Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR TUSHUNCHASI VA UNI O‘RGATISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR TUSHUNCHASI VA UNI O‘RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2444
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
Arifmetik amallar / interfaol metod / pedagogik texnologiyalar / “aqliy hujum” / “adashgan zanjirlar” / zamonaviy texnologiyalar. / Арифметические операции / интерактивный метод / педагогические технологии / «Мозговой штурм» / «Потерянные цепи» / современные технологии.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibroximova Jahonbu Baxromjon Qizi

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika fanidagi arifmetik amallar tushunchasini shakllantirish va ularni o‘rgatish metodikasini tahlil qilish masalalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu ko‘rib chiqilgan usullar yordamida o‘quvchilarni egallashi kerak bo‘lgan bilimlarining sifatini oshirishga erishish bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОНЯТИЕ АРИФМЕТИЧЕСКИХ ДЕЙСТВИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ И МЕТОДИКА ИХ ПРЕПОДАВАНИЯ

В статье рассматриваются вопросы формирования понятия арифметических действий в математике для учащихся начальных классов и анализа методики их обучения. С помощью этих рассмотренных методов достигается повышение качества знаний, которыми должны овладеть учащиеся.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR TUSHUNCHASI VA UNI O‘RGATISH METODIKASI»

BOSHLANG�ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR TUSHUNCHASI VA UNI O�RGATISH METODIKASI

Ibroximova Jahonbu Baxromjon qizi

FarDU BT va STI yo�nalishi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7962954

Qabul qilindi: 22.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-109-112

Annotatsiya: Maqolada boshlang�ich sinf o�quvchilariga matematika fanidagi arifmetik amallar tushunchasini shakllantirish va ularni o�rgatish metodikasini tahlil qilish masalalalari ko�rib chiqilgan. Ushbu ko�rib chiqilgan usullar yordamida o�quvchilarni egallashi kerak bo�lgan bilimlarining sifatini oshirishga erishish bayon qilingan.

Kalit so�zlar: Arifmetik amallar , interfaol metod, pedagogik texnologiyalar, �aqliy hujum�, �adashgan zanjirlar�, zamonaviy texnologiyalar.

���������: � ������ ��������������� ������� ������������ ������� �������������� �������� � ���������� ��� �������� ��������� ������� � ������� �������� �� ��������. � ������� ���� ������������� ������� ����������� ��������� �������� ������, �������� ������ �������� ��������.

�������� �����: �������������� ��������, ������������� �����, �������������� ����������, ��������� ������, ����������� �����, ����������� ����������.

ASOSIY QISM.

Boshlang�ich sinflarga arifmetik amallarni o�rgatish tushunchalarini berish va o�rgatishdagi usullarning eng foydalilaridan biri bu interfaol metodlarni qo�llagan holda o�rgatish hisoblanadi.

Interfaol metod - ta�lim jarayonida o�quvchilar hamda o�qituvchi o�rtasidagi faollikni oshirish orqali o�quvchilarning bilimlarni o�zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo�llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta�limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs � munozaralar o�tkazish, o�quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, o�quvchilar tashabbus ko�rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo�lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo�lib, ular ta�lim � tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o�ziga xos ahamiyatga ega.

Hozirda ta�lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo�nalishlardan biri interfaol ta�lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan o�qituvchilari shu jumladan boshlang�ich sinf o�qituvchilari ham dars mashg�ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko�lamda foydalanmoqdalar. Interfaol metodlarni qo�llash natijasida o�quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o�z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog�lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko�nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Interfaol degani, o�qituvchi va o�quvchilar orasida o�zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o�quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o�rganadi, qo�yilgan maqsadga mustaqil o�zi darsda o�quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi, ya�ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o�zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o�quvchilar ta�lim jarayoniga o�zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.

Boshlang�ich sinflarda qo�llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi: O�quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qo�llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko�p bo�lib, ularning hammasi ham boshlang�ich ta�limda qo�llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlang�ich sinf o�quvchisining o�qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o�quvchi o�qishi bo�ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko�proq uzluksiz ta�lim tizimining o�rta va yuqori bo�ginlariga mo�ljallangan bo�lib, boshlangich sinflarda qo�llash tajribalari juda kam. Shuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlang�ich sinf matematika darslarida qo�llash mumkin bo�lganlari haqida so�z yuritamiz.

Interfaol metod sinfda o�tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda �Aqliy hujum�, �Adashgan zanjirlar�, �Savol bering�, �Insert�, �BBB�, �Bahs � munozara�, �Muammoli savollar�, �Kichik guruhlarda ishlash�, �Burchaklar metodi�, �Kubiklar� metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.

�Aqliy hujum� texnologiyasini qo�llash bir muammoni hal qilish yo�lidan turlicha va iloji boricha ko�proq taklif, fikr � mulohazalarni yig�ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma�qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo�llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni �Eslab� qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo�ladi. O�qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog�ozga yozib boradi.

Masalan: 3 � sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig�ish mumkin.

�Quyidagi shaklda nechta to�rtburchak bor?�

Bunda takliflar to�rtburchaklar sonini sanash usuliga oid bo�lib, ularning sonini to�g�ridan � to�g�ri aytish talab qilinmaydi. Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to�rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin. Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig�iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo�lgan barcha natural sonlar yig�indisini topish yo�li so�raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo�yicha yig�indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi.

Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo�lib hal qilishi ham o�quvchilarni o�zaro fikr almashishga, bir � birini to�ldirishi, kerak bo�lsa bir � biriga o�rgatishga o�rgatadi. Bunday usulni �Juftlikda ishlash� deb ataladi. O�qituvchi o�quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo�lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo�lishi maqsadga muvofiqroqdir.

�Adashgan zanjirlar� usuli boshlang�ich sinflarda biror bir ketma � ketlikni tiklash uchun qo�llanadi. Bunda o�qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma � ketlikni alohida � alohida va tartibsiz qo�yadi. O�quvchilar tartibsiz joylashgan so�zlarga mantiqiy bog�langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo�llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.

O�qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o�quv jarayonini tashkil qiluvchi, o�qish faoliyatini boshqaruvchi, o�quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qo�llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o�tishi, deb hisoblaymiz.

Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta�lim jarayonida qo�llash muammolariga bag�ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta�lim rivojini ta�minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko�lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi. Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish, ta�lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.

Ta�lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog�liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko�rsatib o�tilgan fan yo�nalishlarining har birida ta�lim texnologiyalarining ma�lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta�lim jarayoniga tatbiq etishda alohida o�rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to�liq tahlil qilingan.

O�rganilgan bilimlar va sinab ko�rilgan tajribalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni ayta olamizki, o�quvchilarga arifmetik amallarni an�anaviy holda o�rgatib borishga nisbatan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o�rgatish bir qancha imkoniyatlarni bera oladi. Bular o�quvchilarda o�rganishni osonlashtirish va qiziqtirira olish, egallanadigan bilimlarni sifatini oshirish va uzoq vaqt xotirada uzoq saqlanishi kabi imkoniyatlar hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Babanskiy. Yu. K. Hozirgi zamon umumta�lim maktablarida o�qitish metodlari. -T,; O�qituvchi, 1990y.

2. J.A.O�sarov va boshqalar. Matematika o�qitish metodikasi (Umumiy metodika). O�quv qo�llanma. T .- Sahhof, 2021y.

3. Bantova, M. A., Beltyukova G. V. Boshlang�ich sinflarda matematikani o�qitish metodikasi. M.: Ma�rifat, 2011.

4. Ataxov, R. V. Fikrlashning umumiy qonuniyatlari va matematik fikrlashning o�zaro bog�liqligi. Psixologiya masalalari, �5, 2008 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.