KICHIK VA O'RTA SHAHAR AHOLISI SOTSIOLOGIK TADQIQOT
OB'EKTI SIFATIDA
H.I.Qurbonaliyeva, TDIU katta o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik va o 'rta shaharlarning sotsio-madaniy va urbanizatsiya jarayonining ahamiyati, urbanizatsiya jarayonining turli yo 'nalishlari bo 'yicha izlanishlar olib borgan sotsiologiya klassiklari, zamonaviy chet el olimlari, MDH va mamlakatimiz olimlarining turli yondoshuvlari va nuqtai nazarlari haqida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: monofunksional, polifunksional, urbanizatsiya, kichik shaharlar madaniy merosi, shahar aholisining sotsiomadaniy qiyofasi.
Abstract: This article discusses the importance of the socio-cultural and urbanization process of small and medium-sized cities, the classics of sociology, modern foreign scholars, different approaches and views of scientists from the CIS and our country, who conducted research in various areas of urbanization.
Keywords: monofunctional, polyfunctional, urbanization, cultural heritage of small towns, socio-cultural image of urban population.
Аннотация: В статье рассматривается важность социокультурного и урбанизационного процесса малых и средних городов, классики социологии, современные зарубежные ученые, разные подходы и взгляды ученых из СНГ и нашей страны, проводивших исследования в различных странах. районы урбанизации.
Ключевые слова: монофункциональность, полифункциональность, урбанизация, культурное наследие малых городов, социокультурный образ городского населения.
KIRISH
Shaharlar ijtimoiy fanlar ob'ekti sifatida sifatiy va miqdoriy ko'rsatkichlar asosida tiplarga yoki turlarga bo'lib o'rganiladi. Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashganligi (monofunksional va polifunksional), yashovchi aholi soniga ko'ra o'ziga xos sotsio-madaniy va demografik xususiyatlari aniqlanadi. Shunga ko'ra, ularni industrial shaharlar, transport markazlari (portlar, temir yo'llari markazlari), ilmiy shaharlar, turistik shaharlar, tarixiy shaharlar, kurort shaharlar sifatida o'rganish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insoniyat va shaharlarning rivojlanish tarixiga sotsiologik jihatdan nazar tashlaydigan bo'lsak, shahar muhitining inson hayotiga ijobiy va salbiy ta'sir
ko'rsatishini aniqlash mumkin. Shaharlashish hayotimizning ajralmas bo'lagi ekan
762
shahar sotsiologiyasining hududlar rivojlanishini va aholiga ko'rsatayotgan ta'sirlarini doimiy ravishda o'rganishi, insoniyat yashash muhitini, uning sotsio-madaniy qiyofasini himoya qiluvchi yechimlarni topishi va hayotga tadbiq qilishi muhim masala sanaladi.
Urbanizatsiya1 jarayonlarining asosiy natijalari nazarimizda quyidagilar bilan bog'liq:
- barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;
- aholi turmushining sifatini yaxshilash va darajasini ko'tarish;
- uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari qurilishini keng miqyosda amalga oshirish;
- yer uchastkalaridan samarali foydalanish;
- shaharlarni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda kompleks rivojlantirish;
- industrial-innovasion rivojlanishning ustuvor vazifalarini hal etish va raqamli iqtisodiyotni qo'llash;
- katta, o'rta va kichik shaharlar rivojlanishini maqbullashtirish;
- shahar aglomeratsiyalari orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning samarali shakllarini tatbiq etish;
- shaharlarda sanoat zonalari, texnoparklar, innovatsiya markazlarini tashkil
etish.
O'rta Osiyoda shaharlarning paydo bo'lish tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Buyuk Ipak yo'lining rivojlanishi davomida Toshkent, O'sh, Xo'jand, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlar qit'alararo savdo, o'zaro ta'sirlar va dunyo madaniyatlarining bir-birini tanishi hamda anglashi markazlariga aylangan edi. Hozirgi bosqichda tarixiy sharoitlar, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy muhit o'zgardi, bu mintaqadagi shaharlarning tuzilishi va ahamiyatiga o'z ta'siri ko'rsatdi, albatta.
O'tgan asrda O'rta Osiyoda asosan sobiq ittifoqning yalpi iqtisodiyotdan kelib chiqqan holda kompleks ehtiyojlarini qondirish maqsadida yangi shaharlar tashkil etilgan edi. Ushbu shaharchalarning ko'pi bitta shaharni tashkil etuvchi korxona atrofida tashkil etilgan. 1991 yildan boshlab O'rta Osiyodagi shaharlarning katta qismida iqtisodiy faollikning pasayishi va mos ravishda mahalliy byudjet daromadlarining qisqarishi, shahar infratuzilmasining vayron bo'lishi jaryoni yuzaga keldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar boshqaruvining imkoniyatlari cheklangan edi.
1 fflaxap^amnm, atHH «уp6aннзaцнн» cy3H TOTHH TH^nga ma^ap MatHOCHHH aHraara6, MaM^aKar a^o^ncn TapKHÖHgarn ma^ap axo^HCHHHHr camMorn op^a^n yrnaHagn.
763
Markaziy Osiyo davlatlari shaharsozlik tizimini yaratish va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga urinishlarida shaharlarning rivojlanishiga turlicha yondashadilar. Har bir davlatning muvaffaqiyatlari va kamchiliklari bor, ular hukumatlarga va rivojlanish bo'yicha sheriklarga o'z siyosatlarini takomillashtirish va Markaziy Osiyoda shahar rivojlanishining kelajakdagi muammolariga javob topish uchun sinchkovlik bilan o'rganishga loyiqdir.
Mamlakatimizda mavjud bo'lgan shaharlardan 17 2tasi yirik shaharlar sanalsa, qolgan ikki yuzdan ortig'i o'rta (16ta) va kichik shaharlardir. Demak, kichik shaharlar aholisining urbanizatsiya va sanoatlashish natijasida qanday sotsio-madaniy o'zgarishlarga uchrashini o'rganish muhim ahamiyatga ega.
Shaharlarning sotsio-madaniy qiyofasi va urbanizatsiya jarayoni ikki tomonlama o'zaro ta'sirga ega bo'lgan juftlik sanaladi. Shahar va shahar hayoti muammolari sotsiologiya fani doirasida ko'plab taniqli olimlar tomonidan o'rganilgan. M.Veber, E.Dyurkgeym , F.Tennis, G. Zimmel, R.E.Park, E.Burgess, MakKenzi, JI.Virtlar shular jumlasidan.
Zamonaviy sotsiologik bilim doirasida ham qator olimlar tomonidan mazkur muammo turli yondashuvlar va jihatlar nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Ular orasida shaharlarning rivojlanishini va aholining turmush tarzini mazkur hududlarning sotsial-iqtisodiy mohiyati hamda madaniy potensiali orqali o'rgangan yondashuv qiziqroqdir. Bu yo'nalishda J Id, D.A.Xiks, D. X. Garsiya kabi olimlar izlanishlar olib borishgan.
Bugungi kunda chet el sotsiologiyasida urbanizatsiya jarayoni va sotsial evolyusiyani bir-biriga taqqoslab, shaharlashishni sotsial evolyusiyaga bog'liq bo'lgan davriy jarayon sifatida baholash keng tarqalgan. Mazkur yo'nalish tarafdorlari J.V.Biverstok, R.G.Smit, P.Dj.Teylor, R.B.Koen, Dj.Fridman, P.Noks, P.Markyuz, R.Kempen, A.Sachar, J.R.Short, Y.Kim, M.P.Smit, S.Sessen lar o'zlarining ishlari bilan ko'pchiliknining nazariga tushgan.
XIX-XX asrlardagi chet el olimlarining tadqiqot ishlarida aholining migratsiya, ijtimoiy moslashuv, shaxsning shahar muhitida o'zini tutishi, etnik guruhlarning hayoti va shaharlashish jarayonlari o'z aksini topgan. Bunga Chikago maktabi vakillari E. Berdjess, F.V.Znaneskiy, L.Virt, R.Park, U.A.Tomas misol bo'ladi. Ularning davomchilari V. Fayri va A. Xouli o'z diqqatlarini shaharlashish sharoitida madaniyat, qadriyatlar va sotsiomadaniy institutlar masalalalariga qaratishgan.
2 Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qo'qon, Farg'ona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Marg'ilon, Termiz, Jizzax
Scientific Journal Impact Factor
Zamonaviy chet el sotsiolog, geograf, faylasuf, politolog va iqtisodchilari M. Kastels, A. Lefevr, D. Logan, X. Molocha, Dj. Masionis, R. Pala, D. Rikardo, A. Skott, Dj. Farli, D. Xervey urbanizatsiya fenomenini g'arb mamlakatlarining rivojlanish evolyusiyasi asosida o'rganishmoqda. Bunda ular sanoatlashish davrigacha, sanoatlashish davrida va postindustrial davrlarda turli darajalardagi hokimiyat strukturalarini, iqtisodiyot, siyosat, shahar landshafti va madaniyat omillarining ta'sirini o'rganishgan.
Ilmiy adabiyotlarda asosan yirik sanoat shaharlarining rivojlanishiga katta urg'u berilgan va o'rganilgan. Bunda ularning xom-ashyo, energiya resurslari, transport magistrallari, yirik markazlarga nisbatan iqtisodiy-geografik joylashuviga asosiy urg'u berilgan. Chunki aynan ular shaharlarning asosiy va muhim xususiyatlarini belgilab beradi.
Shahar aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o'rganish bo'yicha yetarlicha tajriba to'plangan. Ammo kichik shaharlarning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon qilib beruvchi madaniy merosi, qadriyatlari xali to'laqonli tahlil qilib o'rganilmagan. Ushbu kriteriyni shaharlarning tipologiyasi uchun asos sifatida o'rganish ham maqsadga muvoffiq va fandagi bir yangilik bo'ladi.
"Kichik shaharlar madaniy merosi" tushunchasi mohiyatining tahlili YuNESKOning nomoddiy madaniy meros, madaniy xilma-xillik, madaniy turizmning rivojlanishi Konvensiyalari hamda mamlakatimiz xalqlarining nomoddiy madaniy meroslarini saqlashga bag'ishlangan qonun hujjatlarida o'z aksini topgan.
Shaharlar rivojlanishi jarayonlari MDH olimlari tomonidan ham keng tadqiq qilingan. Ular jumlasiga eng avvalo G.M.Lappo, Ye.N.Persik, B.S.Xorev, A.A.Mins, V.V.Pokshishevskiy, N.N.Baranskiy, I.M.Maergoyz kabilarni kiritish mumkin. Mamlakatimizda ko'rilayotgan muammo bilan E.A. Axmedov, O.B.Otamirzaev, A.S.Soliev, A.A.Qayumov, Z.R.Rayimjonov, S.S. Zokirov, Z.T.Abdalova va boshqalar shug'ullanishgan.
Aholining sotsiomadaniy jihatdan rivojlanishi ko'p qirrali jarayon bo'lgani uchun deyarli barcha ijtimoiy fanlar nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi. Falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya kabi fanlar ushbu jarayonni o'z usullari asosida bevosita o'rganadi.
A. Qo'ziev, A.Mirzaahmedovlarning nomzodlik dissertatsiyalarida shaharlashish jarayonining aholi milliy qadriyatlariga ta'siri nazariy jihatdan o'rganilgan.
Mamlakatimizning ko'zga ko'ringan olimlaridan L.I.Maslyakova, X.Ismoilov, M.Inomova, M.M.Mamatova, K.Maxmudov, U. Maxkamov, A.Munavvarov,
Scientific Journal Impact Factor
M.Rasulova, E.Yusupov va boshqalar shaharlashish jarayoning ma'naviy va ahloqiy jihatdan salbiy oqibatlarini, ma'naviyat va milliy qadriyatlarga ta'sirini o'rganishgan.
So'nggi yillarda mamlakatimizda kichik va o'rta shaharlarning rivojlanishi hamda ularda yashovchi aholininng iqtisodiy, psixologik va sotsio-madaniy qiyofasini o'rganishga doir qator izlanishlar olib borildi. Misol uchun 2010 yilda O'zbekiston og'zaki tarixchilari guruhi tomonidan Alisher Sobirov boshchiligida "O'zbekiston kichik shaharlarining hayoti. Sotsio-madaniy aspekt" nomli loyiha amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqot natijasida O'zbekistondagi barcha kichik shaharlarga xos bo'lgan muammo, ya'ni sotsio-madaniy qiyofaning yo'qolishi namoyon bo'ldi.
2011 yildan beri Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ESCAP va BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida "Barqaror shahar infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi (2011 yil) O'zbekiston shaharlarini rivojlantirishga bag'ishlangan bo'lib, uning natijasi 2011 yil 5-6 iyul kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan xalqaro seminarda taqdim etilgan.
Mamlakatimiz yosh olimlari qatorida M.M.Egamberdiyev, B.D. Eshov, Yo.Ro'zimova mamlakatimizda shahar madaniyatining shakllanishi, bozor iqtisodiyoti sharaoitida shaharlarning rivojlanishi kabi yo'nalishlarda o'z ilmiy ishlarini olib borishgan.
Umuman olganda shaharlashish va globallashuvning aholi turmush tarziga va ijtimoiy-madaniy qiyofasiga o'tkazayotgan ta'siri nazardan qoldirib bo'lmaydigan va kompleks o'rganishni talab etadi. Aholi sotsial qiyofasidagi ijobiy va salbiy sotsial munosabatlarga, turmush tarziga va dunyoqarashiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu holat kichik va o'rta shaharlarda shahar tarixi, madaniyati, an'analarini saqlab qolish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar o'tkazish lozimligini namoyon qiladi. Buning uchun kichik va o'rta shaharlarda yashovchi aholining xotirasini "tiklash" kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo'ladi.
1. Вебер М. Город // История хозяйства. Город / Пер. с нем.; Под ред. И.Гревса. М.: КАНОН-пресс-Ц, Кучково поле, 2001;
2. Дюркгейм Э. О разделении общественного труда / Пер. с фр. Гофмана А.Б. М.: Канон, 1996;
3. «Владимир Даль» 2002; Энгельс Ф. Положение рабочего класса в Англии // Маркс К., Энгельс Ф. Соч. 2-е изд. Т.2. М.: Политиздат, 1955;
XULOSA
REFERENCES
Scientific Journal Impact Factor
4. Simmel G. The Metropolis and Mental Life // On individuality and social forms. The University of Chicago Press. Chicago. Lnd., 1971;
5. Park R.E., Burgess E.W. Introduction to the Science of Sociology. Chicago, 1921;
6. Park R. E. Human Communities. The City and Human Ecology. The Free Press, Glencoe, 1952; Park R.E., Burgess E.W., McKenzie. The City. Chicago, 1967;
7. Урбанизм как образ жизни // Социальные и гуманитарные науки. Сер. 11. Социология. 1997. № 3. углубляется тематика и усложняется содержание исследований, в которых анализируется воздействие урбанизации на развитие общества.Beaverstock J.V., Smith R.G., Taylor P.J. Globalization and World Cities: Some Measurement Methodologies // Applied Geography. 2000. Vol. 20.
8. Абиркулов К.Н., Рафиков А., Хржиматов А.Н., Экология. Укув кулланма. Т.:
2004.