Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
"KEYS" TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O'QUVCHILARDA MULOQOTCHANLIK SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
Sherali Zakirovich Djumanov
O'zMU Jizzax filiali Oila psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi sherali.zhumanov.83 @bk.ru
Mazkur maqolada "Keys" texnologiyasi asosida o'quvchilarda muloqotchanlik shakllantirish imkoniyatlariga oid masalalar qaraladi. Maqoladan bo'lajak mutaxassislar o'z kasbiy faoliyatiga oid intellektual salohiyatini tarkib toptirish bilan shug'ullanuvchilar foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar: muloqot, maktab davri, innovatsiya, keys texnologiyasi, ilg'or pedagogik tajribalar, muloqotda bir-birini hurmat qilish, kommunikativ qobiliyatlar, guruh.
В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с возможностями формирования коммуникации у студентов на основе технологии «Кейс». Статья может быть использована будущими специалистами, которые занимаются развитием своего интеллектуального потенциала, связанного с их профессиональной деятельностью.
Ключевые слова: общение, школьный период, инновации, кейс-технологии, передовые педагогические практики, взаимоуважение в общении, коммуникативные умения, группа.
This article deals with issues related to the possibilities of forming communication among students based on the "Case" technology. The article can be used by future specialists who are developing their intellectual potential associated with their professional activities.
Keywords: communication, school period, innovations, case technologies, advanced pedagogical practices, mutual respect in communication, communication
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
Hukumatimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi oldiga quyilgan muhim vazifalardir.
Ta'lim jarayoni innovatsiyalarni joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning ehtiyojiga aylandi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta'limning yangi - yangi yo'l va usullarini izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi.
Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim tarmog'i sifatida namoyon bo'ladi. Keysni tanlashda o'quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta'lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta'lim texnologiyalari doirasida o'quvchilarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim.
Keys texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi.
May 6
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta'lim jarayonida qo'llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o'qituvchi avvalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, masalalami, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to'g'riligini tasdiqlaydi. O'quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo'llari to'g'risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o'quvchilarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Ushbu maqolada o'quv-tarbiya jarayonida keys texnologiyasidan foydalanish orqali o'quvchilarda muloqotchanlikni shakllantirish imkoniuatlari haqida fikrlar keltirilgan[5].
Ta'lim jarayonida o'quvchilarda muloqotchanlikni shakllantish keys texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari.
O'quvchilarga ta'lim muammolari haqidan fikrlashdan tashqari ularni o'z fikrlarini tushuntira olish imkoniyatlarini shakllantirishga muloqotda o'quvchilarni dunyoqarashini kengaytirishga va mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Mavzuda ko'rsatilgan muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni topish va ularni o'zaro bog'lagan holda yechimlarni aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
- muammoni salbiy oqibatlarni tushunib yetadi;
- o'rganilayotgan mavzu bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi;
- o'rganilishi nazarda tutilayotgan tushunchalar haqida malakaga ega
Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishi lozim:
O'quvchi bilishi kerak:
o'quvchilar bilan o'zaro birgalikda harakat qilish;
bolaga ta'sir qilishda uning xulq-atvorini boshqarish, o'zaro harakatning
turli yo'llarini qo'llash;
o'quvchilarni muloqotda o'z-o'zini boshqara olishi;
o'zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakterini saqlay bilish [3].
bo'ladi;
muammoli vazifalami yechishda nazariy bilimlarini qo'llaydi; muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topadi [6].
o'rganilayotgan muammoni asl mohiyatini tushini: guruh bilan muammoni birgalikda yechimini;
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
- muammoni paydo bo'lish omillari va uning kelib chiqish sabablari;
- muloqotda bir-birini hurmat qilish;
O'quvchi amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o'rganadi;
- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
- g'oyalarni ilgari suradi;
- ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o'rganadi;
- o'z nuqtai nazariga ega bo'lib, mantiqiy xulosa chiqaradi;
- o'quv ma'lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma'lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Keysning tipologik xususiyatlariga ko'ra harakteristikasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo'lib, vaziyat davriy ketma -ketlikda yaqin o'tmishdan bugungi kun tartibida bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxsga va tabiatga yo'naltirilgandir. Bu keys ma'lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. U o'rta hajmdagi keys texnologiyasi hisoblanadi, darsga mo'ljallangan o'quv mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Didaktik maqsadlarga ko'ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilishga qaratilgan.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo'yicha muammo mezonlari haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish zarur[1].
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
tahlilida bilim va ko'nikmalarni qayta topshirish;
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
- mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallash;
- o'quv axborotlarini o'zlashtirish darajasini tekshirib ko'rish.
Keys bilan ish qoidalari
Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta'minoti har xil hajmda bo'lishi (bir varoqdan bir necha yuz varoqgacha), tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo'lishi, axborot ko'pligi darajasi ham o'zgarishi mumkin bo'lgan - tahlilga aloqasi bo'lmac^n ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qi
o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlash; muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy
vaqtida:
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
- taklif etilayotgan axborotlarni ko'rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang;
- vaziyatni tor istiqbolda ko'rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g'oyib bo'lishi mumkin;
- harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so'ng shakllantiring[3].
Keys texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.
Keys texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi faoliyati va o'quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko'rsatiladi.
Shuning uchun ham keys texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Shu o'rinda yosh avlodga ta'lim-tarbiya asoslarini puxta o'rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko'lamini hosil qilish, ma'naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta'limiy, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog'liqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzu harakteriga qarab xilma-xil qiziqarli muammoli va fikrlashga davat etuvchi keys texnologiyalari asosida tashkil etish, o'quvchilarda mustaqil ijodiy mushohada yuritish, o'z fikrini aniq, ravon, ixcham holda o'zgalarga yetkaza bilish ko'nikma va malakalarini ya'nada shakllantirishda yordam beradi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilarga kichik keyslardan foydalanish o'quvchilarni faollashtiradi, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, kommunikativ qobiliyatlarini takomillashtirish hamda o'quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish motivatsiyasi shakllanadi.
REFERENCES
1. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - Toshkent, 2004-y.
2. Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545.
May 6
150
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
3. Джуманов, Ш., & Холикулова, С. (2022). Талабаларда коммуникатив кобилиятларни шакллантириш имкониятлари. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 513-515.
4. Djumanov S. TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSIGA YONDASHUVLAR VA TUSHUNCHALAR //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. - 2023. - Т. 3. - №. 1.
5 Джуманов, Ш.З. (2018). Булажак укитувчининг шахс булиб шаклланишида коммуникатив кобилиятнинг мохдяти. FarDU-ilmiy хаЪаНаг.-Фарзона, 5, 113-
6. Джуманов Ш. У^ИТУВЧИ ВА ТАЛАБАЛАР ПЕДАГОГИК МУНОСАБАТЛАРИНИ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 77-82.
7. Davlataliyevna, S. N. (2022). OILADAGI SALBIY MULOQOTN[NG FARZAND PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 475-478.
8. Раксматджонкизи, Н. (2023). PSIXOLOGIKYETUKLIKNINGIJTIMOIY-PSIXOLOGIKOMILLАRI. Научный импульс, 7(6), 436-438.
9. Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES. Scientific Impulse, 1(5), 823-826.
10. Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.
10. Bekmirov, T., Axmedova, M., Melibayeva, R., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). Kasbiy pedagogika.
116.