Научная статья на тему 'FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI'

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1160
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat / jamiyat / konstitutsiya / fuqaro / huquq / burch / majburiyat / harbiy xizmat / muqobil xizmat / soliq / mahalliy yig‘im / tarixiy-madaniy meros / atrof tabiiy muhit / yashil iqtisodiyot. / State / society / constitution / citizen / right / duty / obligation / military service / alternative service / tax / local levy / historical and cultural heritage / natural environment / green economy.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Po‘latov, Jahongirmirzo Mansurbek O‘g‘li

Ushbu maqolada huquq va burchlar tushunchasi, ularning mohiyati va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida bobida fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarining belgilanishi, ularni bajarish bilan bog‘liq holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlariga oid ayrim tushunchalar va ular haqida olimlarning ta’riflari, konstitutsiyaviy burchlarni amalga oshirish borasida davlatimizning boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTITUTIONAL DUTIES OF CITIZENS

This article analyzes the concept of rights and duties, their essence, and the determination of the constitutional duties of citizens in a separate chapter of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the circumstances related to their fulfillment. Also, some concepts of the constitutional duties of citizens and the definitions of scientists about them, comprehensive relations of our state with other countries regarding the implementation of constitutional duties are analyzed

Текст научной работы на тему «FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

_SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7_www.oriens.uz

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI

Po'latov Jahongirmirzo Mansurbek o'g'li

Buxoro Davlat Universiteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada huquq va burchlar tushunchasi, ularning mohiyati va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida bobida fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarining belgilanishi, ularni bajarish bilan bog'liq holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlariga oid ayrim tushunchalar va ular haqida olimlarning ta'riflari, konstitutsiyaviy burchlarni amalga oshirish borasida davlatimizning boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Davlat, jamiyat, konstitutsiya, fuqaro, huquq, burch, majburiyat, harbiy xizmat, muqobil xizmat, soliq, mahalliy yig'im, tarixiy-madaniy meros, atrof tabiiy muhit, yashil iqtisodiyot.

CONSTITUTIONAL DUTIES OF CITIZENS

Pulatov Jakhongirmirza Mansurbek ugli

First year student of Jurisprudence of Bukhara State University

ABSTRACT

This article analyzes the concept of rights and duties, their essence, and the determination of the constitutional duties of citizens in a separate chapter of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the circumstances related to their fulfillment. Also, some concepts of the constitutional duties of citizens and the definitions of scientists about them, comprehensive relations of our state with other countries regarding the implementation of constitutional duties are analyzed.

Key words: State, society, constitution, citizen, right, duty, obligation, military service, alternative service, tax, local levy, historical and cultural heritage, natural environment, green economy.

КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОБЯЗАННОСТИ ГРАЖДАН

Полотов Жахонгирмирзо Мансурбек угли

Студент 1 курса факультет юриспруденции Бухарского Государственного

Университета

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются понятие прав и обязанностей, их сущность, определение конституционных обязанностей граждан в отдельной

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

главе Конституции Республики Узбекистан, а также обстоятельства, связанные с их исполнением. Также анализируются некоторые понятия конституционных обязанностей граждан и определения ученых о них, комплексные отношения нашего государства с другими странами по вопросам реализации конституционных обязанностей.

Ключевые слова: Государство, общество, конституция, гражданин, право, обязанность, обязанность, военная служба, альтернативная служба, налог, местные сборы, историко-культурное наследие, природная среда, зеленая экономика.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquqlari belgilangani kabi ularning burchlari ham belgilangan. Hamma davrlarda ham odamlar huquqlardan foydalanar ekan ular uchun muayyan burchlar ham yuzaga keladi. Huquq bu davlat tomonidan o'rnatilgan, u tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo'lgan xulq-atvor qoidalari tizimi [1]. Ma'lumki, huquq shaxsga tabiat, jamiyat, davlat tomonidan beriladigan o'z harakatining turi va me'yorini tanlab olish imkoniyati bo'lsa, burch jamiyat va davlat tomonidan berilgan va huquqiy normalarda o'z aksini topgan talablarini bajarish zaruratidir. Burch -kishining biror bir shaxs, oila, jamoa, el-yurt, vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha [2]. Bundan tashqari, burchning o'ziga xos jihatlari bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi. Burch, asosan, qoidalardan, axloqiy normalardan kelib chiqadi, majburiyat esa aksar hollarda shartnoma va bitimlardan kelib chiqadi; burch shaxs tug'ilganidan to umrining oxiriga qadar davom etadi, majburiyat esa shartnomaning amal qilish davrigacha bo'ladi; shuningdek, burch davlat va jamiyat tomonidan belgilanib, uning bajarilishini talab etadi. Burch bajarilmaganda huquqiy ta'sir choralari qo'llaniladi[3]. Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham aniqlanadi.

Burch ijtimoiy hayotda muhim zarur kategoriyadir. Ayniqsa, fuqaro va davlat munosabatini to'g'ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta'minlashda burch zarur bo'lib, u davlatda ham, fuqarolarda ham bo'ladi [4].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-bobi [5] 6 moddani o'z ichiga oladi bular 59-64- moddalar bo'lib "Fuqarolarning burchlari" deb nomlanadi. Bundagi burchlar siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy masalalarga taalluqli bajarilishi majburiy xatti-harakatlar hisoblanadi. Konstitutsiyada faqat nimalar burch ekanligi ko'rsatilib, ularni bajarmaslik uchun jazolar ko'rsatilmagan. Chunki O'zbekiston Respublikasi

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Konstitutsiyasining asosiy normalari gipoteza va dispazitsiyadan iborat va sanksiyani nazarda tutmaydi. Belgilangan burchlarni bajarmaganlik uchun jinoyat kodeksi va ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda jazolar belgilangan. Burchlarni bajarmaganlik uchun jazo turlari va miqdori qonunlarda belgilangan doirada sud tomonidan belgilanadi. Burchlarni bajarish barcha uchun majburiydir, ayrim burchlar esa alohida fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni yoki muqobil xizmatni o'tash burchi hammaga ham taalluqli emas. Xuddi shuningdek, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni hech qanday daromadga ega bo'lmaganlar to'lamaydi. Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish va boshqa faoliyatlari bo'yicha ko'plab burchlar belgilangan. Konstitutsiyada esa jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy va eng zarur, qilinishi majburiy yoki qilinishi mumkin bo'lmagan xatti-harakatlar burch sifatida belgilangan. Shuning uchun ular mazmuni, amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtai nazaridan asosiy burchlar, deb ataladi. Fuqarolarning "Konstitutsiyaviy burchi" yoki "asosiy burchi" bir manoda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy burchlarning bajarilishidan jamiyat a'zolari, davlat birdek manfaatdordir. Yana burchlarning ixtiyoriy va to'la bajarilishi jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Vaholanki, konstitutsiyada belgilangan har qanday burch fuqarolar uchun bajarilishi shart hisoblanadi. Xuddi huquqlarsiz burchlar bo'lmagani kabi, burchlarsiz huquqlar ham bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 11-bobi "Fuqarolarning burchlari" 59-moddadan boshlanadi "Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarni bajaradilar", deb belgilangan qoida konstitutasiyaviy burchlarni bajarilishi shart ekanligini ko'rsatib, barcha konstitutsiyaviy buchlarni bajarilishini ta'minlashga qaratilgan umumiy va rahbariy qoida hisoblanadi. Chunki konstitutsiyamizda belgilanganidek, konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil qiladi. Ushbu norma konstitutsiya normalarining bajarilishi majburiy hisoblangani kabi konstitutsiyada belgilangan burchlarning bajarilishi ham majburiyligini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida esa bu burch yanada aniqlashtirilgan va doirasi kengaytirilgan. Unga asosan, "Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar"

Demak, birinchidan, har bir fuqaro, nafaqat, konstitutsiyaga, balki barcha qonunlarga bo'ysunishga majbur. Bu qonuniylik prinspining mazmun va mohiyatiga mos kelib, ana shu prinspning amalga oshishini ta'minlashni nazarda tutadi. Ikkinchidan, har bir kishi - fuqaro boshqa kishilarning huquqlarini, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir, ushbu 60-modda va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

konstitutsiyamizning 5-bobi 21-moddalarida mazmun jihatdan o'xshashliklar mavjud ammo bu o'xshashlik faqat tashqi tomondan, ma'nosi esa boshqa boshqa [6].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida "Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar" degan norma belgilangan va 21-moddada "Inson o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasliklari shart" degan bir biriga o'xshab ketdigan qoidalarni quyidagicha farqlash mumkin. 60-modda konstitutsiya va qonunlarga rioya etishda deyotgan bo'lsa 21-moddada esa insonlar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda deyilgan, 60-moddada hurmat qilish deyilgan bo'lsa, 21-moddada putur yetkazmaslik deyilgan, shuning uchun ham yuqorida bu o'xshashlik faqat tashqi korinishda deb ta'kidlab o'tdik.

Bu konstitutsiyaviy burch fuqarolarga, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga va ajnabiy fuqarolarga ham birdek bajarilishi shart bo'lgan burch hisoblanadi. Chunki O'zbekiston hududida yashayotgan fuqarolardan tortib fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar ham konstitutsiya va qonunlarni ustunligini anglagan holda ularga birdek bo'ysunishi majburiy hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 61-moddasida "Fuqarolar o'zbek xalqining tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab avaylashi shart ekanligi belgilab o'tilgan. Tarixiy, manaviy, madaniy ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan himoya qilinadi".

O'zbekiston xalqining tarixiy yodgorliklari, madaniy va ma'naviy merosi butun xalqining milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomida yaratildi va har birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishimiz lozim. Bu sohada qator qonunlar qabul qilingan bo'lib, shular jumlasiga "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va va ulardan foydalanish to'g'risida"gi qonun ham kiradi.

Tarixiy-madaniy joylar quyidagilarga bo'linadi:

Ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq ko'zga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me'moriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan, ijtimoiy, ma'muriy, diniy, ilmiy, o'quv-ta'lim, istehkom, saroy, turar-joy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati, me'morchilik asarlari bilan bog'liqlikda alohida yoki o'zaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog'-rog' san'ati asarlari (bog'lar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, sayilgohlar);

Diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek, tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bo'lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog'liq bo'lgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek, ko'hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;

Yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bog'liq bo'lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek, memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental san'at asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san'at asarlari, arxiv, qo'lyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qo'lyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega bo'lgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga o'yib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari hisoblanadi.

Madaniy meros obyektlari ikki turga bo'linadi. Bular moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlaridir.

moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;

nomoddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so'z, raqs, musiqa, tomosha san'ati), shuningdek, ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan bog'liq bilimlar, ko'nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar [7].

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Abdullayeva Oydin Utamuradovna "Madaniy merosni asrab-avaylash umumxalq ishi" nomli maqolasida bir qancha ahamiyatli ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Shuningdek, o'z ma'lumotlarida "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunida madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishi qat'iy belgilab

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qo'yilganligini ta'kidlagan. Ushbu qonunda madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ham nazarda tutilgan bo'lib, moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, ta'mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek, ular bilan bog'liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini o'tkazish tartibi aniq va qat'iy belgilab qo'yilgan. Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 8210 ta moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan bo'lib, shundan 4788 tasi arxeologiya, 2265 tasi arxitektura obyektlari, 625 tasi monumental san'at asarlari, 530 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan so'nggi vaqtl arda madaniy meros obyektlariga zarar etkazilgan holatlar yuzasidan o'tkazilayotgan taftish va tergov harakatlaridan ma'lum bo'lishicha, respublika bo'yicha 14 ta moddiy madaniy meros obyektlarini ta'mirlash-tiklash loyiha hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Turizm va mdaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmasdan, jami 12 454,9 mln. so'mlik ta'mirlash-tiklash ishlari bajarilgan. Vaholanki, amaldagi qonunchilikka asosan Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashining ruxsatisiz madaniy meros obyektlarida biron-bir restavratsiya yoki ta'mirlash ishlarini amalga oshirish ta'qiqlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorida madaniyat va san'at muassasalarining to'laqonli faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, obyektlarni saqlash hamda muhofaza qilishdajamoatchilik nazoratini yo'lga qo'yish vazifasi qo'yilgan. Shuningdek, bir qator obidalar qoshida jamoatchilik inspektorini biriktirish vazifasi ham alohida belgilab qo'yilganligini ta'kidlab o'tgan.

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O'zarxiv" agentligi va mahalliy davlat hokimyati organlari tomonidan amalga oshiriladi [8].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar" degan norma belgilab qo'yilgan. Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish "O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunida o'z aksini topgan bo'lib, ular fuqarolar zimmasiga quyidagi burchlarni yuklaydi.

•Tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish;

•Tabiiy boyliklarni asrab avaylash;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

•Tabiiy obyektlari bilan bog'liq bo'lgan madaniy merosini saqlab qolish.

Bugungi kunda inson hayoti uchun tabiatni yo'q qilish, havo, yer va suvni ifloslantirishdek katta xavf-xatar yo'q. Tabiatni qutqarar ekanmiz, biz o'z-o'zimizni halokatdan halos etamiz.

Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va tabiiy muhitni saqlash bo'yicha olib borilayotgan oqilona ishlarga misol sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayevni, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Naxayonning taklifiga binoan Dubay shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Iqlim o'zgarishi bo'yicha" konferensiyasining ( COP 28 ) asosiy yalpi sessiyasida o'z nutqi va takliflari bilan ishtirok etganini keltirish mumkin. Prezidentimiz o'z nutqida quyidagilarni keltirib o'tgan: ''Iqlim muammolari barqaror rivojlanish yo'lida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurdi.Bu xavf-xatarlar hatto dunyo geosiyosiy arxitekturasiga ham ta'sir ko'rsatmoqda.Iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlari Orol fojiasi tufayli Markaziy Osiyoda ayniqsa jiddiy sezilmoqda.Mintaqamizda havo haroratining oshishi jahondagi o'rtacha ko'rsatkichdan ikki baravar ko'pdir. Favqulodda issiq kunlar soni 2 marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi yo'qoldi.Tuproq yemirilishi jarayonlari 30 million aholi turmush tarziga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Kuchli chang va qum bo'ronlari odatiy holga aylandi. Ichimlik suvi taqchilligi, havo ifloslanishi, bioxilma-xillik yo'qolishi, qishloq xo'jaligi hosildorligi pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda.Bu global xavflar keng mintaqamizda xatarli nuqtaga yetib kelmoqda."Yashil" iqtisodiyotga o'tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O'zbekistonning ustuvor strategik vazifasidir.So'nggi yillarda yurtimizda muqobil energiya ulushi ikki baravarga ko'paydi.Biz 2030-yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini barpo etamiz. "Yashil" vodorod ishlab chiqarish bo'yicha ilk amaliy qadamlarni tashladik."Yashil makon" tashabbusi doirasida mamlakatimizda 1 milliard tup ko'chat ekilmoqda.Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda o'rmonlar barpo etdik.Biz Iqlim o'zgarishiga qarshi faqat birdamlik va keng xalqaro hamkorlik orqali samarali kurashishimiz mumkin. Bu borada quyidagi takliflarni ilgari surmoqchiman. Birinchidan, Parij shartnomasi doirasida Iqlim o'zgarishiga moslashish sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq kelishish tarafdorimiz. Biz Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida Adaptatsiya strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz. Kecha "Yo'qotish va zararlar" jamg'armasini tashkil etish bo'yicha qabul qilingan muhim qarorni yuksak baholaymiz. Ikkinchidan, global miqyosda kam uglerodli iqtisodiyotga o'tish adolatli, shaffof va inklyuziv bo'lishi zarur. Bunda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlari albatta inobatga olinishi shart. Bu muammoni "Katta yettilik va yigirmalik" formatlarida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

doimiy ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq. Uchinchidan, biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining rezolyutsiyasi asosida Orolbo'yi hududini ekologik ofat zonasidan "innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar mintaqasi"ga aylantirmoqchimiz. Bu yerda Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini yaratishda yaqin hamkorlikka taklif etaman. To'rtinchidan, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish lozim. Toshkentdagi "Yashil universitet" negizidagi "Iqlim ilmiy forumi"da davlatlaringiz yetakchi olim va ekspertlarini ishtirok etishga chaqiraman. Yer degradatsiyasi, suvdan foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari Forum kun tartibidan joy oladi, deb ishonaman. Beshinchidan, BMT bilan 2024-yili O'zbekistonda "Iqlim migratsiyasi" konferensiyasini o'tkazish niyatidamiz. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan "Yashil bandlik" dastur''ni ishlab chiqish va Modellashtirish markazini tashkil etishni taklif qilaman [8]. Shu va shu kabi chora tadbirlar bugungi kunda atrof muhitni asrab avaylash va biz insoniyat uchun sog'lom yashash muhitini yaratish uchun olib borilayotgani hech kimga sir emas.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida "Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni to'lashi shart degan norma belgilangan. Ushbu norma barcha fuqarolarga soliq va boshqa yig'imlarni o'z vaqtida to'lash majburiyatini yuklaydi.

Soliq va yig'im tushunchalariga soliq kodeksining 16-moddasida [10] ta'rif berilgan. Soliq bu O'zbekiston Respublikasining davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg'armalariga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to'lanadigan majburiy beg'araz to'lov tushuniladi.

Yig'im deganda budjet tizimiga soliq kodeksida yoki boshqa qonunchalik hujjatlarida belgilangan majburiy to'lov tushuniladi, bu yig'imning to'lanishi uni to'lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi hududida soliq kodeksida va nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar amal qiladi. Soliq kodeksining 17-moddasida soliqlarning turlari sifatida quyidagilar belgilab o'tilgan: •Qo'shilgan qiymat solig'i •Aksiz solig'i •Foyda solig'i

•Jismoniy shaxslardan olinadigan daromat solig'i •Yer qaridan foydalanganlik uchuun soliq •Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

•Mol-mulk solig'i •Yer solig'i •Ijtimoiy soliq

O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 149-moddasida belgilanganidek, O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O'zbekiston Respubliaksi Oliy Majlisiga tegishlidir. Shuningdek, ushbu norma konstitutsiyamizning 93-moddasida yanada aniqlashtirilib soliqlarni joriy qilish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolati ekanligi belgilab o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi hududida yig'imlar belgilanishi mumkin. Yig'imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to'lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yig'imning asosiy xususiyati shundaki, uni to'laganlik uchun davlatning qaysidir organlari fuqarolarning manfaatlari uchun harakat qiladi. Yig'imlarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: fuqarolik pasportini olish uchun to'lov, chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranz it uchun yig'im, yuk ko'tarish qiymati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomabil yo'llari bo'ylab harakatlanishi huquqi uchun yig'im hamda alkagol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imlarni keltirish mumkin.

Davlatning eng muhim belgilaridan biri unda soliqlarning joriy qilinganligidir. Bu belgi davlatning soliqlar orqali o'z byudjeti va maqsadli jamg'armalarini shakillantirishini ham anglatadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida soliq tizimining yagonaligi prinspi mavjud. Mamlakatni butun hududida yagona soliq amal qiladi lekin ayrim hududlarda rivojlanish surati va iqtisodi nisbatan pastroq joylarda soliqlar uchun ayrim yengilliklar berilishi, soliqlarning stavkalari pasaytirilishi mumkin. Bu aholining yashash sharoiti va potensialidan kelib chiqib belgilanadi. Boshqa davlatlar bilan taqqoslab qaraydigan bo'lsak, federativ davlatlarda jumladan AQSH da har bir shtatda har xil soliq olinadi va soliqlarning turlari farq qiladi. Lekin ahamiyatli jihati shundaki, oshkoralik prinspiga to'liq amal qilinadi. Masalan, K ismli fuqaro soliq to'lagan bo'lsa o'sha soliqni nimaga sarflanganligi fuqaroning telefoniga sms bo'lib keladi va unda to'lagan soliqni aynan qaysi sohaga ishlatilganligi izohlab beriladi.

Soliq huquqi moliya huquqining instutlaridan biri bo'lib, u soliq to'lovlari joriy etishdir va undirib olish vaqtida yuzaga keladi. Soliq va yig'imlar adolatli bo'lishi xamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilmasligi kerak" ligi belgilangan. Bu nima degani? Bu - soliqlar fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan huquqlari, xususan, saylash va saylanish,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mulkdor bo'lishi va mulk daxlsizligi, uy-joyli bo'lish, mehnat qilish, dam olish, ta'lim olish, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlaridan foydalanishiga to'sqinlik qilmasligi kerak. Chunki davlat konstitutsiyada inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlamoqda. Masalan, oddiy qilib tushuntirganda, agar fuqarolarni soliqdan qarzi bo'lsa yoki uni tol'ay olmasa majburiy undiruv uning mol-mulkiga qaratilmaydi, mol-mulki yoki uy-joyi musodara qilinmaydi. Xorijiy davlatlar tajribasidan misol qiladigan bo'lsak, AQSH ning Kaliforniya shtatida [11] fuqarolarning soliqdan qarzi bo'lib, uni vaqtida to'lay olmasa o'sha shtatdagi saylov jarayonlarida qatnashish va saylash huquqidan mahrum etilar ekan.

Soliq solish nazariyasining asoschisi A.Smit soliqlar tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan. Soliqlar-ularni to'lovchi shaxslar uchun qullik emas balki ozodlik alomatidir [12].

Shu bilan birga qadimgi davrlarda soliq va uning yig'ilishiga nazar soladigan bo'lsak, davlat aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilishi kafolatlangan. Soliq solishda ijtimoiy davlatning belgilari "Temur tuzuklari " da ham yozilgan bo'lib, "Kimki biron sahroni obod qilsa yoki poliz qilsa yoki biron bog' ko'kartirsa yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchiyili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilsin», deb ta 'kidlangan. Soliqlar davlat daromadlari tarkibida eng salmoqli o 'rinni egallaydi. Soliqlar va yig'imlarni joriy etishda yoki ularni oshirishda soliq to'lovchilarning iqtisodiy ahvoli va mulkiy manfaatlari adolatli tarzda e'tiborga olinishi, muhofaza etilishi zarur [13] .

Qo'shimcha sifatida shuni aytish joizki, soliq va yig'imlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki to'lashdan bo'yin tovlash uchun qonunchiligimizda jinoiy va ma'muriy javobgarliklar mavjud. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 174-moddasiga [14] ko'ra soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko'rsatish) yoxud soliqlar va yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin tovlash - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa - o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo'lsa, -fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa - o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Shuningdek, jinoyat kodeksining 184-moddasiga [15] ko'ra, foyda (daromad) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko'rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ro'y bergan bo'lsa - bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorida jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Soliqlar yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash, takroran yoki ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu jinoyatni juda ko'p miqdorda sodir etish bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan burchlaridan yana biri bu harbiy xizmatni o'tash va vatanni himoya qilish majburiyatidir. Ushbu normaga ko'ra, konstitutsiyamizning 64-moddasida belgilanganidek, O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar. O'zbekiston Respublikasini o'zining vatani deb hisoblagan har bir inson uni himoya qilishi nihoyatda zarur va tabiiy talabdir. Mazkur burchning mazmuni:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini himoya qilish;

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini himoya qilish;

Uchinchidan, respublikaning barcha sohalari bo'yicha manfaatlarini himoya qilishni;

To'rtinchidan, O'zbekiston aholisining tinch va osoyishta, xavfsiz va faravon hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, harbiy tadbirlarda faol qatnashish kabi talablarni o'z ichiga oladi [16].

Fuqarolarning bu asosiy burchi boshqa davlatlarning doimiy yoki vaqtincha O'zbekistonda yashab turgan fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan insonlarga taalluqli emas. Chunki ular O'zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga yoki harbiy tayyorgarlikka jalb qilinmaydi.

Harbiy xizmat O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.

Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:

•Muddatli harbiy xizmat;

•Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

•Kontrakt bo'yicha harbiy xizmat;

•O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o'tagan rezervchilar xizmati.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o'n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo'lgan, salomatligiga ko'ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o'tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar [17].

Harbiy xizmatni o'tash har bir O'zbekiston fuqarosining muqaddas burchidir. Bu burchlarning mazmuni "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida" gi, hamda "Muqobil xizmat to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarida aniq belgilangan. Umumiy harbiy xizmatni o'tash burchi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Birinchidan, o'z vatanini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o'tish;

Ikkinchidan, O'zbekiston qurolli kuchlarini harbiy xizmatchilar bilan ta'minlash va harbiy xizmatchilar zahirasini yaratish;

Uchinchidan, fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

To'rtinchidan, chaqiruv uchastkalarida qayd etilish, zahirada xizmat qilish;

Beshinchidan, harbiy xizmatdan o'tish qoidalariga rioya qilish;

Oltinchidan, umumiy harbiy ta'limni olish.

Muqobil xizmat O'zbekiston Respublikasining "Muqobil xizmat to'g'risida" gi Qonuni [18] bilan tartibga solinadi. Muqobil xizmat O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'taydigan davlat xizmatining alohida turidir. Bu xizmat fuqaroning korxonalardagi, muassasalardagi, xalq xo'jaligi tashkilotlaridagi, yuqori malaka talab qilinmaydigan ishlarni yoki o'z malakasiga mos ishlarni, shu jumladan, falokat, fojia, tabiiy ofat va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etishga oid ishlarni bajarish bilan bog'liqdir. Muqobil xizmat fuqarolarni harbiy ishga o'rgatishni hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zahiradagi jangchilar tayyorlashni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan, harbiy hisobda turadigan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo'lgan fuqarolari, basharti ular xizmatga chaqirilayotgan shaxslardan tashqari 16 yoshga to'lmagan to'rt va undan ortiq bolali oiladan bo'lsalar, harbiy xizmatni o'tash davrida nogiron bo'lib qolgan ota-onasi yoki aka-ukalari bo'lsa, diniy e'tiqodi qurol ushlashga yoki Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo'l qo'ymaydigan ro'yxatdan o'tgan diniy tashkilotning a'zosi bo'lsalar muqobil xizmatni o'tash huquqiga ega bo'ladilar. Muqobil xizmatning muddati yigirma to'rt oyni, oliy ma'lumotli fuqarolar uchun esa o'n sakkiz oyni tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muqobil xizmatni o'tash huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning o'zga toifalarini ham belgilashi mumkin. Muqobil xizmatni o'tayotgan shaxslar muqobil xizmat xizmatchilari deb ataladilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, fuqarolarning burchlari konstitutsiya miqyosida belgilanishi uni fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblangan majburiyati ekanligini anglash mumkin. Chunki konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil qiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarini bajaradilar. Burchlarni bajarish barcha fuqarolar uchun majburiy hisoblanmaydi, misol uchun soliqlarni to'lash majburiyati bu mol-mulkka ega fuqarolar uchun va harbiy va muqobil xizmatni o'tash majburiyati faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun taalluqli bo'lib, O'zbekiston hududida yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, xorijiy davlat fuqarolari uchun tegishli emas. Barcha fuqarolar o'zlarining konstitutsiyaviy burchlarini bajarish majburiyati borligini his qilgan holda o'z vaqtida bajarsalar bu nafaqat o'zlari uchun balki davlatimiz uchun ham foydalidir. Chunki soliqlarni o'z vaqtida to'lasalar ushbu mablag'lar orqali davlat ta'lim, ijtimoiy sohani, iqtisodiy soha va boshqalarni rivojlantirish ish haqi, nafaqalarni o'z vaqtida to'lashi mumkin. Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish orqali o'zimiz uchun, yaxshi yashashimiz uchun, qulay va sog'lom muhitni yaratishimiz mumkin. Tarixiy, madaniy, ma'naviy va ilmiy merosimizni asrab avaylash orqali nafaqat ularni balki o'zligimizni asrab qolishimiz va ushbu merosni kelajak avlodga yetkazishimiz mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston davlati va huquqi asoslari: Darslik/Mualliflar guruhi; Huquq va jamiyat nashriyoti; - Toshkent:, 2019 - 192b.

2. B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.Narimonov. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi.// Darslik. - Toshkent: TDYU,2019. - b.

3. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr KoHCTHTyTCHflCHra mapx / A.A.A3H3xy^aeB [Ba 6omK.], Y30eKHCTOH Pecny6^HKacH aggHfl Ba3Hp.mrH, TomKeHT gaB.raT ropHgHK HH-TH. - KaÖTa Hm^aHraH Ba TO^gupu^raH 2-Hamp. - TomKeHT: Y36eKHCTOH, 2013. -5446.

4. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. - Toshkent: Adolat.2013. - 552 b.

5. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ( 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan)

6. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. - Toshkent: Adolat.2013. - 552 b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida" gi O'RQ-269-II-son Qonuni

8. https://parliament.gov.uz/articles/372

9. https://yuz.uz/uz/news/vstuplenie-prezidenta-respubliki-uzbekistan-shavkata-mirziyoeva-na-konferentsii-organizatsii-obedinyonnx-natsiy-po-izmeneniyu-klimata-cop28

10. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019.,

11. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-soliq-va-yigimlar-adolatli-bolishi-konstitutsiyada-huquqiy-mustahkamlanmoqda 465809

12. Davlat va huquq asoslari: O'rta ta'lim muassasalarining 11-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar muassasalari uchun darslik / N.Ismatova, O.Karimova. - Birinchi nashr. -Toshkent.: Yangiyul Poligraph Service, 2018. - 144 b.

13. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-soliq-va-yigimlar-adolatli-bolishi-konstitutsiyada-huquqiy-mustahkamlanmoqda 465809

14. Y3ÔeKHCTOH Pecnyö^HKacn MatMypnö ^aBOÖrap^HK TyFpHCHgarn KogeKCH / KoHyHHH^HK Mat^yMOT^apn mhMHH 6a3acH, 17.09.2021H.,

15. 03/21/716/0877-COH Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacn ^HHOAT KogeKCH / KoHyHHH^HK MaMyMoraapH MH^AHH 6a3acn, 05.10.2021 H., 03/21/719/0929-COH

16. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/vatanni-himoya-qilish-va-harbiy-xizmatni-o-tash-burchlar

17. O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida" gi O'RQ-436-II-son Qonuni

18. O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-martda qabul qilingan "Muqobil xizmatni tashkil etish va O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o'tashi tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi O'RQ-128-son Qonuni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.