Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING ASOSIY SABABLARI HAMDA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI'

O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING ASOSIY SABABLARI HAMDA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1385
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atmosfera havosi / ifloslanish / havo / chang / zaxarli moddalar / ekologiya / sanoat va texnik vositalar / tabiiy omillar / karbon oksidlar / Atmospheric air / pollution / air / dust / toxic substances / ecology / industrial and technical means / natural factors / carbon oxides

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Toshturdiyev N.N., Adenbayev B.Ye.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN CAUSES OF ENVIRONMENTAL POLLUTION IN UZBEKISTAN AND MEASURES TO PREVENT IT

It is well known to many that almost all technical and technological devices emit extremely harmful foreign elements into the environment as waste materials. They are gas, liquid and solid chemical substances products. In fact, they can also be recycled. But, in most cases, not only recycling, they are also thrown away without sufficient cleaning and disinfection. Even now, for the most part, it is. As a result, living environments have lost their natural characteristics and changed, resulting in various problems.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING ASOSIY SABABLARI HAMDA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI»

Toshturdiyev N.N. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti 2-kurs talabasi

Adenbayev B. Ye.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi kafedrasi mudiri Geografiya fanlari doktori

O'ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING ASOSIY SABABLARI HAMDA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Annotatsiya: ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda - mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovardnatijada turli xil muammolar yuzaga keldi.

Kalit so'zlar: atmosfera havosi, ifloslanish, havo, chang, zaxarli moddalar, ekologiya, sanoat va texnik vositalar, tabiiy omillar, karbon oksidlar.

Tashturdiyev N.N. 2nd year student

Faculty of Hydrometeorology of the National University Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek Adenbayev B. Ye., doctor of geography Head of the Department of Hydrometeorology and Environmental Monitoring

Faculty of Hydrometeorology National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

MAIN CAUSES OF ENVIRONMENTAL POLLUTION IN UZBEKISTAN AND MEASURES TO PREVENT IT

Abstract: It is well known to many that almost all technical and technological devices emit extremely harmful foreign elements into the environment as waste materials. They are gas, liquid and solid chemical substances - products. In fact, they can also be recycled. But, in most cases, not only recycling, they are also thrown away without sufficient cleaning and disinfection. Even now, for the most part, it is. As a result, living environments have lost their natural characteristics and changed, resulting in various problems.

Key words: Atmospheric air, pollution, air, dust, toxic substances, ecology, industrial and technical means, natural factors, carbon oxides.

Atmosfera havosining Ifloslanishi. Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklar va hayvonlar) hamda jonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi. Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas. Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi. Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi. Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina do m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik. Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt oksidlari, metan va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi. O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu

narsa ham aniqlanganki, O'zbekistonda 1 ta yengil avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi. Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda. Yana bir misol, O'zbekiston da XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.Atmosfera havosi, yer usti suvlar va tuproqning ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi (keyingi o'rinlarda ifloslanish manbalari monitoringi deb ataladi) atrof tabiiy muhit monitoringi turlaridan biri hisoblanadi va ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tegishli metodikalar bo'yicha amalga oshiriladi.Ifloslanish manbalari monitoringi atrof tabiiy muhitda zararli ta'sir manbalari joylashgan hududda atrof tabiiy muhitning holatini kuzatish maqsadida o'tkaziladi.Monitoring (nazorat) qilinishi kerak bo'lgan moddalar ro'yxati ifloslanish manbalari mavjud bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.Ifloslanish manbalari monitoringi xo'jalik yurituvchi subyektning o'ziga xos xususiyatlaridan va ekologik normativlardan kelib chiqib, u yoki bu zararli moddalarning mavjudligi yuzasidan o'tkaziladi.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi — atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta'sirlari (jarayonlari) tufayli o'zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo'yicha muntazam kuzatish tizimi;

monitoring obyektlari — atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik tarkibiy qismlari va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek, tabiiy muhitga ta'sirning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari hamda manbalari;

atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi — atrof tabiiy muhitning davlat va ishlab chiqarish monitoringidan iborat bo'lgan muntazam kuzatishlarning o'zaro bog'liq tizimi;

Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to'g'risidagi axborotni geografik ma'lumotlar hamda zarur obyektlar haqida ular bilan bog'liq bo'lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-texnologiyalar asosida to'plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;

atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi — atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining bir qismi hisoblangan monitoring;

atrof tabiiy muhit — tabiiy va sun'iy obyektlar, shu jumladan atmosfera havosi, Yerning ozon qatlami, yer usti va yer osti suvlari, er, yer qa'ri, o'simlik va hayvonot dunyosi;

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish — atrof tabiiy muhitni saqlash va tiklashga, xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sirining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga yo'naltirilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;

fon monitoringi — sanoat va xo'jalik faoliyati obyektlaridan olisda bo'lgan, insonning aralashishiga minimal darajada jalb etilgan hududlarga barcha atrof tabiiy muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudlik darajasi bo'yicha qo'riqlanayotgan tabiiy hududlarda joylashgan statsionar kuzatish punktlarida (postlarda) amalga oshiriladigan uzoq muddatli tizimli kuzatishlar;

maxsus vakolatli davlat organlari — atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish yuklatilgan davlat boshqaruvi organlari;

statsionar kuzatish punkti (post) — atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari namunalarini muntazam olish va keyinchalik kimyoviy tahlil qilish uchun mo'ljallangan priborlar va uskunalar, shu jumladan, avtomatik stansiyalar o'rnatilgan yer uchastkasini o'z ichiga olgan, atrof tabiiy muhitning holatini va unga ta'sir ko'rsatuvchi manbalarini oldindan tadqiq etish asosida tanlangan joylarda joylashgan kompleks.

Quyidagilar ifloslanish manbalari monitoringini olib borishda kuzatishlar obyektlari hisoblanadi:

statsionar manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;

oqova suvlarning yer usti suv obyektlariga tashlanishi; oqova suvlar tashlanadigan manbalar joylashgan hududdagi yer usti suvlari;

aniqlangan yoki ifloslantiruvchi yashirin manbalar joylashgan hududdagi yer osti suvlari;

aniqlangan yoki ifloslantiruvchi yashirin manbalar joylashgan hududdagi tuproq.

Ifloslanish manbalari monitoringi Davlat ekologiya qo'mitasi hududiy organlarining tegishli tahliliy laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ifloslanish manbalari monitoringi olib boriladigan xo'jalik yurituvchi subyektlar ro'yxati Davlat ekologiya qo'mitasi hududiy organlarining ma'lumotlari asosida Davlat ekologiya qo'mitasi tomonidan shakllantiriladi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni xabardor etish tartibida ma'lumot uchun taqdim etiladi) va tasdiqlanadi.

Bunda ifloslanish manbalari monitoringi ularni Tekshirishlarni elektron ro'yxatdan o'tkazish yagona tizimida ro'yxatdan o'tkazish yo'li bilan vakolatli organni xabardor qilish tartibida olib boriladi.

Tegishli ro'yxatga kiritilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarni monitoring o'tkazilishi to'g'risida qo'shimcha xabardor qilish talab qilinmaydi.

Atmosfera havosi ifloslanish manbalari monitoringi bir oyda bir marta, oqova, yer osti va yer usti suvlari monitoringi — yil choragida bir marta, tuproq monitoringi — bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) o'tkaziladi.Bir xo'jalik yurituvchi subyektning ifloslanish manbalari monitoringi bir kundan ortiq davom etishi mumkin emas. Tegishli ro'yxatga kiradigan xo'jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari Davlat ekologiya qo'mitasi mutaxassislarining ifloslanish manbalariga namuna olish va atrof-muhitga salbiy ta'sir etuvchi manbalarning texnik holatini baholash uchun zarur bo'lgan parametrlarni o'lchash uchun to'siqsiz kirishlarini ta'minlashga majburdir.

Xulosa:

Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto, fazoni tadqiq qilishga mo'ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer hududlarida olib boriladigan turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko'plab gaz chiqindilari havoni ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig'i», «Havo dimiqishi» («Parnik effekti»), iqlim va ob-havo ko'rsatkichlarining qator yer hududlarida o'zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari, kutilmagan paytda haddan tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va hokazolar shular jumlasiga kiradi.Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida qolishi mumkin. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o'z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi ham belgilangan. Shu bilan bog'liq holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni

ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib, kerak bo'lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo'yish maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo'llashni ta'qiqlangani ayni muddao, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.(19-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 99-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/99/0189-son)

2.A Handbook for Integrated Water Resources Management in Basins. THE GWP AND THE INBO. Printed by Elanders, Sweden,2009.ISBN:978-91-85321-72-8

3.Ahmed Tayia &Kaveh Madani. Transboundary water conflict resolution mechanisms. Available at http://www.globalpolicy.org/security/natres/water/2001/1001fpol.htm.

4. Bekmurodov M., Public opinion in Uzbekistan, Tashkent 2011 [4]

5.Environmental chemistry" S.M. Turobjonov, T.T. Tursunov, K.M. Adilova Tashkent - 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.