeyning etnografiya bo'limiga katta e'tibor berildi. "Sotsialistik" madaniyat yuzaga kelishi sabab an'anaviy urf-odatlar, ba'zi uy-ro'zg'or buyumlari ham yo'qolib bordi9 Muzeyning etnografiya bo'limi mudiri etnograf, lingvist, eronshunos mutaxassis O'zR FA akademigi M.S. Andreyev hayot uchun kerak bo'lgan, ammo yo'qolib borayotgan ashyolarni turlarini munosib ta'riflagan holda saqlab qolish zarurligi haqida: "yig'uv ishida har bir daqiqa g'animat, chunki o'tayotgan har bir kunda hech qachon qayta topilmaydigan ayrim buyumlar yo'qolib boraveradi" deb aytgan edi10.

Bu davrda muzey fondlarini to'plashda ekspeditsiyalar ayniqsa samarali bo'lgan, ularni muzey xodimlari boshqargan11. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o'rganishga M.S.Andreyev, M.Bikjanova, A.K. Borovkov, M.F. Gavrilov, A.A. Divayev, Sh. Inog'omov, A.S.Morozova, T. Mirg'iyozov, V.G. Moshkova, Y.M. Peshereva, O.A. Suxareva kabi mashhur etnograf-sharqshunos olimlar o'z hissalarini qo'shganlar. Bu olimlar tomonidan yig'ilgan

1 Содщова Н.Маданий ёдгорликлар хазинаси. Т.:Фан, 1981. 39 б.

2 Садыкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. -Ташкент: Фан, 1975. С.36.

3 Садыкова Н.С. Этнографическая коллекции Музея истории народов Узбекистана (история комплектования и краткое описание) /Материалы по истории Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1966. С.62.

4 Содщова Н.Маданий ёдгорликлар хазинаси. Т.:Фан, 1981. 44 б.

5 Садыкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. -Ташкент: Фан, 1975. С.40.

6 О^ МА Т-72 jamg'arma, 1-го'уха^ 7-10-varaqlar.

7 Дониёров А.Х. Узбекистан этнографияси тарихшунослиги (XIX асрнинг иккинчи ярми - XX аср 30 йиллари).-Тошкент, 2005. 4 б.

8 Содщова Н.Маданий ёдгорликлар хазинаси. Т.:Фан, 1981. 74 б.

9 Садыкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. -Ташкент: Фан, 1975. С.69.

10 Содщова Н.Маданий ёдгорликлар хазинаси. Т.:Фан, 1981. 163 б.

11 Садыкова Н., Лефтеева Л., Султонова Н., Турсуналиев К. Кустарные промыслы в быту народов Узбекистана XIX - XX веков. Т.: Фан, 1986. 18 с.

kolleksiyalar fond to'plamlarini majmuaviy ilmiy shakllanishi va O'zbekiston, umuman O'rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyatini chuqur tizimli o'rganishni boshlab berdi12.

1922-1927 yillarda etnograflar tomonidan 10 ta ekspeditsiya o'tkazildi13. Xususan, 1922-yili M.S. Andreyev Toshkentda o'tov poyondozlari - "bov" kolleksiyasini yig'di. 1924-yilda esa u sharqiy Buxoroda 200 dan ziyod kiyim-kechak, idish-tavoq, yog'och, buyum va turli qo'g'irchoqlar to'plandi. 1925-yili uning rahbarligida O'ratepa, Rishton, Isfara, Chust, Konibodom va Farg'ona yo'nalishi bo'yicha ekspeditsiya uyushtirildi. Kolleksiya tarkibida kulolchilik mahsulotlarining 200 buyum va turli qo'g'irchoqlar bor edi. Shu yilning o'zida Darvoz, Shug'non, Panjikent tumanlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida muzey fondlari kundalik turmush buyumlari, yog'och va temir mahsulotlar, tog'li tojik xalqining kiyim-kechaklari va kashtalari bilan to'ldirildi. 1927-yildagi M.S. Andreyev boshchiligidagi ekspeditsiya Zarafshonning yuqori sohilida, Yang'ob, Qorategin, Darvoz, Shug'non va Sharqiy Pomirda ilmiy tadqiqot olib bordi. Erishilgan natijaga ko'ra: 33б buyum, ko'plab tojik xalq hunarmandchiligi namunalari, shuningdek, juda chiroyli ishlangan kulolchilik buyumlari to'plandi. Bundan tashqari topilgan buyumlarning tayyorlangan joyi va vaqti, ustalarning ismlari, ilgari nomlari noma'lum bo'lgan bir necha yuz mahalliy gazlamalarning naqshlari aniqlandi14.

Muzey xodimlari tomonidan o'tkazilgan dala etnografik ekspeditsiyalar natijalari muzey fondlariga topshirilishi bo'yicha ham unumli ishlar bajarildi. Etnografik ekspeditsiyalar dasturiga O'zbekiston hududida istiqomat qiluvchi o'zbeklar va boshqa xalqlarning etnik tarkibi, an'anaviy xo'jalik shakllari, turmushi va madaniyatini har tomonlama tarixiy-etnografik tadqiq etish kiritilgan. U yoki bu kasb va hunarlarning tarqalishi, mahsulotlarning tayyorlanish uslublari aniqlangan. Etnografiya kolleksiyalarining shakllanishida T.A. Abdullayev, G. Alimov, L. Axmedjanova, R. G'aniyeva, Ye.A. Deyeva, I. Ismatov, M.X. Sultanov, G.Z. Temirgaliyev, К. Tursunaliyev, T. Fayziyev kabi Muzey xodimlari ham salmoqli hissa qo'shdilar. Ularning faoliyati asosan respublikaning turli hududlariga uyushtirilgan muntazam komleks ekspeditsiyalarga ham bog'liq bo'lgan. Muzey U. Jo'raqulov, M.K. Raximov, B. Xalilov, X. Rahimova, Sh. Abidova, A. Muxtarov kabi yirik ustalarning kulolchilik buyumlarini yig'ishga ham ma'lum darajada e'tibor berdi. Muzey kolleksiyalari ko'rgazma namunalari hisobiga ham to'ldirilib borilgan. 1925-yilda Muzeylar ishi va osori-atiqalar, san'at va tabiat yodgorliklarini saqlash bo'yicha O'rta Osiyo qo'mitasi (Sredazkomstaris) 1923-yil Moskva shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik sanoati ko'rgazmasida namoyish etilgan O'zbekiston, Turkmaniston va Buxoro bo'limlari eksponatlarini qabul qildi. Bu ashyolarning aksariyat qismi - kiyimlar, poyabzallar, gilamlar, sopol namunalari, mis va temir idishlar, qishloq xo'jalik qurollari, hunarmandchilik asboblari Muzeyga topshirildi15.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki O'zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan etnografik ashyolarni o'rganish va uni tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Muzeyning kolleksiyalari asosida olib borilgan tadqiqotlarda Markaziy Osiyo xalqlariga oid etnomadaniy meros kontekstida hali o'rganilmagan.

12 «Узбекистан маданий мероси» муаллифлик туркуми: «Узбекистон тарихи давлат музейи туплами. Иккинчи кисм. Этнографик фонд» китоб-альбоми/ Ф.Ф. Абдухоликов, Э.В. Ртвеладзе, Ж.Х. Исмоилова, Л.Г. Левтеева // Тошкент: «East Star Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis» МЧЖ буюртмасига кура, 2020. - 16 б.

13 Садыкова Н.С. Этнографическая коллекции Музея истории народов Узбекистана (история комплектования и краткое описание) /Материалы по истории Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1966. С.63.

14 Содикова Н.Маданий ёдгорликлар хазинаси.Т.:Фан, 1981.163 б.

15 «Узбекистон маданий мероси» муаллифлик туркуми: «Узбекистон тарихи давлат музейи туплами. Иккинчи кисм. Этнографик фонд» китоб-альбоми/ Ф.Ф. Абдухоликов, Э.В. Ртвеладзе, Ж.Х,. Исмоилова, Л.Г. Левтеева // Тошкент: «East Star Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis» МЧЖ буюртмасига кура, 2020. - 16 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.