Научная статья на тему 'PEDAGOGIKANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI'

PEDAGOGIKANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1990
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / tadqiqot metodlari / maktabshunoslik / siyosatshunoslik / demografiya / paydogogos / didaktika. / pedagogy / research methods / school studies / political science / demography / paydogogos / didactics.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduxalikova, Dilfuza Abdumajidovna

Pedagogika tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Anglaganingizdek, ushbu maqolada pedagogika xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PEDAGOGY IN THE EDUCATION OF YOUTH

Pedagogy is a set of disciplines that study the theoretical and practical aspects of upbringing, education and information. In pedagogical institutes and some other educational institutions, the subject studied on the basis of the specialization program is also called pedagogy. Modern pedagogy involves the educational, cultural, and spiritual-educational upbringing of children as well as adults. As you can see, this article is about pedagogy.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI»

Scientific Journal Impact Factor

О

PEDAGOGIKANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI

!!

Abduxalikova Dilfuza Abdumajidovna

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Jahon tillari va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Pedagogika - tarbiya, ta 'lim hamda ma 'lumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini o 'rganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa o 'quv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida o 'rganiladigan o 'quv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham o 'quv-tarbiyaviy, madaniy hamda ma 'naviy-ma 'rifiy tarbiyasi bilan shugullanishni ko Zda tutadi. Anglaganingizdek, ushbu maqolada pedagogika xususida so Z yuritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogika; tadqiqot metodlari; maktabshunoslik, siyosatshunoslik; demografiya; paydogogos, didaktika.

Педагогика - это совокупность дисциплин, изучающих теоретические и практические аспекты воспитания, обучения и преподавания. В педагогических институтах и некоторых других учебных заведениях предмет, изучаемый по программе специализации, также называется педагогикой. Современная педагогика предполагает образовательное, культурное и духовно-просветительское воспитание как взрослых, так и детей. Как видите, эта статья о педагогике.

Ключевые слова: педагогика; методы исследования; школьное обучение, политология; демография; пайдогого, дидактика.

Pedagogy is a set of disciplines that study the theoretical and practical aspects of upbringing, education and information. In pedagogical institutes and some other educational institutions, the subject studied on the basis of the specialization program is also called pedagogy. Modern pedagogy involves the educational, cultural, and spiritual-educational upbringing of children as well as adults. As you can see, this article is about pedagogy.

Keywords: pedagogy; research methods; school studies, political science; demography; paydogogos, didactics.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Ma'lumki, pedagogika atamasi qadimiy bo'lib, „bola yetaklovchi" degan ma'noni bildiruvchi grekcha „paydogogos" so'zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko'rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o'z xo'jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni o'rgatgan tarbiyachini „pedagog" deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o'qitilgan va pedagoglikni o'ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va o'quv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yo'sinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, o'qitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma'naviy jihatlarini qaror toptirish ko'zda tutiladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ezgulik, go'zallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va ko'nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan bilim, ko' nikma va malakalar yig'indisini o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat o'qitish tushunchasini ifoda etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta'minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma'lumotni olish imkoniga ega bo'ladi. Tarbiyalash va o'qitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxs tarbiyalash va o'qitish orqali o'zida oldin bo'lmagan ma'naviy-intellektual sifatlarga ega bo'ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida pedagogika falsafa,

etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik,

demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy

bog'liq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari,

tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish

usullaridan foydalanadi. Pedagogikada ta'lim va tarbiya jarayonlarining qaysi

jihatlarini o'rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo'limlar mavjud.

O'qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug'ullanadigan sohasi

didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e'tiqod, dunyoqarash,

axloq singari ma'naviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaning tarbiya

714

Scientific Journal Impact Factor

O

nazariyasi va amaliyoti tarmog'i o'z ichiga oladi. Ayrim o'quv fanlarini o'qitish qonuniyatlari va usullarini o'rgatuvchi metodika fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot o'qitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini o'rganish metodikasi, chet el adabiyotini o'rganish metodikasi, xalq og'zaki ijodini o'rganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifasini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar o'sha o'quv predmetini o'qitish tajribasidagi o'ziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir o'ziga xoslikda o'qitishning universal jihatlarini namoyon etadi.

XX asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani pedagogikaning alohida tarmog'i sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va ta'lim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yo'sinda bir-biriga solishtirilgan holda o'rganildi. Pedagogikaning bu tarmog'i ta'lim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiqlarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda hozircha qiyosiy pedagogika alohida fan sifatida shakllanmagan bo'lsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan. Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo bo'la boshlashi bilan pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Ta'lim va tarbiyaga doir qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon bo'ldi. Yozuv paydo bo'lishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga ko'chiriladigan bo'ldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning ta'lim-tarbiya borasidagi fikrlari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish istagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va O'rta Osiyodagi turli madaniy-ma'rifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina bo'lib qolmay, o'z davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo bo'lgan pedagogik qarashlar ko'proq amaliy xususiyatga ega bo'lsada, keyinchalik pedagogikaning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo'shdi. Pedagogika insoniyatning axloq-odobi va ma'naviyatigagina emas, balki aqliy rivojiga ham hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda ro'y berdi. Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qoloqligiga ham

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ko'pincha o'sha mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab bo'lgan. Xususan, Sharq xalqlari o'z vaqtida eng qadimiy va ilg'or pedagogik qarashlar tizimini yaratgan bo'lishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar.

O'zbek pedagogikasi juda qadimiy tarixga ega bo'lib, uning dastlabki ildizlari Avesto,, Urxun-Yenisey bitiklariga, Selung'ur madaniyatiga borib taqaladi. Avestodagi ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal haqidagi, kishilarga ko'ngil ma'rifati berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi bo'lib, yetuk insonni shakllantirishga yo'naltirilgan. Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf ta'limoti hal qiluvchi o'rin tutadi. Chunki Qur'oni karim, Hadisi sharif va tasavvuf ta'limotining markazida axloq, komil inson ma'naviyatini shakllantirish turardi. Komil inson ta'lim-tarbiya yordamida, ya'ni pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsafiy qarashlaridan o'rin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq G'ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson o'zbek pedagogikasining markazida turardi. XVII asrdan boshlab, milliy pedagogikada ta'lim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga e'tibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy zamindan uzilish sodir bo'ldi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. Pedagogikadagi biqiqlik, biryoqlamalik kishilar ruhiyatiga ko'chdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga o'tdi. Butun bir davlat xonliklarga bo'linib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda o'zaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning ma'naviy o'rnaklari puxta tayin etilmagan edi.

XULOSA

O'zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida milliy ong mafkuraviy qolipdan qutuldi. Bu hol pedagogikaning sog'lom aql, milliy ruhiyat va an'analarga mone tarzda yo'lga qo'yilishiga imkon yaratdi. Bugungi o'zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so'nggi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o'zbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu pedagogika ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini ko'zda tutadi. Bolalar, yoshlar

pedagogik jarayonning obyektigina emas, balki subyekti, ya'ni ijrochisi ham

716

Scientific Journal Impact Factor

ekanligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar ta'lim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fikrlashlarini ta'minlash, ularda tarbiyalanish va o'qishga ehtiyoj uyg'otishga yo'naltirilgan holda tashkil etilmoqda. Bugungi o'zbek pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yig'indisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy pedagogikada faqat bilimli o'quvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy e'tibor berilmoqda.

REFERENCES

1. Asqarova O'. M., Hayitboyev M., Nishonov M. S. Pedagogika. Toshkent. 2008.

2. Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent. 2010.

3. Hasanboyev J., To'raqulov X. A., Asqarov I. Sh. Pedagogika. Toshkent. 2016.

4. Mavlonova R., Matnazarova K. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent. 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.