Научная статья на тему 'Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari'

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9737
444
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
dars predmetlari / metodlar / tadqiqot / kuzatish / tajriba / usullar / muammo

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shahrizoda Ibodullayeva

Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ham o‘zga fanlar singari o'z mohiyatini yoritish va materiallarini to‘plash uchun maxsus uslublar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi. Ushbu maqolada pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari»

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

Shahrizoda Ibodullayeva shahrizodaibodullayeva7@gmail.com Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ham o'zga fanlar singari o'z mohiyatini yoritish va materiallarini to'plash uchun maxsus uslublar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi. Ushbu maqolada pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: dars predmetlari, metodlar, tadqiqot, kuzatish, tajriba, usullar, muammo

Research methods of pedagogy

Shahrizoda Ibodullayeva shahrizodaibodullayeva7@gmail.com Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: The science of pedagogy, which has a clear subject of research, like its subjects, uses special techniques and tools to illuminate its essence and collect its materials. They are referred to as methods of science. This article will talk about research methods of pedagogical science.

Keywords: lesson subjects, methods, research, observation, experience, methods, problem

Avvalo metod tushunchasiga ta'rif beradigan bo'lsam, Metod (lotincha «metodos»-«yo'l») tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. Bundan tashqari metodlar bilim oluvchi yoshlarni va talabalarni ruhlantirib ilm olishga davat qiladi, ularni bilimini o'lchab yakuniy xulosalarni beradi. Pedagogik tadqiqot bosqichlari quyidagilardan iborat: ma'lumotlarni yig'ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot bo'yicha miqdoriy tahlil o 'rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, korrelyatsiya koeffitsiyenti

grafiklarini tuzish, xulosalarning to'g'riligini ta'minlovchi ma'lumotlarni yig'ish: (buning uchun turli xil metodlar qo'llaniladi), ta'lim-tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o'tkazish maxsus metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar.

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o 'rganish, mavjud ko'rsatkichlar vositasida ularning sodir bo'lish sabablarini o'rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq.

Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;

3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;

4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;

5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi;

6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;

7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi;

Shuningdek, metodlar belgilanishida dars jarayonida ishtirok etayotgan o'quvchilarning ko'nikmasi, o'zlashtirish darajasi hisobga olinadi va o'rni kelganda bir vaqtda bir nechta metoddan foydalanishga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatda metodlar bir-biriga mutanosib bo'lishi va o'quvchilar darajasiga mos bo'lishi ham kerak. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ilmiy-tadqiqot metodlari aynan tizimi hozirgacha fanda to'la yaratilmagan, hal etilmagan. O'qituvchilar bilim ko'nikmasi oshgani sari tadqiqot metodlarning soni va usullari ortib boradi.

Hozirda asosan mavjud bo'lgan metod usullari quyidagilarni tashkil etadi:

1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;

2. Kuzatish metodi;

3. Suhbat metodi;

4. Bolalar ijodini o'rganish metodi;

5. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;

6. Eksperiment-tajriba, sinov usuli;

7. Test sinovlari metodi;

8. Statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usuli;

9. Matematik va kibernetik usullar;

10. Sotsiollogik tadqiqot metodi.

Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan uslublari bilan o'rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot uslublari deganda, yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo'llari, usullari va vositalari majmui tushuniladi. Metodlar asosan ikki usul yordamida amalga oshiriladi. Bular: kuzatish va tajriba. Kuzatish ilmiy pedagogik metodi bo'lib, pedagogik voqea va hodisalarni ilmiy asoslashga tayanadi. Tajriba bo'lsa ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Kuzatishning ikki turi mavjud bo'lib, oddiy kuzatish hayotiy voqea-hodisalarni tahlil qilish bilan cheklanadi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot esa pedagogik voqea-hodisalarning ichki qonuniyatlarini, mohiyatini ilmiy asoslab beradi, maxsus kuzatish natijalari qayd etib boriladi. Tajriba ham ikki turga bo'linib, labaratoriya o'tkaziladigan tajriba va tabiiy holatda o'tkaziladigan tajriba. Labaratoriya o'tkaziladigan tajriba maxsus ajratilgan xonalarda, didaktik vositalar yordamida o'tkaziladi. Bu labaratoriya jarayonlaridan asosan, kimyo va fizika fanlarida o'qilgan nazariyani amaliyotda qo'llashda foydalaniladi. Tabiiy holatda o'tkaziladigan tajriba esa shaxs rivojlanishining turli bosqichlarida o'tkaziladi. Ya'ni psixologik va jismoniy holatlarning bosqichlarida bo'lishi mumkin.

Muammo - bu ilmiy-tadqiqot ishidagi yechimi talab qilinadigan nazariy yoki amaliy masala bo'lib, u mavzuning dolzarbligi asosida ifoda qilinadi. Ular ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metadologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo'ladi. Ilmiiy-tadqiqot ishi davomida muammoni to'g'ri qo'yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, barcha ilmiy izlanishlar va metodlarni qo'llanishi ma'lum bir masala-muammoga yechim va unga yakuniy xulosalar berishdan iborat. Asosiy masala esa o'sha muammoni aniq topish va to'g'ri yechim bera olishdir. Dars o'tish jarayonida sinfdagi yoki dars holatidagi muammolarni to'g'ri yo'nalish bilan bartaraf etish o'qituvchining vazifasidir.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1196

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B.X. Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti" "Sano-standart " Toshkent-2017

2. M.X.Toxtaxodjayeva "Pedagogika" "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti Toshkent-2010

3. X. Ibragimov, SH.Abdullayeva "Pedagogika nazariyasi" "Fan va texnologiya" Toshkent-2008

4. J. Hasanboyev, X.A. To'raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O'.Usmanov "Pedagogika" "Noshir" Toshkent-2011

5. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

6. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

8. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)

10. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).

11. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

12. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

13. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. 97-105.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1197

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.