Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KICHIK VA O’RTA SHAHARLARNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTONDA KICHIK VA O’RTA SHAHARLARNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik va o’rta shaharlar / aglomeratsiya / poytaxt shahri / shahar sotsiologiyasi / “etakchi shahar” tizimi monitoringli sotsiologik tadqiqotlar. / small and medium-sized cities / agglomeration / capital city / urban sociology / sociological studies with monitoring of the "leading city" system.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qurbonaliyeva, H.I.

Maqolada O’zbekistonda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy migratsion vaziyat va resurslarga oid imkoniyatlar kichik va o’rta shaharlarning rivojlantirilishiga turtki bo’layotgan hamda mazkur jarayonni nazorat qilish, ilmiy jihatdan boshqarish muhimligi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF DEVELOPMENT OF SMALL AND MEDIUM CITIES IN UZBEKISTAN

The article describes the socio-economic migration situation expected in Uzbekistan and the opportunities related to resources, which motivate the development of small and medium-sized cities, and the importance of controlling and scientifically managing this process.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KICHIK VA O’RTA SHAHARLARNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDA KICHIK VA O'RTA SHAHARLARNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11642979

Qurbonaliyeva H.I.

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada O 'zbekistonda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy migratsion vaziyat va resurslarga oid imkoniyatlar kichik va o 'rta shaharlarning rivojlantirilishiga turtki bo'layotgan hamda mazkur jarayonni nazorat qilish, ilmiy jihatdan boshqarish muhimligi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kichik va o 'rta shaharlar, aglomeratsiya, poytaxt shahri, shahar sotsiologiyasi, "etakchi shahar " tizimi monitoringli sotsiologik tadqiqotlar.

АННОТАЦИЯ

В статье описывается ожидаемая в Узбекистане социально-экономическая миграционная ситуация и возможности, связанные с ресурсами, которые мотивируют развитие малых и средних городов, а также важность контроля и научного управления этим процессом.

Ключевые слова: малые и средние города, агломерация, столица, социология города, социологические исследования с мониторингом системы «город-лидер».

ABSTRACT

The article describes the socio-economic migration situation expected in Uzbekistan and the opportunities related to resources, which motivate the development of small and medium-sized cities, and the importance of controlling and scientifically managing this process.

Key words: small and medium-sized cities, agglomeration, capital city, urban sociology, sociological studies with monitoring of the "leading city" system.

KIRISH

Aholining sog'lom turmush tarzi, iqtisodiy barqarorligi, farovon hayoti ular yashaydigan hududlarning rivojlanganligi arxitektura va infratuzilmalari, boshqaruv tizimlari, kichik va o'rta tadbirkorlikning ko'lami, sanoat rivoji va boshqa sohalarning muvafafqiyati bilan belgilanadi. Aholi punktlarining qiyofasi mamlakatning istiqboldagi bundan keyingi o'sishini belgilab beradi. Sababi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish kichik hududlarning ishtirokisiz sodir bo'lmaydi. O'zbekistonda kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirishning ahamiyati juda yuqori. Bu shaharlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim o'rin

egallaydi. Kichik va o'rta shaharlarda yirik shaharlarga qaraganda, yashash joylari keng va qulay, tirbandkik va ekologik muammolar kam hisoblanadi. Bu shaharlar kichik va o'rta biznes faoliyati bilan shug'ullanish uchun ham qulay. Istiqbolda O'zbekiston rivojining asosini kichik shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarni o'ziga jalb etuvchi markazga aylanadigan yirik va o'rta shaharlar yohud aglomeratsiyalar tarmog'i tashkil etadi. Bu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari va inson resurslarining barobar taqsimlanishini ta'minlaydi, sanoat va hizmat ko'rsatish sohasi rivojlanishini tezlashtiradi. Mazkur hayotiy zarurat davlat va mahalliy boshqaruv organlari miqiyosida ushbu yo'nalishda olib borilayotgan sa'y-harakatlarni, amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni ilmiy jihatdan sotsiologik izlanishlar va amaliy montoringli tadqiqotlar orqali o'rganish zaruratini namoyon etadi.

ASOSIY QISM

Shahar sotsiologiyasi sohasida shaharlarni o'rganish miqdoriy va sifatiy ko'rsatkichlar asosida tipologik nuqtai nazardan turlarga bo'lishdan boshlanadi, chunki shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashganligi va aholi soniga qarab u yerda yashovchi aholining sotsial demografik hususiyatlari aniqlanadi. Ta'kidlash lozimki, shaharlar bir sohaga ixtisoslashgan yoki polifunksional bo'lishi mumkin shunga ko'ra, industrial shaharlar, transport markazlari (portlar, temir yo'llari markazlari) ilmiy shaharlar, turistik shaharlar, kurort shaharlar va hk.larni ajratib ko'rsatish mumkin. Aholining soni esa shaharlarning yirik, o'rta va kichik shaharlarga ajratish uchun asos bo'ladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, aholi miqdoriga qarab shaharlarlarni tiplarga ajratish turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Chunki, bunda mamlakatdagi hududiy, miqdoriy va sifatiy o'ziga xosliklar inobatga olinadi. Misol uchun XXRda 1955 yildan beri shahar sifatida aholi soni 100 mingdan oshgan hududlar tan olingan. 1978 yilgi adminstrativ islohot natijasida mazkur ko'rsatkich 3 minggacha tushirildi. Bunda aholining 85 foizi qishloq hojaligidan boshqa sohalarda band bo'lishi lozim. Mazkur islohot mamlakatning urbanizatsiya ko'rsatkichining jadal ko'tarilganligini asoslaydi. [1]

Bizning mamlakatimizda aholi soni 20 minggacha bo'lgan shaharlar kichik shaharlar, 50 mingdan 100 minggacha bo'lganlari esa o'rta shaharlar deb nomlanadi. Bular eng avvalo tuman markazlari va tumanga bo'ysunuvchi shaharlardir.[2]

Mamlakatimizda aholi miqdori 50 minggacha bo'lgan kichik va o'rta shaharlar miqdori ko'pchilikni tashkil etadi. Ularda aholimizning qariyb chorak qismi, ya'ni 8mlnga yaqin aholi yashaydi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, 2025 yilga qadar ulardagi aholi soni 3 barobarga ortishi mumkinligi aytilgan edi.[3] Ammo statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, mamlakatimizda urbanizatsiya darajasi yuqori emas. 2018-yilda O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning urbanizatsiya

darajasi 35,5 foizni tashkil etishini ta'kidlagan edi.[4] Bu 2014-yildagi ko'rsatkich bo'lib, BMT hisobotiga ko'ra, Osiyo (48 foiz) va hatto Afrika (40 foiz) uchun xos bo'lgan o'rtacha ko'rsatkichdan ham past hisoblanadi. [5] Jahon banki ma'lumotiga ko'ra 2010-yildan 2020-yilgacha O'zbekiston aholisi 20 foizga oshgan. Qishloq aholisi shaharlarga qaraganda, kichik shaharlar aholisi esa yirik shaharlarga qaraganda tezroq o'sib bormoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi kichik shaharlarning deyarli 80 foizi 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan shahardan 50 km uzoqlikda joylashgan.[6]

Eng tez rivojlanayotgan jamoalarning aksariyati funksional jihatdan yirik shaharlarning bir qismidir. Shahar atrofi zichligi oshib, shahar darajasiga yetmoqda. Bir nechta kichik aholi punktlari va markazdagi katta shahar birgalikda ulkan urbanizatsiyalashgan hududni shakllantirmoqda. Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yuqori tuzilma aholisining faqat bir qismi shaharliklardir.

Ushbu holat ham kichik va o'rta shaharlarning rivojlanishini monitoringli sotsiologik tadqiqotlar asosida o'rganish kerakligini asoslab beradi. Chunki, sotsiologiya mazkur sohani iqtisodiy, siyosiy, sotsial-demografik, madaniy sohalar uyg'unligida o'rganadi va kelajakdagi istiqbollarini omil-oqibat juftligi orqali tahlil qilib, ilmiy bashorat qila oladi. Bugungi kunda yurtimizda shaharlarga oid muammolar orasida migratsiya va aholining turli hududlarida turlicha, ya'ni notekis taqsimlanish xolati ajralib turibdi. Qishloq hududlarida yashovchi aholining shaharlarga intilishi umuman olganda g'ayritabiiy holat emas. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak bunday holat hamisha mavjud bo'lgan. Ammo bu jarayonni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. Aks holda ayrim davlatlardagi kabi, mamlakat hududlarida aholining notekis joylashuvi bir hududda aholining haddan tashqari ortib ketishi va ayrim hududlarning esa aholisiz qolishiga, bu esa o'z navbatida iqtisodiy muammolarni, jamiaytdagi norozilik va begonalashuvni, turli deviantlik va suitsidal holatlarni, jamiyat aholisi o'rtasida boy va kambag'al qatlam o'rtasidagi farqning ortib ketishi kabi noxushliklarni keltirib chiqaradi. Misol uchun yirik derjavalardan biri sanalgan Xitoy Xalq respublikasi yoki Rossiyani ko'rib chiqsak. Garchi so'nggi yillarda Xitoy o'z iqtisodiy o'sishlari bilan dunyo hamjamiyatlarini lol qoldirayotgan bo'lsada, jamiyat ichida ko'plab muammolarga ega. Mazkur mamlakat uchun yuqori urbanizatsiya darajasi xos. 1979 yildan 2014 yilga qadar shaharlardagi aholi ulushi 19,0 %dan 54,8%gacha oshdi.[7]

Hududlar orasidagi iqtisodiy farqlar aholining mamlakat bo'ylab notekis joylashganiga sabab bo'lmoqda, natijada boylar va kambag'allar orasidagi farq juda katta. O'rta qatlamni shakllantirishda qator muammolarga duch kelinmoqda. Mamlakatda aholining patriotik ruhi va milliy o'zlikni anglash darajasi yuqori

bo'lsada, ijtimoiy-psixologik holat va o'z hayotidan qoniqish masalasida muammolar mavjud.

Jamiaytda shu kabi muammolarning yuzaga kelishini bartaraf etish maqsadida oqilona davlat siyosati olib borilishi lozim. Bunda aholining qishloqlardan shaharga migratsiya qilishining motivlarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur motivlar sifatida aholining kasb egallash ehtiyoji, oliy ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirish, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, oilaviy sharoit, qishloq ho'jaligidan boshqa sohalarda band bo'lishni istash kabilar namoyon bo'ladi. Demak qishloq hududlarini shaharlarlashtirish orqali mazkur muammoning yechimlarini topish mumkin.

Mamlakatimizdagi holatga nazar tashlaydigan bo'lsak amerikalik sotsiolog va iqtisodchi olim Saskii Sassenning ta'biri bilan aytganda, yetakchi shahar tizimi, ya'ni poytaxt shaharga chetda yashovchi aholining jadallik bilan tortilishi, aholi sonining ortishi namoyon bo'layotganini ko'rishimiz mumkin.[8]

Bunday holatni bartaraf etish uchun mamlakatda yana bir nechta yirik shahar va aglomeratsiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu chora aholi oqimini bitta shahardan bir nechtasi tomonga og'diradi va demografik bosimni pasaytiradi. Undan tashqari hududlarning rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Shu maqsad yo'lida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan qator tadqiqot markazlari va mustaqil institutlar tomonidan kichik va o'rta shaharlarning rivojlanish istiqbollariga oid qator monitoringli tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun iqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan shu yo'nalishda yirik tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning tadqiqotlariga ko'ra Toshkent shahriga nisbatan bo'layotgan demografik bosimni kamaytirish uchun yana 500-800ming aholini sig'dira oladigan ikki aglomeratsiya va yana bir yirik shaharni rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda mavjud yuzdan ortiq shahar va shaharchalar o'ziga xos bo'lgan miqdoriy va sifatiy ko'rsatkichlari bilan mamlakatimiz hayotida o'rin egallaydi. Ushbu hududlarning har biri o'zining imkoniyatlari va istiqbollariga ega. Shu orqali yurtimiz iqtisodiyotida muhim o'rin egallaydi. Bugungi kunda Asaka va Samarqand shahrlarida avtomobil zavodlari, Sho'rtanda gaz-kimyo zavodi Buxoroda neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Navoiy, Jizzax, Angren mustaqil sanoat-iqtisodiy zonasining barpo bo'layotgani mamlakatimizda mazkur yo'nalishda ijobiy natijalarga erishilayotganligini ko'rsatmoqda. Dunyo tajribasidan shu ma'lumki, mamlakat hududida yangi aglomeratsiyalarni shakllantirish kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. XXR urbanizatsiyasining ilk bosqichlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, aynan mana shu jihat, ya'ni yirik shaharlarni shakllantirishda kichik va o'rta shaharlarning potensialidan foydalanilmaganligi va ularni boshqarishda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelganligini ko'ramiz.[9]

XULOSA

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala yurtimizdagi migratsion vaziyat, aholining demografik o'sish sur'atlari yer-suv imkoniyatlari hamda sanoatlashish ehtiyoji kabi mezonlar bilan belgilanadi. Mana shu yo'naslishda amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini oshirish va istiqboldagilarning unumdorligini ta'minlash maqsadida monitoringli sotsiologik tadqiqotlar olib borish maqsadga muvoffiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES):

1. Погудина Юлия Юрьевна. Особенности процесса урбанизации в КНР (1978-2012 гг.): пример формирования Чжэнчжоуской агломерации в провинции Хэнань: диссертация ... кандидата Исторических наук: 07.00.03 / Погудина Юлия Юрьевна; [Место защиты: Санкт-Петербургский институт истории Российской академии наук]. - Санкт-Петербург, 2016. -С-55.

2. Б.Эргашев/А.Ахмерова: Будущее урбанизации Узбекистана в руках бизнесаhttps://centrasia.org/newsA.php?st=1296639000

3. Потенциал малых городов Узбекистана: как его развивать https //www.review.

4. https://www. gazeta. uz/uz/2018/12/28/urbanizatsiya/

5. https://population.un.org/wup/publications/files/wup2014-highlights.pdf

6. https://documents.worldbank. org/en/publication/documents-reports/

7. РОССИЯ И КИТАЙ: ИСТОРИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА: материалы V международной научно-практической конференции. Отв. Ред. Д.В.Буяров, Д.В.Кузнецов, Н.В.Киреева. - 2015. - Вып. 5. - С.270

8. Saskia Sassen. Cities in a World Economy. Chapper 3. National and Transnational Urban System

9. https://old.review.uz/ru/article/127

10. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

11. Султанова, Ш. (2022). Ах,оли миграцияси-жамият ривожининг омили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 1068-1079.

12. Mamatkulov, S. (2024). Some Aspects of Increasing the Social Activity of Young People in Uzbekistan (Harmony of National and Foreign Experience). Central Asian Journal of Social Sciences and History, 5(1), 116-135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.