Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMGA DOIR FARMON, QAROR VA FARMOYISHLARNI SOHAGA TATBIQ ETISH USULLARI'

MAKTABGACHA TA’LIMGA DOIR FARMON, QAROR VA FARMOYISHLARNI SOHAGA TATBIQ ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayriya / sog’lom avlod / mehr-muruvvat / davlat dasturi / ijtimoiy himoya / oila

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ergasheva Nazokat Solijon Qizi, M.A.Esonova

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoyishlarni sohaga tatbiq etish usullari bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMGA DOIR FARMON, QAROR VA FARMOYISHLARNI SOHAGA TATBIQ ETISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA TA'LIMGA DOIR FARMON, QAROR VA FARMOYISHLARNI SOHAGA TATBIQ ETISH USULLARI

1Ergasheva Nazokat Solijon qizi, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193817

Annotatsiya. Mazkur maqolada mustaqillik yillarida maktabgacha ta'limga doir farmon, qaror va farmoyishlarni sohaga tatbiq etish usullari bayon qilingan

Kalit solar: hayriya, sog'lom avlod, mehr-muruvvat, davlat dasturi, ijtimoiy himoya, oila

Аннотация. В данной статье описаны методы реализации указов, постановлений и распоряжений о дошкольном образовании в годы независимости.

Ключевые слова: благотворительность, здоровое поколение, доброта, государственная программа, социальная защита, семья.

Abstract. This article describes methods for implementing decrees, resolutions and orders on preschool education during the years of independence.

Keywords: charity, healthy generation, kindness, government program, social protection,

family.

Respublikada quyidagi yo'nalishlarga doir hujjatlar maktabgacha talim tizimida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda:

1. Hayriya-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi "Sog'lom avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini ta'minlash choralari to'g'risida"gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan:

- mablag'larni "Sog'lom avlod" davlat dasturiga qaratish;

- oila va jamiyatda sog'lom hayot tarzini targ'ib qilish;

- xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag'larini jalb qilish;

- ko'p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga insonparvarlik yordami ko'rsatish.

2. Mehr-muruvvatga oid O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 27 yanvardagi "Mehr-muruvvat to'g'risida"gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda do'stlik, bag'rikenglik, xalqlararo totuvlik fuharolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy hislatlarini rivojlantirishdir.

3. Sog'lom avlod tarbiyasiga oid O'zbekiston Respublikasining "Fuharolar sog'ligini saqlash to'g'risida"gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog'liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi "O'sib kelayotgan avlodni sog'lomlashtirish muammolarini kompleks hal qilish to'g'risida"gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi "Sog'lom avlod davlat dasturi to'g'risida"gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi "O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatini tashkil qilish to'g'risida"gi, 2002 yil 25 yanvardagi "Ayollar va o'sib kelayotgan avlodning sog'ligini mustahkamlash to'g'risida"gi farmoni.

4. Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Ayollarga qo'shimcha imtiyozlar to'g'risida"gi 1989 yil 14 apreldagi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi "Ayollarning maxsus himoyasini kuchaytirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

to'g'risida"gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 martdagi "Zararli va sharoiti og'ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq solinayotganidagi imtiyozlar to'g'risida"gi farmoni.

5. Oilani qo'llab-quvvatlashga oid O'zbekiston Respublikasi prezidentining 1994 yil 16 iyundagi "Ko'p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish to'g'risida"gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi "Ko'p bolali oilalarga yordam ko'rsatish to'g'risida"gi farmoyishi. "Voyaga yetmagan bolali oilalarga nafaqa to'lash to'g'risida"gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega:

- nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo'q bo'lgan va bolalarning tarbiyasi bilan harindoshlari shug'ullanuvchi oilalar;

- ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo'lgan oilalar;

- ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo'lsa.

6. Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida", Vazirlar Mahkamasining "Yoshligidan nogiron bo'lganlarga, hariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga nafaqa to'lash to'g'risida"gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta'limlari va ishlab chiharishda qatnashishlari, sog'liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan.

1996 yildan ijtimoiy muammolarga alohida e'tibor qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O'zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyaning quyidagi asosiy qoidalari belgilangan:

1. Madaniy-axloqiy tarbiyaning ta'limdan ustuvorligi;

2. Insonda ijtimoiy faollik, o'z-o'zini boshharish ko'nikmalari, muomala va axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuharosini tarbiyalash;

3. Ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiharishning asosiy sharti sifatida shakllantirish har bir fuharo hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy sohalarida ishtirok etishi;

4. Shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish.

Ta'limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta'minlashga ko'nikishlari demakdir.

Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma'naviy, pedagogik, ijtimoiy an'analar bilan birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 595-sonli qonun.2019 yil 22-oktyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti to'g'risidagi 802-sonli qarori.

3. "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ".-Toshkent: "O'zbekiston", 2022.

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.