Научная статья на тему 'Mayli-Soy uran koninning oqibatlari va uning Andijon viloyati hududiga bugungi xolat tasirining tasnifi'

Mayli-Soy uran koninning oqibatlari va uning Andijon viloyati hududiga bugungi xolat tasirining tasnifi Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
301
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Andijon viloyati / Farg’ona vodiysi / Mayli-Suu / uran / kon / radiatsion chiqindi / ekologik ifloslanish / zilzila / eroziya / sel / tuproq ko’chishi / yog’ingarchilik / Andijan region / Fergana valley / Mayli-Suu / uranium / mining / radiation waste / environmental pollution / earthquake / erosion / flood / landslide / precipitation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Uktamov Urayimjon Shavkatjon O’g’li

Maqolada Andijon viloyati hududiga havf solayotgan Mayli-Soy uran konining radiatsion chiqindilairni yuzaga keltiruvchi jarayonlar hamda ulargа tasir etuvchi omillar va oldini olish chora-tadbirlarini o’rganish va taxlil qilish haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSEQUENCES OF THE MAYLI-SUU URANIUM DEPOSIT AND ITS CLASSIFICATION OF THE IMPACT ON THE CURRENT SITUATION ON THE TERRITORY OF ANDIJAN REGION

The article discusses and analyzes the processes of radiation emissions from the Mayli-Suu uranium deposit, which pose a threat to the territory of Andijan region, as well as the factors affecting them and preventive measures.

Текст научной работы на тему «Mayli-Soy uran koninning oqibatlari va uning Andijon viloyati hududiga bugungi xolat tasirining tasnifi»

MAYLI-SOY URAN KONINNING OQIBATLARI VA UNING ANDIJON VILOYATI HUDUDIGA BUGUNGI XOLAT TASIRINING TASNIFI

Uktamov Urayimjon Shavkatjon o'g'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

Maqolada Andijon viloyati hududiga havf solayotgan Mayli-Soy uran konining radiatsion chiqindilairni yuzaga keltiruvchi jarayonlar hamda ulargH tasir etuvchi omillar va oldini olish chora-tadbirlarini o'rganish va taxlil qilish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Andijon viloyati, Farg'ona vodiysi, Mayli-Suu, uran, kon, radiatsion chiqindi, ekologik ifloslanish,zilzila, eroziya, sel, tuproq ko'chishi, yog'ingarchilik.

ПОСЛЕДСТВИЯ МАЙЛИ-СУУСКОГО УРАНОВОГО МЕСТОРОЖДЕНИЯ И КЛАССИФИКАЦИЯ ЕГО ВЛИЯНИЯ НА СЛОЖИВШУЮСЯ СИТУАЦИЮ НА ТЕРРИТОРИИ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

В статье рассматриваются и анализируются процессы радиационных выбросов из уранового рудника Майли-Суу, которые представляют угрозу для территории Андижанской области, а также факторы, влияющие на них, и профилактические меры.

Ключевые слова: Андижанская область, Ферганская долина, Майли-Суу, уран, горное дело, радиационные отходы, загрязнение окружающей среды, землетрясение, эрозия, наводнение, оползень, осадки.

CONSEQUENCES OF THE MAYLI-SUU URANIUM DEPOSIT AND ITS CLASSIFICATION OF THE IMPACT ON THE CURRENT SITUATION ON THE TERRITORY OF

ANDIJAN REGION

The article discusses and analyzes the processes of radiation emissions from the Mayli-Suu uranium deposit, which pose a threat to the territory of Andijan region, as well as the factors affecting them and preventive measures.

Keywords: Andijan region, Fergana valley, Mayli-Suu, uranium, mining, radiation waste, environmental pollution, earthquake, erosion, flood, landslide, precipitation.

DOI: 10.24411/2181- 0761/2020-10064

Kirish. Hozirgi kunda tabiatda vujudga keladigan hodisa va jarayonlar va insonlar tomonidan bilib bilmay ochilgan havfli konlar oqibatida keltiriliyotgan zararlari xam katta axamyatga ega. Chunki bunday jarayonlar inson hayoti va faoliyati uchun turli ko'lamdagi xavflarni keltirib chiqaradi. Andijon viloyati hududida ham shunday oqibatlar olib keluvchi jarayonlar va voqea hodisalar keng tarqalgan bo'lib bugingi kunda bu muammoli masalalarni o'rganish muhim hisoblanadi. Shu maqsadda so'ngi 10-20 yil ichida Mayli-Suu uran konining o'zgarishlarini o'rganish, taxlil qilish va baxolashlarni olib borishmumkin bo'ladi.

Ishning maqsad va vazifalari. Andijon viloyati shimolida joylashgan Mayli-Suu uran konining atrof muxit bilan bog'liq xolda vujudga kelgan radiatsion xavfni atroflicha o'rganilgan, vauning atrof muxitga ko'rsatayotgan salbiy oqibatlarini aniqlash va uning oldini olish, shu hududda olib borilgan ishlarni o'rganish. Mazkur tadqiqot bo'yicha olib borilgan ishlarni taxlil qilish va uni o'rganishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim, shu maqsad asosida o'z oldimga quyidagi vazifalarni belgilab oldim:

- Mayli-Suu uran konining xozirgi xolatini aniqlash va atrof muxitga tasirini o'rganish;

- xududdagi radiaktiv va zaxarli chiqindilar saqlash omborlarini qaytadan o'rganib chiqishva ularni salbiy oqibatlarini taxlil qilish;

- Mayli-Suu uran koning Andijon viloyati xududiga tasirini o'rganish orqali ularni oldini olish bo'yicha tadqiqotlar olib boorish;

- radiaktiv chiqindilarning Andijon viloyati hududiga salbiy tasir ko'rsatayotgan omillarni aniqlash va zararlantirish bo'yicha taxlil qilish va samarali taklif ishkab chiqish.

Asosiy qism.Dunyodagi eng iflos shaharlardan biri - Qirg'izistonning Mayli-Suu shahri Markaziy Osiyodagi millionlab odamlar uchun tahdid solmoqda.Buning sababi Sovet Ittifoqidan qolgan uran chiqindilaridir.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha O'zbekiston agentligining ma'lumotlariga ko'rauzoq vaqtdan beri mintaqadagi vaziyat haqida xavotir bildirilmoqda. Hozirgi Mayli-Suuva uning atrofidagi qishloqlar atrofida 23 ta chiqindilar (radiaktiv va zaharli chiqindilarni saqlash uchun omborlar) va 16 ta uran qazib olish joylari mavjud. (AytmatovI.T ). Uch million kubometrdan ortiq radiaktiv jinslar yer ostiga ko'milgan.Tashqi ko'rinishida, bu oddiy tepaliklarga o'xshaudi, ammo dozimetr asbobi yordamida radiatsiya xolatini tekshirilganda, radiatsiya darajasi soatiga 500 mikro -rostgenga yetadi. "1958 yilda yettinchi chiqindi axlatxonasida avariya yuz berdi va barcha materiallar Mayli-Su daryosiga va daryo oqimiga tushdi

Shaharda jiddiy ekologik falokat yuz berishi ehtimolini tabiatning o'zi yaxshi biladi.Shahar atrofidagi tog'yonbag'rida ulkan yer ko'chkisi paydo bo'ldi. O'tgan yillar davomida suv toshqini va kuchli yog'ingarchiliklar paydo bola boshladi.

Mayli- Suu bir paytlar Sobiq Sovet davrining yopiq shaharlaridan biri bo'lgan va "200-sonli pochta qutisi" deb nomlangan. Bevosita Andijon hududi chegarasiga yaqin joylashgan ushbu hudud ikkinchijaxon urishidan keyin qayta o'zlashtirila boshlandi. Bu yerda 1946 yildan 1968 yilgacha mudofaa sanoati va yadro energetikasi uchun uran qazib olindi. Uran chiqindilari shaxtalar yaqinidagi "chiqindilar omborxonalari" da saqlanar edi.Aynan shu chiqindilar Mayli-Su shahrini dunyoning eng ifloslangan 30 shaharlar ro'yxatiga kiritilishiga sabab bo'ldi.

1-rasm: Mayli-Suu uran konining radiaktiv chiqindi omborlari. (Алёшин Г., Торгоев И.А., Лосев В.А.,2000 й)

Ko'p chiqindilar va axlatxonalar xavfli tarzda Mayli-Suu daryosiga yaqin joylashgan. Tabiiy ofatlar, masalan, ko'chki, suv toshqini yoki zilzilalar kabi ob'ektlar chiqindi bilan vayron bo'lishi mumkin, keyin zararli moddalar daryoga tushadi.Natijada 15 million aholisi bo'lgan butun Farg'ona vodiysi daryolar tizimi orqali zararlanish oqibatlariga olib kelishi mumkin.Ushbu hududning o'zi tez-tez suv toshqini va ko'chkilarbolishi bilan xam havfli hisoblanadi. Mayli-Suu yuqori seysmik faollik zonasida joylashgan.Xavflar, shuningdek,

chiqindilarning holatini yaxshilash bo'yicha texnik ishlar uzoq vaqt davomida olib borilmaganligi va ularning holati qoniqarli emasligi sababli ortadi.

2-rasm: Radiaktiv chiqindi omborining ko'rinishi. (Алёшин Г., Торгоев И.А., Лосев В.А. 2000 й)

Katta ko'chkilar xavfi haqiqatligicha qolmoqda va shuning uchun mutaxassislar omborlarni xavfsizroq joyga ko'chirishni tavsiya qilmoqdalar. Chiqindilarni ko'chirish eng qiyin, ammo bu chiqindilar va chiqindilarni qayta tiklash konsepsiyasini ishlab chiqqan xalqaro maslahatchilar tomonidan tavsiya etilgan.(Qirg'iziston Respublikasi Ekologiya vaziri A.Kusherbayev, 2010 y)

Mayli-Suu uran koni Andijon uchun qanday haf solmoqda?

Mayli-Suu uran koni Andijon shahridan 50 km shimolda Mayli-Suu (Mailuu-Su) shahriga yaqin joyda joylashgan. Mayli-Suu uran koni 1932 yildan beri ma'lum bo'lib, u 1945 yildan 1967 yil oxirigacha faol ravishda yer osti konida ishlangan. Kon to'liq ishlangan.Uran minerallashuvi paleogen ohaktosh qatlamlari bilan chegaralangan. Konning ba'zi joylarida ohaktoshlar kuchli suv ostida qolib, tarkibida juda ko'p miqdordagi neft va vodorod sulfidi mavjud.

3-rasm: Mayli-Suu daryosi Bevosita Maylu-Suu daryosi Andijon hududidan oqib o'tib o'z suvini Qoradaryogaquyadi. Agar Mayli-Suu uran konidagi chiqindilar Mayli-Suu daryosiga oqib tushadigon bo'lsa Andijon hududiga xam juda kata radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanishi

mumkin. Buning oqibatida birinchi navbatda suv ifloslanishi va suv orqali insonlar, tuproqlar, o'simlik va hayvonot olami, qishloq xo'jalik ekin maydonlari ekologik xalokatga olib kelishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat ekologik qo'mitasi Mailuu-suvdagi radiaktiv chiqindilar omboridagi vaziyatni nazorat qilmoqda. Namunalar 40 balldan yuqori olinadi

O'zbekiston Davlat ekologiya qo'mitasi Mayli-Suu daryosi atrofidagi radiaktiv chiqindilar ombori atrofidagi vaziyat va uning Farg'ona vodiysidagi ekologik vaziyatga ta'siri haqida rasmiy hisobot berib boradi.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha O'zbekiston agentligining ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi paytda radioaktiv chiqindilarni o'z ichiga olgan bir qator chiqindilar va axlatxonalar haqiqatan ham Qirg'izistonning qo'shni hududida, Mayli-Suu daryosi zonasida joylashgan. 1991 yildan beri ularni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlar tez-tez amalga oshirilib kelinmoqda va balansdan tashqari ma'danlarning alohida axlatlari to'g'ridan-to'g'ri yog'ingarchiliklarga duchor bo'lgan tik tog'lar etagida joylashgan.

"O'zbekiston hududining radiatsiyaviy xavfsizligini ta'minlash uchun ushbu ob'ektlarning mumkin bo'lgan radiaktiv ifloslanish xavfidan va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi profilaktika choralarini ko'rish uchun jalb qilingan vazirlik va idoralar bilan birgalikda doimiy ravishda ifloslantiruvchi moddalar, shu jumladan radiaktiv elementlar va og'ir moddalar mavjudligi uchun suv va pastki cho'kindilarning sifatini nazorat qilib boradi.

Xulosa. Andijon viloyati hududiga havf solayotgan ekologik jarayonlarni aholini ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta'minlash hamda atrof-muhit va aholi salomatligiga ziyon yetkazadigan jarayonlarning oldini olish muammosining murakkablashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bunday muammolarning oldini olish va xavfini bartaraf etish bo'yicha Qirg'iziston Respublikasi Ekologik vazirligi bilan xamkorlikda xavfli jarayonlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlariga asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim masalalardan biri bolib qolmoqda.

ADABIYOTLAR:

1. Урановые хвостохранилища в Центральной Азии: национальные проблемы, региональные последствия, глобальное решение: информационные материалы к Бишкекской региональной конференции, 21 -24 апреля 2009 года. Бишкек. 2009

2. 2.Айтматов И.Т., Торгоев И.А., Алёшин Ю.Г. Геоэкологические проблемы в горнопромышленном комплексе Кыргызстана. Наука и новые технологии. 1997. № 1. -с. 129 - 137.

3. Айтматова Дж.И., Апарин В.Б. Хвостохранилища радиоактивных отходов и их влияние на компоненты окружающей среды на территориях урановых рудников Майлуу-Суу и Чаркесар / / Наука и новые технологии, 2003, №3.-с.71-82

4. 4.Алёшин Г., Торгоев И.А., Лосев В.А. Радиационная экология Майлуу-Суу. Бишкек, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.