Научная статья на тему 'MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIKANING O‘RNI'

MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIKANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
470
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / o‘quv jarayoni / dars / metodika / pedagogika / maxsus fanlar. / Education / training / educational process / lesson / methodology / pedagogy / special subjects.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Bozorov Shomurod Ilmurodovich, Ozodov Shaxboz Oybek O‘G‘Li, Po‘Latova Himoyat Rasulovna, Po‘Latov Sarvar Mustafoyevich

Hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy ma’rifiy potensiyalini ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLASE OF PEDAGOGY IN TEACHING SPECIAL SUBJECTS

Currently, special attention is being paid to education and upbringing of young people. Education has always been the basis of society's development. Because a person is at the center of all relationships and connections in society. The revolution in science, technology and information turns a person and his scientific and educational potential into a decisive factor of social and economic development.

Текст научной работы на тему «MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIKANING O‘RNI»

MAXSUS FANLARNI O�QITISHDA PEDAGOGIKANING O�RNI

Bozorov Shomurod Ilmurodovich

Toshkent kimyo texnologiya instituti Shaxrisabz filiali assistenti.

Ozodov Shaxboz Oybek o�g�li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universitetining Toshkent filiali 3-kurs talabasi.

Po�latova Himoyat Rasulovna

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

kimyo-biologiya fani o�qituvchisi.

Po�latov Sarvar Mustafoyevich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali katta o�qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7976400

Qabul qilindi: 26.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-186-193

Annotatsiya: Hozirgi paytda yoshlarga ta�lim va tarbiya berishga alohida e�tibor qaratilmoqda. Ta�lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo�lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va uning ilmiy ma�rifiy potensiyalini ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantiradi.

Kalit so�zlar: Ta�lim, tarbiya, o�quv jarayoni, dars, metodika, pedagogika, maxsus fanlar.

THE PLASE OF PEDAGOGY IN TEACHING SPECIAL SUBJECTS

Abstract: Currently, special attention is being paid to education and upbringing of young people. Education has always been the basis of society's development. Because a person is at the center of all relationships and connections in society. The revolution in science, technology and information turns a person and his scientific and educational potential into a decisive factor of social and economic development.

Keywords: Education, training, educational process, lesson, methodology, pedagogy, special subjects.

ASOSIY QISM.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun iqtisodiy o�sish omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan-texnika taraqqiyotining ilg�or natijalarini qo�llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo�nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o�sishni ta�minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o�rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tam�minlash muammolari ko�p jihatdan ishchi kuchining bilimi, malakasi, vaziyatiga qarab ish tuta olishiga bog�liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo�lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. Biz oldimizga qanday vazifa qo�ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug�ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag�asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o�rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog�liqdir.

Mamlakatimizda qabul qilingan �Ta�lim to�g�risidagi qonun� va 1997-yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi bo�yicha butun ta�lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta�lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining �Ta�lim kelajakka yo�naltirilgan sarmoya� mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo�llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham anglash mumkin: �Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko�ra teran anglab olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta�lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni isloh etish bo�yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin. Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin hozirlashdir�.

Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o�qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog�liq. Shuning uchun ham o�quv jarayonini tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o�quv uslublarini qo�llashga alohida e�tibor qaratilmoqda.

Hozirgi davrda o�quv jarayonini tashkil etish o�qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo�lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o�z ustida tinmay ishlashni ham talab qiladi. Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, tabiiyki har bir odamdan iqtisodiy fikrlashni o�rganish talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o�tish bilan bu talab yanada kuchaydi. Farzandlarimizning yoshlikdan iqtisodiy fikrlay bilishi uchun, mamlakatimizda o�rta maktabdan boshlab itqtisodiy bilim asoslarini o�rganishga kirishildi. Oliy o�quv yurtining, ayniqsa, iqtisodiy yo�nalishdagi o�quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o�zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko�z o�ngiga keltira bilishni o�rganishi zarur. Buning uchun esa iqtisodiy fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Murakkab xo�jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o�rganish uchun to�g�ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega. Dars o�tishda to�g�ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o�qituvchining bilimi yuqori bo�lishidan qat?iy nazar, kutilgan natijani bermaydi. O�qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo�shilgandagina o�quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o�quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo�llashni bilish kerak. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi (uslubiyati) aynan ana shu maqsadga qaratilgan.

Dars berish metodi atamasi bilan birgalikda, odatda, o�qitish, dars berish uslubi atamasi ham tez-tez ishlatib turiladi.

Dars berish metodikasi (uslubiyati)ning predmeti, bu dars berish (o�qitish) jarayonining o�zidir. �Metod� atamasi yunoncha �methodos tadqiqot yoki bilish yo�li, nazariya, ta�limot� so�zidan kelib chiqqan bo�lib tadqiqot yo�li, haqiqatga intilish, bilish, harakat qilish yo�llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma�nosini anglatadi. Metod deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o�zlashtirish usullari tushuniladi. Faoliyatning turli jabhalarini o�rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo�nalishidir. Unda ta�lim va tarbiya berish usullari asosiy o�rinda turadi. Odatda metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu nazariy jihatdan qo�yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o�rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.

Pedagogik amaliyotda, an�anaga muvofiq, o�quv tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo�llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o�qituvchining o�qitish faoliyati usullari bilan o�quvchining o�qish faoliyati usullari bir biriga bog�liqligi ta�kidlanadi.

O�qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o�qitishning maqsadi, o�zlashtirish usuli, o�quv jarayoni qatnashchilari (o�qituvchi, talaba)ning o�zaro munosabati.

O�qitish metodikasi tushunchasi:

a) pedagogning o�qitish usullari va o�quvchining o�qish usullari hamda o�quvchining o�qituvchi bilan o�zaro bog�langanligini;

b) o�qitishdan ko�zlangan maqsadga erishish bo�yicha hamkorlikda ishlashning o�ziga xosligi, ya�ni, o�qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta�lim vazifalarini hal etishda o�qituvchi va o�quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.

I.Podlasiyning fikricha, metod jarayonning o�zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog�lovchi bo�g�in. �Maqsad - mazmun - metodlar - shakllar o�qitish vositalari� tizimidagi rollarni aniqlovchidir.

Ta�lim metodlari bir tomondan, ob�yektiv xarakterga ega bo�lib, qaysi pedagog qo�llashidan qat�iy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog�liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o�quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, sub�yektiv xarakterga ega bo�lib, u pedagog shaxsi, o�quvchi talabalarning o�ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi.

Metodlarning ob�yektiv hamda sub�yektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning ob�yektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to�liq sub�yektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo�lgan, to�la ob�yektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo�lgan ob�yektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko�p holatlarda esa eng yaxshi bo�lgan amaliyot yo�llari tavsiya etiladi.

Metodlarning ob�yektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta�riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o�quv faoliyatining shakllariga xos bo�lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning sub�yektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta�lim oluvchilarning o�ziga xosligi va aniq sharoitga bog�liq. Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo�lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo�yilgan maqsadga ko�ra erishilgan natijada o�z aksini topadi. Metodlarning ob�yektiv jihatini didaktik prinsip nuqtai nazaridan talqin etish, uning nazariyasini ishlab chiqish, amaliyotda qo�llanishi zarur bo�lgan eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqiyatli yechish imkonini beradi.

Metodlarni optimallashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy yondashish zarur bo�ladi. Shuning uchun ham o�qitish metodlari yuqori darajadagi san�at bo�lib kelgan va shunday bo�lib qoladi. Metod nihoyatda serqirra bo�lib, juda ko�p komponentlarni jamlaydi. Murakkabligi uchun ham metodni yagona ma�noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta�riflarda berishga to�g�ri keladi.

Sharq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e�tibor bilan qaraganlar. O�quv jarayonini tashkil etish va o�qitish metodlariga alohida e�tibor bergan alloma Aristoteldan so�ng �ikkinchi muallim� deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o�qitish metodlari haqidagi ta�lim oluvchilarga turli bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo�llarini ham ko�rsatgan, bilim olish zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish lozimligini ta�kidlagan. Hozirgi terminlardan foydalanib, Sharqning qomusiy allomalarining o�qitish metodlarini bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlasa bo�ladi. Ular foydalangan o�qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn Sino qo�llagan ko�rgazmali tajriba metodlari, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiyning ko�nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al Xorazmiyning bilimlarni tekshirish metodlari va boshqalardir. Ularning hammasi talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadini ko�zlagan.

Metodika va uning vazifasi. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha so�z bo�lib, insonni shakllantirishda muayyan maktab sari qaratilgan sistematik faoliyat to�g�risidagi hamda ta�lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.

Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so�zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta�lim otdir. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o�z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta�siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya�ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma�lum bir fanni o�rganish, o�qitish metodlari to�g�risidagi ta�limot. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi (uslubiyati) esa shu fanni o�rganish, o�qitish metodlarini o�rganadi. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasining maqsadi nazariy ta�lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o�rganishdir. Boshqacha aytganda metodika bu dars o�tishda o�qituvchiga qo�yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.

Bozor iqtisodiyotiga o�tish, iqtisodiyotga davlat aralashuvining qisqarib, nodavlat tarmoqlarning rivojlanishi, mamlakatimizni jahon iqtisodiy tizimiga integrasiyasi ta�lim tizimini ham isloh qilish, hozirgi zamon ta�lim tizimi oldida turgan masalalarni qayta ko�rib chiqishni taqozo etdi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarni iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim masalalardan biri bo�lib qoldi.

Dars o�tish o�qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o�z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o�zlashtirishlari uchun uni o�rganishda qo�llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli pedagoglar maxsus fanlarni o�rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo�llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi kasb ta�limi (pedagog) yo�nalishi bo�yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o�rganishda qo�llaniladigan an�anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o�z faoliyatlarida qo�llashni o�rgatishdir. Maxsus fanlar faqatgina nazariy emas, amaliy fanlardir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma�lum otlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga asoslanadi. Shuning uchun pedagogik bilimlarni o�rganish, tafakkurni shakllantirish, real jarayonlar asosida amalga oshiriladi.

Har bir maxsus fan o�z predmetini umumfalsafiy, umumiqtisodiy hamda boshqa alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shu fanga xos bo�lgan metodlar yordamida o�rganadi. Fanni o�rganish jarayonida esa nafaqat fanning predmetini o�rganishda qo�llaniladigan metodlar, balki fanni o�rganish, bilish jarayonini tashkil etishda qo�llaniladigan metodlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki o�qitish jarayonida fanni talabalar ongiga yetkazish, ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o�z ustida ishlashga yo�naltirish ko�p jihatdan unda qo�llaniladigan metodlarga bog�liq.

Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi talabalarda pedagogik fikrlash, tafakkurni shakllantirishga qaratilgan. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi fanining bir tomonida ilmiy, falsafiy fanlar tursa, ikkinchi tomonida esa, pedagogika, pedagogik texnologiya, psixologiya kabi pedagogikaga oid fanlar turadi. Maxsus fanlar, ya�ni Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi ularni bir-biriga bog�laydi. Kasb ta�limi yo�nalishida o�qiydigan bakalavrlar pedagogikani chuqur o�rganishlari zarur.

Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi fani oldiga quyidagi vazifalar qo�yiladi:

- xo�jalik yurituvchi sub�yektlardan boshlab, butun jamiyat miqyosida uzluksiz kuzatish olib borish, ma�lum otlar, axborotlar to�plashni naqadar zarurligini talabalar ongiga yetkazish;

- talabalarga qo�yilgan maqsadga ko�ra to�plangan iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash, taqqoslash, qiyosiy xarakteristika berish, tahlil qilishga o�rgatish;

- hodisalar va jarayonlarni chuqur o�rgatish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish va xulosalar chiqarish;

- iqtisodiy fikrlay bilish, mustaqil fikr yuritish, o�z nuqtai nazarini asoslashga o�rgatish;

- iqtisodiy fanlarni o�rganish uchun tatbiq etiladigan dars o�tish metodlari bilan tanishtirish;

- fanning predmetini o�rganishda qo�llaniladigan metodlar bilan dars o�tish metodlarini to�g�ri bog�lay bilish;

- Fanning mavzulariga ko�ra dars o�tish metodlarini to�g�ri tanlay bilish o�z faoliyatida mohirlik bilan foydalanishni o�rganish kabilardan iborat.

Pedagog kasbini tanlagan kasb ta�limi yo�nalishidagi bo�lajak mutaxassislar o�z oldilariga qo�yilgan talablarga javob berishi uchun mutaxassislik fani bilan bog�liq holda:

- iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur egallagan bo�lishi;

- huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishiga oid fanlarni mukammal bilishi;

- yoshlar tarbiyasi bilan shug�ullanish uchun pedagogik mahorat va tajribaga ega bo�lish uchun intilishi;

- dars berish metodlarini yaxshi o�rganib, ularni fanning yo�nalishi va mavzusi bo�yicha qo�llay oladigan bo�lishi;

- o�zbek xalqining tarixini bilish, milliy g�urur, madaniyatga ega bo�lishi;

mutaxassislik fani bilan bog�liq yangiliklarni o�rganishga intiluvchan bo�lishi;

fan-texnika yutuqlariga qiziquvchan bo�lishi;

- talabalarga fanni o�rgatishda tasdiqlangan dastur asosida fanga qiziqish uyg�ota olish, har bir talabaning saviyasi, individual xususiyatiga ko�ra vazifa, topshiriq berish va talab qilish san�atiga ega bo�lishi lozim.

XULOSA.

Shunday qilib, metodika o�quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonun-qoidalarini o�rganadi. Metodika, bir tomondan o�rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi. Fanning rivojlana borishi bilan o�rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo�yilgan maqsadlarga erishib bo�lmaydi.

O�qituvchining metodik mahorati, dars o�tishning yangi metodlarini o�zlashtirishiga yetarli e�tibor berilmas ekan, ta�lim ga, inson kapitaliga investitsiyalarning qanchalik ko�payishidan qat�iy nazar ta�lim sifati oshmaydi. O�qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag�batlantirish �minimal xarajat qilib, maksimal samara� olish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO�YXATI.

1. Abdurahmonov Sh. Interfaol ta�lim strategiyalarini loyihalash va amalga oshirishda qo�llaniluvchi didaktik usul va vositalar. Ilmiy-ulubiy ishlanma. - Namangan, NamMPI, 2012. - 50 b.

2. Azizxo�jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent: TDPU, 2003.

3. Ismailova Z.K., Maxsudov P.M., Ergashev O.K., Matkarimov K.J. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi. Magistratura mutaxassisliklari uchun o�quv qo�llanma -Toshkent. �Navruz�, 2019. - 162 b.

4. Ismoilova Z.K, Maxsudov P.M. Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda. �Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi� fanining o�rni.- Toshkent, TIQXMMI, �Irrigasiya va meliorasiya� Jurnali 2018, �2 (12)

5. Ishmuhamedov S.R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta�limda innovaqion texnologiyalar. Toshkent, 2008.

6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta�limda innovaqion texnologiyalar (ta�lim muassasalari pedagog o�qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).- Toshkent, 2008. - 184 b.

7. Mavlonova R., To�rayeva O., Holiqberdiyev K. Pedagogika.- Toshkent: �O�qituvchi�, 2001.

8. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M. To�rayev A.B. Innovaqion ta�lim texnologiyalari. T.: �Sano standart�, 2015. - 150 b.

9. Mirsoliyeva M., Ibragimova G. Ta�lim texnologiyalari va pedagogik mahorat. (metodik tavsiyanoma) -Toshkent, TTESI, 2015.- 84 b.

10. Po�latov S.M. Maxsus fanlarni o�qitish metodikasi. Toshkent, 2022. SDVUTF,

5-14 betlar.

11. Nishonov A., Haydarov V. va boshqalar. Baholash metodlari. Toshkent, �Osiyo taraqqiyot banki�, 2003.

12. Xodjabayev A.R., Xusanov I. Kasb ta�limi metodologiyasi. O�quv qo�llanma. - Toshkent, �Aloqachi� , 2007.

13. Tojiboyeva D., Yo�ldoshev A. Mutaxassislik fanlarini o�qitish metodikasi. O�quv qo�llanma. - Toshkent, �Aloqachi�, 2009.

14. Sharipov SH.S., Vorobev N.A., Muslimov N.A., Ismoilova M. Kasbiy ta�lim pedagogikasi.- Toshkent, TDPU, 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.