Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
16902
872
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / ijtimoiy-ekotizm / Orol dengizi / geologiya / qo`riqxonalar / milliy bog’lar / atrof muhitni muhofaza qilish. / ecology / socio-ecology / Aral Sea / geology / nature reserves / national parks / environmental protection.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xoldarov, Xatamjon Mo’Ydinovich

Mazkur maqolada Respublikamizda bugungi kundagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish uchun keng ko’lamda olib borilayotdan ishlar, Orol va orol bo’yi atrof-muhitini muhofaza qilishda hukumatimiz tomonidn olib borilayotgan chora tadbirlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECOLOGICAL PROBLEMS IN THE TERRITORY OF UZBEKISTAN AND ISSUES OF THEIR ELIMINATION

In this article, the current ecological problems in our Republic and the work being carried out to eliminate them were discussed on a large scale. Measures taken by the government to protect the environment of the island and the island are highlighted.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI

BARTARAF ETISH MASALALARI

Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich

xoldorovxatamjon071@gmail.com Islom Karimov nomidagi TDTU Qo'qon filiali

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Respublikamizda bugungi kundagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish uchun keng ko'lamda olib borilayotdan ishlar, Orol va orol bo'yi atrof-muhitini muhofaza qilishda hukumatimiz tomonidn olib borilayotgan chora tadbirlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ekologiya, ijtimoiy-ekotizm, Orol dengizi, geologiya, qo^riqxonalar, milliy bog'lar, atrof muhitni muhofaza qilish.

ABSTRACT

In this article, the current ecological problems in our Republic and the work being carried out to eliminate them were discussed on a large scale. Measures taken by the government to protect the environment of the island and the island are highlighted.

Key words: ecology, socio-ecology, Aral Sea, geology, nature reserves, national parks, environmental protection.

KIRISH

Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. O'tgan asrning oxiriga kelib inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar muvozanatining buzilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat keskin o'zgarishlarga yuz tutdi.

Respublikamiz ekologiyasini muhofaza qilish va uni yaxshilash uchun, ekologik tanazzulning oldini olish, yurtimizning qadimda malum bo'lgan ekologik holatini qayta tiklashimiz, tarixni yaxshilab o'rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak.

Hozirda inson faoliyati tasirida biosferaning o'zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy jarayonlarga ta'siri yoki yomon munosabatda bo'lishi natijasida XX asr o'rtalarida ekologik muammolar ko'payishiga olib ketdi va bu muammolar avj olib ketdi.

Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo'ladi. Chunki yer yuzidagi o'rmonlar qisqarishi, shu bilan birga daraxt va butalarning kesib tashlanishi, yerlar dehqonchilik qilish maqsadida o'zlashtirildi, dorilar bilan o'g'itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiatga zarar yetkazildi. Bundan tashqari

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

tabiatda toshqinlar, o'rmon yog'inlari, chang bo'ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy o'zgarib borishiga va muvozanatining buzilishiga olib keldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda Respublikamiz yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy tasir ko'rsatadi.

Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

- Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan tumanlarda yani Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg'ona-Marg'ilonda, Navoiy va boshqa tumanlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu tumanlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.

- Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.

- Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va minéral o'g'itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.

- O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo'riqxonalar va milliy boglar tarmog'ini kengaytirish.

O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:

Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini kozlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma - xiligini saqlash.

Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog'liq halokatli ekologik -iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash. Orol bo'yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan taminlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo'jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, yani Orol bo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo'nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnologiyalarni yaratish, chang to'plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizining qurishi iqlim o'zgarishiga ham sababchi bo'ldi. Qurg'oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o'rtasidagi haroratning o'zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to'lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.

Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to'lib bormoqda. Orol bo'yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og'irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko'z qorachig'iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g'amxo'rlik qilishimiz lozim.

Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O'zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o'tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko'rsatib o'tildi.

Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonuni aholining iste'mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog'liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko'rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo'lib o'tdi. Ayni chog'da "Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo'q qilish ustidan nazorat qilish to'g'risida"gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o'rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi eshituvi tashkil etildi.

Ko'rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo'lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida yonib yashashni talab etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. 2017—2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni. 21-aprel 2017-yil, Toshkent.

3. Qayumov A.A., Raxmonov R.N., Egamberdieva L.SH., Xamroqulov J.H. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. - T.: "Iqtisodiyot", 2014.

4. Nigmatov A.N. ekologiyaning nazariy asoslari. ekologiya va atrof muhit Muhofazasi ta'lim yo'nalishi va mutaxassisligi uchun o'quv qo'llanma.—mas'ul muharrir b.f.d. A.S. Yuldashev — T., 2013.

5. Ergasheva, Y. A., Vasieva, D. I., & Murtazova, S. B. (2019). Political persecutions and ideological pressure on the creative intellectuals of Uzbekistan in post-war decades. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(2 S10), 374-377.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.