Научная статья на тему 'YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT RUHIDA TARBIYALASHDA MUTAFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT RUHIDA TARBIYALASHDA MUTAFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

224
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jaholat / ma’rifat / didaktika / didaktik imkoniyatlar. / невежество / просвещение / дидактика / дидактические возможности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamadoli Ruzimurodovich Isakulov

Ushbu maqolada yuqori sinf o’quvchilarining jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashda mutafakkirlar merosidan foydalanishning didaktik imkoniyatlardan foydalanish haqida bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассказывается об использовании дидактических возможностей использования наследия мыслителей в воспитании старшеклассников против невежества в духе просвещения

Текст научной работы на тему «YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT RUHIDA TARBIYALASHDA MUTAFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

YUQORI SINF O'QUVCHILARINING JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT RUHIDA TARBIYALASHDA MUTAFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Mamadoli Ruzimurodovich Isakulov

Jizzax davlat pedagogika unversiteti Umumiy pedagogika kagedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

maqolada yuqori sinf o'quvchilarining jaholatga qarshi ma'rifat ruhida tarbiyalashda mutafakkirlar merosidan foydalanishning didaktik imkoniyatlardan foydalanish haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: jaholat, ma'rifat, didaktika, didaktik ткотуа^аг

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается об использовании дидактических возможностей использования наследия мыслителей в воспитании старшеклассников против невежества в духе просвещения.

Ключевые слова: невежество, просвещение, дидактика, дидактические возможности.

ABSTRACT

This article describes the use of didactic possibilities of using the heritage of thinkers in the education of high school students against ignorance in the spirit of enlightenment.

Keywords: ignorance, enlightenment, didactics, didactic possibilities.

Yurtimizda olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonini jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad shundan iboratki, o'sib-ulg'ayib kelayotgan yosh avlod o'zining salohiyati bilan dunyoga chiqishi va butun olamga o'zbek xalqining salohiyati va ma'naviyatini ko'rsata olishi kerak. Shuning uchun ham yurtimizda yosh avlodlarga sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'shgan ulkan hissasini tushuntirib berish aynan bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Shavkat Miromonovich Mirziyoev doimiy

May 6

192

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ravishda "Eng asosiy ustuvor vazifa - "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan g'oyasini izchillik bilan hayotga tatbiq etsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shu o'rinda biz tomondan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar aynan ta'limiy-tarbiyaviy muloqotlar jarayonida jaholatga qarshi ma'rifat ruhida tarbiyalashda mutafakkirlar merosidan foydalanish to'g'risidagi g'oyalarini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan.

Shuning uchun bugungi kunda sharqona tarbiyada jaholat va ma'rifat borasidagi dunyoqarashlar yuqori sinf o'quvchilarining umumdunyoqarashini shakllantirish muammosi dolzarb hisoblanadi.

Umumta'lim maktablarida ta'lim va tarbiya jarayoni bir vaqtning o'zida yuqori sinf o'quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish jarayoni bo'lib, u faoliyat natijasida amalga oshiriladi. Umumta'lim maktablarida ta'limni jaholatga qarshi ma'rifat g'oyasi ostida amalga oshirib borish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Bu jaholatga qarshi ma'rifat ruhida tarbiyalash orqali yuqori sinf o'quvchilarining dunyoqarashini boyitish muammosini o'rganish bilan bog'liq. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, yuqori sinf o'quvchilarining faoliyati bizning oldimizga qo'ygan vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi. Biz I.V. Blauberg, V.N.Sadovskiy, E.G. Yudin va boshqalarning fikrlariga asoslanib, jaholatga qarshi ma'rifat tizimini amalga oshirish imkoniyati yaratdik. Tizim sifatida jaholatga qarshi ma'rifatga oid dunyoqarash o'zaro ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlardan iborat bo'lib, ular orasida milliy-ma'naviy qadriyatlar bu tizimning o'zagiga aylandi. Demak, yuqori sinf o'quvchilarining jaholatga qarshi ma'rifat ruhida tarbiyalash jarayoni yuqori sinf o'quvchilarining shaxsini ma'nan rivojlantiradi. Yuqori sinf o'quvchilarini har tomonlama kamol toptirishda, ta'lim tizimini rivojlantirishning shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi hozirgi bosqichida yondashuv etakchi hisoblanadi[1].

Tanlangan yondashuvlarning asosiy g'oyalariga asoslanib va yuqori sinf o'quvchilarning jaholatga qarshi ma'rifatga oid dunyoqarashini shakllantirishdagi rolini hisobga olgan holda, ishning mazmuni va usullarini tanlayotganda, tizimlilik, yaxlitlik va uyg'unlik tamoyili (tizimli yondashuv), muammolilik tamoyili (kontekstual yondashuv), ong va faoliyat tamoyili (shaxsga yo'naltirilgan yondashuv), insonparvarlik tamoyillariga e'tibor qaratildi.

Jaholatga qarshi ma'rifat borasidagi qarashlarni yoritishda albatta jadid ma'rifatparvarlarining yondashishlarini muhim axamiyat k~1 etadi. XX asr bo'sag'asidagi Turkiston ijtimoiy-siyo

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o'zbek madaniyatining asoschisi Maxmujxo'ja Bexbudiydir.

Ma'rifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo'lmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan o'z qabohatini ham malohatini ham ko'ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. «Padarkush» dramasi shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko'rishi oson kechmadi. «Padarkush» — o'zbek dramachiligining hamma yakdil e'tirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga ko'ra yangi o'zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif «Milliy fojia» deb atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda o'qimagan, ilimsiz bolaning buzuq yo'llarga kirib o'z otasining o'ldirishi, nodonlik va jaholat haqidagi asar edi [2].

Munavvar qori Abdurashidxon o'g'lining katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan «Bizning jaholat-jahli murakkab» maqolasida o'qitishning eski usuli - «usuli xijo» zamon talablariga javob bermasligi aytiladi. Johil bo'lishiga qaramay, o'zini bilimdon ko'rsatishga intiluvchi mudarrislar keskin tanqid ostiga olinadi. O'qitish usulini isloh etish hayotiy ehtiyoj ekani masalasi ko'tariladi. «Taraqqiy» asarida millatning jaholat girdobiga tushish sabablaridan milliy zulm va istibdodning mohiyatigacha bo'lgan masalalarni yoritadi. [3].

Abduqodir Shakuriy dastlab maktabda o'quv jihozlarni o'zgartiradi. U ustalarga parta va doskalar yasashni buyuradi. Shu asosda birinchi marta o'z qishlog'i Rajabaminda 1901 yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Bu ishdan u hech qanday moddiy manfaatni ko'zda tutmas va ayni chog'da hech kim, unga moddiy yordam bermas edi. Abduqodir Shakuriy 1917 yil to'ntarishiga qadar o'qituvchilik faoliyati bilan shug'ullandi. 1917 yilda Samarqand shahrining bir guruh ilg'or kishilari A. Shakuriyning pedagogik faoliyatining 15 yilligini nishonladilar. 1921 yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlandi. U bolalarni tarbiyalash, o'qitishga katta g'ayrat bilan kirishdi, ko'p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o'qituvchisi vazifalarida ishladi".

U faoliyati davomida maktablarga birinchi bo'lib mehnat va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo'jalik va bog'dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni o'rgatdi. Uning bu faoliyati bolalarni ma'rifatga yo'naltirish olrqali jaholatli ishl ' qilmaslikka da'vat edi deyish mumkin.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Ushbu masalani e'tiborga olib B.V.Markov ma'rifat- insonparvarlik ta'limidan boshqa narsa emas degan fikrni olg'a suradi [4]. E.Fromm ma'rifatning vazifasini odamlarga rahbarlik qiluvchi g'oyalar va me'yorlar deb tushunadi [5]. Ta'limning ushbu maxsus funssiyasi, bizning fikrimizcha, "ma'rifat" atamasi bilan anglatishi mumkin.

"Ma'rifat" bu insoniyat madaniyatining "abadiy" savollaridan biridir. Yosh avlod tarbiyachisi kim bo'lishi mumkin? - degan savolga ikkilanmasdan, o'zlari ma'rifat bilan qurollangan insonlar bo'lishi mumkin deb javob berish mumkin. Bu insonlarning fazilatlari nimalarda ko'rinadi. Ular zamonaviy ta'lim muassasalarining zamonaviy o'qituvchilari, ilm-fanning eng iqtidorli tarafdorlari,zamonaviy bilimlarni xalqga ishonarli tarzda etkaza oladigan olimlardir.

"Ma'rifat inson ongida yangi izlanish topganda ma'naviy madaniyat holatini anglatadi. Har bir ahamiyatli madaniyatning tarixi eski turmush tarzi va tafakkurini qayta ko'rib chiqilsh bilan belgilanadi. Antik davrda ma'rifatli kishi - Homo Dicens ("Gapiradigan odam") - gapirishni biladigan, suhbat qilishni va o'zini ommaviy nutqda e'lon qilishni biladigan, raqiblar oldida o'z nuqtai nazarini himoya qila oladigan, boshqa odamlarning fikrlarini rad etadigan va uning foydasiga ishonchli dalillarni topadigan kishi" [6] - deb e'tirof etilgan.

Shunday qilib, yuqoridagilarga tayangan holda biz ma'rifatga quyidagicha ta'rif berishni ma'qul deb bildik.

Ma'rifat - yosh avlodlarni, ajdodlardan bizlarga ma'naviy me'ros sifatida qoldirilgan hayot borasidagi qarashlariga tayangan holda ilmiy dunyoqarashni shaklantirishga asos bo'ladigan ilmdir.

Yuqori sinf o'quvchilariga buyuk mutafakkirlarning jaholatga qarshi ma'rifat borasidagi qarashlarni singdirishga didaktik imkoniyatlaridan foydalanishda quyidagilarga e'tibor qaratildi.

Didaktik imkoniyatlar deganda (bu masala yuzasidan) o'quvchilarning fanlarga qiziqishini ortirish va mutafakkirlarning faoliyatini o'rganish sifatini oshirish maqsadida eng qiziqarli ma'lumotlarga tayangan holda mediyata'lim vositalaridan samarali foydalanish jarayonini tushunamiz.

Zamonaviy sharoitda yuqori sinf o'quvchilariga fanlar mazmunini o'zlashtirishda ta'limning interfaol shakllari va metodlaridan foydalanish yo'lga qo'yilmoqda. Bunda asosiy ro'l o'quv filmlarga qaratilgani maqsadga muvofiqdir.

Biz bunda: A.S.Makorenko (Pedagogik poema, filmi), TrT SSuxomlenskiy (Bolalarga jonim fido, filimi), K.Ushirskiy (T

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tilak, film), A.Navoiy (Navoiy filmi), M.Behbudiy (Behbudiy haqida film),

A.Valoniy (Avloniy haqida film), Isoqxon Ibrat (Ibrat haqida film). Shu kabi o'quv va badiiy filmlar ta'lim jarayonida o'quvchilar jaholatning vayronkor jihatlarini sanab berishi, ma'rifatning bunyodkorlik xususiyatlarini yoritib berishni so'rab borish, tahlil qilishdir.

Shu tarzda olib borilgan ishlar o'zining ijobiy jihatlarini namoyon qiladi. REFERENCES

1.Lerner I.YA. Didakticheskie osnovti metodov obucheniya: monografiya.Moskva: Pedagogika, 1981 y, 185 b

2.https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manavivat-vulduzlari/mahmudhuia-behbudiv

3.Jabborov Nurboy. Munavvar Qori va milliy ma'rifat.// Munavvar Qori Abdurashidxonov Turkiston taraqqiyparvarlarining sardori «Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-pedagogik merosi hamda O'zbekistonda ta'lim tizimini yangilash va rivojlantirish muammolari» mavzuidagi Respublika ilmiyamstiy anjumani materiallari, 2018 yil 26 aprel' Toshkent «Mumtoz so'z» 2018y -35,

4.Markov B.V. Nauka i jiznennwy mir // Nauka i sennosti / Pod red. M.S.Kagana i

B.V.Markova. L.: LGU, 1990. S.179-183.

5. Fromm E. Zdorovoe ob^estvo // Fromm E. Zdorovoe ob^estvo. Dogmat o Xriste: Per. s angl. M.: AST, 2005. S.6-414

6.Ochilov M., Ochilova Z. Pedagogik mahorat.-Qarshi:Nasaf, 2009.-142b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.