FAYZULLA XO< JAYEV MEMORIAL UY- MUZEYI EKSPOZITSIYASINING O'ZIGA XOSLIGI
Saloyeva Ozoda
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 3-kurs muzey menejmenti va madaniy turizm yofnalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546930
Annotatsiya: Buyuk davlat arbobi, mangulikka daxldor mashxur siymo , XIX-XX asrlardagi yirik vakili Fayzulla Ho'jaev ijodiy merosi, Fayzulla Xo'jaev uy-muzeyi tashkil qilinganligi, uy-muzeyining maqsadi, muzey ekspozisiyasi haqida so'z boradi. Unda bugungi kunda Uchinchi Renessans yo'lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarda muzeylar - milliy madaniy merosni saqlash markazi sifatida tadqiq qilinadi.
Kalit so'zlar: muzeylar, milliy madaniy meros, madaniy markaz, milliy qadriyat, mafnaviy madaniyat yodgorliklari, muzey madaniy ati, muzey fondi, ekspozisiya.
Аннотация: Будут обсуждены творческое наследие великого государственного деятеля, бессмертного деятеля, крупного представителя XIX и XX веков Файзуллы Ходжаева, создание Дома-музея Файзуллы Ходжаева, назначение Дома-музея, музейная экспозиция. В ней, в масштабной работе, проводимой сегодня в нашей стране на пути к Третьему Возрождению, исследуются музеи как центры сохранения национального культурного наследия.
Ключевые слова: музеи, национальное культурное наследие, культурный центр, национальная ценность, памятники духовной культуры, музейная культура, музейный фонд, экспозиция.
Annotation: A great statesman, a famous figure of eternity, participation in the 19th and 20th centuries, the creative heritage of Fayzulla Khojaev, the establishment of the Fayzulla Khojaev house-museum, the purpose of the house-museum, and the exposition of the museum are discussed. Today, the Third Renaissance Road is widely explored as a museum - a center for the preservation of national cultural heritage.
Key words: museums, national cultural heritage, cultural center, national value, monuments of spiritual culture, museum culture, museum fund, exposition.
Muzey — tarixiy, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, saqlash, o'rganish va targ'ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ihniy-ma'rifiy muassasa.
CP Q -xP Q
<Tîïfr>
Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san'at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy qimmatga ega qo'lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Zamonaviy muzeylarning ko'plariga tadqiqot va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeyning o'ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, ko'rgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo'yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko'ra ilmiy tadqiqot-ma'rifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba'zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o'ziga xos laboratoriya vazifasini o'tovchi) va o'quv muzeyiga bo'linadi. Sohalar bo'yicha tarix, qishloq xo'jaligi, tabiatshunoslik, san'atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo'linadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua o'lkashunoslik kabi turlari bor.
Mana shunday memorial uy muzeylaridan biri bu Fayzulla Xo'jayev uy muzeyidir.Ushbu muzey O'zbekistondagi eng ko'zga ko'rinarli, mashhur muzeylardan biri.
Fayzulla Xo'jayev memorial uy muzeyi Buxoroda bo'lib, u O'zbekiston partiyasi va siyosiy arbobi Fayzulla Xo'jayevning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan. Ushbu uy Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlarda savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi millioner savdogar Fayzulla Xo'jayevning otasi Ubaydullo Xo'ja Qosimga qarashli bo'lgan.
XIX asr me'morchiligining yorqin namunasi nafaqat o'zining boy, millioner savdogar egasi bilan, balki hashamatli mehmonxonani eslatuvchi ajoyib ko'rinishi bilan ham mashhur bo'lgan. Bugungi kunda, bu XIX-XX asrlar oxirining tarixi va madaniyatini his qilish, o'sha zamondagi savdo-sotiq hayoti, mebel, interyer va san'atning noyob namunalarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lish mumkin bo'lgan maskandir.
Fayzulla Xo'jayev (1896-1938), otasidan tadbirkorlik qobiliyatini meros qilib olmadi, u davlat arbobi bo'lib yetishib jadidchilik g'oyalarini ilgari surgan va keyinchalik Buxoro Xalq Sovet Respublikasini boshqargan. 1937-yilda u janjalli ish bo'yicha Toshkentda hibsga olinib, 1938-yilda o'limga hukm qilingan va Moskvada otib tashlangan. 1965-yilda, u to'liq reabilitatsiya qilingan.
Xo'jayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar" (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va O'rta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir" (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol" (1924), „Yosh buxoroliklar to'g'risida" (1926), „Jadidlar" (1926), „Bosmachilik" (1930) maqolalarida O'zbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko'rsatilgan.
1925-yilda Xo'jayev O'zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U o'z faoliyatida o'zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat
pggo o . o.-oggc
■CP ' "^C (»J T Cj
<nitr>
qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. Xo'jayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo'ldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bag'ishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar" kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta'qibga olindi.
Fayzulla Xo'jayev hukumat rahbari sifatida O'zbekistonning xalq xo'jaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
Fayzulla Xo'jayev ma'ruzalaridan birida xalqiga qarata shunday degan edi: «Barcha fikr va barcha bilimlar yagona oliy maqsad - bizning buyuk Vatanimizni barcha choralar bilan mustahkamlashga yo'naltirilishi lozim».
Fayzulla Xo'jayev o'zining xalq oldidagi burchini bajarishda kuch va sog'lig'ini ayamasdi. U hatto bemorligiga qaramasdan Moskvada yosh respublikaning iqtisodiy va madaniy qurilishiga doir juda ko'p masalalarni hal qildi. Fayzulla Xo'jayev BXSR hukumatining boshlig'i lavozimida to'rt yil ishladi, bu davr davlat arbobi bo'lgan Fayzulla Xo'jayev uchun katta maktab, xo'jalik-tashkilotchilik ishlari maktabi bo'ldi.
Fayzulla Xo'jayevning O'zbekistonni namunali respublikaga aylantirish to'g'risidagi ezgu niyati ro'yobga chiqdi. U faqat o'zbek millatining ravnaqi uchun emas, balki o'nlab turli millat farzandlari mehnat qilayotgan O'zbekiston Respublikasining ravnaqi uchun, shu respublikada yashayotgan barcha millatlarning baxtli hayoti uchun kurashdi.
Xalq maorifi, sog'liqni saqlash sohasida erishilgan dastlabki natijalarda Fayzulla Xo'jayevning salmoqli hissasi bor.
Ushbu shaxsning nomini abadiylashtirish, xalqimiz hayotida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini doimo yodda saqlashimiz uchun ko'plab ishlar qilingan. Uning nomidagi uy muzey esa bu ishlardan eng muhimi va eng diqqatga sazovoridir. Negaki bu yer Fayzulla Xo'jayevning chinakam hayotiga guvoh bo'lgan maskan,yafni uning o'z uyidir.
Fayzulla Xo'jaevning uy-muzeyi, Buxoroning markazida joylashgan. Dastlab, uning egasi, taniqli savdogar Ubaydullo Xo'ja Qosim Xo'jayev bo'lgan, keyin esa uy uning merosxo'r o'g'li Fayzulla Xo'jayevga o'tgan. Uy, XIX asrning 80-yillari oxirida sotib olingan bo'lib uch gektar maydondan iborat bo'lgan. Savdogar, bu katta maydonda o'zining katta oilasini hisobga olib bir nechta uy qurdirgan.
Uy, ikki qismdan iborat: erkaklar va ayollar qismi. Bundan tashqari, uyda xo'jalik ehtiyojlari uchun xonalar, katta "mehmonxona", kichik mehmonxonalar, balkonlar ham bor. Har bir xona yog'och o'ymakorligi, antiqa buyumlar, o'ziga xos mebellar, noyob bezaklar bilan bezatilgan. Kofp xonalarda o'sha yillarning
qimmatbaho idishlari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak, naqshinkor vazalar va boshqa ko'plab zebu-ziynatlarni ko'rish mumkin.
Muzeyda Fayzulla Xo'jayevning qatag'ondan keyingi bir qancha hujjatlari, fotosuratlari, kitoblari va boshqa buyumlari mavjud.
Hozirgi kunda muzey bir qancha ekspozitsiyalardan o'rin egallagan: «XIX-XX asr boy savdogar hayoti» etnografik ekspozitsiyasi, O'zbekiston davlatining atoqli siyosiy arbobi Fayzulla Xo'jayev hayoti va faoliyatigabag'ishlangan ekspozitsiya va «Savdogarning oshxona uyi» ekspozitsiyasi. Xususan, muzeyning xo'jalik qismlaridan birida «XIX-XX asr soatlari» deb nom oigan qiziqarli ko'rgazma tashkil etilgan. Unda Buxoro qo'riqxonasi muzeyi soat namunalari kollektsiyalaridan: «Pavel Bure», «Mavzer», «Bekker»lar bor. Bular orasida Rossiya zavodlarida ishlab chiqarilgan XX asrning mashhur soatlari: «Mayak», «Yantar», «Slava», «Iskra», «Luch», «Akta» shular jumlasidandir.
Bugungi kunda, uy-muzeyda Buxoro amirligi gullab-yashnagan davrning aks sadolari, ota va o'g'il Xo'jayevlarning hayoti haqida hikoya qiluvchi bir qancha ko'rgazmalarni ko'rish mumkin. Muzeyning qimmatbaho eksponatlari orasida chinni idishlar, o'zbek musiqa asboblari, buxoroliklarning bashang kiyimlari bor. Ushbu g'ayrioddiy uy-muzeyga tashrif buyurganingizdan so'ng, siz etnografik ko'rgazmalar, ajoyib bezaklar va Buxoroning muhtasham hayoti namunalarini ko'rib hayratga tushasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
l.Qahramon Rajabov. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.0'zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;
3.Baqoyev M., Fayzulla Xo'jayevjurnalist va publitsist, T., 1992;
4.Fayzulla Xo'jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997;