Научная статья на тему 'TABIAT BERGAN KASALLIKLARNING DAVOSI TABIATNING O’ZIDA'

TABIAT BERGAN KASALLIKLARNING DAVOSI TABIATNING O’ZIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
601
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tabiat / kasallik / inson / surunkali / davolash / samaradorlik / salomatlik / nature / disease / human / chronic / treatment / effectiveness / health.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Isayeva Saodatoy Yusupjon Qizi

Tabiat va inson bir biriga chambarchas bog’liq. Tabiat-odamning paydo bo’lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman bu dunyo, odam, koinot, mikromakromegadunyolar, jonsiz va jonli borliq. Tabiblar kasalliklarning taxminan 70foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda deb aytishadi. Ona tabiatning ajralmas qismi bo’lgan yo’liqadigan kasalliklarga davo atrofimizni o’rab turgan borliqda mujassam. Faqat uni ilg’ab, anglab o’z o’rnida foydalanish kerak buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim an’analarni davom ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa, dunyo xalqlarining sevimli asariga aylangan ‘’Tib qonunlari’’ atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan ma’lumotlar o’z ahamiyatini zarracha yo’qotmagan aksincha, qadr-qimmati yanada oshgan. Ulardan yanada kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CURE OF DISEASES GIVEN BY NATURE IS IN NATURE

Nature and man are closely related. Nature is an existence that exists both before the appearance of man and with the participation of man. In general, this is the world, man, universe, micro-macromegaworlds, inanimate and animate existence. Doctors say that about 70% of diseases can be treated with herbs and the remaining 30% with mineral stones. The cure for communicable diseases, which are an integral part of mother nature, is embodied in the existence that surrounds us. It is only necessary to understand it and use it in its place. Our great grandfather Abu Ali ibn Sina not only continued the ancient traditions, but also created new methods of treatment and founded the science of medicine. In particular, the information recorded in the rare book "The Laws of Medicine", which has become a favorite work of the peoples of the world, has not lost its importance at all, on the contrary, its value has increased even more. Their wider use is a vital necessity.

Текст научной работы на тему «TABIAT BERGAN KASALLIKLARNING DAVOSI TABIATNING O’ZIDA»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

TABIAT BERGAN KASALLIKLARNING DAVOSI TABIATNING O'ZIDA

Isayeva Saodatoy Yusupjon qizi

Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7194366

Annotatsiya. Tabiat va inson bir biriga chambarchas bog'liq. Tabiat-odamning paydo bo'lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman bu dunyo, odam, koinot, mikromakromegadunyolar, jonsiz va jonli borliq. Tabiblar kasalliklarning taxminan 70foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda deb aytishadi. Ona tabiatning ajralmas qismi bo'lganyo'liqadigan kasalliklarga davo atrofimizni o'rab turgan borliqda mujassam. Faqat uni ilg'ab, anglab o'z o'rnidafoydalanish kerak buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim an'analarni davom ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa, dunyo xalqlarining sevimli asariga aylangan ''Tib qonunlari'' atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan ma'lumotlar o'z ahamiyatini zarracha yo'qotmagan aksincha, qadr-qimmati yanada oshgan. Ulardan yanada kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir.

Kalit so'zi: tabiat, kasallik, inson, surunkali, davolash, samaradorlik, salomatlik. ЛЕКАРСТВО ОТ БОЛЕЗНЕЙ, ДАННОЕ ПРИРОДОЙ, В ПРИРОДЕ Аннотация. Природа и человек тесно связаны. Природа есть существование, существующее как до появления человека, так и при участии человека. В целом это мир, человек, вселенная, микромакромегамиры, неживое и живое существование. Врачи утверждают, что около 70% заболеваний можно лечить травами, а остальные 30% — минеральными камнями. Лекарство от инфекционных болезней, являющихся неотъемлемой частью природы-матушки, воплощено в бытии, которое нас окружает. Нужно только понять это и использовать на своем месте.Наш прадед Абу Али ибн Сина не только продолжил древние традиции, но и создал новые методы лечения и основал науку о медицине. В частности, информация, зафиксированная в раритетной книге «Законы медицины», ставшей любимым произведением народов мира, ничуть не утратила своего значения, наоборот, ее ценность еще более возросла. Их более широкое использование является жизненной необходимостью.

Ключевые слова: природа, болезнь, человек, хронический, лечение, эффективность, здоровье.

THE CURE OF DISEASES GIVEN BY NATURE IS IN NATURE Abstract. Nature and man are closely related. Nature is an existence that exists both before the appearance of man and with the participation of man. In general, this is the world, man, universe, micro-macromegaworlds, inanimate and animate existence. Doctors say that about 70% of diseases can be treated with herbs and the remaining 30% with mineral stones. The cure for communicable diseases, which are an integral part of mother nature, is embodied in the existence that surrounds us. It is only necessary to understand it and use it in its place. Our great grandfather Abu Ali ibn Sina not only continued the ancient traditions, but also created new methods of treatment andfounded the science of medicine. In particular, the information recorded in the rare book "The Laws of Medicine", which has become a favorite work of the peoples of the world, has not lost its importance at all, on the contrary, its value has increased even more. Their wider use is a vital necessity.

Keywords: nature, disease, human, chronic, treatment, effectiveness, health.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Xalq tabobati, uning o'ziga xos an'analari aholi salomatligini ta'minlash tibbiy-sanitar yordam ko'rsatish, xususan surunkali kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik borasida amalda ko'p sinovlardan o'tgan. Yurtimizda xalq tabobati rivojiga yuksak darajada e'tibor qaratilayotganining boisi ham shunda. Har qaysi soha bo'lmasin vaqt o'tishi bilan mustahkam ilmiy asos va zamonaviy ilmga extiyoj sezganidek, xalq tabobati ham sog'liqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, o'zaro uyg'unlashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni hayotning o'zi taqozo qilayotgan edi.

Yurtimizda Respublika xalq tabobati ilmiy- amaliy markazi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilmoqda. O'zbek xalq tabobatining tarixiy an'analari va o'ziga xos merosidan foydalangan holda, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo'yish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar ko'rsatishning samaradorligini tahlil qilish va o'rganish uning asosiy vazifasi etib belgilanmoqda.

Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrimizda tibbiyot rivoji ham tezlashib ketdi. Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolash uchun yagona vosita emas. Bu usulda tayyorlangan dori- darmonlardan ko'ra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar asosida davolashninh foydasi yuqori ekanligi butun dunyoda tan olinmoqda. Aniqrog'i, xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatdan amalda o'zini oqlamoqda. Shu bois unga murojaat qiluvchilar tobora ortib bormoqda.

Bugun yurtimizda xalq tabobatini zamonaviy sog'liqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash borasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar qadim davolash sirlaridan voqif bo'lish, bizga ma'lum bo'lmagan dorivor o'simliklarni aniqlash, ulardan aholi salomatligi yo'lida samarali, ezgu maqsadga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Bugungi kunda dorivor o'simliklarning 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro'yxatga olingan. Jumladan, 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qo'llanilmoqda. Olimlarimiz tomonidan olib borilayotdan izlanishlar dorivor o'simliklar bilan birga, dehqon va bog'bonlarning orzusidagi yangi navlarni yaratishga manba bo'ladigan madaniy o'simliklarning yovvoyi turlari borligidan dalolat bermoqda. Negaki, yurtimiz ko'pgina ekinlarning vatani hisoblanadi.

Masalan, kundalik turmushimizda eng ko'p ishlatiladigan piyozning kelib chiqish vatani tarixi mamlakatimiz hududiga bog'liqligini ko'pchilik bilmasa kerar Bu yerdan keyinchalik qadimgi Misr , Gretsiya, Rim va Yer yuzining boshqa joylariga tarqalgan. Hududimizda piyozning 200 ga yaqin manzarali, xushbo'y, dorivor va ozuqabop navlari o'sadi. Olimlarning xulosalariga ko'ra, yurtimiz aholisi azaldan iste'mol qilib kelayotgan Pskom piyozi madaniy navlarga eng yaqini hisoblanar ekan. Mamlakatimizda sgu singari 70 ga yaqin madaniy o'simliklarning yovvoyi turlari mavjud. Shulardan piyoz, olma, bodom, yong'oq, arpa, xandon pista va boshqa o'simliklar biologiyasi atroflicha o'rganilmoqda. Natijada yong'oq navlari paydo bo'lgan joy O'rta Osiyo, xususan, O'zbekiston ekanligi o'z isbotini topdi.

Bugungi kunda yong'oqlarning yovvoyi turlari Qirg'iziston va Tojikistonda ham uchrasada, ularning eng kata maydonlari O'zbekistonda saqlanib qolgan. Umumiy maydoni 1.5 gektarni tashkil etadi. Tabiiy yong'oq va pistazorlarning asosiy qismi Toshkent viloyati hissasiga to'g'ri keladi.

Shifobaxsh giyohlarning madaniy holda yetishtirilishining afzal jihati shundaki, bu farmatsevtika sanoatiga bir xil yosh va tipdagi xomashyo qabul qilib olish imkoniyatini beradi. Natijada qayta ishlash jarayoni yengillashadi. Shuning uchun o'rmon xo'jaligimizda o'lkamiz

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

tabiatiga xos bo'lgan va chet eldan olib kelingan pol-pala, makkai sano, moychechak, tirnoqgul, eman, jag'-jag' kabi bir qancha o'simliklar madaniylashtirilib, o'stirilmoqda.

O'zbekiston florasida shunday noyob, o'ziga xos bo'y taratuvchi, takrori yo'q o'simliklar borki, ulardan mamlakatimizda brend darajasidagi qimmatbaho atirlar atirlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin.

Yurtimizda dorivor o'simliklar yetishtirish va qayta ishlashni ko'paytirish barobarida, ulardan foydalanish imkoniyatlari ham kengaytirilmoqda. Darhaqiqat, dorivor o'simliklar asosida tayyorlanadigan ichimlik damlamalar ''mayin'' ta'siri, tez va oson tayyorlash imkoniyatlari mavjudligi, alohida murakkab texnologik uskunalar talab etilmasligi, arzonligi, asosiysi samaradorligi yuqoriligi bilan qadrlidir.

Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini ko'zlab ongli ravishda o'zgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning go'zalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ma'muriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.

Hozirgi vaqtda inson yashab, to'xtovsiz munosabatda bo'lib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda ta'sirida, ya'ni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, ko'lami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o''zgarishi, ekzogen jarayonlar ta'siri, organik dunyoning paydo bo'lishi va taraqqiyoti ta'sirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati o'zaro ta'sir etib turuvchi ko'p omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bog'liq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, ya'ni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; o'simliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi tog' jinslari, relyef, tuproqlarga bog'liq. Bu tabiiy omillarning birontasida o'zgarish ro'y bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Ba'zan, tabiatning biror komponentiga ko'rsatilgan arzimagan ta'sir hech kutilmagan katta o'zgarishlarga, xususan, xavfli o'zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday tirik mavjudot o'z atrofini o'rab turgan tabiiy muhit bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi, undan o'ziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga ma'lum darajada o'zgarish kiritadi. Yerning havo qobig'idagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshko'mir, qo'ng'ir ko'mirning hosil bo'lishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natij asidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan o'zaro ta'siri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo bo'lishi, raqib turlar sonining ko'payishi yoki kamayishi va atrof muhitning o'zgarishi natijasida o'zgaradi.

Yerda odamnish paydo bo'lishi organik dunyo bilan tabiiy muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatni tubdan o'zgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan noto'g'ri foydalanish oqibatida ta'sir ko'rsatadi. U o'zining tabiat bilan bo'lgan o'zaro ta'siri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, ko'lam jihatidan g'am ko'payadi. Inson o'zi yashashi va faoliyat ko'rsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sun'iy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari,

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

bog'lar, suv omborlari, yo'llar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham o'zgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga ko'pchilik foydali qazilmalar tobora ko'proq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga ta'siri kuchayishidan, antropogen landshaftlar ko'paymokda. Hayvonot va o'simlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bog'liq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yo'qolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili o'rtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin o'simlik turi yo'qolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yo'qolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilg'i yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral o'g'itlar (yuz million t ga yaqin), og'ir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan ko'p maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xo'jalik, sog'liqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yo'lida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini ko'zlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. O'z taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni o'zgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.

Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda ro'y beradigan jarayonlarning o'zaro bog'likligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga ko'rsatilgan har qanday ta'sirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga ta'sir ko'rsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur bo'lgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar o'zaro bir-birlari bilan bog'langan, o'zaro ta'sir etib, muayyan muvozanatda bo'lib, uyg'unlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element o'zgarsa, butun tabiiy kompleksda o'zgarish ro'y beradi; 2) tabiatda to'xtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati ro'y berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va ko'p yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.

Insonning tabiat bilan o'zaro ta'siri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni o'zgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin ba'zan chuqur o'rganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga ta'sir ko'rsatish tabiatni foydalanib bo'lmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish ko'lami uncha katta bo'lmagani uchun inson faoliyatining tabiatga ta'siri ham kamroq bo'lgan.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

20-asming 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xo'jaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning ko'p qo'llanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha ko'payib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha e'tibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab bo'ldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida o'simlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha e'tibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan o'lka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi o'zgarishlar, dunyoda haroratning ko'tarilib borayotgani, qutbiy va tog' muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ko'rishga majbur etdi. Ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda o'rmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan bo'ldi, daryo va ko'llar suvlari tozalanib, baliqlarni ko'paytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qo'riqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar ko'paytirildi.

Biroq 20-asrning o'rtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'chirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablag' ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro qat'iy hamkorlikning yo'qligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishda yetarlicha samara bermayapti.

Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishni ta'minlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablag' sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirg'in qurollarini ishlab chiqarish, ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirg'in qurollarni ishlashni ta'qiklash, borlarini yo'qotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.

O'zbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xo'jaligi.da monokultura tizimining qo'llanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari ko'p ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan noto'g'ri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy o'zgarishlar ro'y berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida cho'llashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari sho'rligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar ko'paydi. Paxta monokulturasi ta'sirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur bo'lgan ekologik vaziyat yomonlashdi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish to'g'risida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular „Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish to'g'risida" (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari to'g'risida" (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida" (1996-yil 27-dekabr), „O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida" va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

to'g'risida" (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari to'g'risida" (2000-yil 15 dekabr), „O'rmon to'g'risida" (1999-yil 15-aprel), „Chiqindilar to'g'risida" (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida „Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", deb ko'rsatilgan. 55-moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda „Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi" tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat ko'rsatadi). Qo'mita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay bo'lishini ta'minlash, ekologik vaziyatni boshqarish.

O'zbekiston Tabiatni muhofaza qilish sog'asida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit bo'yicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993-yil mart oyida Qozog'istonning Qizilo'rda shahrida O'rta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari bo'yicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qo'mitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sog'lom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.

O'zbekistonda 10 dan ortiq o'rmon xo'jaligi, 9 ta qo'riqxona, 2 milliy bog', bir qancha buyurtma qo'riqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan o'simlik va hayvonlar qo'riklanadi, o'rganiladi va ko'paytiriladi. O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpog'iston jamiyati, O'zbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targ'ib qilmoqda. Aholi o'rtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targ'ib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini ko'tarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya o'quv kurslari o'rta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida o'qitilmoqda.

REFERENCES

1. Inson va tabiat: O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. A. To'xtayev, E. Turdiqulov, M. Rasulov, A. Nig'matov va boshq. — T.: G'. G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2003.-112 b.

2. A. Sattorov. Dard borki, darmon ham bor. 1-3 kitoblar. Adabiyot uchqunlari, T., 2016.

3. Nabiyev M.N., Shalnev V., Ibrohimov A. Shifobaxsh ne'matlar. 2-nashri.-T.: "Mexnat",

1989.

4. http://geografiya.uz/ekologiya/80-tabiat-va-insonning-ozaro-tasiri.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.