Научная статья на тему 'O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi'

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
282
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
antik davr / ijtimoiy pedagogika rivojlanish bosqichlari / g’oya va fikrlar / pedagogik nazariyalar / olimlar qarashlari / Avesto / buyuk allomalar fikrlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigina Bakirova, Malika Maxsudova, S.Xaydarov

Ushbu maqolada O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi»

O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi

Nigina Bakirova Malika Maxsudova Ilmiy rahbar: S.Xaydarov TMC Instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi kiritilgan.

Kalit so'zlar: antik davr, ijtimoiy pedagogika rivojlanish bosqichlari, g'oya va fikrlar, pedagogik nazariyalar, olimlar qarashlari, Avesto, buyuk allomalar fikrlari

Development history of social pedagogy in Uzbekistan

Nigina Bakirova Malika Maksudova Scientific supervisor: S.Khaidarov

TMC Institute

Abstract: This article includes the history of the development of social pedagogy in Uzbekistan.

Keywords: antiquity, stages of development of social pedagogy, ideas and thoughts, pedagogical theories, views of scientists, Avesta, opinions of great scholars

Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi ancha qadimgi vaqtga borib taqaladi, uning qadiymiligi mutafakkirlarning ilmiy qarashlari bilan isbotlangan, ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bir necha bosqichlarga bo'linadi:

Birinchi bosqich- qadimgi davrning XVII asrlarigacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to'planilgan bo'lib, tarbiya tajribalar anglanilgan, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllangan. Bu bosqichda tarbiyani ijtimoiy hodisalar ro'y berilganligi bilan ifodalanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo'lgan.

Birinchi bosqichning shunday davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Chunki ibtidoiy jamoada to'plangan tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g'oyalar mavjud bo'lgan. Insonning hayvonot olamidan ajralishi ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya paydo bo'lgan. Avvaliga tarbiya faoliyati yuzaga kelgan bo'lib, keyinchalik faoliyat turining o'ziga xosligi bilan ifodalangan va shu bilan

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182 522

shug'ullanuvchi tarbiyachilar yuzaga kelib chiqqan. Vaqtlar mobaynida tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko'ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e'tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarda oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma'lumotlarga qaraganda, kasal va yaradorlarga yordam ko'rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to'la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma'lumotlarda paydo bo'lish bilan ham tasdiqlangan. Antik davr ya'ni yunon va rim faylasuflari ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Ayniqsa, Suqrot "O'zingni angla" shiori bilan ong insonning yovuzliklarini yo'qotishini aytib o'tgan. Demokrit o'z faoliyatida bola tarbiyasida uning qiziqish, harakterlarini ham hisobga olish haqidagi tamoyilni asoslagan. Va uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak. Aflotun ilk marotaba davlat va tarbiyaning o'zaro munosabatlar g'oyasini ilgari surgan. Fikrigako'ra tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo'lgan. Arastu faylasuf va qomusiy olim. Tarbiyaning to'liq nazariyasini antik davrda ishlab chiqgan. Inson tarbiyasini davlat emas, insoning manfaatlariga urg'usi bilan Aflotundan farqlanadi. Shaxsning jamoat bilan uyg'unlashish to'g'risidagi g'oya ham unga tegishlidir. Mark Fabiy Kvintilian notiqlik san'atining qadimgi yunon nazariyotchisi, pedagog. Asar ilk pedagogik asar hisoblanib, unda tarbiyaning muhim g'oyalari va metodikalari bilan boyitilgan. Kvintilianning g'oyasi "O'z menini" saqlash, "O'zini boshqarish" kabilarni aytib o'tgan.

Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ikkinchi bosqichi- XVII-XIX asrlar eng ilg'or g'oyalar va ilmiy konseptsiyalarga boy davr hisoblanadi. Demokratik inqiloblar davri hisoblanib, ijtimoiy pedagogik muammolarni pedagoglar, faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar bilan birga davlat va jamiyatda hal qilishga urinish davri hisoblangan. Bu davr XVII-XIX asrlarni tashkil etadi. Aynan shu davrda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo'nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo'ldi. XIX asrda ijtimoiy pedagogikaning yo'nalishlarining eng asosiylari quyidagilarga bo'linadi: 1) Ijtimoiy pedagogikaning fan bo'lishiga, uning nazariy asoslarini ishlab chiqish, 2) Ta'lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. So'z ijtimoiy pedagogik tarbiyaning maqsadi, ta'lim, xarakteriga nisbatan ta'siri haqida ketyapti. 3) Faoliyatni xayriya va o'quv muassasalari tuzilishi. 4) Ijtimoiy pedagogikadagi harakat faoliyati kengayishi, "nochor" bolalardan tashqari yana tanlab olinganlar va boshqa toifadagi katta yoshlilarni ham kiritiladi. Muhumi ijtimoiy pedagogik faoliyat davlat miqiyosiga chiqdi va talablarini qonuniylashtirdi. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratildi. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yonalishlari uning eng asosiy vazifasini-bolalarning xukuklarini ximoya qilishni birlashtirdi.

Uchinchi bosqich esa ijtimoiy pedagogikaning XX asr boshida mustaqil fan sifatida rivojlanish davriga aylandi. Bu davrni oson davr deb aytib bo'lmaydi.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 523 [MJ^^^H

Turli davr olimlari hozirgi paytgacha ijtimoiy pedagogikaning, boshqa pedagoglar fikri bilan solishtiruvi bo'yicha tortishuvlar mavjuda bo'lmoqda. Ko'pchilik davlatlarda "pedagogika" va "ijtimoiy pedagogika" umuman ishlatilmaydi. Misol uchun: AQSHda pedagogika fani o'rniga "ta'lim falsafasi", Belgiyada "ortopedagogika" termini, u pedagogika va maxsus pedagogikaga yaqin. Aynan shu davrda pedagogiya-bolani har tomonlama o'rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Bolani har tomonlama rivojlantirish haqida aynan shu davr pedagogikasi hisoblanadi. Uning asoschilari E. Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham katta rol o'ynaydi. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikdan so'ng o'qitila boshlagan bo'lib, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko'rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy va adabiy manbalarda insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko'ramiz. Yangi manaviy, axloqiy qadriyatlarni VI-VII asrda markaziy Osiyoda Islom dini tarqalishi orqali olib kirdi, jamiyatga katta ta'sir ko'rsatdi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma'naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning ravnaq topishiga, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarga erishishga yordam berdi. Qadimgi ajdodlarimiz tomonidan jamiyat ijtimoiy hayoti haqida afsonalar, rivoyatlar zardush dinining muqaddas kitobi "Avestoga yozigan. Avesto kitobi eramizdan avvalgi I asrda shakllangan bo'lib, VI-VII asrda yaratilgan. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o'z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surgan. Zardushtiylik dini eng qadimgi din hisoblanib, VI-VII asrlarda Markaziy Osiyodagi jahon dinlari orasida hukmronlik qilgan. Bu din insoniyatga katta ta'sir qilib, insonni birinchi o'ringa olib chiqdi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" (olovga sig'inish) o'ziga xos qomusiy kitobidir.

Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik yo'naltirilganligi, ularning hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta'lim maqsadini ochishda o'z ifodasini topgan. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek kabi olimlar o'z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta'lim beruvchi ta'sir kuchlarini o'sib kelayotgan avlodga qaratish g'oyasini surishgan. Bu ta'limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo'lishida deb bilganliklarida namoyon bo'lgan. Al-Xorazmiyning asarlari didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlarga ega bo'lishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishib, jamiyatning faol a'zosiga aylanishini aytgan. Abu Rayxon Beruniy ta'lim faoliyatida foydalaniladigan ilmiy metodlarni ishlab chiqqan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo'naltirilgan bo'lib, axloqni ijtimoiy xususiyatlarini va xissiyotlarni ifodalab bergan. Olimning tarbiya, shaxsning

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 524 [M^^^Hl

shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g'oyalari hozirgi paytgacha muhimligini saqlab qolgan. Abu Ali ibn Sinoning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta'siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san'ati, bolalarni jamoada o'qitish haqidagi g'oyalari muhim hisoblanadi. Ta'lim muammolari bo'yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga xizmat qilishi uchun o'z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta'lim vazifasini ajratib ko'rsatganlar. Ta'limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar: 1) asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi; 2) amaliyotni tajriba bilan bog'lash; 3 )qabul qila olishlik; 4) ko'rgazmalilik. Ibn Sinoning qarashlari bo'yicha, jamoa bo'lib faoliyat yuritish, insonni ijtimoiylashuvini yaxshi shakllantiradi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim: bilim oluvchilar, ustoz va o'quvchi orasidagi tajribalar, manaviy qadriyatlarni tashkillashtirish; musobaqalashuvlikdan foydalanish;

O'quvchida ijtimoiy xususiyatlarni, ya'ni muomala, o'zarot tushunish, yordam berish, do'stonalik xislarini rivojlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.

2. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O'quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o'qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

3. A. A. Axmedov, Ijtimoiy pedagogika, O'quv qo'llanma, Kamolot, Buxoro 2023

4. Khaydarov S, A. (2023). Using technologies in teaching social sciences. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), (pp. 305-309). 11(9).

5. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda o'qituvchi o'zida kompetentlik sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 64-67. https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24652

6. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

7. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

525

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.