Научная статья на тему 'DASTLABKI MUZEYLAR TARIXI'

DASTLABKI MUZEYLAR TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4897
218
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Muzeylar / muzalar uyi / Xalqaro muzeylar kengashining (ICOM) / Kalliope / Erato / Euterpe / Melpomene / Talia / Polygymnia / Terpsichore / Clio / Uraniya. / Museums / House of Ice / International Council of Museums (ICOM) / Kalliope / Erato / Euterpe / Melpomene / Talia / Polygymnia / Terpsichore / Clio / Urania.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Saidjon Burxon O’g’li Nishonov

Ushbu maqolada hozirgi kunda o'zining muayyan faoliyat turiga ega sohalardan biri bo’lib o’rin olgan muzeylar haqida ma’lumot berilgan. Maqolada muzeylar tarixi haqida, ilk muzeylar qachon tashkil topganligi, qayerlarda va qanday rivojlanib borganligi qisqacha yoritildi. Muzeylar tashkil topgan davrlardan oldin «muzalar uyi» ibodatxonalar mavjud bo’lgan, maqolada ayrim muzalarning faoliyat turlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF EARLY MUSEUMS

This article gives you a brief overview on museums, which are now one of the most important industries in the world. The article briefly describes the history of museums, when the first museums were established, where and how they developed. Before the founding of the museums, there were "house of ice" temples, the article describes some of the activities of the museum.

Текст научной работы на тему «DASTLABKI MUZEYLAR TARIXI»

DASTLABKI MUZEYLAR TARIXI

Saidjon Burxon o'g'li Nishonov

Jizzax davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda o'zining muayyan faoliyat turiga ega sohalardan biri bo'lib o'rin olgan muzeylar haqida ma'lumot berilgan. Maqolada muzeylar tarixi haqida, ilk muzeylar qachon tashkil topganligi, qayerlarda va qanday rivojlanib borganligi qisqacha yoritildi. Muzeylar tashkil topgan davrlardan oldin «muzalar uyi» ibodatxonalar mavjud bo'lgan, maqolada ayrim muzalarning faoliyat turlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Muzeylar, muzalar uyi, Xalqaro muzeylar kengashining (ICOM), Kalliope, Erato, Euterpe, Melpomene, Talia, Polygymnia, Terpsichore, Clio, Uraniya.

HISTORY OF EARLY MUSEUMS

Saidjon Burkhon ugli Nishonov

Jizzakh State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article gives you a brief overview on museums, which are now one of the most important industries in the world. The article briefly describes the history of museums, when the first museums were established, where and how they developed. Before the founding of the museums, there were "house of ice" temples, the article describes some of the activities of the museum.

Keywords: Museums, House of Ice, International Council of Museums (ICOM), Kalliope, Erato, Euterpe, Melpomene, Talia, Polygymnia, Terpsichore, Clio, Urania.

KIRISH

Butun dunyo madaniyat va san'at ixlosmandlari uchun o'tmishdan «jonli ertaklar» hikoya qiluvchi sokin va sirli go'shalar - muzeylar doim ham alohida e'tiborga loyiq bo'lib kelgan. Shu bois ham 18 - may butun dunyoda muzeylar kuni sifatida nishonlanishi aynan muzeylar faoliyatiga qiziquvchilar uchun notanish ma'lumot emas, deb be'malol ta'kidlashimiz mumkin. Har yili 18-may kuni dunyo bo'ylab muzey xodimlari o'zlarining professional bayramlarini - Xalqaro muzey kunini nishonlashadi. Bu ko'pchilik taxmin qilganidek, birinchi muzey ochilgan kun bilan bog'liq emas. Bu an'ana dastlab 1977 - yilda, Xalqaro muzeylar kengashining (ICOM) navbatdagi yig'ilishida o'rtaga tashlangan taklif bir ovozdan qabul qilinganidan buyon davom etib

kelmoqda.1 1978 - yildan beri Xalqaro muzeylar kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanib kelinmoqda. Ushbu madaniy bayramning nishonlanish ko'lami bugun turli hududlarda turlicha ko'rinish kasb etadi. Ulardan biri so'nggi yillarda mashhur bo'lib kelayotgan "Muzeylar kechasi" dir. Dunyoning ko'plab shaharlarida, odatda 18 mayga yaqin shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi ana shunday bayramlar tashkil etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muzeylar orqali tarixiy va madaniy merosiga bo'lgan munosabat ifodalanadi. Muzeylarda moddiy va ma'naviy madaniyat yodgorliklarini to'plash va namoyish etish barobarida ilmiy-ma'rifiy hamda ta'lim-tarbiyaviy yo'nalishdagi ishlar ham olib boriladi.

Muzeyshunoslik bugungi kunga kelib o'zining muayyan faoliyat turiga ega soha. Ya'ni muzeylar turli to'plamlarni butlaydi va o'rganadi. Ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta'mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo'l-ko'rsatkichlar nashr etadi. Zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo bo'lish tarixi esa olis davrlarga borib taqaladi.

Biz yuqorida to'xtalgan muzeylar kunining aynan 18- mayda nishonlanishi, yoki bu bayramni nishonlash taklifi tashabbuskorlarining ruslar ekanligi uning paydo bo'lishi tarixiga umuman aloqador emas. Bugun bir qancha sohalarni qamrab olgan, o'z muayyan faoliyat doirasiga ega bo'lgan muzeylarning ham o'ziga hos tarixi mavjud.

Ilk muzeylar qachon tashkil topgan degan savolga javob olish uchun tarix kitobining anchayin oldingi sahifalariga nazar tashlashga to'g'ri keladi. Muzeyning o'tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo'jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 16-asrga oid Kritdagi Knos saroy xazinasi, miloddan avvalgi 13—12-asrlarga oid Xitoydagi Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi, Nineviya saroy kutubxonasi va

"5

boshqa shu kabi osori - atiqalarda muzeylarning dastlabki ko'rinishlari aks etadi. Qadim zamonlardan ibodatxonalarda to'planib borgan noyob buyumlar keyinroq hususan miloddan avvalgi III asrlarga kelib, shaxsiy to'plamlarda jamlanib bordi. Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va boshqa to'plamlar so'zimizga misol bo'lib xizmat qiladi. Bunday to'plamlarning Vizantiya sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida saqlanishi odat tusiga kirib bordi. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo bo'lishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr —

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Muzey

2 https://news.rambler.ru/other/44201332-mezhdunarodnyy-den-muzeev-v-kitae/

3 Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi. "O'qituvchi".T.,1964.

Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Bu davrda xayvonot va o'simlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar to'plangan. Tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy, badiiy, noyob narsalar jamlangan saroy to'plamlari shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo bo'ldi. Florensiya, Rim, Drezden va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari to'plamlari shu davrga mansub. 17—18-asrlarda keyinchalik ko'plar davlat milliy muzeylari negizini tashkil qilgan tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, san'atshunoslikka oid bo'lan shaxsiy to'plamlar shakllandi.4

MUHOKAMA

Noyob buyumlar, san'at asarlari, bejirim va nafis go'zalliklar hamma davrlarda ham insoniyatni o'ziga rom etgani shubhasiz, albatta. Ammo yuqoridagi savolimizga aynan javob hali ochilgani yo'q. Ho'sh, bugun tarixni o'rganishning muhim va ajralmas bo'lagiga aylangan muzeylarning dastlabkisi qachon va qayerda tashkil etilgan? Butun dunyoda birinchi Museyon ya'ni ma'bud - yoki muzalar, ilhom parilarining uyi miloddan avvalgi 290 yilda paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey I dastlabki muzeyning tashkilotchisi sifatida e'tirof etiladi. Manbalarga ko'ra ungacha ham «muzalar uyi» ibodatxonalari mavjud bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi muzeylar tarixining tamal toshini qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi deya hisoblanadi.

Shu o'rinda ayrim muzalarning faoliyat turlariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz: Kalliope - epik she'riyatga homiylik qiladi, Erato - muhabbat, Euterpe - lirika va shu bilan birga musiqa, Melpomene - fojia, Talia - komediya, Polygymnia - madhiyalar va pantomima, Terpsichore - raqslar, Clio - tarix, Uraniya - astronomiya, v.b. Guvohi bo'ldikki, ilhom parilarining faqatgina bir nechtasi ilm-fanga taaluqli. Qolgan ko'pchilik qismi esa san'at va madaniyat homiylari. Shu o'rinda qadimgi yunonlar hayotida san'atning tutgan roli qanchalik katta bo'lgani yana bir karra yodimizga tushadi va o'z -o'zidan Ptolomey museyonida ham san'at yuqori o'ringa qo'yilgandir, degan fikr tug'iladi. Ammo, bu unchalik ham haqiqatga yaqin emas. Ptolomey tomonidan yaratilgan muassasa aniq ilmiy faoliyat turlarini qo'llab - quvvatlovchi "ilmiy tashkilot" ga aylanadi. Ptolomey muzeyi yonida Botanika bog'i, hayvonot bog'i va hatto anatomik tadqiqotlar o'tkazilgan «ilmiy markaz» afsonaviy Iskandariya kutubxonasi bilan birlashtirilgan. Bu yerda faoliyat ko'rsatgan ilmiy hodimlardan sizga yaxshi tanishlari, albatta Arximed va Yevkliddir. Hodimlar bu yerda davlat homiyligi ostiga olingan.

4 https ://present5.com/muzei-mira-muzej -v-perevode-s/

Museyon faoliyati bilan birgalikda hodimlar ta'minoti bilan maxsus tayinlangan kohin shug'ullanar edi.

NATIJA

Ptolomey museyoniga begonalarning kirishi mutlaqo ta'qiqlanar edi. Ilmiy izlanishlarga aralashishga hammaning ham salohiyati yetavermas edi. Taqdir charxpalagi bu ilmiy markazga Yunonistonni zabt etishga oshiqqan rimliklarni olib keldi. Dastlab ular «Yopiq eshiklar ortida »yaratilgan ilmiy izlanishlarni tom ma'noda davom ettirishga urinishdi. Bu yerni o'ziga hos «universitet»ga aylantirishdi. Ammo, davrlar o'tishi bilan yangi qarashlarga to'la xristianlik ta'limotlariga singib ketgan rimliklar «butparastlikka asoslangan» deb topilgan asarlarni yo'q qilishga kirishdilar. Shunday qilib bu ilmiy boyliklardan bizgacha deyarli hech nima yetib kelmadi.

Ammo, Ptolomey museyoni bugungi kun muzeylari va ko'rgazmalari bilan uzviy bog'liq ekanligi endi bizga sir emas. Ayniqsa bunda zabt etilgan o'lkalardan talon-taroj qilingan boyliklar namoyish etiluvchi maxsus zallarning mavjud bo'lgani, ushbu muassasaning hozirgi galereyalar ajdodi ekaniga yana bir isbot bo'la oladi. Qolaversa, ko'rkam, serhasham va katta hajmga ega ajoyibotlarning kichik nusxalaridan iborat ko'rgazmalarning tarixi ham aynan Yunonlarga borib taqaladi. Manbalarga ko'ra, II asrda imperator Adrian o'zining xonadonlarida Misr haykallari nusxalari uchun maxsus galereyalar qurishni buyurgan, va tashkil etilgan ko'rgazmalar kishini hayratga solishi shubhasiz edi. Balki Misr ajoyibotlarining hajmi ularning aslini olib kelishga noqulaylik tug'dirgani bois ularning modellarini yaratishga buyruq berilgandir...Bunisi esa bizga qorong'u...

Yunonlarning yorqin misollaridan so'ng keyingi davrlar bizga muzeylar haqida qimmatli faktlar hadya etmaydi. Faqatgina XV asrga kelib Lorenzo Medichi Florentsiyada Haykallar galereyasini tashkil etadi. Hukmdor o'z uyiga olimlarni, haykaltarosh va rassomlarni taklif qilib, kutubxona tashkil etadi. Hammasi huddi qadimgi Yunonistondagi kabi, davlat hisobidan amalga oshiriladi. Yunonlar «tajribasi ommalashishda» davom etdi. Keyinchalik Yevropada fransuz tilidan «qo'shni xona» deb tarjima qilinadigan "kabinetlar" tarqaladi. Ularda rimliklar singari olijanob odamlar qo'shnilarini har xil noyob mo''jizalar bilan ajablantiradilar. Odatda bu mo'jizalarning deyarli barchasi boshqa davlatlardan "olib kelingan" bo'lar edi. Shu o'rinda, V.I.Leninning Britaniya muzeyini " Angliya tomonidan mustamlaka mamlakatlaridan talon-taroj qilingan ulkan boyliklarning to'planishi" deb deya ta'riflanishi ham bejiz emas edi. Aynan Britaniya muzeyi 1759 yilda muzeylar tarixida birinchi bo'lib tomoshabinlar uchun "o'z eshiklarini ochgan" edi.

XULOSA

Bugungi kunda esa tobora rivojlanib borayotgan turizm sohasida muzeylar o'z mustahkam o'rniga ega bo'lib ulgurdi. Dunyoning barcha muzeylarida bo'lgani kabi yurtimiz muzeylari ham tomoshabinlar bilan gavjum. Albatta, bu borada sohani rivojlantirishga qaratilgan sayi harakatlar natijasida moziydan sado beruvchi muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni yanada oshadi,ular orasida yoshlarning salmog'ii hozirgiga qaraganda ko'proq bo'ladi deya umid bildiramiz.

REFERENCES

1. Bobir Boltayev. MUZEYSHUNOSLIK fanidan uslubiy - qo 'llanma. "Durdona" nashriyoti, Buxoro. 2016.

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Muzey

3. https://news.rambler.ru/other/44201332-mezhdunarodnyy-den-muzeev-v-kitae/

4. Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi."o' qituvchi".T., 1964

5. https: //present5 .com/muzei-mira-muzej -v-perevode- s/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.