Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI'

O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
environmental security / policy mechanisms / environmental monitoring and control systems / environmental state programmes / environmental education.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Saburova Juldizxan Axmetovna

Uzbekistan, a double-landlocked nation in Central Asia, faces multifaceted environmental challenges that pose risks to its national security and sustainable development. These threats include water scarcity, land degradation, biodiversity loss, and the impacts of climate change. In response, government of Uzbekistan has implemented a comprehensive set of modern mechanisms spanning legal and institutional reforms, economic incentives, public awareness campaigns, and international cooperation initiatives to address environmental insecurity.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI»

O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI

Saburova Juldizxan Axmetovna

O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11401598

Abstract. Uzbekistan, a double-landlocked nation in Central Asia, faces multifaceted environmental challenges that pose risks to its national security and sustainable development. These threats include water scarcity, land degradation, biodiversity loss, and the impacts of climate change. In response, government of Uzbekistan has implemented a comprehensive set of modern mechanisms spanning legal and institutional reforms, economic incentives, public awareness campaigns, and international cooperation initiatives to address environmental insecurity.

Key words: environmental security, policy mechanisms, environmental monitoring and control systems, environmental state programmes, environmental education.

Аннотация. Узбекистан, государство в Центральной Азии, не имеющее выхода к морю, сталкивается с многогранными экологическими проблемами, представляющими риск для его национальной безопасности и устойчивого развития. Эти угрозы включают нехватку воды, деградацию земель, утрату биоразнообразия и последствия изменения климата. В ответ на это правительство Узбекистана внедрило комплекс современных механизмов, включающих правовые и институциональные реформы, экономические стимулы, кампании по повышению осведомленности населения и инициативы международного сотрудничества, направленные на решение проблемы экологической безопасности.

Ключевые слова: экологическая безопасность, механизмы политики, системы экологического мониторинга и контроля, экологические государственные программы, экологическое образование.

Annotatsiya. Markaziy Osiyoda ikki tomonlama dengizga chiqish imkoniyati bo 'lmagan O'zbekiston milliy xavfsizligi va barqaror rivojlanishi uchun xavf tug'diradigan ko'p qirrali ekologik muammolarga duch kelmoqda. Bu tahdidlarga suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi, bioxilma-xillikning yo 'qolishi va iqlim o 'zgarishining ta 'siri kiradi. Bunga javoban O 'zbekiston hukumati ekologik xavfsizlikni bartaraf etish bo'yicha huquqiy va institutsional islohotlar, iqtisodiy rag'batlantirish, jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalari va xalqaro hamkorlik tashabbuslarini o 'z ichiga olgan zamonaviy mexanizmlarning kompleks majmuini amalga oshirdi.

Kalit so'zlar: ekologik xavfsizlik, siyosiy mexanizmlar, ekologik monitoring va nazorat tizimlari, ekologik davlat dasturlari, ekologik ta 'lim.

Kirish. Global miqyosda kechayotgan siyosiy jarayonlarning murakkab fonida sodir bo'layotgan ekologik inqirozlar siyosiy va ilmiy doiralarda ham, aholining barcha toifalarida ham doimiy kun tartibidagi muhokama mavzularining birlamchi so'roviga aylanib ulgurdi. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston Respublikasi milliy kun tartibining muhim tarkibiy qismi sifatida atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e'tibor qaratmoqda. Boy tarixiy va madaniy merosga ega bo'lgan O'zbekiston o'z fuqarolari va kelajak avlodlari farovonligi uchun tabiiy muhitni asrab-avaylash muhimligini tan oladi.

Shunga qaramay, biz ekologik vaziyat yaxshilangani haqidagi xabarlarni kamdan-kam eshitamiz. Dunyodagi yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan ommaga taqdim etilayotgan Yer sayyorasidagi ekologik vaziyat to'grisidagi yillik hisobotlar buni tasdiqlaydi. Jumladan, Yel universiteti Atrof-muhit siyosati va huquq markazi (AQSh) tomonidan har ikki yilda bir marotaba taqdim etiladigan butun dunyo bo'ylab barqarorlik holati to'g'risidagi ilmiy asoslangan Atrof-muhit samaradorligi indeksi (EPI) 2022 yil natijalariga ko'ra1, O'zbekiston 180 mamlakat ichida 38,20 ko'rsatkich bilan 107-o'rinni (ushbu indeksda 1-o'rinda Daniya mamlakati bo'lib, birinchi o'ntalik G'arbiy Yevropa mamlakatlariga tegishli) egallagan2. Birlashgan Millatlar tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlariga (ingliz tilida SDG- Sustainable Development Goals) erishish bo'yicha hisoboti ham "ketma-ket uchinchi yil davomida SDG sari global taraqqiyot o'zgarmasligicha qolayotgani"ni qayd etdi3. Yuqoridagilarni inobatga olib, barqaror rivojlanish maqsadlari sari mamlakatimizda atrof-muhit va ekologiyani saqlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar va ushbu sohadagi siyosiy institutlarni va mexanizmlarni o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). O'zbekistonda ekologik xavfsizlikning institutsional qurilishi siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va madaniy omillar ta'sirida shakllanmoqda. Butun mamlakat bo'ylab atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish bo'yicha turli darajadagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

XX asrning 90-yillaridan boshlab ekologik muammolari aniqlash va bartaraf etish bo'yicha butunlay yangi tartib mamlakatimizga kirib kela boshladi. Bu mamlakatimizning mustaqil demokratik davlat sifatida jahon miqyosida umume'tirof etilgan xalqaro ekologik huquq normalarining tan olishi hamda milliy ekologik va atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchlik normalarining qabul qilinishi bilan bog'liq. Shuni ta'kidlash joizki, dunyo mamlakatlarining atrof-muhit muhofazasi amaliyotida davlatning maxsus tashkil etilgan organlari tizimi orqali olib borilishi va ekologik qonunchilik ijrosi ustidan nazorat tegishli organlar mas'uliyati doirasida ekanligi barchamizga ma'lum.

Mamlakatimizda inson va fuqarolarning xavfsiz va qulay atrof-muhitda yashashdek asosiy huquqlari O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida o'z aksini topgan. Jumladan, Konstitutsiyaning muqaddima qismida "mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko'paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilganligi"4 belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida "davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi"5 deyiladi. Ushbu maqsad hamda vazifaning mantiqiy davomi sifatida "har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega" ligi

1 Izoh: Atrof-muhit samadorligi indeksi (Environmental Performance Index) 11 ta savol toifasi bo'yicha 40 ta samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalangan holda, 180 mamlakatni iqlim o'zgarishi, atrof-muhit salomatligi va ekotizim barqarorligi bo'yicha reytingga kiritadi. Ushbu ko'rsatkichlar milliy miqyosda mamlakatlar o'zlarining ekologik siyosati maqsadlariga erishishga qanchalik yaqinligini o'lchaydi. Olingan ko'rsatkichlar kartasi ekologik barqarorlikni ta'minlash bo'yicha yetakchi va orqada qolgan mamlakatlarni aniqlaydi va o'z siyosat kun tartibini tezlashtirishga intilayotgan mamlakatlar uchun amaliy ko'rsatmalar beradi.

2 Wolf M. J., Emerson, J. W., Esty, D. C., de Sherbinin, A., Wendling, Z. A., et al. (2022). 2022 Environmental Performance Index. New Haven, CT: Yale Center for Environmental Law & Policy. epi.yale.edu.

3 Sachs, J.D., Lafortune, G., Fuller, G., Drumm, E. (2023). Implementing the SDG Stimulus. Sustainable Development Report 2023. Paris: SDSN, Dublin: Dublin University Press, 2023. 10.25546/102924.

4 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145. (murojaat sanasi 17.08.2023)

5 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145. (murojaat sanasi 17.08.2023)

qoidasi bilan mustahkamlanadi. O'zbekiston Respublikasi tabiiy muhitni muhofaza qilish uchun bir nechta siyosiy mexanizmlarga ega. Bu mexanizmlar atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik tizimni mustahkamlash va tabiiy resurslarni sifatli va rationallik asosida foydalanishga qaratilgan davlat siyosati asosida amalga oshirilmoqda.

Ekologik xavfsizlikni ta'minlashning siyosiy mexanizmlari deganda siyosiy subyektlar va institutlarning atrof-muhit holatiga ta'sir qilish va ekologik muammolarni hal qilish usullari tushuniladi. Ushbu siyosiy mexanizmlar darajasiga (xalqaro, milliy, mintaqaviy, mahalliy), maqsadlarga (tabiatni muhofaza qilish, tiklash, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish), vositalarga (qonunchilik, tartibga solish, iqtisodiy vositalar, ta'lim, muloqot) va aktorlarga (ishtirokchilar) (davlatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, biznes, fuqarolik jamiyati) qarab farq qilishi mumkin.

Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta'minlashning siyosiy qurilishi o'ziga xosligi bilan birga, jahondagi mavjud ekologik ijtimoiy institutlarning o'xshash tizimini o'z ichiga oladi.

Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslar. O'zbekistonning atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi sa'y-harakatlari mustahkam qonunchilik bazasiga asoslangan bo'lib, unda Respublika Konstitutsiyasi muhim o'rin tutadi. Qator qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to'ldirilgan mazkur fundamental hujjatda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan oqilona foydalanish va tabiiy landshaftni asrash bilan bog'liq huquq va majburiyatlar belgilab berilgan. Ushbu huquqiy hujjat barqaror rivojlanishga ko'maklashuvchi siyosatni shakllantirish va amalga oshirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Konstitutsiyasi har bir fuqaroning qulay muhit va uning holati to'g'risida ishonchli ma'lumot olish huquqini tan oladi6. Bu shuni anglatadiki, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sirni oldini olish maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga majburdir. Bunga erishishda davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhofaza qilish va tiklash choralarini ko'rish talab etiladi. Konstitutsiya, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qo'yilishini talab qiladi7.

Amalda, bu fuqarolar shaharsozlik va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega ekanligini anglatadi. Ular shaharsozlik hujjatlari loyihalari bo'yicha fikr-mulohazalarni bildirishlari va atrof-muhitga potentsial ta'sir haqida tashvishlarini bildirishlari mumkin. Davlat ushbu tashvishlarni hisobga olishi va shaharsozlik faoliyati atrof-muhit va fuqarolarning huquqlarini himoya qiladigan tarzda olib borilishini ta'minlashi shart.

Davlat ekologik siyosati va dasturlari: O'zbekiston Respublikasi hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqadi. Davlat muassasalari va hokimiyat organlari ushbu siyosat va dasturlarni amalga oshirish uchun javobgardir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat ichida atrof-muhit muhofazasini ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklar va biologik xilma-xillikni saqlash,

6 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 49-modda. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6445145. (murojaat sanasi: 20.12.2023)

7 O'sha yerda. 49-modda.

iqlim o'zgarishi, epidemiyalar, pandemiyalarga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlashga mas'uldir8.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Vazirlar Mahkamasi samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul va kredit siyosatini olib borish, shuningdek, fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash va iqtisodiyotning boshqa sohalari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Bu shuni anglatadiki, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy rivojlanish atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish zarurligini hisobga olgan holda barqaror ravishda olib borilishini ta'minlashi kerak.

Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Vazirlar Mahkamasi aholining zaif qatlamlarini atrof-muhitning buzilishi va ifloslanishining salbiy ta'siridan himoya qilishni ta'minlash uchun ham mas'uldir.

Hukumatning o'z maqsadiga sodiqligi atrof-muhitning umumiy sifatini yaxshilash bo'yicha aniq strategiyalarni belgilab beruvchi atrof-muhitni yaxshilash dasturlarini har yili ishlab chiqishda namoyon bo'ladi.

Atrof-muhitni yaxshilash bo'yicha davlat dasturlari: O'zbekiston hukumati har yili atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni rag'batlantirish va ekologik tizimni takomillashtirishga qaratilgan dastur va loyihalarni ishlab chiqadi. Shulardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktabrdagi "2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5863-son farmoni9 bo'lib, ushbu hujjatda atrof-muhit obyektlarini saqlash va sifatini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Bu mamlakatdagi sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash yo'lidagi muhim qadamdir.

O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida 2030-yilgacha atrof-muhit obyektlarini saqlash va sifatini ta'minlash bo'yicha quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:

- atmosfera havosi, suvlar, yerlar, tuproqlar, er osti boyliklari, biologik xilma-xillik, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning antropogen ta'siridan va boshqa salbiy ta'sirlardan saqlanish va sifatini ta'minlash;

- eng kam ekologik xavf tug'diradigan materiallar, mahsulotlar, ishlab chiqarish va boshqa ob'ektlardan ustuvor foydalanish;

- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish;

- zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik toza foydalanishni ta'minlash;

- chiqindilarni boshqarishning ekologik toza tizimini takomillashtirish;

- aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish.

tayyorlash, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Ekologik monitoring va nazorat tizimlari: davlat siyosati doirasida atrof-muhit sharoitlarini, shu jumladan oziq-ovqat zonalari, suv resurslari, atmosfera va boshqa tarkibiy qismlarni kuzatish va baholash uchun ekologik monitoring va nazorat tizimlari tashkil etilgan.

8 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 115-modda. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6445i45. (murojaat sanasi: 20.12.2023)

9 "2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019 yil. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/-4574008. (murojaat sanasi: 29.0i.2024)

Atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi faoliyati O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" qonunining 28-moddasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to'g'risidagi Nizom" talablari asosida amalga oshiriladi10.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bu atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish, bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta'sirlari (jarayonlari) tufayli o'zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo'yicha muntazam kuzatish tizimidir11.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 3 iyunda "Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 343-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat atrof tabiiy muhit monitoringini takomillashtirish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, doimiy axborot bilan davlat ekologik nazoratini ta'minlash, ifloslanish manbalari holati va atrof-muhitga ta'sirini monitoring qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi davlat ekologik monitoring tizimining yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasini yaratdi. 2021-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturi tasdiqlanib, unda quyidagilar monitoringini amalga oshirish nazarda tutilgan:

suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;

atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi monitoringi;

xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi;

ko'llar ekotizimlari monitoringi;

o'simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi;

atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi;

tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nazorat-o'lchash texnikasini modernizatsiya qilish;

ilmiy ishlar va innovatsion faoliyatni amalga oshirish.

Sog'liqni saqlash vazirligi, "O'zsuvtaminot" AJ va Suv xo'jaligi vazirligiga ichimlik suvi ifloslanishining oldini olish, ifloslanish manbalari, mikrobiologik va sanitariya manbalarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning sifatini doimiy monitoring qilish topshirildi. O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg'un postlarda atmosfera havosining sifati bo'yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo'yicha oylik kuzatishlar olib borish topshirildi.

Zamonaviy ekologik monitoring va nazorat tizimlarini yaratish O'zbekiston ekologik boshqaruvining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu tizimlar qishloq xo'jaligi zonalari va suv resurslaridan tortib atmosfera sharoitigacha bo'lgan turli xil atrof-muhit parametrlarini sinchkovlik bilan kuzatadi va baholaydi. Ushbu monitoring mexanizmlaridan olingan ma'lumotlar

10 O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi rasmiy sayti. URL: https://www.uznature.uz/uz/activity/monitoring?numer=425. (Murojaat sanasi: 30.01.2024)

11 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori 737-son qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/-4502812#-4503065. (Murojaat sanasi: 30.01.2024)

samarali qarorlar qabul qilish uchun asos bo'lib, siyosat rivojlanayotgan ekologik landshaftga javob berishini ta'minlaydi.

Fuqarolik jamiyati tashkilotlari va fuqarolar ishtiroki: Fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ekologik faoliyat bilan shug'ullanadigan alohida shaxslar va atrof-muhitni muhofaza qilishga qiziqqan fuqarolar muhim rol o'ynaydi. Ularning faoliyatini rag'batlantirish, ularning takliflari va fikrlarini hisobga olish davlat siyosiyatida katta ahamiyatga ega.

O'zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlari nodavlat tashkilotlar (NNT), jamoat birlashmalari, ijtimoiy harakatlar va professional uyushmalar kabi fuqarolarning turli guruhlari manfaatlari va qadriyatlarini ifodalovchi tashkilotlardir. Fuqarolik jamiyati institutlari mamlakatni rivojlantirish va demokratlashtirishda muhim rol o'ynaydi, chunki ular ekologiya, inson huquqlari, gender tengligi, sog'liqni saqlash, ta'lim va madaniyat kabi turli sohalarda siyosat ishlab chiqish, targ'ibot, ta'lim, monitoring va xizmatlarni taqdim etishda ishtirok etadilar12.

Tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlar: O'zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va uning ustuvorligini ta'minlash muhimligini ta'kidlash uchun o'zining tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlaridan to'laqonli foydalanayabdi deya olmaymiz. Chunki ular atrof muhitni muhofaza qilish va uning ustuvorligini anglatish uchun asosiy manbadir Shunday bo'lsa-da, uning "kuchi"dan ijtimoiy jarayonlar, ayniqsa ekologik muammolarni bartaraf etishda samarali foydalana olmayabmiz.

O'zbekistonning ekologik siyosati uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlari bilan uzviy bog'langan. Xalq o'zining qadimiy Ipak yo'li merosidan va madaniy axloqiga singib ketgan tabiatga bo'lgan hurmatdan ilhom oladi. O'zbekiston ushbu qadriyatlarni zamonaviy ekologik siyosat bilan uyg'unlashtirgan holda, atrof-muhitga chuqur hurmatni singdirish, o'z fuqarolarida mas'uliyat hissini tarbiyalashga intilmoqda.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish mexanizmlari milliy o'ziga xos amaliyotlarga integratsiyalashgan. Qonunchilik, davlat siyosati, monitoring tizimlari, fuqarolarning faolligi va boy madaniy merosning kombinatsiyasi orqali O'zbekiston rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish o'rtasidagi muvozanatni topishga intilmoqda. Mamlakat barqaror kelajak sari yo'lini davom ettirar ekan, bu siyosat mexanizmlari, shubhasiz, tabiiy muhitning uzoq umr ko'rishi va hayotiyligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda ekologik xavfsizlikni birinchi o'ringa qo'yadigan samarali siyosiy mexanizmlarning joriy etilishi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki mamlakatning milliy manfaatlariga xizmat qilib, barqaror iqtisodiy o'sishga va fuqarolarning umumiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Wolf M. J., Emerson, J. W., Esty, D. C., de Sherbinin, A., Wendling, Z. A., et al. (2022). 2022 Environmental Performance Index. New Haven, CT: Yale Center for Environmental Law & Policy. epi.yale.edu.

2. Sachs, J.D., Lafortune, G., Fuller, G., Drumm, E. (2023). Implementing the SDG Stimulus. Sustainable Development Report 2023. Paris: SDSN, Dublin: Dublin University Press, 2023. 10.25546/102924.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145. (murojaat sanasi 17.08.2023)

12 Civil Society Brief: Uzbekistan. ADB Publication. December 2021. URL: https://dx.doi.org/10.22617/BRF210456-2. (Murojaat sanasi: 30.01.2024)

4. "2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019 yil. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/-4574008. (murojaat sanasi: 29.01.2024).

5. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi rasmiy sayti. URL: https://www.uznature.uz/uz/activity/monitoring?numer=425. (Murojaat sanasi: 30.01.2024).

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori 737-son qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/-4502812#-4503065. (Murojaat sanasi: 30.01.2024).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.