Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA METODLARNING NAZARIY AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA METODLARNING NAZARIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tizim / metod / kuzatish / pedagog / kadr / eksperiment / statatiska.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A'Zamova Jumagul, M.A.Esonova

Maqolada maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishda kadrlar salohiyatini oshirishda metodlarning nazariy ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA METODLARNING NAZARIY AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA METODLARNING NAZARIY

AHAMIYATI

1A"zamova Jumagul, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 102- gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11199794

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishda kadrlar salohiyatini oshirishda metodlarning nazariy ahamiyati yoritilgan.

Kalit so^zlar: tizim, metod, kuzatish,pedagog, kadr, eksperiment, statatiska.

Аннотация. В статье описывается теоретическая значимость методов повышения потенциала кадров в сфере совершенствования системы дошкольного образования.

Ключевые слова: система, метод, наблюдение, педагог, персонал, эксперимент, статистика.

Abstract. The article describes the theoretical significance of methods for increasing the potential of personnel in the field of improving the preschool education system.

Keywords: system, method, observation, teacher, staff, experiment, statistics.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2707-sonli "2017-2021-yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori" qabul qilindi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashklotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagogik kadrlar bilan tayyorlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, dsrajasini tubdan yaxshilash ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlariva texnalogiyalarini tatbiq etish bolalarni har tomonlama intellektual axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirsh uchun shart sharotilar yaratish.

Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlatini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statatiska ma'lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika" o'quv qo'llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperimenti, maktab hujjatlarini o'rganish, ilg'or tajribalarni umulashtirish, matematik hisoblash metodlari asoslab berilgan. Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:

1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;

2. Kuzatish metodi;

3. Suhbat metodi;

4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;

5. MTT hujjatlarini tahlil qilish metodi;

6. Eksperiment tajriba-sinov metodi;

7. Test sinovlar metodi;

8. Statistika ma'lumotlarini tahlil qilish metodi;

9. Matmetika va kibernetik metodi;

10. Sotsiologik tadqiqot metodi.

Adabiyotlarni o'rganish metodi - pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutaffakir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtosodiyotiga, mafkurasiga va ma'naviyatga doir adabiyotlar,tadqiqot mavzuga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixalogik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chihariladi. Kuzatish metodi-kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish - qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoliyatdagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Suhbat metodi - tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas'ul shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovlik didlari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. MTT hujjatlarini tahlil qilish metodi - MTT hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonunlariga amal qilinmog'i kerak. MTT hujjatlarini tahlil qilishda tarbiyalanuvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi. Pedagogik eksperiment metodi - har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriliadi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o'rtasodagi bog'liqlik munosabatlari aniqlanadi.

Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi.

Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta'lim va tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma'lumotlar tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladi. Anketa metodi - bolalarda so'rash usuli bo'lib, u bolalar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarini olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun hamda kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadaga muvofiq savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chikishi ko'zda tutiladi. Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi. Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xojalik shartnomalari va ulardan tuahayotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozirgi zamon ishlab chiharishi, fani va texnikasining talab hamda manfaaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo'llanilishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika shakli bilim berish jarayonini o'qitish, bilim berish jarayonini boshharishning alohida formasi sifatida o'ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiharish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida katta farq bor. Sotsiologik tadqiqot metodi -anketaga savollar kiritiladi. Bundan tashqari talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarini aniqlash, talablar orasidagi do'stlik munosabatlarini aniqlah, o'zi ta'lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtlaridagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar

orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan tasavvufga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlari darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stependiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami,ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirishida ta'sir etivchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni,ma'naviy sifatlar, komilikka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 595-sonli qonun.2019 yil 22-oktyabr

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori.

3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan)., Toshkent 2022-yil

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.