Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

357
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya jarayoni / texnologiya / trening / tarbiyaviy ishlar / SAN / JIF. / воспитательный процесс / технология / тренинг / воспитателная работа / SAN / JIF.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ma’mura Ulmasovna Dexkanova, Sitora Metinboyeva

Maqolada kommunikativ yondoshuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning innovatsion texnologiyalari va ularning qо‘llanilishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описаны инновационные технологии организации учебной деятельности учащихся начальных классов на основе коммуникативного подхода и их применение.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

Ma'mura Ulmasovna Dexkanova

Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlangich ta"lim pedagogikasi" kafedrasi professori v.b.

Sitora Metinboyeva

Nizomiy nomidagi TDPU IV bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada kommunikativ yondoshuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchüarining tarbiyaviy faoliyatini tashkil etishning innovatsion texnologiyalari va ularning qo'llanilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya jarayoni, texnologiya, trening, tarbiyaviy ishlar, SAN,

JIF.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны инновационные технологии организации учебной деятельности учащихся начальных классов на основе коммуникативного подхода и их применение.

Ключевие слова: воспитательный процесс, технология, тренинг, воспитателная работа, SAN, JIF.

ABSTRACT

The article describes innovative technologies for organizing educational activities of primary school students based on a communicative approach and their application.

Keywords: educational process, technology, training, SAN, JIF.

KIRISH

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk va barkamol shaxslarni tayyorlash borasidagi ishlar bugun o'z samarasini bermoqda, ta'lim tizimi davlat va jamiyat rivojlanishining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida

May 6

455

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

yuksak ma'naviy va axloqiy xislatlarga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta o'ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o'quvchini tarbiyalash maqsadlarini to'g'ri belgilashi va yo'lga qo'ya olishiga nisbatan g'oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish, jarayonda tarbiyaviy texnologiya va treninglardan samarali foydalanish talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Dunyoning bir qator davlatlarida innovatsion yondashuvlar asosida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Zamonaviy dunyo uchun zarur bo'lgan muayyan ko'nikmalarni egallashga yo'naltirilgan modernizatsion didaktik tizimni takomillashtirish, ta'lim va tarbiyaning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish hamda ta'lim-tarbiya amaliyotiga samarali tatbiq etishga e'tibor kuchaymoqda.

Respublikamizda o'quvchi-yoshlarning ma'naviyatini shakllantirish, ularni milliY va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy g'ururni tarkib toptirish, axloqiy madaniyatini takomillashtirish masalalari bo'yicha M.Kuronov, N.Ortikov, SH.Kurbonov, X.Ibragimov, U.Maxkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, O. Xasanboyeva, D.RUziyeva, N.M.Egamberdiyeva, SH. T. Xalilova, N.SH.Erkaboyeva, J.S.Toshmatova, M. X. Tadjiyeva kabilar ilmiy tadkikotlar olib borgan. Xalk og'zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda milliy tarbiyalash jarayonini tashkil etishning samarli yo'llarini N.X.Voxidova, SH.Mirzayev, U.M.Rajabov, A.Y.Teshaboyev, G.A.Xolboyeva, milliY urf-odatlar va an'analar orkali o'quvchilarni tarbiyalashni M.Abrorov, M.Niyozmuradov, M.Aliyev, U. Toshtemirov, D.R.Xolikov, M.K.Bozorova, M.D.Mirzajonova, M.E.Xaydarov, N.X.Voxidova, U.M.Rajabov, I.M.Mirziyotov, boshlangich sinf o'quvchilarini milliy tarbiyalash masalalarini N.J.Isakulova, X.J.Xudoykulov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish va o'tkazishda tarbiyaviy texnologiyalar va treninglardan hamda interfaol metodlardan foydalanilish bo'yicha A.Abduqodirov, R.J. Ishmuxammedovlarning olib borgan izlanishlari oliy va boshlang'ich ta'lim muassasalarida innovatsion texnologiyalar asosida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilis1 J" dastur-u amal bo'lmoqda.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

TADQIQOT NATIJALARI.

Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tamonlama va uyg'un kamol topgan yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiyaviy texnologiya va treninglar: jumladan SAN, KBI, JIF texnologiyalari orqali o'quvchilarni ijodga yo'naltiriladi, harakat qilishning zarur shakllarini va uslublarini topish vazifalarini belgilaydi, maqsadni aniqlashga o'rgatadi, ishni tashkil etishga yordam beradi, jamoa va alohida o'quvchilarning tashabbusini qo'llab quvvatlaydi va kuchaytiradi, o'quvchilarga o'z qobiliyatlaridan yanada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari haqida maslahat beradi, o'quvchilar va jamoaning axloqiy jihatdan rivojlanishini kuzatish va ishlarni tartibga solish imkoniyatini beradi.

MUHOKAMA

JIF texnologiyasi nihoyatda samarali jarayon sifatida tarbiyani individuallashtirish (yakkalashtirish) tamoyillarini ishning jamoaviy shakllarida ham tashkil etish imkoniyatini beradi. JIF texnologiyasi o'quvchilarni ijodga yo'naltiradi, harakat qilishning zarur shakllarini va uslublarini topish vazifalarini belgilaydi, maqsadni aniqlashga o'rgatadi, ishni tashkil etishga yordam beradi, jamoa va alohida o'quvchilarning tashabbusini qo'llab quvvatlaydi va kuchaytiradi, o'quvchilarga o'z qobiliyatlaridan yanada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari haqida maslahat beradi, o'quvchilar va jamoaning axloqiy jihatdan rivojlanishini kuzatish va ishlarni tartibga solish imkoniyatini beradi. Tarbiyachi bu holatda katta do'st va bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi shaxs sifatida gavdalanadi. Uning vazifasi hamkorlik sharoitini vujudga keltirish, do'stona o'zaro yordam, ma'naviy ruhiy sharoitni yuzaga keltirishdan iborat bo'ladi.

JIF texnologiyasini amalga oshirish quyidagi bosqichlar bilan uzviy bog'langan ishlarni ko'zda tutadi:

1. Pedagogik maqsad:

- tarbiyachi o'quvchilar guruhining ishi bilan bog'liq maqsad va vazifalarda o'z mavqeini belgilab oladi;

- ularni amalga oshirish mumkin bo'lgan yo'llar, shakllar uslubiyotlarni belgilaydi;

- dastlabki suhbatni (yoki guruh, yig'ilishi, umumiy yig'ilish) o'tkazish rejasi va uslubiyotini ishlab chiqadi, suhbat yo'nalishini belgilaydi, mo'ljallangan u yoki bu ijodiy ishlar bo'yicha o'quvchilar tarbiyachining ittifoqc" '

sifatida o'z fikrlarini berish uchun dalil tanlaydilar.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

JIF bo'yicha aniq ijodiy ishni tanlashda ta'lim muassasalarida an'anaga aylangan shakllarni ham hisobga olish mumkin.

2. Birgalikda loyihalash. Muvaqqat tashabbus (ijodiy) guruhini tashkil etish. Bunda izchillik rivojlanishni ta'minlanishi lozim (har bir yangi ijodiy ish uchun, oldingisi bilan qiyoslaganda, kamida 1/3 ga yangilangan guruh tashkil etilishi kerak); JIF loyihasini tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi:

a) ijodiy ishning mazmuni;

b) tayyorlashning turli bosqichlarida hal etilishi lozim bo'lgan vazifalar;

c) ijodiy ishni tayyorlash va o'tkazish dasturi.

Dasturda JIFga tayyorgarlik ko'rish chog'ida bajarilishi zarur bo'lgan bir qator ishlar mavjud bo'lib, bu ishlar asosida ijodiy guruhlar uchun vazifalar shakllantiriladi. Tarbiyachining ish olib borish uslubiyoti do'stona (mavjud tajribani o'tkazish) hamkorlik (yangi, ijtimoiy qimmatga molik tajriba yaratish)ka qarab borishdir.

3. Ishni tayyorlash pedagogik jarayondagi eng mas'uliyatli bosqichdir. Bu bosqichda quyidagilar zarur:

- har bir o'quvchini sezish, uning jamoadagi o'rnini belgilash, kayfiyatini his qilish;

- o'z vaqtida yordam ko'rsatishga harakat qilish, ammo bunda maslahat "retsept" bilan kifoyalanmaslik;

- vaziyatdan kelib chiqqan holda, boshlang'ich loyihani qayta ishlash bahonasida tashabbuskor guruhni o'zi bilan almashtirilishiga yo'l qo'ymaslik.

4. Ishni o'tkazish keyingi tahlil uchun asosdir

Bu bosqichda ijodiy ishni loyihalash jarayonida barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun "tomoshabinsiz" ish qoidalarini amalga oshirish nihoyatda muhimdir.

5. Refleksiya (o'tkazilgan ish tahlili) ishni tadbirga aylantirib yubormaslik

sharti.

Maqsad tajriba orttirish, hamkorlik va yakka mayakka faoliyat tahlilini, tahlil amaliyoti va mahoratini egallash.

Vazifa faoliyat natijalarini baholash, topshiriq ishtirokchilarining hayotiy tajribalarini o' stirish.

6. Yaqin oradagi natijalar

Bu bosqich jamoa hamda uni tashkil etuvchi shaxslar shakllanishining zarur sharti hisoblanadi. Uning maqsadi hamkorlik an'analarini shakllantirish, jamoaning quvnoq hayotini

May 6

458

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

va kelajagini qo'llab quvvatlashdan iborat. Bu bosqichda eng muhimi, "yaxshi ishlar doirasi"ni kengaytirish borasida erishilgan yutuqda to'xtamaslik, inson, jamoa faoliyatini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni tashkil etish lozim.

JIF texnologiyasi bo'yicha tarbiyaviy mashg'ulotlar, bayramlar, tanlovlar, shanbaliklar tashkil etilishi va o'tkazilishi mumkin. JIF texnologiyasi jamoaviy ijodiy ishlarning rangbarangligiga bog'liq, ularning yorqin namunasi sifatida ishtirokchilar hayotining ajralmas qismiga aylangan, xalqda an'anaviy o'tkaziladigan turli mavsum marosim bayramlarini ko'rsatish mumkin.

Jamoaviy ijodiy ishlarning namunaviy ro'yxati quyidagicha: festivallar; estafetalar; treninglar; birgalikda o'tkaziladigan bayramlar; mavzuli kechalar; tanlovlar; shoularlarni kiritish mumkin.

Jamoaviy ijodiy faoliyat, jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish, tayyorlash, o'tkazish va uni tahlil etish ko'p jihatdan tashkilotchilar, guruh rahbarlari va uslubchilarning tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlar uslubiyoti haqidagi bilim, ko'nikma va malakalariga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda tarbiya texnologiyalaridan, treninglardan, faol va interfaol metodlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib ta'kidlash joizki, mazkur texnologiyani tarbiya jarayonida qo'llash orqali tahsil oluvchilarda mas'uliyat bilan ishga yondashish, ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirish, o'z-o'zini boshqarish, munosabatlarga to'g'ri kirishish, jamoada hamkor bo'lib ishlash kabi ko'nikmalarni rivojlantirishga erishiladi.

REFERENCES

1. Axmedova, M., & Narmetova, Y. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Obshestvo i innovatsii, 3(2/S), 103109.

2. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54- 60.

3. Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-21 °

XULOSA

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

4. Kholida, S., Akhrarova, Z., Mamura, D., Gulbakhor, I., & Kadamboy, M. (2019). Modular teaching technology based on scientific activity.

5. Ulmasovna, D. M., & Jamshidovna, F. F. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. pedagog, 1(1), 155-159.

6. Kazakova, S. (2023). Boshlang 'ich ta'limda "Tarbiya" darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar. Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 18-

7. Ulmasovna, D. M. M., & Qizi, R. M. Q. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(4), 52-56.

8 .Abdurahmonova, I., & Sharifova, Z. (2023). Umumiy o 'rta va o 'rta maxsus ta'limda "Tarbiya" fanini o 'qitishda tarbiyaviy treninglardan foydalanish. yangi o'zbekiston pedagoglari axborotnomasi, 1(1), 13-17.

9. Dehkanova, M. (2021). Issues to increase the efficiency of pedagogical activity in higher education. Sciences of Europe, (72-2), 54-56.

10. Dexkanova, M. U., & Zaripova, D. A. (2021). Malaka oshirish jarayoniga "Tarmoqli bumerang" texnologiyasini joriy etish. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 211-213.

11. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

12. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103-

13. Tursunaliyevna, A. M., & Karimovna, N. Y. (2022). Maktabgacha tarbiya muassasalarida madaniy-gigiyenik malakalarni tarbiyalash-bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida muhim vosita. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(1), 98-103.

14. Akhmedova, M. T., Umarova, M. K., & Polatova, M. S. (2022). THE ROLE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SOCIAL SERVICES SYSTEM IN THE COUNTRY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 784-787.

15. AxMegoBa, M. T. (2022). Emnapga hhmhh gyHe^aparnHH maKMaffrapum Ba ynapHH aK^HH TapönanamHHHr y3ura xoc xycycH^raapu. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(2), 29-41.

22.

109.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.