Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARINING ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISHINI NAZORAT QILISHDA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME’YORLARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI'

SANOAT KORXONALARINING ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISHINI NAZORAT QILISHDA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME’YORLARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
82
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ifloslantiruvchi moddalarni xatlovdan o‘tkazish / gaz-chang ajratuvchi manba / chiqaruvchi manba / tashkillashtirilgan manba / gaz-chang tozalovchi uskuna / ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilma / ruxsat etilgan chegaraviy ulush. / inventory of pollutants / gas-dust separator source / emission source / organized source / gas-dust cleaning equipment / permissible emission limits / and the proportion of permissible limits.

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Boyirov Zafar Ravshanovich

Maqolada neft va gazni qayta ishlash korxonalarida ruxsat etilgan tashlama me’yorlarini (RETM) ishlab chiqish tartibi, chiqindi gaz ajratuvchi va chiqaruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish, atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli va zaharli gazlarning me’yorlari hamda kamaytirish usullari xususida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF DEVELOPING EMISSION STANDARDS IN CONTROLLING AIR POLLUTION FROM INDUSTRIAL PRODUCTIONS

The article provides information on the procedures for developing norms for maximum allowable emissions (MAE) at oil and gas processing facilities, surveying sources of gas separation and emissions, norms for harmful and toxic gases discharged into the atmosphere, and methods for their reduction.

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARINING ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISHINI NAZORAT QILISHDA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME’YORLARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI»

SANOAT KORXONALARINING ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISHINI NAZORAT QILISHDA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME'YORLARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

ÜM

Boyirov Zafar Ravshanovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida dotsent v. b. E-mail: z. boyirov@mail. ru

Annatatsiya. Maqolada neft va gazni qayta ishlash korxonalarida ruxsat etilgan tashlama me'yorlarini (RETM) ishlab chiqish tartibi, chiqindi gaz ajratuvchi va chiqaruvchi manbalarni xatlovdan o 'tkazish, atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli va zaharli gazlarning me'yorlari hamda kamaytirish usullari xususida bayon etilgan. Kalit so'zlar: ifloslantiruvchi moddalarni xatlovdan o'tkazish, gaz-chang ajratuvchi manba, chiqaruvchi manba, tashkillashtirilgan manba, gaz-chang tozalovchi uskuna, ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilma, ruxsat etilgan chegaraviy ulush.

ВАЖНОСТЬ РАЗРАБОТКИ НОРМ ДОПУСТИМЫХ ВЫБРОСОВ В

КОНТРОЛЕ ЗА ЗАГРЯЗНЕНИЕМ АТМОСФЕРНОГО ВОЗДУХА

ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРОИЗВОДСТВ

Бойиров Зафар Равшанович

Доцент Каршинского инженерно-экономического института. Электронная почта: z. boyirov@mail. ru

Аннотация. В статье приведены сведения о порядке разработки нормативов предельно допустимый выбросов (ПДВ) на предприятиях нефтегазопереработки, обследовании источников разделения отходящих газов и источников выбросов, нормативов вредных и токсичных газов, выбрасываемых в атмосферу, и методах их снижения.

Ключевые слова: инвентаризация загрязняющих веществ, источник газопылеотделителя, источник выбросов, организованный источник, газопылеочистное оборудование, допустимые лимиты выбросов, доля допустимых лимитов.

THE IMPORTANCE OF DEVELOPING EMISSION STANDARDS IN CONTROLLING AIR POLLUTION FROM INDUSTRIAL PRODUCTIONS

doi: https://d0i.0rg/10.5281/zen0d0.10401401_

EKOLOGIYA, MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI ЭКОЛОГИЯ, ОХРАНА ТРУДА И ТЕХНИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ ECOLOGY, LABOR PROTECTION AND TECHNICAL SAFETY

Boyirov Zafar

Associate Professor at Karshi Engineering-Economics Institute. Email: z. boyirov@mail. ru

Abstract. The article provides information on the procedures for developing norms for maximum allowable emissions (MAE) at oil and gas processing facilities, surveying sources of gas separation and emissions, norms for harmful and toxic gases discharged into the atmosphere, and methods for their reduction.

Keywords: inventory of pollutants, gas-dust separator source, emission source, organized source, gas-dust cleaning equipment, permissible emission limits, and the proportion of permissible limits.

Kirish. Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini sanoat korxonalari chiqin-dilaridan ifloslanishidan muhofaza qilish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'-risida"gi qonuniga muvofiq atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo'lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Sanoat korxonalari hududida yoki ularning yaqinida joylashgan aholi punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar kon-sentratsiyasi amaldagi sanitariya me'yorlari, qoidalari va gigienik me'yorlarida belgi-langan miqdorlardan oshmasligini ta'min-lash muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Tadqiqot obyekti neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining atmosfera havosini chiqindi gazlar bilan ifloslan-tirilishini oldini olishning asosiy chora-tadbirlariga qazib olish va qayta ishlashning texnologik jarayonlarida chiqindi hosil qiluvchi manbalarni, chiqindi chiqaruvchi manbalarni va ifloslantiruvchi moddalarni xatlovdan o'tkazish hamda ularning ruxsat etilgan tashlanma me'yorlarini belgilash orqali korxona tomonidan atmosfera iflos-lanishini nazorat qilishga erishish mumkin. Rivojlangan davlatlarda tashkillashtirilgan

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10401401

statsionar manbalardan atmosferaga zaharli gazlar miqdorini nazorat qilish uchun ekologik me'yorlar loyihalari belgilangan va ularni atrof muhitga ta'sirini kamaytirish uchun samaradorligi yuqori bo'lgan gaz-chang tozalovchi uskunalarni o'rnatish, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiya-larini tadbiq etish, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni germetiklash, zararli chiqindilarni yo'q qilish choralarini ishlab chiqilgan.

Sanoat maydoni tashqarisida ifloslan-tiruvchi moddalarning yer usti ulushlarini hisoblash natijalari bo'yicha atrof - muhitga ta'siri qaysi toifaga mansubligidan qat'iy nazar, keyinchalik olingan natijalarni har bir ifloslantiruvchi moddaga o'rnatilgan kvota bilan mosligi aniqlanib, REChCh me'yorlari har bir ifloslantiruvchi modda, har bir aniq chiqarilma manbasi va to'liq korxona uchun o'rnatiladi.

Agar chang va gaz tozalovchi texnik qurilmalar mavjud bo'lsa, REChChni yil davomidagi qiymati ularning yil davomida ishlash davomiyligini inobatga olib hisoblanadi.

Atmosferaning yer yuzasi qatlamida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi maydon xaritasi korxonaning holatiy rejasi bilan biriktirilgan bo'lmog'i, hisoblash turi tugunlarida REChUm.b. hissalarida maksimal

ulushini ifodalovchi raqamlar ko'rsatilgan chiqarilma manbalarni tekshirishlar olib va sanoat chegaralari aniq belgilanadi. boriladi, chang-gaz tozalovchi qurilmalar

Natijalar va muhokama. Atmos- samaradorligi o'rganiladi, ularni tafsiflari

1 - jadval

Chiqindi manbalarini xatlovdan o 'tkazish blankasi, ifloslantiruvchi moddalar ajralib ___ chiqishi manbalari _

Ishlab chiqarish, sex va uchastkaning nomi Ajralib chiqish manbaning nomi Ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomi (bajariladigan operatsiya) Ajralib chiqish manbaning ish vaqti, soat Ifloslan-tiruvchi maxsu-lot nomi Ajralib chiqish: manbadan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddaning miqdori*

sutkada bir yilda o'rtacha mg/kub.m maksimal jami, t/yil

mg/kub.m g/s

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

Sanoat maydoni №1 Bosh tozalash inshootlari, Oltingugurt-sizlantirish ustaxonasi Gazli isitish pechlari Regenerat-siya (3 dona) Tabiiy gazning tarkibidan vodorot sulfidni ajratib tavar gaz maxsuloti olish 24 8760 Uglerod oksidi 208,3494 208,3494 0,4851 15,2982

24 8760 Metan 20,8736 20,8736 0,0486 1,5327

24 8760 Azot oksidi 82,4636 82,4636 0,192 6,0549

24 8760 Azot ikki oksidi 330,1121 330,1121 0,7686 24,2385

24 8760 Oltingugurt ikki oksidi 18,2966 18,2966 0,0426 1,3434

feraga tashlanadigan chiqarilmalarni xatlov (inventarizatsiya) dan o'tkazish korxona hududi bo'yicha harakatdagi va qo'zg'almas ajratuvchi manbalarning joylashishi (tar-qalishi), ifloslantiruvchi moddalar tarkibi va miqdori haqidagi ma'lumotlarni sistema-lashtirish bo'lib, REChCh (ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilma) o'rnatishning birin-chi bosqichi hisoblanadi.

Birinchi bosqichda atmosferani iflos-lantiruvchi manba sifatida barcha ishlab chiqarish jarayonlari to'g'risida malumotlar ya'ni joylashuv joyi, korxonaning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish texnologik sxemalari va jarayonlarining tafsiloti, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdagi balans sxemalari to'planadi (1-jadval).

Chiqarilma manbalari va miqdori, yoqilg'i, xom ashyo va materiallarning yillik sarfi to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi (2-jadval).

Ikkinchi bosqichda ko'z bilan kuzatish va asboblar bilan ajratuvchi hamda doi: https://d0i.0rg/10.5281/zen0d0.10401401

aniqlandi (3-jadval).

Uchinchi bosqichda olingan natijalar tahlil qilinadi va tizimli tartibga keltiriladi, inventarizasiya bo'limlari va raqalari to'l-diriladi.

To'rtinchi bosqichda inventarizasiya natijalarini kelishish va tasdiqlash amalga oshiriladi.

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalar ajralma va chiqarilmalari miqdori hamda tarkibi O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki unga bo'ysinuvchi tarmoqlar tomonidan rahbariy hujjat ko'rinishida ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi bilan keli-shilgan uslublar yoki "O'zbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmos-feraga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilmalari manbalarini ro'yxatga olish (inventarizasiya qilish) va me'yor-

lashtirishni o'tkazish bo'yicha" (O'zbekiston Respublikasi tabiatni muho-faza qilish davlat qo'mitasi raisining 2005 yil 15-dekabrdagi 105-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2006 yil 3-yanvarda 1533-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi) yo'riqnomada keltirilgan uslublarga mos holda, zarurat tug'ilgan hollarda asboblar yordamida o'lchab olingan natijalarga qarab aniqlanadi.

Chang-gazdan tozolovchi (zararsizlam

Ishlab chiqarish jihozlaridan atmos-feraga chiqayotgan ajralmalar va chiqaril-malarni hisoblash ishlab chiqarishda, bo'lin-malarda agregatlarning turli ishlash tartibi, jumladan ko'p bosqichli texnologik jara-yonlarda turli bosqichlarda ishlashidagi farqlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim.

Ajralma va chiqarilmalarning hisoblash uchun, ma'lum hisoblash uslubidan foy-dalanganda, tanlangan solishtirma texno-

2 - jadval

uvchi) qurilma ishining ko 'rsatgichlari

Chiqindi manbalarin ing raqami Chang-gazdan tozalovchi (zararsizlan- tiruvchi) qurilmaning nomi Ular bo'yicha tozalash amalga oshiriladigan ifloslantiruvchi moddalar nomi Modda konsentratsiyasi, mg/kub.m Qurilmalarning FIK, % To'yinganlik koeffitsienti,% Chang-gazdan tozalovchi (zararsizlantiruvchi) qurilmaning holati tasnifi, ta

tozalashga tushishi tozalashda keyin loyihaviy amalda me'yor amalda jami nosozlari samarasiz lari

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12

16 Kislotali gazlarni yondirish pechi Azot ikki oksidi 1871,5451 323,2158 82,73 82,73 100 100 1 Yo'q Yo'q

Uglerod oksidi 1180,9935 203,9576 82,73 82,73 100 100 1 Yo'q Yo'q

Azot oksidi 467,8558 80,7987 82,73 82,73 100 100 1 Yo'q Yo'q

Metan 118,1054 20,3968 82,73 82,73 100 100 1 Yo'q Yo'q

Oltingugurt ikki oksidi 103,6162 17,8945 82,73 82,73 100 100 1 Yo'q Yo'q

3 - jadval

Atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar jami

Ifloslant iruvchi moddala rning nomi Manbadan ajrallb chlquvchl ifloslantiruvch i moddalar miqdori t/yil Shu jumladan Tozalashga qabul qilinganidan Jami atmosferaga chiqariladi t/yil Chiqindilarn ing solishtirma og'irligi t/yil

Tozalanma sdan ajralib chiqadi t/yil Tozalash ga qabul qilinadi t/yil Atmosferaga chiqariladi t/yil Tutib qolinadi va zararsizlantiriladi

Amalda t/yil Utillashtiri ladi t/yil

1 2 3 4 5 6 7 8 9

Jami 9053,669 8859,8255 193,8455 33,4771 160,3684 160,3684 8893,3026 1,58940823

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10401401

logik ko'rsatgichlar mazkur korxona (sex, bo'linma) da foydalanilayotgan, aynan shu texnologik jihoz (xomashyo, material)ga mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak.

Agar hisoblash uslubi bir nechta solish-tirma ajratma (chiqarilma) (g/s) qiymatlariga ega bo'lsa, ularning qiymatlari xomashyo, materiallarning vaqt birligi ichidagi (odatda bir soatdan ortiq bo'lmagan) maksimal sarfidan kelib chiqib, jarayonning maksimal unumdorlik paytida hisobga olinadi.

Atmosferaga chiqariladigan qattiq komponentlar va aerozollarni hisoblashda, muallaq moddalarning ajralib chiqishi kuza-tiladigan, umumhavo almashtirish tizimi bilan jihozlanmagan (chiqarilma eshik va derazalar orqali) binoda yoki ajratma man-basi mahalliy so'rish qurilmasi bilan jihozlanmagan (chiqarilma umum havo al-mashishi ventilyasiya tizimi orqali amalga oshirilgan) hollarda, binoning berklilik darajasini hisobga oladigan tuzatish koef-fitsienti qiymatini qabul qilish lozim.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi (ajralma va chiqarilma) manbalarni, shuningdek, chang tozalovchi va gazlarni ushlab qoluvchi qurilmalarni tekshirish, texnologik zanjir bo'yicha ketma - ket, ya'ni, asosiy qurilmalardan boshlanib qo'shimcha qurilmalarda tugatilishi maq-sadga muvofiq bo'ladi.

Chiqariladigan mahsulot nomlari ishlab chiqarish reglamentiga, ajralma manbalari esa, jihozlar, chang - gaz tozalovchi va zararsizlantiruvchi uskunalar spesifika-tsiyasiga, texnologik reglamentlari va pasportlariga mos bo'lishi lozim.

Ifloslantiruvchi moddalarning nomlari, qiymatlari ekologik me'yoriy qiymatlari, REChU (ruxsat etilgan chegaraviy ulush) tasdiqlangan standartlarga to'g'ri kelishi shart. Agar ifloslantiruvchi moddalarning doi: https://d0i.0rg/10.5281/zen0d0.10401401

REChU bo'lmasa, ZTXD (atmosferani iflos-lantiruvchi modda zararliligining taqribiy xavfsizlik darajasi) bo'yicha hisob ishlari olib boriladi.

Tashkil qilingan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilma manbalarining ko'rsat-gichlarini (balandligi, diametri yoki ustki kesim yuzasi) texnologik reglament (chang - gaz tozalovchi uskunalari pasportlari) da ko'rsatilgan qiymatlarga mos kelishi yoki to'g'ridan - to'g'ri o'lchash natijalari qiymatlariga mos kelishi lozim.

Xulosa. Atmosfera havosiga ifloslan-tiruvchi moddalar chiqaruvchi korxona-larning chiqarilmalarini me'yorlashtirishdan maqsad - aholi sog'ligi va ekologik tizim-ning asosiy tashkil etuvchilari uchun havodagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydigan, shuningdek, korxona chegarasi ortida yoki uning sanitary himoyasi zonasida ekologik tizimga ruxsat etiladigan chegaraviy yuk-lamani ta'minlovchi atmosfera havosining sifat kriteriyalarining saqlanishini ta'min-lashdir.

Chiqarilmalarni me'yorlashtirish bo'yicha ish olib borilganida, tabiiy resurs-lardan samarali va kompleks foydalanish va atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilg'or fan va texnika yutuqlarini hisobga olib ularni amaliyotda joriy qilish kerak.

Qo'llanilayotgan texnologiyaning ekologik darajasini xarakterlaydigan, solish-tirma chiqarilmalar ko'rsatgichlari asosida, ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqarilmalarini qisqartirish bo'yicha zamo-noviy texnologiya va texnik vositalarni qo'llash zarur.

Hisob tahlillari asosida, kvotadan ortiq bo'lgan ingridientlar va chiqarilma manbalari uchun chiqarilmalarni kamaytirishga yo'naltirilgan tadbirlar ishlab chiqish kerak.

Bu kabi ekologik tadbirlar sanoat korxo-nalarida ishlab chiqilishi va amaliyotda qo'llanilishi orqali atmosferani turli sanoat

tarmoqlaridan chiqariladigan zararli gaz-lardan muhofaza qilish uchun eng maqbul yechim bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Положение о порядке разработки и согласовании проектов экологических нормативов. Утверждено приказом Кабинета Министров РУз от 21 января 2014 года №14.

2. Atrof - muhitga ta'sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to'g'risida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son qarori, Toshkent 2020.

3. "O'zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to'g'risi"daVazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaror, Toshkent 2021.

4. "O'zbekiston Respublikasi korxonalari uchun ishlab chiqarish manbalarini inventeratrasini o'tkazish va atmosferaga ishlatiladigan moddalarning chiqarilishini tartibga solish bo'yicha yo'riqnomani tasdiqlash to'g'risi"da O'zbekiston respublikasi adliya vazirligida 2006 yil 3 yanvarda ro'yxatga olingan, 1533 - son ro'yxatga olingan.

doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10401401

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.