Научная статья на тему 'Yangi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari'

Yangi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
330
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
umumxalq muhokamasi / umumxalq ovozi / referendum / qonunchilik hujjatlari / Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) / Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akmal Abdulboxi O’g’li Toshpo’latov

2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovozi referendum orqali kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari haqida tadqiqot natijalari, hamda avvalgi O’zbekison Respblikasi Konstitutsiyasida belgilangan huddi shu huquqlarni taqqoslash orqali kelib chiqqan xulosalar, O’zbekiston qonunchiligida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarining mustahkamlanishini, mamlakatimiz qonunchiligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da belgilangan huquq,hamda erkinliklarning mavjudligi, rivojlangan chet davlatlarining qonunchiligi misolida fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini solishtirishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yangi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari»

Yangi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari

Akmal Abdulboxi o'g'li Toshpo'latov [email protected] Toshkent davlat yuridik universiteti

Annotatsiya: 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovozi - referendum orqali kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari haqida tadqiqot natijalari, hamda avvalgi O'zbekison Respblikasi Konstitutsiyasida belgilangan huddi shu huquqlarni taqqoslash orqali kelib chiqqan xulosalar, O'zbekiston qonunchiligida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarining mustahkamlanishini, mamlakatimiz qonunchiligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"da belgilangan huquq,hamda erkinliklarning mavjudligi, rivojlangan chet davlatlarining qonunchiligi misolida fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini solishtirishdan iboratdir.

Kalit so'zlar: umumxalq muhokamasi, umumxalq ovozi, referendum, qonunchilik hujjatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

Socio-economic rights and freedoms of citizens in the new Constitution of the Republic of Uzbekistan

Akmal Abdulbakhi ugli Tashpulatov Tashkent State Law University

Abstract: The results of a study of the economic and social rights of citizens in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, which entered into force on April 30, 2023 through a referendum, as well as conclusions drawn by comparing these rights are presented; and how does the previous version of the Constitution differ from the current one; Strengthening the economic and social rights of citizens in the legislation of Uzbekistan, as well as the presence in the legislation of our country of the rights and freedoms provided for by the UN "Universal Declaration of Human Rights", is a comparison of the economic and social rights of citizens using the example of the legislation of developed foreign countries.

Keywords: public discussion, public voting, referendum, legislative documents, United Nations (UN), Universal Declaration of Human Rights

Kirish

Joriy 2023-yil 30-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi hududida yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini umumxalq ovozi - referendum orqali qabul qilish jarayonlari bo'lib o'tdi. 1-may kuni e'lon qilingan natijalarga qaraganda O'zbekiston aholisining 16 673 189 nafar qismi, yoki 84,54% ovozlari hisoblangan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning kuchga kirishini saylovchilarning 90,21% "Ha", hamda 9,35% "Yo'q" deb ovoz bergan. Yangilanish natijasida, konstitutsiya tarkibidagi moddalar soni 128 tadan 155taga, uning tarkibidagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umumiy xulosaga ko'ra bosh qomus 65 foizga yangilangan. "O'zbekiston Respublikasi referendum to'g'risida"gi qonunga binoan, O'zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o'zgarishlar O'zbekiston xalqi tomonidan ma'qullandi va qabul qilindi.

O'zbekison Respublikasiinson huquqlari bo'yicha markazning rasmiy elektron sahifasida iqtisodiy, ijtimoiy va ma'daniy huquqlar bu inson huquqlarining bir turi bo'lib, ular bizga munosib hayot kechirishni, jamiyat hayotida to'laqonli ishtirok etish uchun zarur shar-sharoitlarni kafolatlaydi, bunda har bir kishi farovonlikka erishishi, o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi hamda baxtli bo'lishi va o'z hayotidan rozi bo'lishini ta'minlashi nazarda tutilganligini aytilgan.[1] Darhaqiqat, ushbu huquqlar har bir inson uchun o'z hayoti davomida barcha huquqlaridan erkin foydalanishini, barcha uchun teng bo'lgan munosib sharoitda yashashini,hamda inson asosiy ehtiyojlarini va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydi.

Iqtisodiy huquqlarga insonlarning mehnat huquqi, majburiy mehnatdan ozod bo'lish huquqi, kasaba uyushmalarini tashkil etish va ularga birlashish, xavfsiz ish muhiti, adolatli ish haqqi olish huquqi va boshqa huquqlar kiradi.

Ijtimoiy huquqlari esa so'g'liqni saqlash, uy-joy, ta'lim olish, ijtimoiy ta'minot olish huquqlari va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Madaniy huquqlarga madaniy va urf-odatlarni himoya qilish, jamiyatning madaniy hayotida ishtirok etish, shuningdek, ilmiy yutuqlardan foydalanish va undan foyda olish huquqlari kiradi.

So'ngi paytlarda insonlarning sog'lom atrof muhitda istiqomat qilish huquqi ham ushbu huquqlar doirasiga kiritilmoqda. Shu sababli, yangi nashrda O'zbekison Respublikasi konstitutsiyasida ushbu huquqlar insonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari sifatida bayon etilgan.[1]

Ushbu iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar ikkinchi avlod huquqlari turlariga mansub. Ushbu huquqlar turli xalqaro va mintaqaviy hujjatlar, hamda turli davlatlarning konstitutsiyalari bilan ham qo'riqlangan. Ushbu huquqlarni amalga oshirish kafolatlari to'liq davlatga bog'liqdir. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarni xalqaro miqyosda kafolatlaydi.

O'zbekiston Respublikasi ham ushbu xalqaro paktga Oliy Majlisning 1995-yil 31-avgust 126-I-sonli "1996-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga qo'shilish haqida"gi qarori asosan qo'shilgan. Darvoqe, ushbu huquqlar yangi tahrirdagi O'zbekison Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi bilan milliy miqyosda himoyalangan.[1]

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar kafolatlangan:

- shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi (41-modda);

- mehnat va dam olish huquqi (42,45-modda);

- ijtimoiy ta'minot olish huquqi (46-modda);

- malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (48-modda);

- ta'lim olish huquqi (50-modda);

- ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi (53-modda);

- iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi huquqi (65-modda); [2]

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi avvalgi tahriridan

qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Yoki, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida fuqarolarning iqtisodiy - ijtimoiy huquqlari, avvalgi tahrirdagi huquqlardan nimasi bilan farqlanadi?

O'zbekison Respublikasi eski nashrdagi konstitutsiyasi 41-moddasida shaxslarning ta'lim olish huquqi ta'kidlanib o'tilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan farqi tomoni esa quyidagilar:

"Bepul umumiy o'rta olish huquqi davlat tomonidan kafolatlanadi" jumlasi yangi tahrirda kengaytirilgan:

"Davlat uzluksiz ta'lim tizimni, uning har xil turlari va shaklilari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shar-sharoitlarni yaratadi.

Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiy."

Yangi tahrirdagi konstitutsiyada davlat o'z zimmasiga mamlakat hududidagi ta'limning har xil turlari va shakillarini, shu jumladan davlat va nodavlat tashkilotlarining rivojlanishini konstitutsion qamrovda bu majburiyatni olmoqda. Shu jumladan, yangi tahrirda davlat o'rta va professional ta'lim olishni kafolatlash bilan bir qatorda dastlabki 11-yillik ta'lim muddatini (o'rta ta'lim) majburiy deb ta'kidlagan.

Oldingi va yangi tahrirdagi ikki konstitutsiyalarning ta'lim olish huquqini beruvchi moddasining farqli jihatlariga keladigan bo'lsak, eski tahrirda shunchaki "Maktab ishlari davlat nazoratidadir" deb aytib o'tilgan. Bundan farqli ravishda joriy

tahrirda esa kengaytirilgan va aniqlashtirilgan tartibda: "Maktabgacha ta'lim tarbiya, umumiy o'rt ta'lim davlat nazoratidadir" deb belgilab qoyilgan.

Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, yangi tahrirda ushbu qism konkretlashtirilgandir, ya'ni "maktab ishlari" o'rniga "maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim" jumlalari qo'llanilgandir.

Katta yangiliklardan biri ta'lim olish huquqini beruvchi yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 50-moddasida o'zidan oldingi ajdodidan farqli o'laroq yangi alohida guruh vakillarining huquqlari inobatga olinganligiga amin bo'lamiz. "Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi" deb ta'kidlangan.

O'zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solinadigan inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilganligi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 20-moddasida yozilib o'tilgan. Ushbu moddada jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etilishi ta'kidlangan

Qo'shimcha ravishda ushbu qonunning 56-moddasida ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta'lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratilishi ham ushbu yangi konstitutsion normalarning yaqqol asosi hisoblanadi. Aynan inklyuziv ta'limni tartibga solish to'g'risida O'zbekison Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ -huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarorida aynan ushbu ta'lim turning maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi, ushbu ta'lim turiga qabul qilish tartibi va albatta ta'lim sifatini nazorat qilish va boshqarish tartiblari yozilgan.

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 51-moddasida "Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli," ya'ni, fuqarolarning Oliy ta'lim muassasalarida davlat byudjetidan ta'lim olishi konstitutsiya darajasigacha belgilandi. Davlat byujetidan universitetlarda ta'lim olish ushbu modda qo'shilmasidan oldin ham mavjud edi, ammo endilikda esa bu Konstitutsiyaga kiritildi. Hattoki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari bo'yicha deklaratsiyasining 26-moddasida har bir insonning ta'lim olish huquqiga egaligi, oliy ta'lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun yetarli imkoniyat doirasida bo'lmog'i kerak deb ta'kidlangan. Davlat budjetidan universitetlarda o'qish avvalambor, qobiliyati yuqori bo'lgan yoshlarni amaliy rag'batlantirish, ularning o'qishga bo'lgan qiziqishlari uchun qo'shimcha motivatsiya bo'lish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ijtimoiy va iqtisodiy tomondan kam ta'minlangan, nogironligi bor shaxslar, xotin-qizlarning o'qib, oliy ma'lumotli bo'lishi

uchun ham yo'naltiriladi. Davlat byudjetidan talabalar universitetlarda tahsil olar ekanmiz, ushbu huquq qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarishini ham aytib o'tish lozimdir. Davlat universitetlarida talabaning mutaxassisligi bo'yicha butun o'quv yili mobaynida davlat hisobidan tahsil olib bo'lganidan so'ng, ularning kelajakda ish bilan ta'minlanishini ham kafolatlaydi.

Yaponiya konstitutsiyasida, misol tariqasida, akademik erkinlikning kafolatlanganligi, 23-moddasida aytilib o'tilgan. Yoki Koreya Respublikasining 31-moddasi 1-qismida Fuqarolar o'zlarining qobiliyatlariga mos ravishda hamma uchun teng bo'lgan ta'lim olish huquqi borligi, 5-qismida esa davlat uzluksiz ta'lim olishni qo'llab-quvatlashi aytib o'tilgan.

Eski konstitutsiya tarkibida mavjud bo'lmagan, hamda yangi tahrirning o'ziga xos bo'lgan mutlaqo yangi normasi bu - o'qituvchilar to'g'risida alohida Konstitutsiya darajasidagi moddaning qo'shilishi bo'ldi. 52-moddada davlat o'qituvchilarning mehnatini jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda yuksaltirishning asosi sifatida e'tirof etildi. Davlat esa o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilishi mustahkamlanib qo'yilgan.

Qonun chiqaruvchi organlar shu yo'sinda o'qituvchilarning davlat miqyosidagi tutgan o'rinining naqadar kuchliligini keltirib o'tgan. Yoxud ustozlar huquq sohasi vakili bo 'Imagan, ammo oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitutsiyada nomi keltirilgan o'qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi- huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari). [3]

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 13-moddasida ushbu paktga a'zo davlatlar har bir kishining ta'lim olish huquqini e'tirof etishini ta'kidlagan. Hamda ushbu paktda boshlang'ich ta'limning hamma uchun majburiy va tekin bo'lishi kerakligi, o'rta ta'limning barcha shaklilari, jumladan hunar-texnika o'rta ta'limni ochiq bo'lishi, har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur choralarni ko'rishi, xususan asta-sekin bepul ta'lim olishni joriy etish yo'li bilan oliy ta'lim olishni hamma uchun imkon yetadigan darajada bo'lishiga erishishi kerakligini aytib o'tgan. [4]

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha umumjahon deklaratsiyaning 26-moddasi 1-qismida har bir inson ta'lim olish huquqiga egaligi, hamda ta'lim olishda hech bo'lmaganda boshlang'ich va umumiy ta'lim tekin bo'lishi lozimligi aytilgan. Hamda boshlang'ich ta'limning majburiy bo'lishi, texnik va hunar ta'limni hammaning qurbi yetadigan, oliy ta'limni esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun yetarli imkoniyat doirasida bo'lish kerakligi aytilgandir. [5]

Yuqoridagi manbalardan ko'rinib turibdiki, shaxslarning ta'lim olish huquqi davlatning konstitutsiya va qonunlarida yozilib, himoya qilinishi bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida ham ushbu huquq himoyalangan.

Eski tahrirdan farqli o'laroq joriy konstitutsiyada mavjud bo'lgan yana bir norma, ya'ni ekologiya bilan bog'liq bo'lgan norma to'ldirildi. Ushbu 49-moddada har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega ekanligi, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi aytilib o'tilgandir.

Ushbu modda 2-qismiga muvofiq davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shar-sharoitlar yaratilishi aytilib o'tilganligining bir necha sababi mavjud. Bu o'z o'rnida aholi yashaydigan punktining bosh rejalarini xalq muhokamasiga qo'yilishi, o'zi istiqomat qiladigan aholi shahar yo qishlog'ining bosh rejalarini tasdiqlanishida ishtirok etishi hududlarda ortiqcha xarajatlarning oldini olishini, hamda noqonuniy qurilmalarning qurilishini yoki noqonuniy ravishda yerlarni o'zlashtirishlar holatlarini keskin kamayishiga xizmat qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi raisi Vahobjon Murodqobilov: "Bu o'z navbatida har bir fuqaroga o'zi yashaydigan aholi punktida kelajakda qanday inshootlar, infratuzilma obyektlari, ijtimoiy va boshqa xalq uchun xizmat qiladigan obyektlar qurilishiga o'zining fikrini berishi, qolaversa shu obyektlarning qurilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish imkoniyatlarini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida muayyan hududdagi ijtimoiy va boshqa masalalarni yechishda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlaydi, atrof-muhit muhofazasini amalga oshirishga, bosh rejalarni ishlab chiqilishi puxta hamda ortiqcha xarajatlarsiz amalga oshirilishiga shuningdek, noqonuniy yerlarni o'zlashtirish va noqonuniy qurilmalar qurishni oldini olishga zamin yaratadi." deb aytib otdi.[6]

Chunki hozirgi kunda aholi tomonidan shahar markazlaridagi qurilishlar bo'yicha ko'plab e'tirozlar bildirilishi, hamda shaharsozlikka oid muammolar ushbu yangi konstitutsion norma bilan yechilishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlarini jamoatchilik muhokamasidan majburiy tarzda o'tkazilishi sharti orqali hozirgi kunda dolzarb masalaga aylangan shaharsozlikka oid masalalarga yechim topishimiz mumkin.

Bu kabi ekologik huquq normasini Fransiya konstitutsiyasida ham uchratishimiz mumkindir. Ushbu davlat konstitutsiyasida har bir insonning muvozanatli muhitda yashash huquqiga egaligi, atrof-muhitni asrash va avaylash kabi majburiyatlarining borligi O'zbekison Respublikasi yangi tahriridagi bu yangi konstitutsion norma bilan o'xshashdir. [7]

Yangi tahrirdagi konstitutsiyada mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning huquqlari yanada mustahkamlandi. 42-moddaga asosan har kim kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga to'liq javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnat uchun hech qanday kamsitilishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdordan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan. Ushbu norma eski tahrirdagi "ajdodi" dan xodimlarning huquqlarining konkretlashtirilganligi bilan farq qiladi. Eski tahrirda ushbu modda quyidagicha yoritilgan: "Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega". Ko'rinib turibdiki, joriy tahrirdagi konstitutsion normada O'zbekiston Respublikasi21-moddasida nazarda tutilgan xodimning xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega bo'lish huquqlari, yoki mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonlari ham belgilanib o'tilgan.

Yoki ushbu moddaning 2-qismiga oid mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zaruriyati hisobga olingan holda belgilanishi zarurligi ham konstitutsiyaning inson, xodim huquqlarini o'ylagan holda yozilganligini ko'rishimiz mumkindir. Bu kabi normalar eski tahrirdagi konstitutsiyada belgilanmagan bo'lsada ushbu normalar mavjud bo'lmagan, yoki amaliyotda ishlamagan deyishimiz xato hisoblanadi.

Qo'shimcha tarzda moddaning 3-qismida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqqini kamaytirish taqiqlanishi ham O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalari bilan ham himoyalanadi. Mehnat kodeksi 119-moddasiga asosan homiladorlik yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik ishga qabul qilishning qonunga xilof ravishda rad etilgan hisoblanadi [8]. Bu bilan davlat jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblangan ayollarning mehnat munosabatlaridagi huquqlarining cheklanishi yoki buzilish holatlari oldini olish maqsadini ko'zlagan.

Fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag'allikni qisqartish choralarini ko'rishi davlatning fuqarolarining huquqlarini yanada mustahkamlanishidan dalolat beradi(43-modda). Ushbu huquq Mehnat kodeksining asosiy vazifalariga kiradi(2-modda, 2-qism). Bu bilan davlat fuqarolarning mehnat huquqlarini himoyalash bilan birgalikda ushbu ishsiz fuqarolarga ishlash uchun imkoniyat beradi. Bu imkoniyat berilishi ikkala tomonga ham foydali hisoblanadi. Bir tomondan ishsiz fuqaro ish joyiga ega bo'lishi o'zining moddiy ahvolining o'zgarishiga olib kelsa, boshqa tomondan xodim ishlayotgan davlat korxonasi va davlatning o'zi ham ushbu fuqarodan foyda oladi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda ishsiz va moddiy ahvoli yomon bo'lgan shaxslar tomonidan jinoyatni sodir etishga moyil bo'lar ekan. Demak, ishsizlar va kambag'allarning sonini kamayishi ham davlatga, ham fuqarolarning o'zlariga ham moddiy va ijtimoiy foyda keltirar ekan.

Ham oldingi, ham joriy konstitutsiyada sud hukmi bilan tayinlanadigan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi aytilib o'tilgan(37;44-modda). Yangi tahrir esa farqli o'iaroq bolalar mehnatining bolaning sog'ligiga, xavfsizligiga, axloqiy, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf tug'diruvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllarini taqiqlanishini joriy konstitutsiyaning 44-moddasi 2-qismida ta'kidlab o'tadi. Ya'ni ushbu tahrirda bolalarning mehnat huquqlariga ham alohida e'tibor qaratilganligi bilan farqlanadi. Majburiy mehnatning taqiqlanishi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsiplariga zid keladi [8]. Hattoki, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro paktda ham bolalar va o'smirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan bo'lishi aytilgan. Hamda ularning mehnatini axloq va salomatligi uchun zararli bo'lgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal o'sishi uchun zarar keltirishi mumkin bo'lgan sohalarda qo'llash qonun bilan jazolanishi kerakligi, bundan tashqari, davlat shunday yosh chegarasini belgilab qo'yishi, shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlanishi va qonun bilan jazolanishi lozimligi ta'kidlangan [4].

Yangi qomusda fuqarolarning dam olish huquqi alohida ta'kidlanib o'tilgan. Oldingi tahrirda "Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi." deyilgan bo'lsa, endilikda esa ushbu norma quyidagicha: "Har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomliligi, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi." Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, fuqarolarning dam olish huquqi nafaqat qomusda himoyalangan, balki O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ham mustahkamlangan. "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt" 7-moddasida: "ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay shart-sharoitga ega bo'lgan mehnat qilish huquqini, jumladan dam olish, bo'sh vaqt imkoniyatining bo'lishi va oqilona cheklangan ish vaqti hamda haq to'lanadigan ta'til, shuningdek bayram kunlari uchun haq." [4]. Yoki "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" 24-moddasida ta'kidlanganidek, har bir inson dam olish va bo'sh vaqtga ega bo'lishi, shu jumladan ish kunini oqilona cheklash huquqi va haq to'lanadigan mehnat ta'tili olish huquqiga egadir [5]. Bu kabi umume'tirof etilgan xalqaro normalar endi bizning ham Konstitutsiyamizda o rin egalladi.

Ikki Konstitutsiya o'rtasidagi asosiy o'zgarishlardan biri fuqarolarning malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi haqidagi normasining to'ldirilganligi

hisoblanadi. "Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega" deb oldingi qomusdagi ushbu norma yakunlanadi. Joriy qomusda esa bu norma kengaytirilib yozilgan, masalan, har kimning sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoki O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordaming kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tatibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi o'zgarishlarning bir qismi. Hattoki, endilikda davlat o'z zimmasiga sog'liqni saqlash, tibbiy sug'urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, jismoniy tarbiya va sportni, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun shar-sharoitlarni yaratib berishi majburiyatini oldi. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" 25-moddasida har bir inson o'zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan turmush darajasiga ega bo'lish huquqiga egaligi himoyalangandir [5]. Hamda Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda ushbu huquqlar himoyalangan (12-moddasi) [4].

Xulosa. Oldingi tahrirdagi Konstitutsiyada insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'daniy huquqlari davlat siyosatida himoyalangandir. Hamda joriy konstitutsiyada ushbu huquqlar to'ldirildi va o'zgartirildi, ekologik huquqlar qo'shildi, mavjud normalar yanada to'ldirildi. Mehnat faoliyatidagi xodimlarning huquqlarini himoya qilishi, yoki ishsizlikdan aholini himoya qilishi, dam olish huquqining kengaytirilishi ushbu yangiliklardan biri bo'ldi. Sog'liqni saqlash to'g'risidagi normaning inson huquqlarini yanada himoyasini kuchaytirishiga qaratilganligi ham alohida e'tiborga sazovordir.

Ekologik huquqlarning himoyasi va qulay atrof-muhitga ega bo'lish huquqining kiritilishi esa O'zbekistonning yanada inson huquqlariga e'tibor berishidan darak beradi.

Shu o'rinda o'qituvchilar haqida norma chiqarilishi, hamda uni Konstitutsiya darajasida himoyalanishi ushbu kasb egalariga berilayotgan e'tiborning bir qismidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.http://insonhuquqlari.uz/oz/menu/ekonomicheskie-sotsialnye-i-kulturnye-prava

2. http://insonhuquqlari.uz/oz/menu/itisodij -izhtimoij -va-madanij -uular

3. https://kun.uz/uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-ozgarish

4. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt

5. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

6. https://xs.uz/uz/post/shaharsozlikda-zhamoatchilik-nazorati-ornatiladi

7. https://www.servat.unibe.ch/icl/fr00000_.html

8. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi

9. Ro'Zimatov, J. J. O. G., & Allanazarov, S. K. O. (2022). FUQAROLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQLARI KONSITITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 424-428.

10. A.R.Mo'minov, M.A.Tillaboyev "Inson huquqlari" Darslik, Adolat, Toshkent

2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.