Научная статья на тему 'QADIMGI XITOY FALSAFASINING ASOSIY YO’NALISHLARI'

QADIMGI XITOY FALSAFASINING ASOSIY YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
23571
711
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi Xitoy / falsafa / falsafiy maktablar / tayan va shandi / in-yan / Konfutsiychilik / ismlar maktabi / moizm / legizm / yorug’lik va qorong’ulik. / Ancient China / philosophy / philosophical schools / pillar and shandi / in-yan / Confucianism / school of names / moism / legism / light and darkness

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Xudaynazarova Laziza, Izzetova E.M.

Qadimgi Xitoy falsafasida yana turli xil yo’nalish va oqimlar mavjud bo’lgan. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o’z davrining ko’zga ko’ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo’lgan ko’pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o’z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo’nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DIRECTIONS OF ANCIENT CHINESE PHILOSOPHY

Ancient Chinese philosophy also had different directions and currents. In them, famous people who tried to develop the values of philosophical thinking, prominent sages of their time sought real solutions to many problems related to nature, society and human life. They try to solve such problems based on their social ideals. Naturally, the solution to problems is not the same, because the universe is infinite and infinite. They cannot be covered by a system of limited theoretical principles. This explains the diversity of schools of thought.

Текст научной работы на тему «QADIMGI XITOY FALSAFASINING ASOSIY YO’NALISHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

QADIMGI XITOY FALSAFASINING ASOSIY YO'NALISHLARI

TDSHU

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi 1-bosqich magistranti Xudaynazarova Laziza Ilmiy rahbar:f.f.d. Izzetova E.M.

Annotatsiya: Qadimgi Xitoy falsafasida yana turli xil yo 'nalish va oqimlar mavjud bo'lgan. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o 'z davrining ko 'zga ko 'ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo 'lgan ko 'pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o'z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo'nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin.

Kalit so'zlar: Qadimgi Xitoy, falsafa, falsafiy maktablar, tayan va shandi, in-yan, Konfutsiychilik, ismlar maktabi, moizm, legizm,yorug'lik va qorong'ulik.

Abstract: Ancient Chinese philosophy also had different directions and currents. In them, famous people who tried to develop the values of philosophical thinking, prominent sages of their time sought real solutions to many problems related to nature, society and human life. They try to solve such problems based on their social ideals. Naturally, the solution to problems is not the same, because the universe is infinite and infinite. They cannot be covered by a system of limited theoretical principles. This explains the diversity of schools of thought.

Keywords: Ancient China, philosophy, philosophical schools, pillar and shandi, in-yan, Confucianism, school of names, moism, legism, light and darkness.

Аннотация: Древнекитайская философия также имела разные направления и течения. В них известные люди, пытавшиеся развить ценности философского мышления, выдающиеся мудрецы своего времени искали реальные решения многих проблем, связанных с природой, обществом и жизнью человека. Они пытаются решать такие проблемы, исходя из своих социальных идеалов. Естественно, решение проблем не одно и то же, ведь Вселенная бесконечна и бесконечна. Их нельзя охватить системой ограниченных теоретических принципов. Это объясняет разнообразие школ мысли.

Ключевые слова: Древний Китай, философия, философские школы, столп и шанди, инь-янь, конфуцианство, школа имён, моизм, легизм, свет и тьма.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH.

Qadimgi Xitoy ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o'ziga xos shaklda rivojangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o'rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo'jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo'liga o'tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ustivorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo'lishini o'ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o'z ta'sirini o'tkazgan 1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. In va Yan falsafiy maktabi va boshqa Xitoy maktablari bilan o'zoro munosabatlarini o'ziga xos falsafiy fikrlari haqida tahlil olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, "In va yan falsafiy maktabi" o'rganishda olimlarning falsafiy tizimlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi to'g'risidagi fikr - mulohazalar, xulosalar, ilgari surilgan g'oyalar va prinsiplar tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo'lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta'minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko'pincha oliy hukmdor (shandi), ba'zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan 2.

Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo'lib u diniy matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo'lgani kabi, ozod bo'lish yoki xalos bo'lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo'lmagan. Aksincha, u ko'proq amaliy va pragmatik yo'nalishga ega edi. Xitoy faylasuflari asosan kambag'al a'yonlarga mansub bo'lgan. Ular ko'pincha g'oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma'muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko'pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan.

Ko'pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan donishmandlar ta'sirida asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ko'p hollarda ularning ismlari

1 Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.l-kitob. - Toshkent , 2004. - B.43.

2 Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши / История китайских идеологий. Т.1-2. - Пекин, 1957. -B.127.

Scientific Journal Impact Factor

aniq bo'lmasada, aynan ular asotirlar, afsonalar ma'naviy ta'siridan ozod bo'la borganlar va olam to'g'risidagi ilk dunyoqarashni o'zlarida shakllantirib, rivojlantirganlar. Ularning qarashlarida afsonaviy va dunyoviy bilimlar bir-biri bilan bevosita bog'lanib, bir-birini to'ldirib brogan Xitoy falsafasi o'zining gullab yashnagan vaqtiga "urushuvchi davlatlar" deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining "oltin davri" (eramizdan avvalgi Vl-IIIasrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo'nalishlar quyidagilardan iborat edi: in-yan, besh unsur, konfutsiychilik, daosizm, moizm, legizm 3.

Qadimgi xitoyda markazlashgan davlatchilikning kuchsizlanishi oqibatida markaziy boshqaruv ma'muriyatning turli soxa vakillari (joylardagi hukmdorlarga ta'sir etish uchun) falsafiy maktablar tashkil etishga kirishdilar. Tashkil etilgan maktablar esa umumiy ^"Chizya" deb nomlana boshladi4. Bu nomlash o'z vaqtida ularning jamiyatdagi xususiy maqomini belgilab berar edi. "Chizya" So'zining asli mohiyati ham "uy"degan ma'noni anglatadi.

1. ШШ Kungzichilik maktabiga olim - intellektual salohiyat egalari va hunarmandlar asos solgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi Kungzi g'oyalarini targ'ib qilish va uni rivojlantirish bo'lgan. Shu ma'noda ularning amaliy faoliyatida insonparvarlik À (Jen) g'oyalarini targ'ib qilish bosh masala bo'lgan5.

2. ^^Lao zi asos solgan ^Dao maktabi. Bu maktabga tarki dunyochilik qilgan darveshlar, muvofaqqiyat va mag'lubiyat, mavjudlik va halokat, qayg'u va baxt, qadimiylik va zamonaviylik yo'li (Doa)to'g'risida yilnomalar tuzish tufayli "pokizalik va bo'shliq", "kamsitilish va zaiflashish" orqali "shohona san'at" o'z -o'zini saqlashga etishgan xronografiya muassasalaridan chiqqanlar yaratishgan6.

3. |^P0"Zulmat va yorug'lik maktabi"ni, (dunyoni tashkil etuvchi, boshlovchilar) osmon belgilari, quyosh, oy, yulduzlar, koinot mo'ljallari, vaqt almashuvini kuzatuvchilar - astronomiya muassasalaridan chiqqanlar yaratganlar.

4. ^¿^Legizmni, "odob-axloq asosidagi" boshqaruvni ^L(Li) mukofotlar, jazolar, muayan qonunlar bilan to'ldirgan, sud muassasalaridan chiqqanlar yaratishgan.

5. ^^"Ismlaf'maktabini, faoliyatlari qadimda mansab va marosimlardagi nominallik va reallik mos kelmaganligi bois ularni muvofiqlashtirish bilan bog'liq bo'lgan, marosimlar muassasasi vakillari yaratishgan.

3 Ян Юн. История древнекитайской идеологии / Перевод с китайск. - М.,1957. - C142.

4 Там же. - C. 143.

5 Быков Ф.С. Зарождение общественно-политической и философской мысли в Китае. - М., 1966. -C.

6 Ян Хин-шун. Древнекитайский философ Лао-цзы и его учение. - М.-Л., 1950. - C.106.

45.

Scientific Journal Impact Factor

6. S^Moizm maktabiga tejamkorlikni, "ko'p narsani o'z ichiga oluvchi muxabbat" ( ^SЦzyan ay)ni "loyiqlarini"( Msyan) ilgari surishni navyam ( ^guy) qadir - qimmatni biluvchi va uni hurmat qiluvchi, (fàmin) "oldindan taqdirga bitilgan" va "bir xillikni" inkor etuvchi ibodatxona qorovullaridan chiqqanlar asos solishgan7.

7. Vertikal va gorizontal (siyosiy ittifoqlar)diplomatik maktabini "ishlarni lozim darajada baxsga emas farmoyishga asoslanib bajaruvchi elchilik muassasalaridan chiqqanlar yartaganlar".

8. Eklektik ensiklopedik, "erkin maktabi"ni kungzichilik va moizm "ismlar maktabi" legizm g'oyalarini davlatda tartibni saqlab turish uchun bir-biri bilan qo'shilgan maslahatchilardan chiqqanlar yaratishgan.

9.^.^"Agrar maktab"ni Xun fanda sakkizta muhim davlat ishlaridan (ba chjen) va ikkinchi o'rinda bo'lgan oziq ovqat va mol ishlab chiqarishni boshqaruvchi, dehqonchilikka oid muassasalardan chiqqanlar tuzishgan.

10. "Kichik izohlar maktabi"ni "ko'chadagi fisqu-fasod, mish-mishlar" asosida xalq orasidagi kayfiyat to'g'risida ma'lumot yig'uvchi kuyi tabaqali amaldor ma'lumot yig'uvchi quyi tabaqali amaldorlardan chiqqanlar tuzishgan. Ammo bu maktablar jamiyatda o'z yo'nalishlari ega bo'lsada, keyinchalik kungzi ta'limotining kuchayib borishi bilan asta sekin yo'qolib bordi.

Ushbu o'nlik maktablariga asoslangan manbalarini eramizdan avval 3-2 asrlarning enstiklopedik yodgorliklari bo'lgan Lyuy shi chunstyu ( janob Lyu yaning bahor va kuzi) va Xuaynan stzi (Xuaynanlik o'qituvchining asari)da kuzatish mumkin. Ularning birinchisida (2 - bob, 5-7) "Osmon ostining o'nta atoqli arboblari ro'yxati kiritilgan: 1) yon berishni ko'plarga o'rnak qilib ko'rsatuvchi Lao Szi, 2) insonparvarlikni ulug'lovchi Kungzi,8 3) "mo'tadillik"ni ifodalovchi Modi, 4) "soflik"ni ulug'lovchi Guan in, 5) "borliq"ni ulug'lovchi Le Stzi, 6) "tenglik"ni maqtovchi Tyan-pyan, 7) "egoizm - xudbinlik"ni sharaflovchi Yan Chju, 8)"kuch"ni ko'klarga ko'taruvchi Sun bin, 9)" Oldinga intilish"ni qo'llovchi Van byao, 10) "ergashish"ni ulug'lovchi Er lyan. Xuaynan stzi asarining umumlashtiruvchi yakuniy - 21 bobi tarkibida falsafa maktablarining vujudga kelishi ijtimoiy - tarixiy shart -sharoitlari to'g'risidagi g'oyalar keltirilgan bo'lib, ular quydagi tartibda ko'rsatilgan. 1) kungzichilik. 2) Moizm. 3) Daoni Legizm bilan uyg'unlashtirgan Guan stzi ta'limoti (er.av 4-3 asrlar). 4) kungzichilikni daosizm bilan uyg'unlashtirilgan va

7 Фэн Ю-лань. Краткая история китайской философии. - СПб, 1998. - С 91.

8Быков Ф.С. Зарождение общественно-политической и философской мысли в Китае. - М., 1966. - С

Scientific Journal Impact Factor

sezilarli ravishda Yan-stzi chun styu ( o'qituvchi Yan bahori va kuzi) ifodalangan Yan-stzi ta'limoti. 5) Vertikal va gorizontal (siyosiy ittifoqlar) haqidagi ta'limot. 6) Shen Boxayning "jazolar va ismlar" (sin min) haqidagi ta'limoti; 7) Shan yan (Gun Sunyan)ning (er av 4 asr) qonunlar to'g'risidagi ta'limoti; 8) Daosizm bilan sug'orilgan Lao stzi va Xuaynanstzi ta'limoti; mazkur bobning boshida Loa-stzi va Chjuanstzi ta'limoti ajratib ko'rsatilgan, 2 bobda esa Yan Chju ( Modi, Shen Boxay, Gun Sunyan ta'limoti bilan birga to'rtlikni tashkil etuvchi) ko'rsatilgan bo'lib, yaxlit xolda I ven chji turlanishi bilan o'zaro munosabatda o'nta (10) bo'lingan to'plamni tashkil etib, xususan, "vetikal va gorizontal (siyosiy ittifoqlar)" maktabiga xos belgi va falsafa maktablarining kelib chiqishi tarixiy voqelikni umumiy bog'lash orqali aloqadorligi ko'rsatib berilgan.

Tabiiy-falsafiy g'oyalar ijtimoiy hayotni tashkil qilish uchun tavsiyalar sifatida ishlatilgan, ''Shu Ching'' kitobida uchta axloqiy fazilatlar va ularni boshqarishda foydalanish haqida so'z boradi. ''Birinchisi (sifat) to'g'ri (to'g'ri) va to'g'ri (to'g'ri narsalarni qilish qobiliyati); ikkinchisi - qiyin (qobiliyat), uchinchisi (yumshoqlik). Yuzaga kelgan falsafaning muhim masalasi osmon bilan inson o'rtasidagi munosabatlar, odamning olamdagi o'rni haqida. Taiping Ching, afsonaga ko'ra, Yu-chi adibi to'g'ridan-to'g'ri osmondan olingan: "Osmon - bu Yangning buyuk kuchi, yer - bu Inning buyuk kuchidir. Odam hamma narsada kabi markazda. Osmon doimiy ravishda tubga aylanadi, uning hayotiy prinsiplari pastga tushadi9. Er doimiy ravishda yuqoridan oladi, uning hayotiy prinsiplari yuqoridan ko'tariladi. Ikkala tamoyil ham markazda bog'langan, shuning uchun odam o'rtada bo'lishiga qulaydir" Tabiiy faylasuflar aytishicha, osmon bilan yerning uyg'unligi hayot manbai. Ammo bu uyg'unlikda bosh rol osmonga tegishlidir. Osmonga sajda qilish chaqirig'i shu erdan boshlandi. Ushbu g'oya qadimgi Xitoy falsafasida keng qo'llanilgan.

O'zlarini "Xan"lar deb atagan xitoy imperiyasi etnonimi bo'lib kelgan, markazlashgan Xan imperiyasi shakllanishi davrida yaratilgan "Lyu sin - ban gu" nazariyasi an'anaviy fanda mumtozlik mavqeiga ega bo'ldi. Keyinchalik, butun xitoy tarixi mobaynida unga ishlov berish davom etib, uning keyingi rivojida Chjan Syuchen (1738-1801) va Chjan Binlin (1890-1936)lar alohida xissa qo'shdilar10. Bu ta'limot XX asr Xitoy falsafasida Xu Shi tomonidan qattiq tanqid qilinishi bilan birga oltita asosiy maktabni nafaqat turli kasb, balki turli xildagi shaxslar va turmush tarzi vakllari yaratgan degan xulosaga kelgan Fen Yulan tomonidan qo'llab quvvatlandi va rivojlantirildi. Maktablar haqida ma'lumot beruvchi bu to'plamlarning

9 Ян Юн-го. История древнекитайской идеологии. - М., 1957. - C. 123.

10 Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши (История китайских идеологий). Т.1-2. - Пекин.1957. -

C.164.

Scientific Journal Impact Factor

uzoq muddat mavjud bo'lib kelganligi o'sha davr maktablarining jamiyat haqidagi g'oyaviy qarashlari xususida etarlicha ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatlarini beradi.

Qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy ta'limotlarga ko'ra, osmon va yer bilan chegaralangan olam in hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar mohiyatiga faol kirib boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv kuzatuvchi, zulmatni ifodalovchi tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jihatlar tariqasida tushunish xato, chunki ularning hamjihatligi tufayli kuchlar birlashadi, uzilgan yo'nalishlar muayyan shaklga ega bo'ladi, yer bilan osmon o'zaro munosabatlari ochib beriladi. In va yan harakati - bir butunlik o'zgarishining dialektik harakati. Narsa va hodisalarning o'zaro hamkorligi ularning o'zgarishi orqali ta'minlanadi. In va yanning o'zaro harakati natijasida oltita kategoriyalar paydo bo'ladi. Bular - momaqaldiroq, shamol, olov, suv, qaytish va osoyishtalik11. Ushbu kategoriyalar Osmon, Yer va Inson bilan bog'liq muammolarni yoritishda keng qo'llanilgan.

Yin yan jia (Hffi^, pinyin: yin yang jia) - qadimgi Xitoyning tabiiy falsafiy-kosmologik va numerologik masalalarga ixtisoslashgan falsafiy maktabidir. Bu Dark (In) va Light (Yan) maktabi bo'lib, Ushbu maktabning izdoshlari voqealarni faqat tabiiy kuchlar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilishdi, shuning uchun uni odatda tabiiy falsafiy deb talqin qilishadi.

In-Yan maktabining g'oyalari qadimgi Xitoyning an'anaviy ma'naviy madaniyati va fanining asosini tashkil etdi. Astronomik hisob-kitoblar asosida taqvimlar tuzildi, ularning to'g'riligi nafaqat qishloq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega edi, balki ''Osmon O'g'li va uning maslahatchilarining g'amxo'rligi" deb ham hisoblangan. Samoviy hodisalarni o'rganish kosmologiya, bioritmologiya va klimatologiya elementlarini birlashtirgan qadimgi Xitoy tibbiyotida katta ahamiyatga ega bo'lgan12. Keyinchalik In-Yan maktabining g'oyalari neokonfutsiy va diniy Daoizmda keng qo'llanila boshlandi.

In-YanJia-ning (Xitoy tili pinyinda) markaziy tushunchasi bu In-Yan kuchlari dualizmining universalligi va besh unsur: Metall, yog'och, suv, olov va er tomonidan hosil bo'lgan o'zaro ta'sirlarning siklik xarakteridir.

11 Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши (История китайских идеологий). Т.1-2. - Пекин.1957. -C.164.

12Демин Р. Н. Школа инь-ян //Культуры в диалоге. Вып.1. - Екатеринбург, 1992. - C. 97.

41

Scientific Journal Impact Factor

Dunyoning butun rivojlanishi ushbu konsepsiyada ko'rib chiqilgan edi: ''Bu san'at beshta kuch [besh unsur]ning o'zgarishi natijasida yuzaga keladi va agar u eng uzoq chegaralargacha kengaytirilsa, unga erisha olmaydigan hech narsa bo'lmaydi"13.

• Yog'och mustahkamlanadi, Suv qariydi, Olov tugiladi, Metal maxbusga aylanadi, Tuproq o'ladi.

• Olov mustahkamlanadi, Yog'och qariydi, Tuproq tug'iladi, Suv maxbusga aylanadi, Metal o'ladi.

• Tuproq mustahkamlanadi, Olov qariydi, Metall tug'iladi, Yog'och maxbusga aylanadi, Suv o'ladi.

• Metall mustahkamlanadi, Tuproq qariydi, Suv tugiladi, Olov maxbusga aylanadi, Yog'och o'ladi.

• Suv mustahkamlanadi, Metall qariydi, Yog'och tug'iladi Tuproq maxbusga aylanadi, Olov o'ladi.

Narsalar va hodisalarning fazoviy, vaqtinchalik va boshqa xususiyatlari beshta guruhga birlashtirilgan va ma'lum elementlar bilan bog'liq. Shunday qilib, butun dunyo hamjihatlikda. Agar ushbu guruhlarning biron birida qonunbuzarlik ro'y bersa, dunyoning butun mexanizmi uyg'unlik holatidan chiqadi14. Bundan ham murakkab tuzilmalarni tuzish mumkin, ular ham ''yo'riqnomalar va ko'rsatmalarga" muvofiq ishlaydi: ''Zulmat va yorug'lik (maktab izdoshlari) boshlanganidan keyin har bir ish uchun ko'rsatmalar va buyruqlar mavjud (va (va) haqida to'rt fasl (va haqida). sakkizta asosiy nuqta (sakkizta shartlar) trigramlarga, (va taxminan) zodiakning o'n ikki belgisiga (va taxminan yil davomida) yigirma to'rt yil"15.

13 Фэн Ю-Лань Школа «Инь-Ян» и древнекитайская космогония // Краткая история китайской философии. - М.: Евразия, 1998. - С. 152.

14 Сто школ — период рассвета китайской философии // История философии в кратком / перевод Богута И. И. - М.: Мысль, 1994.- С.132.

15 Лю Цзя Рассуждение Сыма Цяня о «шести школах» / пер. Кроль Ю. Л. // Китай: история, культура и историография. - М.: Наука, 1977. - С. 131—132.

42

Scientific Journal Impact Factor

In-Yan maktabining paydo bo'lishi miloddan avvalgi V - III asrlarga to'g'ri keladi. Jozef Nuxamning so'zlariga ko'ra, ushbu maktab, masalan, qadimgi Xitoyning mojia yoki minjia kabi falsafiy maktablari mualliflar asarlarida uchraydi. Biroq, bugungi kunga qadar ushbu maktabning biron bir kengaytirilgan matni saqlanmagan. Uning g'oyalarini faqat ''Shi Ji" (eng to'liq ma'lumot), ''Zhou i", ''Lu-shi chun qiu" (''Liuning buloqlari va kuzi") va boshqa bir qator yodgorliklardagi ayrim faragmentlar bilan baholasa bo'ladi16.

Miloddan avvalgi 1-ming yillikning o'rtalariga qadar. ''In-Yan'' va ''Besh unsur" tushunchalari alohida okklyuziv an'analarda ishlab chiqilgan - ''samoviy" (astronomik) va ''dunyoviy" (mantiqiy-iqtisodiy) edi. Ushbu ta'limotlar parchalarini qadimgi "I Ching", "Guo Yuy", "Lu-shi Chun Qiu" kabi matnlarda topish mumkin.

Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida. qadimgi matnlardagi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu maktabning taniqli vakili Zou Yan ''In-Yan" tushunchasini axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan ''besh unsur" doktrinasi bilan birlashtirgan (''besh fazilat" - deydi u). Shunday qilib, ''Besh unsur" ning siklikligi tarixiy jarayonlarga ham taalluqli bo'lib, hukmron sulolalarning paydo bo'lishi va qulashi bosqichlarini belgilab qo'ydi.

Konfutsiyning diniy ontologik-kosmologik va uslubiy asoslarini ishlab chiqqan va tizimlashtirgan Konfutsiychi Dong Chongshu falsafasida birinchi marta olamning barcha tomonlarini qamrab olgan yagona ta'limot sifatida ''In-Yan" va ''Besh unsur" tushunchalari keltirilgan. Keyinchalik In- Yan maktabining tabiiy-falsafiy tushunchalari Konfutsiy ''yangi harflar matnlari maktabi" (Jing xue) va neo-konfutsiylik, diniy-okkultiv - Xitoy folbinlari, folbinlari, sehrgarlari, kimyogarlari va tabiblarining faoliyatida davom ettirildi. Ushbu maktabning asosiy vakili Zou Yan hisoblanadi. Ushbu maktab vakillari shuningdek Tzu-Vey (tarixchi va astronom-munajjim eramizdan avvalgi 6 - 5 asrlar), yarim afsonaviy Rongcheng-tzu, Tszyan Tsang (mil. Av. 3 - 2 asrlar) ni o'z ichiga oladi. Qadimgi Xitoyda fasafiy fikr yuqorida aytganimizdek, xilma-xil va turli davrlarda rivojnagan. Ko'plab muammo va masalalarni tadqiq etishga harakat qilishgan. In-yan falsafiya ta'lomoti shunday shalda o'zidan avvalgi o'tagan falsafiya ta'limotlarning davomi va ularni to'ldirib sharhlanganini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

16 Нидэм, Джозеф. Происхождение и развитие теории Пяти элементов: Школа натуралистов (Иньянцзя) и Цзоу Янь // Китайская геомантия./ Сост., вст. ст., пер., примеч. и указ.,М. Е. Ермакова. -СПб: Петербургское востоковедение, 1998. - С. 215 - 228.

43

Scientific Journal Impact Factor

Qadimgi Xitoy falsafasida turii xil yo'nalish va oqirn^ mavjud bo'lib, Ularáa falsafiy tafakkuг qadriyatlarini ishlab chiqishga uгingan mashhrn- kishila^ o'z davгining ko'zga ko'гingan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo'lgan ko'pgina muammolaming real yechimini izlaganlaг. Bunday muammolarni o'z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas edi. Falsafiy maktablaг, yo'nalishlaming tuгli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin.

Qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy taTimotla^a ko'гa, osmon va yer bilan chegaralangan olam in hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar mohiyatiga faol kirib boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv kuzatuvchi, zulmatni ifodalovchi tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jihatlar tariqasida tushunish xato, chunki ularning hamjihatligi tufayli kuchlar birlashadi, uzilgan yo^aHs^^ muayyan shaklga ega bo'ladi, yer bilan osmon o'zara munosabatlari ochib beriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'XATI (REFERENCES)

1. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.1-kitob. - Toshkent , 2004. - B.43.

2. Хоу Bай-лy (и.др). Чжунго сысян тунши / История китайских идеологий. Т.1-2. - Пекин, i957. -B.127.

3. Ян Юн. История древнекитайской идеологии / Перевод с китайск. -M.,1957. - C142.

4. Быков Ф.С. Зарождение общественно-политической и философской мысли в Китае. - M., Шб. -C. 45.

5. Ян Хин-шун. Древнекитайский философ Лао-цзы и его учение. - M.-Л., 1950. - C.106.

6. Фэн Ю-лань. Краткая история китайской философии. - СПб, !998. - C.

7. Быков Ф.С. Зарождение общественно-политической и философской мысли в Китае. - М., 1966. - С. 45.

8. Ян Юн-го. История древнекитайской идеологии. - М., 1957. - С. 123.

9. Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши (История китайских идеологий). Т.1-2. - Пекин.1957. -С.164.

10.Демин Р. Н. Школа инь-ян //Культуры в диалоге. Вып.1. - Екатеринбург, 1992. - С. 97.

11. Фэн Ю-Лань Школа «Инь-Ян» и древнекитайская космогония // Краткая история китайской философии. - М.: Евразия, 1998. - С. 152.

91.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

12. Сто школ — период рассвета китайской философии // История философии в кратком / перевод Богута И. И. - М.: Мысль, 1994.- С.132.

13. Лю Цзя Рассуждение Сыма Цяня о «шести школах» / пер. Кроль Ю. Л. // Китай: история, культура и историография. - М.: Наука, 1977. - С. 131— 132.

14.Нидэм, Джозеф. Происхождение и развитие теории Пяти элементов: Школа натуралистов (Иньянцзя) и Цзоу Янь // Китайская геомантия./ Сост., вст. ст., пер., примеч. и указ.,М. Е. Ермакова. - СПб: Петербургское востоковедение, 1998. - С. 215 - 228.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.