Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHI KADRLAR TAYYORLASH VA KUTUBXONA XODIMLARI FAOLIYATI (1920-2012)'

O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHI KADRLAR TAYYORLASH VA KUTUBXONA XODIMLARI FAOLIYATI (1920-2012) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
904
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kutubxonachi / kadrlar / qurultoy / qaror / Xalqaro Sammitda / Ommaviy kutubxona / nizom / malaka. / библиотекарь / штат / конвенция / решение / международный саммит / публичная библиотека / устав / квалификация.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raxmatullaeva Saodat Ibragimovna, To’lqinov Ilhomjon Saidjon O’g’li

Mazkur maqolada O’zbekistonda kutubxonachi kadrlar tayyorlash va kutubxona xodimlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ilmiy taxlil etiladi. Shuningdek maqolada kutubxonachi kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirishga doir masalalar ham tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОДГОТОВКА БИБЛИОТЕЧНЫХ СОТРУДНИКОВ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ БИБЛИОТЕЧНЫХ СОТРУДНИКОВ В УЗБЕКИСТАНЕ (1920-2012)

В данной статье проводится научный анализ информации о подготовке библиотекарей и деятельности библиотечных работников в Узбекистане. Также в статье анализируются вопросы, связанные с подготовкой библиотекарей и повышением их квалификации.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHI KADRLAR TAYYORLASH VA KUTUBXONA XODIMLARI FAOLIYATI (1920-2012)»

O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHI KADRLAR TAYYORLASH VA KUTUBXONA XODIMLARI FAOLIYATI

(1920-2012) Raxmatullaeva Saodat Ibragimovna

Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat pedagogika insituti o'qituvchisi.

To'lqinov Ilhomjon Saidjon o'g'li. tarix fakulteti 3-bosqich talabasi ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonda kutubxonachi kadrlar tayyorlash va kutubxona xodimlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar ilmiy taxlil etiladi. Shuningdek maqolada kutubxonachi kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirishga doir masalalar ham tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: kutubxonachi, kadrlar, qurultoy, qaror, Xalqaro Sammitda, Ommaviy kutubxona, nizom,malaka.

Kutubxonalar sonining ko'payishi va ular zimmasiga yuklangan vazifalarning murakkablashishi kutubxona xodimlari malakasini oshirishni taqozo etar edi. Kutubxona xodimlarini tayyorlash masalasi 1926 yili O'zbekiston klub va kutubxona xodimlarining II qurultoyidayoq ko'tarilgan, unda uzoq qishloq hududlari uchun kutubxona xodimlari tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega ekanligi qayd etib o'tilgan edi. Mazkur qurultoy qarorlarini bajara borib, 1927 yili 1 fevralda Toshkentda kutubxona xodimlarini tayyorlash bo'yicha olti oylik kurslar tashkil qilindi. 1934 yilning yanvarida respublika Fan qo'mitasi kutubxona xodimlari tayyorlash kurslarining oliy bo'g'inlarini tashkil etish to'g'risidagi masalani ko'tardi. Kutubxona xodimlarining o'rta bo'g'inlari vakillarini qayta tayyorlash uchun 8 oylik kurslar tashkil qilindi. Unda xodimlar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tahsil olar edilar. Ta'lim dasturi 600 soatga mo'ljallangan bo'lib, shundan 100 soati umumiy ta'lim fanlariga ajratilgan edi. Shu yili kutubxona kadrlariga bo'lgan kuchli ehtiyojni qondirish uchun, uch oylik kurslar ochish to'g'risida qaror qabul qilindi. Respublika Maorif xalq komissarligi Toshkentda kutubxona xodimlarini 1 yildan 3 yil muddatgacha majburiy tartibda o'qitish hamda kutubxona bo'limlari tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi.

1934 yilning sentyabrida Moskva va Leningraddagi kutubxonachilik oliy o'quv yurtlariga 5 kishi o'qishga yuborildi. Shu yili Samarqanddagi klub va kutubxona xodimlarining bir 125 yillik kurslarini 82 kishi tamomladi. Ular respublikaning barcha hududlariga taqsimlandi. Bundan tashqari, Toshkentda kutubxonachilik bo'limlarining instruktor tashkilotchilarini tayyorlaydigan olti oylik kurslar, kutubxona xodimlarini qayta tayyorlash bo'yicha ikki oylik kurslar ochildi. Ta'lim jarayoni maxsus tuzilgan dasgur bo'yicha tashkil qilingan edi. Mazkur kurslarga o'qishga kiruvchilar yetti yillik maktab hajmida ma'lumotga va kutubxonalarda kamida bir yillik ish stajiga ega

bo'lishlari lozim edi. 1935 yili kurslar tizimi orqali kutubxona xodimlarini qisqa muddatda tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida katta burilish yasaldi. Shu yili Toshkent, Samarqand va Xivadagi qisqa muqsadli kurslarni 270 kishi tamomladi. Respublika kutubxonachar kollektori va O'zSSR Davlat Ommaviy kutubxonasi kutubxonalarga metodik yordam ko'rsatdi. Kutubxonalar kollektori ma'lumotnomalar va bibliografik qo'llanmalar (o'qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro'yxatlari)ni ishlab chiqish vazifasini o'z zimmasiga oldi. Ommaviy kutubxonasi kutubxonalar ishining barcha masalalari bo'yicha metodik yordam ko'rsatdi. Kutubxonachilar malakasini oshirishning barcha masalalariga katta e'tibor berildi. Ommaviy kuchubxonasi tarkibida kutubxonashunoslik va bibliografiya maxsus kabineti tashkil qilindi. 1937 yili Toshkent kutubxonachilik texnikumi ochildi. Shu yili Toshkentdagi bir yillik kutubxonachilar tayyorlash kursini 120 mutaxassis, maktab kutubxonalari xodimlarini tayyorlash bir yillik kursini, 140 mutaxassis tamomladi. Shunday kurslar Xivada va respublikaning boshqa shaharlarida ham ish olib bordi. 1937 yilning kuzidan joylarda kutubxonalar xodimlarining bilimlarini tekshirish uchun malakaviy komissiyalarning tuzilishi jiddiy yangilik bo'ldi. Kutubxona xodimlari tayyorlash va ularning malakasini oshirishga keyingi yillarda ham katta e'tibor berildi. 1938-1939 yillarda bir yillik kurslarda 694 nafar, qisqa muddatli kurslarda esa, 145 nafar kutubxonachi tayyorlandi. Kutubxonachilik texnikumini shu yillar davomida 58 kishi tamomladi. Kutubxona xodimlariga maxsus ma'lumot berish vazifasi shu tarzda bajarilib keldi

Kutubxona xodimlarining malakasini oshirishga ham turli davrlarda turlicha yondashilgan. 1978 yilgacha TDPU va TDMI instituti qoshidagi "Kutubxonachilik" fakulteti, so'ngra Madaniyat vazirligi tizimidagi Madaniyat muassasalari xodimlarining malakasini oshirish institutida, so'ngra Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti tarkibidagi malaka oshirish fakulteti 2012 yilga qadar shug'ullandi. 2011 yil 23 fevralda qabul qilingan O'zbekiston respublikasi birinchi Prezidentimizning 1487-sonli va 2012 yil 20 martdagi 1729-sonli Qarorlaridan so'ng mamlakatimiz AKMlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi qaytadan ko'rib chiqildi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga, viloyatlar hududidagi barcha AKMlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash viloyatlarning AKMlariga biriktirildi. Endilikda MK nizomiga ko'ra, MK muntazam ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha faoliyat yuritadi. Bunda xodimlar uchun turli yo'nalishlarda seminarlar, xorijiy mamlakat mutaxassislari ishtirokida seminarlar, o'quv mashg'ulotlari, xorijiy mamlakatlar kutubxonalariga ijodiy va kasbiy safarlar, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo'yicha seminar-treninglar, o'zaro tajriba almashishlar tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta "Fan, ta'lim, biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish" mavzusida Markaziy Osiyo Xalqaro

anjumanining o'tkazilishi ham xalqaro doirada malaka oshirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bunda Yevropa, O'rta Sharq, Sharq, AQSH, Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilg'or kutubxonalari, mutaxassislar o'z tajribalari, yutuqlari bilan qatnashadilar, turli bosma va elektron resurslarning taqdimoti o'tkaziladi, o'zaro hamkorlik qilish uchun, yangi do'stlar orttirish uchun imkoniyat yaratiladi. 2012 yilning o'zida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonunning ijrosini ta'minlash masalasi bo'yicha seminar o'tkazildi. 2012 yilning 24 fevralida kasaba uyushmalari kutubxonalari uchun seminar, 14-martda "Mustahkam oila yilida AKMlarming o'rni" mavzusidagi seminarda kitob orqali oilaning o'rnini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, turli muassasalarga qarashli kutubxonalar xodimlarining MKga sayohati, tanishuvi, 25 sentabrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Xalqaro Sammitda respublika kutubxonalarining faol ishtiroki, axborot texnologiyalari savodxonligi bo'yicha xalqaro o qishning tashkil etilishi, AKMlar xodimlari, xalqaro jamoatchilik, xorijiy mamlakat kutubxonalarining ishtirokida "Foydalanuvchiga bir qadam" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya, "Kelajakka intiiayotgan kutubxona" mavzusidagi davra suhbatlari. FA AKda tizim kutubxonalari uchun o'tkazilayotgan axborot-kutubxona faoliyati masalalariga oid o'tkazilayotgan o'quv seminarlari, korporativ kutubxona tarmoqlarini tashkil etish bo'yicha o'tkazilayotgan seminarlar, Respublika bolalar kutubxonasi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Respublika ilmiy tibbiyot kutubxonasi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining malaka oshirish instituti ARM, Respublika imkoniyati cheklangan kitobxonlar kutubxonasi tomonidan o'z tizimlarida o'tkazilayotgan seminarlar, o'quv mashg'ulotlari, turli maqsadlardagi chiqishlari kutubxonalar xodimlarining malakasini, mas'uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Gyote instituti bilan muntazam ravishda o'tkazilayotgan xalqaro seminarlar va turli xil xalqaro loyihalar muhimdir. Yillar mobaynida respublikamiz kutubxonalari vakillari Yevropa mamlakatlarining bir qator shaharlarida o'tkazilgan xalqaro anjumanlarda, har yili o'tkazilayotgan Qrim konferensiyasida ishtirok etishadi. "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonun va 1729-sonli Qaror asosida AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga oid davlat talablari (DT) islilab chiqilgan. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Umumiy qoidalar. Bunda DTning mohiyati, uni bajarish majburiyatlari ko'rsatilgan. 2. Qo'llash sohasi. AKMlarida qo'llanishi, u aniqlaydigan yo'nalishlar berilgan (tizimning huquqiy hujjatlari, strukturasi, boshqarish tizimi, asosiy maqsad va vazifalari, o'quv mashg'ulotlari hajmi, uning mazmuniga va sifatiga umumiy talablar, tartibi). 3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining huquqiy hujjatlari. 4. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining strukturasi va boshqarish (Idoralararo kengashning boshqaruv organi ekan- ligi, tizimda RUKning o'rni, vazifalari, turli vaziriiklarning vazifalari, viloyatlardagi

AKMlarining vazifalari, Milliy kutubxona- ning vazifalari yoritilgan). 5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllari va tur- lari (maqsadi, qayta tayyorlashning shakllari — axborot-kutub xona ixtisosligi, kasbiy ixtisoslik, umumiy va mavzuli o'qitish tizimlari — stajirovka, masofadan o'qitish, tajriba almashish, seminar, konferensiyalarda ishtirok etish, tor mavzular va yo'na- lishJarda malaka oshirish kabiiar). 6. 0 'quv yuklamasining hajmi. 7. Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati, mazmuniga umumiy talablar. 8. Ta'lim haqidagi hujjatlar. 9. AKMlari rahbarlarining malakasini oshirish tartibi. 10. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini baholash va nazorat qilish. 11. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash o'auv-maslahat kursi, professor-o'qituvchilar tarkibi. "TEMPUS" dasturining "Kutubxona-axborot fanlari bo'yicha yangi magistrlik dasturi" loyihasi doirasida zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan o'quv markazi TATUda tashkil topdi. Loyiha axborot-kutubxona fanlari bo'yicha bir qator Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikda universitetda yangi magistratura mutaxassisligi uchun magistrlik dasturini yaratish va uni yanada takomillashtirishdan iborat. Eng so'nggi rusumdagi AQSHda ishlab chiqarilgan kompyuterlar, skaner, printeriar bilan jihozlangan o'quv markazining ochilishidan yana bir maqsad ta'limning va masofadan o'qitishning ilg'or usullari va vositalaridan foydalangan holda mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdan iborat. Loyihada Yevropadan Italiyaning Parma universiteti, Ispaniyaning Barselona universiteti, Norvegiya, Buyuk Britaniyaning Middleks universiteti (loyiha muallifl), Shotlandiyaning Robert Gordon universiteti, Latviyaning Rezekne oliy ta'lim instituti, Armanistondan asosiy ilmiy kutubxona, Gruziyadan Ilya Chavchavadze nomidagi davlat universiteti va Gruzin kutubxonachilik assotsiatsiyasi, shuningdek, O'zbekistondan TATU va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat san'at va madaniyat instituti ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida har ikki oliy o'quv yurtining axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo'nalishidan bir guruh o'qituvchilar Shotlandiyaning Robert Gordon universitetida malaka oshirib qaytishadi. Loyihaning bajarilishi natijasida ishlab chiqilgan yangi o'quv dasturi asosida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish, hamkor mamlakatlarda o'qituvchilar va magistrantlarning tajriba almashishini tashkil qilish, turli xil o'quv materiallariga kirish imkoniyatini beruvchi Internet kompyuter tarmog'i markazlarini tashkil etish, hamkor davlatlarda va mamlakatimizda kutubxonachilik va arxiv ishini rivojlantirish maqsadida ta'lim sifatini va samarasini oshirishning mexanizmlarini kiritishdan iborat.

O'zbekiston, Armaniston va Gruziya davlatlarining 15 nafar o'qituvchisi uchun Yevropa universitetlarida magistrlik dasturi bo'yicha o'qish tashkil etildi. Kelgusida yevropalik professorlar, o'z navbatida, yo'nalish bo'yicha hamkor mamlakatlarda

mashg'ulotlar olib borishib, kutubxonachilik va arxiv ishi bo'yicha ingliz tili kursi tashkil etish ham nazarda tutilgan. Yevropa universitetlarida talabalarimiz uchun o'quv kurslari tashkil etiladi.

2012 yilning o'zida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonunning ijrosini ta'minlash masalasi bo'yicha seminar o'tkazildi. 2012 yilning 24 fevralida kasaba uyushmalari kutubxonalari uchun seminar, 14martda "Mustahkam oila yilida AJCMlarming o'rni" mavzusidagi seminarda kitob orqali oilaning o'rnini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, turli muassasalarga qarashli kutubxonalar xodimlarining MKga sayohati, tanishuvi, 25 sentabrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Xalqaro Sammitda respublika kutubxonalarining faol ishtiroki, axborot texnologiyalari savodxonligi bo'yicha xalqaro o qish- ning tashkil etilishi, AKMlar xodimlari, xalqaro jamoatchilik, xorijiy mamlakat kutubxonalarining ishtirokida «Foydalanuv- chiga bir qadam» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya, «Kelajakka intiiayotgan kutubxona» mavzusidagi davra suhbatlari.

FA AKda tizim kutubxonalari uchun o'tkazilayotgan axborot- kutubxona faoliyati masalalariga oid o'tkazilayotgan o'quv seminarlari, korporativ kutubxona tarmoqlarini tashkil etish bo'yicha o'tkazilayotgan seminarlar, Respublika bolalar kutubxonasi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Respublika ilmiy tibbiyot kutubxonasi, 0 'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining malaka oshirish instituti ARM, Respublika imkoniyati cheklangan kitobxonlar kutubxonasi tomonidan o'z tizimlarida o'tkazilayotgan seminarlar, o'quv mashg'ulotlari, turli maqsadlardagi chiqishlari kutubxonalar xodimlarining malakasini, mas'uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Gyote instituti bilan muntazam ravishda o'tkazilayotgan xalqaro seminarlar va turli xil xalqaro loyihalar muhimdir. Yillar mobaynida respublikamiz kutubxonalari vakillari Yeropa mamlakatlarining bir qator shaharlarida o'tkazilgan xalqaro anjumanlarda, har yili o'tkazilayotgan Qrim konferensiyasida ishtirok etishadi.

Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki kutubxonashunoslik har ikki davr ya'ni sovet davri va mustaqillik davri uchun ham birdek zarur bo'lgan soha hisoblangan. Shu sababdan kutubxonachilik sohasini rivojlantirishga va uning kadrlar masalasidagi muammolarni hal etishga har ikkala davrda ham alohida e'tibor qaratildi.

Adabiyotlar ro'yhati

1. Охунжонов. Э Ватан кутубхонашунослиги тарихи. Алишер Навоий номидаги Узбекистои Mиллий кутубхонаси нашриёти Тошкент—2008. Б -125 bet

2. Berdieva..Z.. Kutubxonashunoslik. Toshkent — «ILM ZIYO» — 2013 . - Б. 237 bet

3. Temirova Mashkhura Mukhammadaminovna. Lecturer at Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan. Issues of origin, development and problems of radio in uzbekistan (1927-1941) International Journal of Information Research and Review Vol. 07, Issue, 02, pp.67236727, February, 2020.

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и

социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика

и социум", 12(91), 473-476.

8. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ

расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

9. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynra Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для

пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

10. Saloydinov Sardorjon Qodirjon Ogli. (2022). Innovative solution for biogas production. "Science and innovation", 1(A3), 57-60.

11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.