Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYATINING EKOLOGIK HOLATNI O‘RGANISHDA KARTOGRAFIK METODNING AHAMIYATI'

FARG‘ONA VILOYATINING EKOLOGIK HOLATNI O‘RGANISHDA KARTOGRAFIK METODNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
669
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq sho‘rlanishi / GIS / masofadan turib tadqiq qilish / geostatistika / vegetatsiya indeksi / klassifikatsiya / soil salinity / GIS / remote sensing / geostatistics / vegetation index / classification.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sattiyev Yunusbek, Xusanov Dilmurod, Abdumalikov Ulug‘bek

ekologik kartalardan foydalanib yerning sho‘rlanish darajasi, degrodatsiyaga uchrashi antropagen ta’sir natijasida yuzaga keladigan eroziya, botqoqlanish kabi omillar butun jahon arid iqlimli regionlaridagi qishloq xo‘jaligiga xaf soladi. Respublikamizdaya Orol dengizi xavzasi qolaversa boshqa mintaqalarimizdayam yerlarning sho‘rlanish darajasini ortib borishi kuzatilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CARTOGRAPHIC METHOD IN STUDYING THE ECOLOGICAL SITUATION OF FERGANA REGION

The use of satellite images shows that factors such as soil salinization, degradation, erosion and waterlogging caused by anthropogenic impacts threaten agriculture in arid climates around the world. In our country, in the Aral Sea basin, as in other regions, there is an increase in soil salinity

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYATINING EKOLOGIK HOLATNI O‘RGANISHDA KARTOGRAFIK METODNING AHAMIYATI»

FARG'ONA VILOYATINING EKOLOGIK HOLATNI O'RGANISHDA KARTOGRAFIK METODNING AHAMIYATI

Sattiyev Yunusbek Andijon qishloq xo 'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistent

Xusanov Dilmurod Andijon qishloq xo 'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistent

Abdumalikov Ulug'bek Andijon qishloq xo 'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistent

Annatatsiya: ekologik kartalardan foydalanib yerning sho'rlanish darajasi, degrodatsiyaga uchrashi antropagen ta'sir natijasida yuzaga keladigan eroziya, botqoqlanish kabi omillar butun jahon arid iqlimli regionlaridagi qishloq xo'jaligiga xaf soladi. Respublikamizdaya Orol dengizi xavzasi qolaversa boshqa mintaqalarimizdayam yerlarning sho 'rlanish darajasini ortib borishi kuzatilmoqda.

Kalit so'zlar: tuproq sho'rlanishi, GIS, masofadan turib tadqiq qilish, geostatistika,vegetatsiya indeksi, klassifikatsiya.

Abstract: The use of satellite images shows that factors such as soil salinization, degradation, erosion and waterlogging caused by anthropogenic impacts threaten agriculture in arid climates around the world. In our country, in the Aral Sea basin, as in other regions, there is an increase in soil salinity.

Key words: soil salinity, GIS, remote sensing, geostatistics, vegetation index, classification.

KIRISH.

Inson va muhit o'rtasidagi munosabat eng og'ir yechim mushkuli ekologiya, hususan inson faoliyati ta'sirida qurg'oqchilikning kuchayib borayotgani cho'llanish maydonlarining kengayib, ichimlik suvi zaxiralarining kamayib borayotganini tabiiy muhitni ifloslanishi va uning ifloslanish oqibatida aholi kasallanishiga olib borishi suv, havo va tuproqning ifloslanishi va boshqa muammolari hammaga ma'lum. Bunday muammolar dunyoning barcha mamlakatlarida bo'lganidek bizning respublikamizda ham mavjud.

Lekin bu muammolarning ma'lum darajada yechimini topishga harakat qilinmoqda. Bu haqida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Respublikamizdagi ekologik vaziyatni yanada keskinlashuvini oldini olish uchun ko'rilayotgan chora tadbirlar va ularning bajarilishini monitoring qilish yangidan vujudga kelayotgan ekologik vaziyatning yanada yaxshilash uchun

ekologik loyihalashtirish ishlarini olib borishda mamlakatimiz jamoatchiligi ekologik

633

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

muammolami ko'rsatib tushuntirish va targ'ibot qilishda kartografik metoddan foydalanishni ahamiyati katta.

Chunki kartada bo'lib o'tgan, bo'layotgan, bo'lishi mumkin bo'lgan ekologik holatni joyini vaqtini miqdor va sifat ko'rsatkichida ko'rgazmali qilib rang bilan tasvirlab berib unga qarshi kurashish uchun imkoniyat yaratadi.

Ekologik vaziyatni baxolash murakkab masala buning uchun juda ko'p shart sharoitlar omillar, mezonlar, o'rganilishi zarur bo'ladi[6]. "O'zbekiston Respublikasining ekologik kartasi" (masshtabi 1:1000000, 1991 yil)da ekologik vaziyatni baxolash mezonlari A Rafiqov boshchiligida ishlab chiqilgan. Kartada quyidagi ekologik vaziyat darajalari berilgan:

1. qanoatlanarli;

2. o'rtacha qanoatlanarli;

3. o'rtacha;

4. keskin;

5. tang.

1993 yilda "O'zbekiston ekologik kartasi" 1:1000000 masshtabda (A.Rafiqov, T.Mirzaliev va boshqalar muallifligida) 2002 yilda yuqoridagi mualliflar tomonidan "O'zbekiston tabiatini muhofaza qilish" kartalari chop etilib mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni barcha muammolarini yoritib bera olmagan shu bilan birga undagi ma'lumotlar ancha eskirib davr talabiga javob bera olmaydi.

Yuqorida aytib o'tilgan muammolarni hal qilishda Farg'ona viloyatini ekologik kartasini yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masala deb hisoblanib, respublikamizni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga o'z samarasini ko'rsatadi[6].

Ekologik kartada nafaqat viloyat ekologiyasi balki tabiiy resurslarni holati muhofazasi hamda rasional foydalanishi ayrim ko'rsatkichlarini baholash hamda resurslardan oqilona foydalanishning bashorati beriladi[7].

Atrof muhitni muhofaza qilishni jadval shaklidagi ifodasi atrof muhitni muhofazasi bo'yicha ko'rilayotgan chora tadbirlardan bir necha barobar ortda qolmoqda[7].

Ekologik jarayonlarning sifatli va miqdorli sifati ularning uzviy aloqadorligi dinamikasi joylashtirishni ko'rsatib berish uchun an'anaviy foydalanib kelinadigan kartografik tasvirlash uslublari ishlatiladi, belgilar (masshtabsiz belgilar) chiziqli belgilar, izoliniyalar, sifatli, rang, areallar usuli kartogramma kamdan - kam nuqtalar usuli qo'llaniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD.

NATIJALAR.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan usullardan foydalanib Geografik axborotlar tizimi dasturlarini qo'llab Farg'ona viloyatining ekologik kartasini yaratishda quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi. Farg'ona viloyatining cho'l, adir , tog' va yaylov mintaqalarning turli lanshaftlarda olib boriladigan tabiiy geografik ekologik va geoekologik tadqiqotlar hamda bu tadqiqotlar natijasida hududni ekologik holatni yaxshilash va uning tabiatidan oqilona foydalanish bo'yicha yo'nalishlar chora tadbirlar tizimi hozirgi kunda ishlab chiqarilgan. Havo, suv tuproqni sanoat, transport chiqindilari bilan ifloslanishi, o'simlik va hayvonlarni antropogen omili ta'sirida yo'qotishlarni bundan buyon izchillik bilan kamaytirib borish maqsadida 3-5-10 yilga mo'ljallangan viloyat hokimliklari darajasida reja, dasturlar, maktab, texnikum va oliy o'quv yurti o'quvchilari uchun ko'rgazmali kartalar ishlab chiqish kerak[8].

Modomiki Farg'ona viloyati hududi iqtisodiy nuqtai nazardan qishloq xo'jaligi va sanoatning uzviy rivojlanishi yo'lida taraqqiy etaveradi. Shuning uchun hududni ekologik holatini yuqorida keltirilgan tabiiy geografik va geoekologik qarashlar asosida ya'ni qishloq xo'jaligida o'zlashtirilayotgan adir, tog' oldi hududlarini litologik geomarfologik tuproq sharoitlariga bog'liq holda aholi salomatligiga ta'sirni ko'lamini ortmasligini belgilash lozim.[9] Hudud suvlaridan samarali foydalanish sug'orish texnologiyalarinig zamonaviy uslublarini ishlab chiqish (hudud sharoitiga mos keladigan) tuproq errozziyasining barcha turlarini oldini olishga mumkin qadar ko'proq e'tibor berish va shu bilan birga sanoat, qurilish, transport, kommunal xizmat soxalarida tabiatni muhofaza qilishga katta e'tibor berish, tabiatdan uning boyliklaridan foydalanishning oqilona yo'llarini ishlab chiqish amaliyotga tadbiq qilish va eng asosiysi aholini ekologik ongini, savodxonligini oshirib borishda ekologik kartalarda o'zgarishlar dinamikasini ko'rsatib borish hozirgi zamon talabidir 1-rasm.

1-rasmda. Farg'ona viloyatining ekologik kartasi ko'rsatilgan

XULOSA.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki inson o'z faoliyati davomida tabiatga ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Lekin shu ta'sir doirasini salmog'ini ko'rsatib berishni o'z zimmasiga ekologik kartografiya oladi. Shu bois kartografiya va zamonaviy Geografik axborot tizimlari dasturlari bilan birgalikda real voqealikni ko'rsatib berish yoshlarni ekologik ongini oshirib tabiatga bo'lgan munosabatini o'zgartirish darkor. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES)

1. Abdullay ev O. "Iqtisodiy geografiya va ekologiya" - Namangan 2002y 293 b.

2. Экологический атлас Днепропетровск 1995 26с.

3. Mirzaliyev T. Kartografiya -T.2006 -127 b.

4. Rafiqov A.A.Geografik muammolar. O'quv qo'llanma -T. O'qituvchi 1997. - 111 b.

5. Sultonov M.Q., Safarov E.Yu. O'zbekiston Geografiya jamiyati axboroti 46 jild 2015 yil

6.Saidxodjayeva D. A., Sattiev Yu., Ishonqulov Z. APPLICATION OF MODERN INNOVATIVE TEChNOLOGIES IN THE REGULATION OF WATER CONSUMPTION AND CALCULATION OF SINGLE-WALLED HYDRAULIC STRUCTURES // Актуальные научные исследования в современном мире. -2020. - №. 2-2. - С. 80-85.

7. Abdumalikov U. I., Sattiev Yu. Sh., Xusanov D. D. THE IMPORTANCE OF ORGANIC FERTILIZERS IN INCREASING SOIL PRODUCTIVITY // Актуальные научные исследования в современном мире. - 2020. - №. 10-7. - С. 115-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.