Tabiiy resurslardan foydalanishni ilmiy asoslash
Nargiza Jo'rayevna Bobomurodova Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Tabiiy resusrslar tabiatda mavjud bo'lgan va inson tomonidan yaratilmaydigan insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy jismlar hisoblanadi. Muallif tomonidan ushbu maqolada tabiiy resusrlar bo'yicha fikr mulohaza yuritilgan. Shuningdek tabiiy resusrslar mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Kalit so'zlar: tabiiy resurslar, o'rmon fondi, muhofaza qilinadigan hududlar, suv resurslari, yer osti va yer usti suvlari, fauna resurslari
Scientific justification of the use of natural resources
Nargiza Jorayevna Bobomurodova Bukhara State University
Abstract: Natural resources are all natural objects that exist in nature and are not created by humans, necessary for human life and economic activity. In this article, the author reflects on natural resources. Also, natural resources play an important role in the development of the country's economy.
Keywords: natural resources, forest fund, protected areas, water resources, underground and surface water, fauna resources
Jamiyat hayotini yashash vositasi bo'lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. «Resurs» so'zi - fransuz tilidan olingan bo'lib, «yashash vositasi» degan ma'noni bildiradi. Tabiiy resurs deb - tabiatda mavjud bo'lgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, insonning hayoti, xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha tabiiy jismlar, sharoitlar va jarayonlarga aytiladi. Mamlakatning tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim sharoitlaridan biridir, aksincha zahiralarning kamligi yoki umuman yo'qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Lekin bu qonuniyatni har doim ham to'g'ri deb bo'lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurslar umuman yo'q yoki bo'lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika tarraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlatirishda
eng muhim omillardan biri deb hisoblanadi. Tabiiy resurslar tasnifi uchta belgi asosida qabul qilingan: paydo bo'lish manbasi asosida, ishlab chiqarish bo'yicha va qayta tiklanish darajasi bo'yicha. Paydo bo'lish bo'yicha tabiiy resurslar biologik, mineral va enegretik resurslarga bo'linadi. Biologik resurslar - biosferaning muhitini tashkil qiluvchi hamma jonvor komponentlari: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardir. Ular inson tomonidan moddiy va ma naviy qulayliklarni olish manbasidir.
Mineral xom ashyo rudali (undan metallar ajratib olinadi) va rudamasli (metalmas komponentlar ajratib olinsa yoki qurilish material shaklida ishlatilsa) bo'lishi mumkin. Agarda mineral resurslar yoqilg'i shaklida ishlatilsa (ko'mir, neft gaz, torf, yog'och, atom energiyasi) ular yoqilg'i-energetik resurslari turiga kiradilar. Energetik resurslar - quyosh, koinot, atom-energetik, termo va boshqa energiya manbalarini majmuasidir. Ishlab chiqarishda ishlatilishi bo'yicha tabiiy resurslar quyidagilarga bo'linadi: - yer fondi - dunyo va mamlakat miqyosidagi hamma yerlar, vazifalari bo'yicha quyidagi toifalarga bo'linadi: qishloq xo'jaligidagi yerlar, yashash punktlari, noqishloq xo'jaligi yerlari (sanoat, transport, qazib olish sanoatida va h.k). Dunyo yer fondi 13,4 mlrd.gani tashkil kiladi;
- o'rmon fondi - alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish uchun o'rmonlar o'sadigan yoki o'sishi mumkin bo'lgan sayyoramizning yer fondining bir qismi;
- suv resurslari - xo'jalikda xilma xil maqsadlarda ishlatiladigan yer osti va yer usti suvlari (alohida o'rinni chuchuk suv zahiralari egallaydi);
- gidroenergetik resurslar - daryo, dengizning pasayish-ko'tarilish faoliyati natijasida hosil bolgan resurslar;
- fauna resurslari - inson ekologik muvozanatni buzmagan holda suv, o'rmon, cho'llardagi tirik mavjudotlarni ishlatishi mumkin bo'lgan resurslar; - qazilma boyliklar (rudali va rudamasli, yoqilgi-energetik resurslari)- xo'jalikda ishlatilishi mumkin bo'lgan yer qobig'idagi minerallarning tabiiy yig'indisi.
Atrof-muhitni asrash nuqtai nazaridan resurslarning uchinchi, ya'ni - qayta tiklanish klassifikatsiyasi muhimdir. Tabiiy resurslar tasnifi Tabiiy resurslar xarakteristikasini bilish ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. O'simlik va hayvonlarni faqatgina ma'lum populyatsiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Yer osti qazilmalarining tiklanmasligini hisobga olib, ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Ularni qayta tiklab bo'lmaydi. Chunki yer osti boyliklari million yillarda, ya'ni geologik davrlardagina, juda sekin - astalik bilan tiklanadi. Shuning uchun ularni qazib olishda, tashish va ishlatishda isrofgarchilikga, atrof - muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Dunyo okeani resurslari, atmosfera havosi, Antarktida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko'chib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslari hisoblandi. 33 Ulardan foydalanish, muhofaza qilish
faqatgina xalqaro kelishuvlar asosida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 3.3. Tabiiy resurslaridan foydalanish holati va istiqbollari Jamiyatning ma'lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda ularni real va potentsial resurslarga ajratiladi.
Jamiyatning ayni paytdagi rivojlanish bosqichida qidirib topilgan, zahiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga aytildi. Potentsial tabiiy resurslar deb - jamiyat tarraqqiyotining hozirgi boqichida qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ulardan foydalanish uchun texnik vositalar yetarli bo'lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo'lishi mumkin. Yer sayyorasining potentsial yer resurslariga cho'l, tog'liklar, botqoqliklar, sho'rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Potentsial resurslariga bir qator kosmik resurslar -quyosh energiyasi, dengiz suvlarning ko'tarilishi va qaytishi, shamol energiyasi va boshqalar ham kiradi. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish deb, ulardan tabiatni muhofaza qilish qoidalariga to'la rioya qilgan holda jamiyatga faqat hozirgi kunda emas, balki tasavvur qilish mumkin bo'lgan uzoq kelajakda ham eng yuqori samara olishni ta'minlash nuqtai nazaridan foydalanishga aytiladi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish deb - ular hossalarining buzilishi va ifloslanishi, behuda sarflanishi, kamayib ketishini bartaraf qilishga yo'naltirilgan huquqiy, tashkiliy, texnik, ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aytiladi.
Hozirgi kunda tabiiy resurslardan foydalanishning yangi usullari keng qo'llanib kelinmoqda: - tabiiy resurslardan qazib olish jarayonida zamonaviy, tejamkor va atrof muhitga imkoniyati bor darajada bezarar texnologiyalarning qo'llanishi. Masalan, 34 ko'mirni, boshqa qazilma boyliklarni qazib olishda ochiq usulga qaraganda ko'proq yopiq usullardan foydalanish; - qazib olingan qayta tiklanmaydigan resurslardan kompleks ravishda foydalanib, chiqindiga chiqarmasdan ishlatilish. Qazib olingan rudadan nafaqat oltin yoki qimmatbaho metallar ajratib olib rudani oqova suvlarga yuvib yu,borish balki yangi texnologiyalarni joriy etib rudadan to'liq foydalanib tarkibidagi boshqa metallarni ham ajratib olish.
Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida qo'llanadigan texnologiyaga bog'langan holatda neftdan 60 % dan 85-90% gacha benzin olish mumkin. -tugaydigan resurslardan tugamaydigan resurslarga o'tish. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to'g'ridan to'g'ri aylantirishning nisbatan arzon usullari yaratilsa bir qator mamlakatlarning isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashnishi mumkinligi hisoblab chiqilgan; - qayta ishlash texnologiyalarini keng qo'llash va chiqindilarni boshqa ishlab chiqarishlarda xom ashyo shaklida ishlatish.
AQSh tajribasi shuni ko'rsatdiki, konserva bankalarni qayta ishlash jarayonida alyuminiy olish boksitlardan (tabiiy konlardan) ajratib olishga nisbatan 10 barobar
arzonroq ekan. Shishalarni ham qayta ishlash jarayoni uni tabiiy resurslardan ajratib va qayta ishlash jarayoniga nisbatan ancha arzon ekan. Bundan tashqari, yuqorida misol qilib keltirilgan jarayonlarda suv sarfi tejaladi, atrof muhitga, ayniqsa atmosfera havosiga salbiy ta'siri kamayadi. Makalaturadan qog'oz ishlab chiqarish jarayonida daraxtlardan olish jarayoniga nisbatan atmosfera havosining ifloslanishi 73%, suvning ifloslanishi - 25%, qattiq chiqindilarning hajmi 39% ga kamayadi. Bundan tashqari, makalaturadan 1 tonna qog'ozni ishlab chiqarilishida 4.7-5,6 m3 hajmdagi daraxtlar va 165-200 m3 suv saqlab qolinadi yoki tejaladi. - chiqindilarni yoqilg'i sifatida ishlatish va h.k. 35 3.4. Energetik resurslar va ulardan foydalanish Elektr stansiyalar va elektr korxonalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish murakkab ekologik muammolar bilan bog'liqdir. Energiyaning zarurligi - insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Energiya nafaqat hozirgi zamondagi murakkab inson jamoasining normal hayotiy faoliyati uchun, balki har bir insonning yashashi uchun ham juda zarurdir. Hozirgi vaqtda elektr energiyasi asosan gidroelektr stansiyalar, issiqlik va atom elektr stansiyalarda olinadi. Gidroelektrstansiyalar yuzaki qaralganda tabiatga zarar keltirmaydigan ekologik toza korxona hisoblanadi.
Odamlar katta daryolarda ko'plab yirik gidroelektrstansiyalar qurdi. Endilikda esa, bu yirik inshootlarning ham tabiat va insonga katta zarar keltirgani ma'lum bo'lib qoldi. Birinchidan, daryoning katta oqimlarida to'g'onlar qurish suv havzalari ostida katta hududlar - foydali yerlar qolib ketishiga olib keldi. Ko'plab odamlar o'z joylaridan ko'chirildi va yaylovlardan mahrum bo'ldilar. Ikkinchidan, daryolar to'sib qo'yilib, to'g'onlar baliqlar migratsiyasiga xalaqit berdi. Uchinchidan, havzalarda suv to'planib uzoq turib qoladi va sifati pasayadi. Suv havzalarining mustahkamligi kamayib borib, daryo va daryo yaqinida yashovchi organizmlarga xavf tug'diradi, ma'lum ta'sirlar ko'rsatadi. To'rtinchidan, mahalliy suvning ko'payishi tuproq suviga ta'sir qiladi. Buning oqibatida esa yerlarni suv bosishi, qirg'oqlar ko'chishi, har xil eroziya sodir bo'lishi kuzatilmoqda. Issiqlik elektrstansiyalari (IES) ham mamlakatning elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim o'rin to'tadi. Ko'mirda ma'lum darajada radioaktivlik xususiyati mavjudligini hamma ham bilavermaydi. IESda katta miqdorda yoqilg'i yonadi va ko'p miqdorda radioaktiv chiqindilar havoga chiqadi. Shuningdek, organik yoqilg'ilar yonishi tufayli ham tabiatga juda ko'p zarar keltiriladi.
IESda yonilg'i sifatida mazut va gazdan foydalaniladi. Ekologik nuqtai nazardan suyuqlik va ayniqsa gaz bilan ishlaydigan energetik qurulmalar qattiq yoqilg'ilar bilan bilan ishlaydiganlariga qaraganda tozaroq hisoblanadi. IESlarni gaz bilan ishlashga o'tkazish energetik qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti (FIK)ni ancha oshiradi va ekologik holatni yaxshilaydi. Atom - energetik stansiyalari oddiy elektr stansiyalarga nisbatan ekologik jihatdan ancha toza. Ammo ular ancha xavflidir. Buni Chernobil va Fukusimadagi atom elektr stansiyasida ro'y bergan halokatlar
isbotlaydi. Shunday qilib, energetika, aftidan, insoniyat oldiga hal etilishi lozim bo'lgan muammolar qo'yadi. Bu muammolarni hal etish borasida bir necha yo'nalishlarda ishlar olib borilmoqda. Ekologlar noan'anaviy, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning istiqbolli ekanini ta'kidlaydilar. Bular, eng avvalo, quyosh va shamol energiyasi, yer bag'rining issiqligi, okeanning mexanik va issiqlik energiyasidir. Mamlakatimizda quyosh (issiqlik) energiyasidan foydalanish borasida katta ishlar qilinmoqda. Radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan ancha farq qiladi. Radioktiv nuklidlar - bu nobarqaror kimyoviy elementlarnig yadrosidir.
Ular o'zlaridan zaryadli zarralar chiqaradi va qisqa to'lqinli elektromagnit nurlanishlar tarqatadi. Aynan xuddi ana shu zarralar va nurlanishlar inson organizmida turli xastaliklar, xususan, nurlanish kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Biosferada hamma joyda radioaktivlikning tabiiy manbalari mavjud. Inson ham boshqa tirik organizmlar singari hamisha tabiiy nurlanishlarga duchor bo'ladi. Tashqi nurlanish kosmosdan tarqalgan nurlar va atrof - muhitda mavjud bo'lgan radioaktiv nuklidlar hisobiga sodir bo'ladi. Ichki nurlanishni havo, suv va oziq moddalari orqali inson organizmiga kirib qolgan radioaktiv elementlar keltirib chiqaradi. Eng xatarlisi biosferaning anropogen radioaktiv, ya'ni inson faoliyati natijasida ifloslanishidir. Hozirgi vaqtda radioaktiv elementlardan turli sohalarda keng foydalaniladi. Ularni saqlashda va tashishdagi e'tiborsizliklar tufayli jiddiy radioaktiv ifloslanish yuz beradi. Chernobil atom stansiyasidagi portlash tufayli yadro yoqilg'isining atigi 5 % atrof - muhitga tarqalgan edi. Bu ko'plab kishilarning nurlanishiga sabab bo'ldi. Katta hudud radiatsiya bilan shu darajada ifloslandiki, u joylarda yashash salomatlik uchun xavfli bo'lib qoldi. Radiatsiya halokat joyidan yuzlab va minglab kilometr uzoqlikka tarqaldi. Hozirgi vaqtda harbiy sanoat va atom elektr stansiyalari chiqindilarini to'plash va saqlash keskin muammo bo'lib bormoqda. Har yili ular borgan sari atrof - muhit uchun katta xavf - xatar tug'dirmoqda. Foydali qazilmalar guruhiga ma'danli va ma'dansiz metallar, neft, gaz, ko'mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg'i va energiya manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar so'nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko'mirga bo'lgan talab 2 marotaba, kaliy, marganets va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6 marotaba oshgan bo'lsa, shu davr mobaynida aholining o'sishi 40% ni tashkil etdi.
Hozirgi paytda dunyo miqiyosida yiliga 150 mlrd tonna mineral xom-ashyo qazib olinmoqda. Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd tonna tog' jinslari oqib qo'shilmoqda va 3-4 mlrd tonna tog' jinslari atmosfera havosiga ko'tarilmoqda. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga 1500- 2000 mlrd tonna tog' jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chiradi. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning ma'lumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd
tonna neft, 3,6 mlrd tonna xrom ma'dani, 3-4 mlrd tonna qo'rg'oshin ma'dani, 6 mlrd tonna temir ma'dani, 7,3 mlrd tonna mis ma'dani, 32 mlrd tonna ko'mir, 1,2 mln tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va 38 platina ma'danlari, 120 mln. tonna fosfatlar va 159 mln tonna tuz qazib olinmoqda. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin zahiralari 35 yilda, rux - 36 yilda, kaliy - 40 yilda, uran - 47 yilda, mis - 66 yilda, surma va simob zahiralari 70 yilda, neft, gaz va ko'mir zahiralari esa 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shuning uchun ko'pgina rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshqa mamlakatlar) da xom ashyo va yer osti boyliklarining yetishmasligi tufayli ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlab, boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanmoqdalar. Hozirgi paytda olimlar yangi-yangi konlarni kashf qilishga majbur bo'lmoqdalar. Yaponiya olimlarining ma'lumotlariga qaraganda, okean tubidagi metallar konsentratsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste'mol darajasi mis bilan 2000 yil, marganets bilan 14000 yil, nikel bilan esa 70000 yil ta'minlash mumkin. Hozirgi paytda ushbu boyliklardan dunyo sanoati ehtiyojlari uchun 1% dan 20% gacha foydalanmoqdalar, xolos.
Bundan tashqari, yer osti boyliklari ko'pchilik holatlarda 1-2 tur metallar hisobiga qazib olinib, qolgan qismi esa atrofmuhitga chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Masalan, 100 tonna rudadan 14 kg vanadiy, 17 kg nikel, 30 kg xrom, 80 kg marganets, 0,5 tonna titan, 5 tonna rux, 8 tonna alyuminiy ajratib olish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. К.Ф Абдуллаев, Н.Ж Бобомуродова, К.К Кобилжонов. Высокая духовность основа экологической культуры.Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации, 5-8.
2. К.Ф Абдуллаев, Н.Ж Бобомуродова. Физическая культура и спорт-эффективное средство предотвращения вредных привычек у подростков. Человек и природа, 195-198.
3. К.Ф Абдуллаев, Н.Ж Бобомуродова. К проблеме взаимодействия общества и природы. Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI века, 255-256.
4. Н.Ж Бобомуродова Экологическая культура как общечеловеческая ценность ББК 74, 188.
5. К.Ф Абдуллаев, Н.Ж Бобомуродова. ВЗГЛЯДЫ НА АСТРОЛОГИЮ ВЕЛИКОГО МЫСЛИТЕЛЯ АБУ РАЙХОН БЕРУНИ. Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные.
6. Б.Н Жураевна. ЗАДАЧИ ШКОЛЫ ПО ОХРАНЕ ПРИРОДЫ ШКОЛЬНИКОВ Вопросы науки и образования 138 (№ 13), 18.
7. Б.Н.Ж., Холов Ё.Д., Файзиева Ф.А. Соя усимлигининг географик таркалиши ва экологик хусусиятлари. Биология ва тиббиёт муаммолари, 288291
8. Б.Н Жураевна. Экологическаяая культура как общечеловеческая ценность Международная научно-практическая конференция профессорско.
9. Н.Ж Бобомуродова. Оптимальный режим питания-важный фактор правильного физического развития детей. Вестник науки и образования, 61-63.
10. Н.Ж Бобомуродова, АБДУЛЛАЕВ КОБИЛЖОН ФАЙЗУЛЛАЕВИЧ. ВКЛАД ВЕЛИКОГО МЫСЛИТЕЛЯ А.Р. БЕРУНИ В ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ. МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ "АНТРОПОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАНИЕ.
11. Н.Ж Бобомуродова. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ НАУКИ ЗАДАЧИ ШКОЛЫ ПО ОХРАНЕ ПРИРОДЫ. Вопросы науки и образования, 18.
12. Asadullayev A.N. The role of physical education and sports professionals in the organization of a healthy lifestyle in society. Journal of Innovations in Pedagogy and Psychology, 3rd special issue. Tashkent-2020. 31-36.
13. Asadullayev A.N., Ochilova N.R., Jabborova O.G. Healthy lifestyle (Healthy lifestyle) Academicia an international multidisciplinary research journal (ISSN:2249-7137, январь 2021, 1835-1841).
14. A. N. Asatullayev O.G. Jabborova EUROPEAN JOURNAL OF LIFE SAFETY AND STABILITY (EJLSS) ISSN 2660-9630 www.ejlss.indexedresearch.org Volume 13, 2022 112-116. http://ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/issue/view/14.
15. A. ASADULLAYEV. Jamiyatda sog'lom turmush tarzini tashkil qilishda jismoniy tarbiya va sport mutaxasislarining o'rni. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 1 (1)
16. А.Н. Асадуллаев. Жамиятда соFлом турмуш тарзини ташкил килишда жисмоний тарбия ва спорт мутахассисларининг урни. Педагогика ва психологияда инновациялар журнали, 3-махсус сон, 31-36 бетлар.
17. Холов Ё.Д. Бухоро вохдсида янгидан узлаштирилган чул кумли кучли шурланган тупрокларда Fузани шурга чидамлилигини урганиш. УзМУ хабарлари, 213-215. 2013.
18. Ё.Д Холов. Технология возделывания хлопчатника в сильнозасоленных лугово-аллювиальных почвах Бухарского оазиса. Узбекистон Республикаси Фанлар Академияси хабарномаси, 24-26. 2012.
19. Д. Холов. Бухоро вохдсида кадимдан суFориладиган утлоки -аллювиал шурланган тупрокларда Fуза навларини кимматли белгиларининг узгаришини урганиш. Экология хабарномаси, 38-39. 2012.
20. Ф.А. Назарова. ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ЭКОЛОГИЯ ДАРСЛАРИНИ УКДТИШДА ИНТЕРФАОЛ УСЛУБЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. GEOGRAPHY: NATURE AND SOCIETY, 81. 2020
21. Ф.А.Назарова. Здоровый образ жизни - залог здоровья. Талабалар маънавиятини ривожлантиришнинг инновацион механизмларини. 2020
22. Ф.А.Назарова. АНТРОПОГЕННОЕ ВОЗДЕЙСТВИЕ НА БИОСФЕРУ И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 1 «GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020.
23. FA. Nazarova. O'ZBEKISTONNING EKOTURISTIK SALOHIYATI.'Tntegration of tourism, education and economy sectors". 2018
24. Ф.А. Назарова. ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ СРЕДСТВАМИ НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКИ. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-, 127. 2016
25. Ф.А. Назарова, М.И. Мустафаева. Экологический анализ водорослей биопрудов. Учёный XXI века, 24-26
26. A.E Kholliyev, U.T Norboyeva, Y.D Kholov, Z.A Boltayeva. Productivity of cotton varieties in soil salinity and water deficiency. The American Journal of Applied sciences 2 (10), 7-13
27. М.И Мустафаева, Ф.А Файзиева. Сравнение альгофлорыбиопрудов г. Бухары с аналогической флорой прудов Узбекистана. Евразийский Союз Ученых, 81-82
28. F.A Fayziyeva, F.A Nazarova. Bioecology and useful properties of papaya or melon tree. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (3), 1778
29. Л.И Абдульмянова, Ф.А Файзиева, Д.М Рузиева, Т.Г Гулямова. Биологическая активность вторичных метаболитов эндофитных грибов растений рода Vinca. Журнал теоретической и клинической медицины, 39-44.