BOSHLANG�ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O�QITISH
Azimova Dilorom Hamza qizi
Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi
To�rayeva Mohlaroybegim Boymurod qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7749156
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang�ich sinf o�quvchilarining o�qitishda matematika fanini ahamiyati, matematika fanini o�qitish texnologiyasi haqida yoritilgan.
Kalit so�zlar: Arifmetika, interfaol metodlar, yozma bahslar, usul, uslubiyat.
TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY GRADES.
Abstract: this article describes the importance of mathematics in the teaching of elementary school students, the technology of teaching mathematics.
Key words: arithmetic, interactive methods, written arguments, method, methodology.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan buyon o�tgan vaqt mobaynida jamiyatimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligi taraqqiyotimiz odimlaridan ko�rinib turibdi. Bu borada ta�lim sohasiga bo�lgan e�tibor alohida o�rniga ega ekanligi, davlatimiz rahbariyati tomonidan ayni sohada amalga oshirilishi lozim bo�lgan vazifalar belgilanib, ular
hayotga tadbiq etilayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Boshlang`ich sinf matematika darsligiga sonlar, arifmetik amallar, matematik munosabatlar singari algebra elementlarini kiritishdan ko`zlangan asosiy maqsadi o`quvchilarning son haqidagi, arifmetik amal haqidagi, matematik munosabat haqidagi umumlashtirishlarni yuksakroq darajaga ko`tarishdan iborat. Boshlang`ich sinf o`quvchilari onggida tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va o`zgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo`yicha rejali ishlar olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi o`zaro uzviy bog`langandir. Masalan, harfiy simvolikani bolalarni tengsizlik, tenglama va boshqa tushunchalar bilan propedevtik planda tanishtirish imkonini
beradi. Harfdan o`zgaruvchini ifodalovchi simvol sifatida foydalanish boshlang`ich matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va
umumlashgan holda o`zlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi, keyinchalik bolalarni
o`zgaruvchi, funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik
bo`ladi. Bolalarda tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish bo`yicha
bajariladigan ishlar tenglamalar yechish va masalalarni tenglama tuzish yo`li bilan
yechishni kiritish uchun tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi.
Yuqorida aytilganlardan ravshan bo`ladiki, aytib o`tilgan algebraik, mazmunli masalalar ustida ishlash sistematik ravishda va planli olib borilishi kerak. Endi matematik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama ustida va tekstli masalalar yechishda tenglamalardan foydalanish foydalanish borasida mukammalroq to`xtalamiz. Boshlang`ich sinflarda arifmetik materialllarni o`rganib, yakunlash algebraik materiallarni va matematika simbvolikani o`rganish bilan umumlashtiriladi.
1-sinf o`quvchilarining tenglik va tengsizliklar, tenglamalar olamiga qiyinchiliksiz kirib borishlari uchun darslikda tenglik va tengsizlikka doir narsalarning xossalari, ranggi, shakli, o`lchami haqida dastlabki taasurotlarni beruvchi turfa xildagi suratlar va peyzajlar berilgan. O`qituvchi bunday suratlardan
unumli foydalangan holda o`quvchilarga mazkur tushunchalarning ma`nomohiyatini uqtirib boradi. Misol uchun quyidagi rasm orqali narsaning ranggi, shakli va o`lchami haqida dastlabki ma`lumotlarni berish mumkin: �Sport turlari uchun mo`ljallangan to`plar dumaloq shaklda bo`ladi�, �Basketbol to`pi futbol to`pidan kattaroq bo`ladi�, �Qo`l to`pi futbol to`pidan kichik bo`ladi�, �Yashil rangdagi kubiklar aralash rangdagi kubiklardan kichik�, �Futbol to`pi oq va qora rangda bo`ladi�.
O`quvchilar mazkur tushunchalarga ega bo`lganlaridan so`ng uzun-qisqa, keng tor, baland-past, ustida, ostida, chapda, o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida, ko`p, kam, �ta ortiq, �ta kam so`zlaridan foydalanishga o`rgatiladi: �Mening chizg`ichim kitobimdan uzunroq�, �Oyimning sochig`i mening sochig`imdan katta va uzun�, �Nigora Anvarning o`ng tomonida turibdi�, �Komiljon yo`lakda itdan oldin ketyapti�, �Atirgullar qancha bo`lsa, binafsha ham shuncha�, �Tovoqda olxo`rilar olma va gilosdan ko`p turibdi�, �Kulrang quyonchalar oq quyonchalardan kam�, �Rasmdagi sharlarning ranggi har xil�, �Nigora stakandagi qalamlardan bittasini oldi�, �Oq quyoncha bitta sabzini yeb qo`ydi�, �Sigirlarning har biri ola rangda� kabi.
Sekin-astalik bilan o`quvchilar sonlarning sirli dunyosiga kirib boradilar. Buning uchun avvalambor bir nechta predmet orasidan bitta narsani ajratish yoki bir xildagi bir nechta predmetning har biri, hammasi qancha va qanday ekanligini bilib oladilar. So`ngra o`quvchilar onggida narsalarning sanog`i va ketma-ketligi haqida dastlabki tasavvurlar hosil qilinadi: �Bitta to`p�, �Ikkita quyoncha�, �Uchta
choynak�, �To`rtta anor�, �, �O`nta kubik�.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o�quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini o�stirish, ularning o�z fikrlarini aniq, to�g�ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 1-sinfda matematika darslari. N. Abdurahmonova, M. Ahmedov , M. Jumayev. O`qituvchi kitobi. Toshkent. �Turon � iqbol� 2008.
2. 2-sinfda Matematika. N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva. o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma. Toshkent, :O`qituvchi� � 2004.
3. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar.� T.: ?Fan va texnologiyalar?
nashriyoti, 2011.
4. Ro�zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati
va qo�llanilishi / Metod.qo�ll. � T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.