Научная статья на тему 'KOMMUNIKATIV YONDOSHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH'

KOMMUNIKATIV YONDOSHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

199
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya jarayoni / tarbiyaviy ishlar / tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning nazariy aspektlari. / воспитательный процесс / воспитателная работа / теоретические аспекты организации образовательной деятельности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ma’mura Ulmasovna Dexkanova, Sitora Metinboyeva

Maqolada kommunikativ yondoshuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning nazariy aspektlari va yo‘llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описываются теоретические аспекты и способы организации учебной деятельности учащихся начальных классов на основе коммуникативного подхода.

Текст научной работы на тему «KOMMUNIKATIV YONDOSHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

KOMMUNIKATIV YONDOSHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Ma'mura Ulmasovna Dexkanova

Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlangich ta"lim pedagogikasi" kafedrasi professori

Sitora Metinboyeva

Nizomiy nomidagi TDPU IV-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada kommunikativ yondoshuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning nazariy aspektlari va yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning nazariy aspektlari.

АННОТАЦИЯ

В статье описываются теоретические аспекты и способы организации учебной деятельности учащихся начальных классов на основе коммуникативного подхода.

Ключевие слова: воспитательный процесс,воспитателная работа, теоретические аспекты организации образовательной деятельности.

ABSTRACT

The article describes the theoretical aspects and ways of organizing the educational activities of primary school students based on a communicative approach.

Keywords: educational process, educational work, theoretical aspects organization of educational activities.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo'ljallangan YANgi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risidagi farmonining "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish" nomli V-bandidagi ezgulik va inson'arvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash

May 6

461

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishga qaratilgan 71-maqsadida o'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash kabi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Hozirgi kundagi global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o'qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo'lishni talab qiladi. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo'lgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Zero, u nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur. Ta'lim muassasalarida o'quvchi-talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlarning to'g'ri tashkil qilish va qo'llashga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Dunyoning bir qator davlatlarida innovatsion yondashuvlar asosida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Zamonaviy dunyo uchun zarur bo'lgan muayyan ko'nikmalarni egallashga yo'naltirilgan modernizatsion didaktik tizimni takomillashtirish, ta'lim va tarbiyaning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish hamda ta'lim-tarbiya amaliyotiga samarali tatbiq etishga e'tibor kuchaymoqda.

Respublikamizda o'quvchi-yoshlarning ma'naviyatini shakllantirish, ularni milliY va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy g'ururni tarkib toptirish, axloqiy madaniyatini takomillashtirish masalalari bo'yicha M.Kuronov, N.Ortikov, SH.Kurbonov, X.Ibragimov, U.Maxkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, O. Xasanboyeva, D.RUziyeva, N.M.Egamberdiyeva, SH. T. Xalilova, N.SH.Erkaboyeva, J.S.Toshmatova, M. X. Tadjiyeva kabilar ilmiy tadkikotlar olib borgan. Xalk og'zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda milliy tarbiyalash jarayonini tashkil etishning samarli yo'llarini N.X.Voxidova, SH.Mirzayev, U.M.Rajabov, A.Y.Teshaboyev, G.A.Xolboyeva, milliY ^ odatlar va an'analar orkali o'quvchilarni tarbiyalashni M.Abroi

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

M.Niyozmuradov, M.Aliyev, U. Toshtemirov, D.R.Xolikov, M.K.Bozorova, M.D.Mirzajonova, M.E.Xaydarov, N.X.Voxidova, U.M.Rajabov, I.M.Mirziyotov, boshlangich sinf o'quvchilarini milliy tarbiyalash masalalarini N.J.Isakulova, X.J.Xudoykulov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish va o'tkazishda tarbiyaviy texnologiyalar va treninglardan hamda interfaol metodlardan foydalanilish bo'yicha A.Abduqodirov, R.J. Ishmuxammedovlarning olib borgan izlanishlari oliy va boshlang'ich ta'lim muassasalarida innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda dastur-u amal bo'lmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI.

Tarbiya jarayon u shaxsni shakllantirishga maqsadli yo'naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o'zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir.Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tamonlama va uyg'un kamol topgan yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar -turli xil moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga javob beruvchi tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo'ysundirilgan, bir-biri bilan o'zaro hamkorlik qiluvchi, o'zida bir butun ta'limni ko'zda tutgan tarbiyaviy ta'sir majmuidir. Ta'lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar - tarbiya jarayonining bir bo'lagi bo'lishi lozim.

MUHOKAMA

Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o'rganishga molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta'sir etish usullari va boshqalarni o'rganish, chuqur bilish, amalda qo'llash juda muhimdir. Tarbiyaviy ishlarni va ularni tashkil etish hamda boshqarishning nazariy aspektlari quyidagilardan iborat: O'quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash; tarbiyaviy manbalar; tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo'yicha uslubiy tavsiyalar;

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichlari; tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari; Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarishlami o'z ichiga oladi. O'quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash

Maqsad: o'quvchilarning darsdan tashqari vaqt mobaynida o'zini-o'zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanishi uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.

O'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalari:

• Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

• O'quvchilarni mustaqil ravishda ta'limni davom ettirishga yo'naltirish;

• O'quvchilarni qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;

• O'quvchilarga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o'rgatish.

Darsdan tashqari faoliyat tizimi o'quv gurug'i tarkibida; o'quv yurti jamoasi tarkibida, individual tartibda; ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda, klub, to'garak, muzey, mehnat jamoalarda, ta'lim muassasalaridan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarini o'z ichiga oladi.

O'quvchilarni darsdan tashqari faoliyat tizimini rejalashtirish shakllari quyidagicha amalga oshiriladi. O'quv yurti ish rejasi; Ma'naviy- ma'rifiy ishlar rejasi va o'quv guruh ish rejalarida o'z aksini topadi.

O'quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishning asosiy qoidalari:

• Diagnostik asos yaratish;

• O'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va shakllanganligini hisobga olish;

• Tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyat aniq yo'nalishlarni belgilash;

• Tadbirlarni o'tkazish muddatlarini, shaklini, ishtirokchilarni aniq belgilash;

• Tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi;

• Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda o'quvchilarning shaxsan ishtiroki Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari:

• Bajarilishi lozim bo'lgan ishlarning maqsadini aniq belgilash (harakatni boshidan oxirigacha tasavvur qilish);

• Qo'l ostidagi har bir kishi uchun aniq vazifalarni belgilash;

May 6

464

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

• Kutilayotgan ish uchun zaruriy narsalarni tayyorlash;

• Natijalarni aniqlash uchun muayyan mezonlar belgilash;

• Javobgarlik, uning egasi va hisobot vaqtini taqsimlash;

• Tashkiliy qismni uyushtirishvositasi sifatida ijrochilarga yo'1-yo'riq ko'rsatish.

XULOSA.

Yangi O'zbekiston jamiyatini barpo etish ijtimoiylashuv jarayonlari bilan bog'liq ravishda kechishi- bu maktab o'quvchilarini ma'naviy-axloqiy meyorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat'iy amal qilish ko'nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi. "Yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, tarbiya jarayonlarini xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda kommunikativ yondoshuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish, shuningdek mazkur jarayonlarni amalga oshirishda tarbiyaviy texnololgiya va treninglardan keng va maqsadli foydalanish lozim.

REFERENCES

1. Axmedova, M., & Narmetova, Y. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Obshestvo i innovatsii, 3(2/S), 103-

2. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54- 60.

3. Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212.

4. Kholida, S., Akhrarova, Z., Mamura, D., Gulbakhor, I., & Kadamboy, M. (2019). Modular teaching technology based on scientific activity.

5. Ulmasovna, D. M., & Jamshidovna, F. F. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. pedagog, 1(1), 155-159.

6. Kazakova, S. (2023). Boshlang 'ich ta'limda "Tarbiya" darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar. Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 1822.

7. Ulmasovna, D. M. M., & Qizi, R. M. Q. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijtimoiy-madaniy

109.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

kompetentligini rivojlantirish. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(4),

8 .Abdurahmonova, I., & Sharifova, Z. (2023). Umumiy o 'rta va o 'rta maxsus ta'limda "Tarbiya" fanini o 'qitishda tarbiyaviy treninglardan foydalanish. yangi o'zbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 13-17.

9. Dehkanova, M. (2021). Issues to increase the efficiency of pedagogical activity in higher education. Sciences of Europe, (72-2), 54-56.

10. Dexkanova, M. U., & Zaripova, D. A. (2021). Malaka oshirish jarayoniga "Tarmoqli bumerang" texnologiyasini joriy etish. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 211-213.

11. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

12. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103-

13. Tursunaliyevna, A. M., & Karimovna, N. Y. (2022). Maktabgacha tarbiya muassasalarida madaniy-gigiyenik malakalarni tarbiyalash-bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida muhim vosita. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(1), 98-103.

14. Akhmedova, M. T., Umarova, M. K., & Polatova, M. S. (2022). THE ROLE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SOCIAL SERVICES SYSTEM IN THE COUNTRY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 784-787.

15. AxMegoBa, M. T. (2022). Emnapga hhmhh gyHe^aparnHH maKMaffrapum Ba ynapHH aK^HH TapönanamHHHr y3ura xoc xycycH^raapu. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(2), 29-41.

52-56.

109.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.