Научная статья на тему 'FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA GEOGRAFIYA DARSLARINI OLIB BORISH'

FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA GEOGRAFIYA DARSLARINI OLIB BORISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
152
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / METOD / PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK METODLAR / TATQIQOT METODLAR / TAQQOSLASH METODLARI / STATISTIK TAHLILLAR / SOG'LOM VA ERKIN MUHIT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Narzullayev N.H.

Inson hayotidagi muhim ahamyatga ega bo`lgan fanlardan biri bu Geografiya fanidir. O’quvchilarni bu fanni o’zlashtirishlari, ko`nikma va malakaga ega bo’lishi, tarbiya jarayonlarida ta`lim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta’lim tizimini tahlil qilgan holda yo’lga qo’yish juda ahamyatlidir. Ushbu maqolada Finlandiya ta’lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish haqida so`z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAKING GEOGRAPHY LESSONS USING FINNISH EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

One of the most important sciences in human life is Geography. It is important that students master the subject, acquire skills and competencies, and that the educational process is guided by an analysis of the Finnish education system, one of the most developed in the world. This article discusses how to teach geography using Finnish educational technologies.

Текст научной работы на тему «FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA GEOGRAFIYA DARSLARINI OLIB BORISH»

Narzullayev N.H.

Navoiy viloyatiXalq ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi geografiya fani o'qituvchisi

FINLANDIYA TA'LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA GEOGRAFIYA DARSLARINI OLIB BORISH

Annotatsiya: Inson hayotidagi muhim ahamyatga ega bolgan fanlardan biri bu Geografiyafanidir. O'quvchilarni bu fanni o'zlashtirishlari, ko^nikma va malakaga ega bo'lishi, tarbiya jarayonlarida talim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta 'lim tizimini tahlil qilgan holda yo'lga qo 'yish juda ahamyatlidir. Ushbu maqolada Finlandiya ta 'lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish haqida so^zyuritildi.

Kalit so'zlar: ta'lim, metod, pedagogik-psixologik metodlar, tatqiqot metodlar, taqqoslash metodlari, statistik tahlillar, sog'lom va erkin muhit.

Narzullayev N.H.

Public educators of Navoi region retraining and their Regional Center for Professional Development department of methodology of exact and natural sciences

geography teacher

TAKING GEOGRAPHY LESSONS USING FINNISH EDUCATIONAL

TECHNOLOGIES

Annotation: One of the most important sciences in human life is Geography. It is important that students master the subject, acquire skills and competencies, and that the educational process is guided by an analysis of the Finnish education system, one of the most developed in the world. This article discusses how to teach geography using Finnish educational technologies.

Keywords: education, method, pedagogical-psychological methods, research methods, comparison methods, statistical analysis, healthy and free environment.

Bugungi kunda ta'lim tizimidagi yutuqlar bilan birga qatorda kamchiliklarini ham sanab o'tish mumkin. Masalan,o'qituvchilar ta'lim berish jarayonida o'quvchilar qobilyatini yetarli darajada aniqlash darajasining pastligi, aksaryat maktab bitiruvchilarning bilim va ko'nikmalari yetarli darajada

emasligi va kelajakda ular tanlagan kasbning yetuk mutaxasisi bo'lishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Ma'lumki, so'nggi paytlarda Finlandiya ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim hisoblanib kelinmoqda. Xo'sh, Finlandiya ta'lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Zero, aksaryat hollarda fin talabalari AQSH va Buyuk Britaniya talabalaridan yuqoriroq natijalarini qayd etishadi.

Finlandiyada majburiy ta'lim 9 yil davom etib, o'quvchilar 16 yoshdan maktabni tark etishlari mumkin. Ushbu g'oya Finlandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. Finlandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o'qituvchilar va hatto o'quvchilar o'rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, hamkorlikk muffaqiyat kalitidir deb hisoblashadi. Fin o'qituvchilari dunyodagi eng malakali o'qituvchilardir. Finlandiyada o'qituvchlikka bo'lgan talab juda yuqori.

Finlandiya ta'lim tizimi test natijalarini ko'paytirish matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o'rniga, o'qish uchun sog'lom va uyg'un muhit yaratishga etibor beriladi. Bunda ta'lim "Ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bolishi kerak", degan mafkuraga ega. O'qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan amaliy mashg'ulot o'tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratildi. Bu esa o'z navbatida o'qituvchilarga tushadigan stressni kamaytiradi.

Geografiya ta'limida turli matnlar, o'yinlar, immitatsiya keng qo'llaniladi. Masalan, o'quvchi biror kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o'zi xulosalar chiqaradi. Umuman, bunda ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni kelgusi hayotga, ya'ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.

Quyi sinflar qo'llanmalarida esa deyarli xarita yo'q, ular o'rnini xarita sxemalar egallagan. Tekstda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo'lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.

Mavzu yoki bo'limdan keyin qo'yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo'yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o'yinlar tarzida berilgan. O'quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o'yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o'rin berilgan. O'quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o'ynaydilar. Demak, geografiya darsligi kapitalistik mamlakatlar geografiya ta'limi metodikasida eng yetakchi o'rinni egallaydi.

Finlandiya ta'lim tizimida geografiya fanining o'rni va ta'lim samaradorligi bir jihati bo'lsa, yana bir tomondan mavzuning ba'zi muammolari, kelajakda rivojlanishiga tahdid solib turgan ayrim jihatlari ko'rib chiqiladi.

Finlandiya ta'lim tizimida geografiya, biologiya, fizika, kimyo tabiiy fanlari bir birlariga bog'liq holda bitta fan sifatida olib boriladi.

O'rta maktablarda geografiya ta'lim mazmuni bo'yicha aniqlangan mavzular quyidagilardan iborat: "Yer - insonning uy sayyorasi'V'Yevropa'V'Dunyo va Finlandiya", "Umumiy muhit".

Ushbu mavzular ro'yxatdagi muammolar bilan izohlandi. "Nima?" va "qanday?" o'quvchilar o'rganishi va hal qilishi mumkin bo'lgan savol namoyish etiladi. Bu turdagi olib boriladigan darslarning ijobiy jihatlari: "idrok etish", "tan olish", "tasvirlash", "muayyan masalalarni tasvirlash", "solishtirish", "tahlil qilish va tushuntirish", "geografik bilimlarni qo'llash" va "kichik tadqiqotlarni rejalashtirish va o'tkazish". O'quvchilarni o'z bilim tajribalari va bilim ko'nikmalaridan kelib chiqan holda bajarishadi.[2]

Hozirgi kunda bizning davlatda geografiya darslarini rivojlantirish orqali davlatni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlatirish jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish bilan bir qatorda iqtisodiy sohalarimizdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o'quvchilar e'tiboriga havola qilish, ularni erkin fikrlashga o'rgatish, har bir masala yuzasidan raqobat va munozarali jarayonlarni tashkillashrish bilan darslarni olib borish, o'quvchilarni kelajakda ishbilarmon yetuk shaxs sifatida shakillanishlari uchun sog'lom muhit yaratish maqsadga muvofiqdir. Darslarda asosan o'quvchilarni psixologik nuqtayi nazardan baholab borish, ularni geografik muhitni shakllantirish maqsadida turli xil metodlarni qo'llash ta'lim tizimini o'zgartirish orqali dars jarayonida faol bo'lishlarini ta'minlash lozim.

Masalan, Mamlakatimizda geografiya darslarini tashkillashtirishda dunyo xaritasi va mintaqalari, xaritaning asosiy tushunchalari, turli dala xaritalari va tematik xaritalar, dunyoni bir butun sifatida idrok etish kabi maqsad va vazifalarni ilgari suriladi.

Ushbu keltirilgan mavzular va tushunchalarni yana ko'plab keltirish mumkin. Ya'ni bu mavzular asosan o'quvchilarni pisixologik fikrlashlari, dunyoqarashlarini kengayishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini o'rganish bilan bir qatorda dunyo mamlakatlariga nisbatan taqqoslash ishlarini olib borish, har xil munozarali o'yinlar tashkil qilish, keltirilgan biror bir muammoni hal qilishlari va yechim topishlariga zamin yaratadi va o'zlariga bo'lgan ishonchni ortishi bilan keyingi darsga qiziqishlarini yuqori darajaga olib chiqishlari mumkin. Bu esa o'z navbatida dars sifatini oshirib o'quvchilar o'zlarini kelajakdagi o'rnilarini topishda qanday sohada ish olib borishlari to'g'risida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishga undaydi.

Xulosa qilib aytganda, kelajagimiz yoshlarimiz qo'lidadir. Bugun mamlakatimizni iqstisodiy-ijtimoiy jihatdan o'rganayotganda faqatgina sanoat korxonalari, xomashyo resurslar, ishlab chiqarish salohiyatini tanishish bilan cheklanmagan xolatda dars jarayonini tashkillashtirish, o'quvchilar olayotgan bilim va ko'nikmalarini rivojlangan kelajagi buyuk davlat bilan koprik sifatida mustahkamlash lozim. Geografiya darslariga qo'yilayotgan talab va vazifalar

o'quvchilarni erkin fikirlashga, darslarga qiziqishlarini ortishiga asos boladigan darajada olib kelish uchun Finlandiya ta'lim texnalogiyalari asosida ta'lim tizimini olib borish va tashkillashtirish foydali bo'ladi.

O'quvchilarimizni ko'proq imtihonlarga, test sinovlariga tayyorlashdan ko'ra sog'lom hayotga tayyorlash, bolalar kimdandir yoki nimadandir qo'rqqanidan emas, balki o'zlari qiziqqanidan fanlarni o'zlashtirishi, dars davomida shakllangan yangi g'oya va fikrlarini erkin tadbiq etishlari va qo'llab quvvatlashlariga zamin yaratishimiz lozim.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. S.A.Abduvohidov,Z.A.G'aniyev."Geografiyata'limmetodokasi" SamDU nashiryoti, 2021-328 b.

2. O.A.Mo'minov. "Geografiya ta'lim metodikasi",-T..:O'qituvchi, 1986 y.

3. Www.uz edu.uz

4. https//.kun.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.