Научная статья на тему 'ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY ASOSLARI'

ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atmosfera / qonunlar / ma’muriy javobgarlik / jinoiy-huquqiy javobgarlik / xalqaro hujjatlar / protokollar / kelishuvlar. / atmosfera / qonunlar / ma’muriy javobgarlik / jinoiy-huquqiy javobgarlik / xalqaro hujjatlar / protokollar / kelishuvlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muminova M.L..

ushbu maqolada atmosfera havosi tushunchasining yuridik tavsifi, atmosfera havosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy talablari, atmosfera havosini muhofaza qilishga oid xalqaro hujjatlar va milliy qonunchilikga doir ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL BASIS OF ATMOSPHERIC AIR PROTECTION

ushbu maqolada atmosfera havosi tushunchasining yuridik tavsifi, atmosfera havosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy talablari, atmosfera havosini muhofaza qilishga oid xalqaro hujjatlar va milliy qonunchilikga doir ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan.

Текст научной работы на тему «ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY ASOSLARI»

Muminova M.L.

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo 'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti, yurisprudensiya (yer munosabatlari)

yo 'nalishi 2-bosqich talabasi

ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY

ASOSLARI

Annotatsiya: ushbu maqolada atmosfera havosi tushunchasining yuridik tavsifi, atmosfera havosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy talablari, atmosfera havosini muhofaza qilishga oid xalqaro hujjatlar va milliy qonunchilikga doir ma 'lumotlar keltirilib o 'tilgan.

Kalit so 'zlar: atmosfera, qonunlar, ma 'muriy javobgarlik, jinoiy-huquqiy javobgarlik, xalqaro hujjatlar, protokollar, kelishuvlar.

Muminova M.L. second-year student of law (land relations) National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and

Agricultural Mechanization Engineers"

LEGAL BASIS OF ATMOSPHERIC AIR PROTECTION

Annotation. this article provides a legal description of the concept of atmospheric air, environmental and legal requirements for the protection of atmospheric air, international documents and national legislation for the protection of atmospheric air.

Key words: atmosphere, laws, administrative responsibility, criminal-legal responsibility, international documents, protocols, agreements.

Kirish so'z: Hozirgi vaqtga kelib, atmosfera havosi va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha muammolar nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyoda eng global muammolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, uni muhofaza qilish ham dolzarbligicha qolmoqda. Aslida, atmosfera Yer yuzini samodan keladigan meteor jismlardan, quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo'lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Havo qobig'i Yer yuzini shaffof ko'rpa kabi asrab turadi. Umuman olganda, atmosfera havosi - yer sharini o'rab olgan bir necha xil gazlardan iborat bo'lgan havo qatlami, tirik mavjudot hamda boshqa tabiat boyliklarining mutanosibligini ta'minlovchi manba.

Atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan bo'lib, atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy manbai bo'lib "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidaMgi qonun hisoblanadi. Mazkur qonunning 3-moddasiga muvofiq, atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;

• atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta'sir ko'rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;

• davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish

sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish nazarda tutiladi.

Ushbu qonunning 4-moddasiga ko'ra, fuqarolar hayot va sog'lik uchun qulay atmosfera havosiga ega bo'lish, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida o'z vaqtida va ishonchli axborot olish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli ta'sir ko'rsatishi orqali o'zlarining salomatligi hamda mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar.

Atmosfera havosidan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar o'z vaqtida atmosfera havosini muhofaza qilishi va davlat standarti talabi asosida foydalanishlari shart va zarur.

Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli ta'sir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart.

Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni to'plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning 24-moddasiga asosan, barcha korxona, muassasa va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari quyidagilardan iboratdir. Unga ko'ra:

• faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalar chiqarish;

• atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy ta'sirni kamaytirish uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, Shuningdek, ular ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;

• xo'jalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalari barpo etish;

• chiqindilar chiqarishni hamda zararli fizikaviy ta'simi kamaytirish chora-tadbirlarini ko'rish;

• chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli ta'sirining yo'l qo'yiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat o'rnatish, ularning hisobini yuritish va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish;

• energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilg'i -energetika resurslarini tejash, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko'rish;

• meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan kelishilgan holda chora-tadbirlar ko'rish;

• korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta'sir doirasida atrof-muhitga hamda aholi salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatilishini baholash;

• kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar hamda bug lanuvchi birikmalarni saqlash, foydalanish va ulardan bo'shagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;

• chiqindilarni yo'q qilishni ta'minlash hamda ular to'planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish.

Atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof tabiiy muhitning bosha obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.

Mazkur qonunning 25-moddasiga asosan, atmosfera havosiga zararli ta'sir ko'rsatganlik uchun to'lovlar korxona, muassasa va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab quyilgan tartib va miqdorda undirib olinadi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat etish tartibi, O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida" gi qonunining 5-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

Shuningdek, mazkur qonunning 28-moddasiga asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo 'yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.

"Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning 6-moddasiga ko'ra, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha o'zga talablarni belgilaydi.

Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Atrof tabiiy muhit obektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar O'zbekiston Respublikasi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

"Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida" gi 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan qonunning 29-moddasiga asosan, bo'ladilar. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to'grisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar o'rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

O'zbekiston Respublikasi "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida "gi kodeksning 85-moddasiga binoan: Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish; 86-moddasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik; 87-moddasida chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo'lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish; 88-moddasida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun ham javobgarliklar ko'rsatilgan.

Yuqorida ko'rsatilgan talablarni buzganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa -besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Jinoiy huquqiy javobgarlik. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 194-196-moddalarida atmosfera havosini muhofaza qilish bilan bog'liq sodir etilgan jinoiy huquabuzarlik uchun jazo tizimi ko'rsatilgan.

Shu nuqtaii nazardan atmosfera havosining ifloslanishi yer yuzidagi boshqa tabiiy resurslar va tirik organizmlarga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Atmosfera havosining ifloslanishi o'simliklar va qishloq xo'jalik ekinlarini rivojlanishiga va mahsulot sifatiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Aluminiy ishlab chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me' yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor birikmalari qishloq xo'jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta'sir qilayapti. Sanoati rivojlangan shaharlarda o'simliklarning rivojlanishi susayib, ba'zi daraxtlarning yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, qayrag'och daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko'rsa, shahar xiyobonlarida 120-220 yil, serqatnov avtomagistral yo'llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko'rar ekan. Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta'sir etib, ularning tez-tez zaharlanishiga, ba'zan umuman nobud bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida asalarining qirilib ketish xavfi tug'ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida qaysi mintaqaning ob-havosi toza bo'lsa, laylaklar va asalari o'sha yerda bo'ladi! degan g'oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o'ljalar bilan ovqatlanib, bepushtlik dardiga mubtalo bo'lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan.

Atmosfera havosini muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlarining oldini olish maqsadida xalqaro miqyosda quyidagi xalqaro hujjatlar qabul qilingan:

• BMT ning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Konvensiyasi

• Iqlim o'zgarishi haqidagi BMT ning Doiraviy konvensiyasi;

• Monreal protokoli;

• Kioto protokoli;

• Ozon qatlami yemirilishining oldini olish to'g'risidagi konvensiya.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy

konvensiyasi:

Sayyoramizni qutqarishda BMT tizimidagi tashkilotlar eng faolidir. 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi Yer sammitida iqlim o'zgarishiga qarshi kurash yo'lidagi birinchi qadam bo'ldi. Hozirgi vaqtda Konvensiyaga a'zo davlatlarning tarkibi deyarli universaldir - 197 davlat Konvensiyani ratifikatsiya qilgan va uning ishtirokchilari hisoblanadi. Konvensiyaning asosiy maqsadi "iqlim tizimiga xavfli antropogen ta'sir" ning oldini olishdir.

Kioto protokoli:

1995 yilda mamlakatlar iqlim o'zgarishiga global javob choralarini kuchaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladilar. Ikki yil o'tgach, Kioto protokoli qabul qilindi. Ushbu hujjat Protokol ishtirokchilari bo'lgan rivolangan mamlakatlarni issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish majburiyatini oladi. Birinchi majburiyat muddati 2008- yilda boshlangan va 2012- yilda yakunlangan. Ikkinchi davr 2013- yil 1-yanvarda boshlanib va 2020- yilda tugagan. Kioto protokoli ishtirokchisi bo'lgan 192 ta davlat mavjud.

Parij kelishuvi:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 21-sessiyasida iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va barqaror past uglerodli rivojlanishga erishish uchun zarur bo'lgan harakatlarni kuchaytirish bo'yicha muhim kelishuvga erishildi. Parij kelishuvi Konvensiya mandatiga asoslanadi va tarixda birinchi marta barcha xalqlarni iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va yumshatish uchun qatiy qadamlar

qo'yish va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun birlashtiradi. Parij kelishuvining asosiy maqsadi - bu asrda global haroratning o'sishini 2 ° C darajasida ushlab turish va hatto uni 1,5 ° S gacha tushirishga harakat qilish uchun iqlim o'zgarishiga global javobni kuchaytirish.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo'lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida qonunchiligimizda bir qancha qonunlar, qonunosti hujjatlari va qarorlar mavjuddir. Jumladan, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunidir. Undan tashqari xalqaro protokollar va kelishuvlar ham bor, yuqorida aytib o'tilganlarning ba'zilariga bizning vatanimiz

ya'ni O'zbekiston ham a'zo davlatlardan biri hisoblanadi. Biz ya'ni fuqarolarning qonunchilik bilan belgilab qo'yilgan bir qancha huquqlarimiz ham bor. Masalan, hayotimiz va sog'lig'imiz uchun qulay atmosfera havosidan foydalanishimiz, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida tegishli davlat organlaridan o'z vaqtida va ishonchli axborot olishimiz, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta'sir ko'rsatishi tufayli o'z sog'lig'imizga va mol-mulkimizga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o'rni qoplanilishini talab qilishimiz, atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo'yicha jamoatchilik fikrini o'rganishimiz va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish kabi huquqlarga egamiz. Biz, atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishimiz, atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta'sir ko'rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligimiz shart.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023

2. Ekologiya huquqi. To'xtashev H. 2022

3. https://library-tsul.uz/ekologiya-huquqi-2018/

4. https: //kitobxon.com/oz/yozuvchi/salimj on-buriev

5. https://kitoblardunyosi.uz/index.php?route=product/search&tag=Turob %20Tilovov

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.