Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING EKOLOGIK HUQUQLARI'

O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING EKOLOGIK HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
21
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / fuqaro / huquq / burch / ekologik huquqlar / Konstitutsiya / qonun / ekologiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazarov Elbek, Ne’matov Nursulton

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasida keltirilgan inson va fuqarolarning ekologik huquqlari haqida ma'lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING EKOLOGIK HUQUQLARI»

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 16(53)

O'ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING EKOLOGIK

HUQUQLARI

Ilmiy rahbar: Nazarov Elbek Alimovich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti "Gumanitar fanlar va

Huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi Ne'matov Nursulton Shavkat o'g'li Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya

yo'nalishi 3 bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasida keltirilgan inson va fuqarolarning ekologik huquqlari haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Inson, fuqaro, huquq, burch, ekologik huquqlar, Konstitutsiya, qonun, ekologiya.

Annotation: This article provides information about the environmental rights of people and citizens contained in the Constitution of the Republic of Uzbekistan.

Key words: Man, citizen, right, duty, environmental rights, Constitution, law, ecology.

Аннотация: В данной статье представлена информация об экологических правах человека и гражданина, содержащихся в Конституции Республики Узбекистан.

Ключевые слова: Человек, гражданин, право, обязанность, экологические права, Конституция, закон, экология.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizini tashkil etuvchi "Inson qadri uchun" g'oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo'lgan "Inson-jamiyat-davlat" degan yondashuv yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirilganligini alohida ta'kidlash lozim. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida kiritilayotgan normalarning salmoqli qismi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 16(53)

erkinliklari va burchlariga taalluqli bo'lib, inson qadr-qimmati, sha'ni va g'ururi barcha sohalarda birinchi o'rinda turishi oliy darajada o'z ifodasini topmoqda.

Shu jumladan, ekologik huquqlar ham loyihaning 9-bobiga kiritilayotganini alohida qayd etish lozim. Tabiatdagi global iqlim o'zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog'liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani, ekologik xavfsizlikni g'oyat dolzarb masalaga aylangani sababli ekologik masalalarni Asosiy qonunimizda o'z aksini topayotganini e'tirof etish lozim.

Atrof-muhit inson salomatligi va hayotiga ta'sir qiluvchi muhim omildir. BMT ma'lumotlariga ko'ra, inson salomatligining 30-40 foizi atrof-muhit holatiga bog'liq. Qulay atrof-muhit tabiiy zaxiralar qisqarayotgan, global iqlim o'zgarishi, ekologiya va tabiat bilan bog'liq muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ko'pgina rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo keng muhokama etilmoqda hamda ekologiya, atrof muhit muhofazasiga oid yangi normalar konstitutsiyalarga kiritilmoqda.

Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 49-moddasida Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish va tiklash, uni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo'yicha davlat tomonidan choralar ko'rilishi mustahkamlanmoqda.

Orolbo'yi mintaqasida yuzaga kelgan global ekologik muammo mintaqa aholisining hayot tarziga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois, O'zbekiston Orol muammosi oqibatlarini bartaraf qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, 2018 yildan shu kunga qadar Orol dengizi tubining 1,8 mln gektarida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Orol va Orolbo'yidagi murakkab ekologik vaziyat, aholi genofondini muhofaza qilish, salomatligini yaxshilash hamda ushbu hududda barqaror rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Konstitutsiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratilishini va turmush darajasini jiddiy tarzda yaxshilanishini ta'minlaydi, barcha kasb egalari, birinchi navbatda ijtimoiy soha vakillari uchun qo'shimcha imtiyozlar paketi qo'llaniladi hamda tadbirkorlik tuzilmalari va nodavlat

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 j 2181-3035 | № 16(5З)

notijorat tashkilotlarining atrof-muhitni himoya qilishga yo'naltiгilgan tuгli loyihalaráa faol qatnashish imkoniyati paydo bo'ladi.

Shuningdek, mazkur norma aholimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Oralbo'yi mintaqasida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi yashashi va rivojlanishi uchun qulay atrof-muhitni ta'minlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaгatadi.

Shu bilan biгga, har kim sog'lom va qulay atraf muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo'lishi bo'yicha kiritilayotgan noгmalaг atгof muhitga ta'siгi kuchli bo'lgan subyektlaming hamda mansabdoг shaxslaming tabiat himoyasi uchun mas'uliyatini keskin oshirishga xizmat qiladi.

Davlat fuqarolaming ekologik huquqlarini ta'minlashi, atгof-muhitga zararii ta'siг ko'гsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shahaгsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishiga doir konstitutsiyaviy normaning belgilanishi bugungi kun, davr talabi hisoblanadi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkazilishi ham qat'iy belgilab qo'yilmoqda. Bulaming barchasi atrof-muhit musaffoligini ta'minlashda fuqaralik jamiyati institutlaгining o'mi, гoli va faolligining oshishiga xizmat qiladi.

Umuman olganda, yangilanayotgan Konstitutsiya Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos, ishonchli kafolat hamda barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv va ijtimoiy kafolatlarning mustahkam poydevori sifatida xizmat qiladi, uning to'g'ridan-to'g'ri amal qilishini belgilash esa Konstitutsiya nufuzini yanada oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.https://parliament.gov.uz/articles/1456

2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

3 .https: //constitution.uz/oz/pages/Ekologik_munosabatlar

4 .https: //advice.uz/oz/document/З 094

5.https://lex.uz/acts/-3174498

6.https://lex.uz/acts/-2304953

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.