Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O’RGATISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
674
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PREDMETLARARO BOG'LANISHLAR / SON / ARIFMETIK AMALLAR / FANLARARO BOG'LANISH / DIDAKTIK O'YINLAR / MATEMATIK O'YINLAR / RASMLI TOPISHMOQLAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nomonjonova Z.O., Sobirjonov B.Q.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida har xil metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan talab, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Pedagog bularni darsda qo’llab, bolalar darsni oson tushinib olishiga muhit yaratib berishi lozim. Agar, o’qituvchi darsni qancha qiziqarli qilsa, bola darsga shuncha qiziqib, darsni yaxshi tushinadi va yaxshi o’zlashtiradi. Mening maqolam boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika fanini oson tushinishiga yordam beradi degan umiddaman.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING MATHEMATICS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Today, the demand for various methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process in the field of education is growing. The educator should use these in the classroom to create an environment in which children can easily understand the lesson. The more interesting the lesson, the more the child will be interested in the lesson, the better he will understand and master the lesson. I hope that my article will help elementary school students to easily understand mathematics.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O’RGATISH»

Nomonjonova Z. O.

talabasi

Farg'ona davlat universiteti Sobirjonov B. Q. talabasi

Farg'ona davlat universiteti

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI

O'RGATISH

Annotatsiya. Hozirgi kunda ta'lim sohasida har xil metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o 'quv jarayonida qo 'llashga bo 'lgan talab, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Pedagog bularni darsda qo 'llab, bolalar darsni oson tushinib olishiga muhit yaratib berishi lozim. Agar, o'qituvchi darsni qancha qiziqarli qilsa, bola darsga shuncha qiziqib, darsni yaxshi tushinadi va yaxshi o'zlashtiradi. Mening maqolam boshlang 'ich sinf o 'quvchilarini matematika fanini oson tushinishiga yordam beradi degan umiddaman.

Kalit so'zlar: predmetlararo bog'lanishlar, son, arifmetik amallar, fanlararo bog'lanish, didaktik o'yinlar, matematik o'yinlar, rasmli topishmoqlar.

Nomonjonova Z.O.

student

Fergana State University Sobirjonov B. Q. student

Fergana State University TEACHING MATHEMATICS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Annotation. Today, the demand for various methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process in the field of education is growing. The educator should use these in the classroom to create an environment in which children can easily understand the lesson. The more interesting the lesson, the more the child will be interested in the lesson, the better he will understand and master the lesson. I hope that my article will help elementary school students to easily understand mathematics.

Keywords: interdisciplinary connections, numbers, arithmetic operations, interdisciplinary connections, didactic games, mathematical games, picture puzzles.

Barchamizga ma'lumki, matematika fani chegarasiz fan, bu fanni oxirini topa olmaymiz. Matematikadan biz hayotimiz davomida foydalanamiz. Matematikasiz ko'p sohalarni taasavvur qilib, bo'lmaydi, ya'ni matematika bilan ko'p sohalar uzviy bog'liq. Bugunlik kunda bu fanni har bir inson yoshligidan o'rganishi zarur. Mutaxassislarimizning fikricha, matematikani yaxshi o'zlashtirgan o'quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori darajada bo'ladi. U misol va masalalarni yechishda, balkim hayotidagi turli qiyinchiliklarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilishi, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma- bosqich bajarish qobiliyatiga ham ega bo'ladi. Shuni ham aytish mumkinki, o'quvchini matematiklarga xos fikrlashi uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga ham olib chiqadi. Matematikaning hayotda tutgan o'rni beqiyosligini hisobga olib, mazkur fan bizga birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan. Bu fanni o'quvchiga yetkazib berish esa, pedagoglarning vazifasidir.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning bu fan rivoji va taraqqiyoti uchun bo'lgan e'tibori, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga bo'lgan muhim vazifalarini belgilab berdi. Joriy yilning 31 -yanvar kuni Prezidentimiz olimlar bilan ochiq muloqotda quyidagi gaplarni aytdi: "Matematika hamma aniq fanlarning asosidir. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo'lib o'sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi".

Boshlang'ich sinf o'quvchilari ilk maktab kunlaridanoq matematika fani bilan tanishadi, shu bilan birga bu fan orqali barcha fanlarga yo'l ochishadi. Yosh o'rganuvchilar uchun bu fan dunyoning bilim eshiklarini ochadi, hamda o'z o'rganuvchilar uchun har kuni yangi vazifalar bera oladi. Barcha fanlarni o'qituvchi to'g'ri bog'lashi kerak. Boshlang'ich sinflarda predmetlararo bog'lanishlarni amalga oshirish osonroq kechadi. Chunki, ko'p fanlarni bitta o'qituvchi olib boradi va shu sababli, uning oldiga fanlararo boglanishlar ochiladi. Boshlang'ich sinflarning o'quv fanlari tevarak atrofdagi voqealar, hodisalar va ularning xossalariga doir aniq tasavvurlar oladilar. Matematika fanining faxrlanuvchi xususiyati shundaki, bu fan tushunchalarning abstraksiyaligi va umumiyligini e'tirof etadi. Ularning bog'lanishlanishlarini tushuntiradi, bunday bog'lanishlarni o'rgatadi umumiy faoliyatlarni son haqidagi, arifmetik amallar to'g'risidagi tasavvurlar va sodda tushunchalarni, har xil tajriba va ko'nikmalar, faoliyat turlari, o'qitish forma va metodlariga tayanadi.

Yurtimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar ta'lim to'g'risidagi qonunlar hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da ta'kidlab o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisini oldiga mas'uliytli vazifalar qo'ymoqda. Bu vazifalar boshlang'ich ta'lim uchun xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bular har xil o'quv fanlari dasturida, o'quv rejalarida, maktab darsliklarida ta'limning joriy etilishi

hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qiishi mumkin. Davlat ta'lim standartlari o'quv fani yordamida o'quv metodik rejalarni yaratish uchun keng ko'lamli imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, fanlararo bog'lanish va bilimlarni anig'lashtirish asosida o'quv fanlarining o'zaro aloqadorligini va bu fanlararo bog'lanishlarni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda o'qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi to'g'risida so'z borganda, biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik ikkalasi umumiy bog'liqligini bilishimiz kerak. Dastlabki ta'limda matematika alohida o'rin egallaydi, chunki bu fan o'quvchilarning hisoblash darajasini rivojlantiribgina qolmay, ularning dunyoqarashini rivojlantiradi. Darsdagi har qanday berilgan masala va misolni yechishda fanlar orasidagi o'xshashlikni aniqlab, ularni hayot bilan bog'laymiz. So'ngi yillar ichida yurtimizda boshlang'ich sinflarga matematikani o'rgatishga nihoyatda katta ahamiyat qaratilmoqda. Maktab oldidagi yangi vazifalarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunini tubdan o'zgarishiga olib keldi.

O'z o'rnida matematika, o'rganiladigan barcha fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Matematika fanini o'rgatish jarayonida didaktik o'yinlardan foydalaniladi. Bu esa, ba'zan bir darsning o'zida bir nechta fanlarga murojaat qilishimizni ko'rsatadi. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o'qituvchining ijodkorligiga bog'liq. Matematik o'yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarimizga joziba bag'ishlaydi.

Boshlang'ich sinfda matematika o'qitish metodikasining

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani tushuntirish uchun o'qituvchi darsni qiziq qilib tashkillashtirishi kerak. Buning uchun esa, pedagog metod va dars shakllarini(turlarini) tanlab olishi kerak. Darslarda har xil

qiziqarli o'yinlardan foydalanish zarurdir. Darhaqiqat, o'yin bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga, o'smirlarga ta'lim-tarbiya berishning sinalgan va an'anaviy shakllaridandir. O'quvchilar matematika darsidan faqat dastur materiallarini o'zlashtiribgina qolmay, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni tamoshaa qilishga, farqlashga, fikrlashga, o'zining xulosalarini asoslashga, matematik til bilan gapirishga urinishlari kerak. Didaktik o'yinlar darsda ishni individuallashtirirish, har bitta o'quvchining bilishiga qarab, unga mos topshiriq berishi, uning qobiliyatini, bilimini maksimalga olib chiqish imkonini beradi. O'yinlar yordamida o'quvchilar darsdan olgan bilimlarni mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq etishga shug'ullanadilar. Birinchi sinfning jajji o'quvchilariga matematikadagi sonlarni o'rgatishda har xil topishmoqli o'yinlardan foydalanish kerak. Har xil turdagi masalalarni yechishda amallar ma'nosini to'laqonli ochib berishi kerak. Buning uchun o'qituvchi masalani yechishda zarur malakani egallashi uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar orasidagi ma'lum bog'lanishlarni tushungan holda, ularni o'quvchiga o'rgatishi kerak. O'quvchi bularni tushinib olsa masalani osonlik bilan hal qiladi._

1. Murakkab darslar - boshlang ich sinflarda eng ko p о tiladi.

Tuzilishi:

1. Uy vazifasini tekshirish.

• 2. Maxsus og zaki mashqlar.

• 3. O quvchilar oldiga dars maqsadini qcTyish. 4. Yangi material ni idrok qilishga tayyorlash.

• 5. Yangi materialni cTrganish.

• 6. Yangi materialni mustahkamlash. 7. О tilganlarni takrorlash.

• 8. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masalalarning o'rni katta. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e'tibor beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko'pincha o'zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko'rgazmali asosida ko'rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko'pincha

masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo'lishib oldi, sovg'a qildi va hakozo) so'zlarning ma'nosini tushunmaydilar. Shunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so'zlarni mazmunini ochib berishga alohida e'tibor berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak.

Tadqiqotlarning amaliy ahamiyati sifatida shuni aytishimiz mumkinki, har bir o'qituvchi, pedagog, boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida, didaktik-o'yin texnologiyalaridan foydalanganda, o'quvchilarning bilimlari yanada oshadi, mustahkam bo'ladi, shuningdek, bu usullar yordamida o'quvchi dars davomida, guruh bilan ishlashga, o'zining fikrini mustaqil bildirishga, masalaga hamma tarafdan yondashishga, mulohaza yuritishga,mavzular doirasida bilimlarini umumiy qilib, dars davomida zerikib qolmaslikka, aksincha, dars tugamasdan davom etishini xohlashiga erishamiz. Pedagog esa, metodlardan foydalangan holda o'tilgan mavzularni o'quvchilarga takrorlatishga, ularni baholashga, darsning o'zgacha o'tilganligiga, o'quvchilar bilan fikr almashishga, o'quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishi mumkin bo'ladi. Bunda o'qituvchi didaktik-o'yin texnologiyalarining talablariga rioya qilishi kerak. Umuman olganda didaktik-o'yin texnologiyalaridan foydalanish darslarni rang-barang, qiziq bo'lib o'tishiga hozirgi vaqtda talab ancha yuqori va bu usullar yordamida tashkillangan darslar kutilgan natijalarni beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (O'rta maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma.) Toshkent. "O'qituvchi" 1996 yil.

2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (OO'YU uchun darslik.) Toshkent. "Fan va texnologiya" 2005 yil.

3. Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. Toshkent. TDPU, 2003 yil.

4. Alixonov S. "Matematika o'qitish metodikasi". T.,"O'qituvchi", 1992 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.