Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari'

Maktabgacha ta’limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
567
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
professional / ta’lim-tarbiya / bilim / jamiyat / odob / etika / bola rivojlanishi / bog’cha / bog’bon qizlar / muassasa / mexribonlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shahnoza Shokirjonovna Odilova

Quyudagi taqdim etilayotgan maqolamizda bugungi rivojlangan jamiyatimizda amalga oshiriladigan isloxotlarning eng dolzarb bo’g’ini bu maktabgacha ta’lim tizimi hisoblanib isloxotlarni eng quyi pag’onasidan amalga oshrilayotgan isloxotlar. Bu kabi isloxotlarni amlaga oshirish jarayonlarini ijtimoiy jamiyatga tadbiq etishimzda biz maktabgacha ta’lim tizimida faoliyta yuritayotgan tarbiyachi pedagoglarni faoliyatlarida ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari»

Maktabgacha ta'limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari

Shahnoza Shokirjonovna Odilova

KIUT

Annotatsiya: Quyudagi taqdim etilayotgan maqolamizda bugungi rivojlangan jamiyatimizda amalga oshiriladigan isloxotlarning eng dolzarb bo'g'ini bu maktabgacha ta'lim tizimi hisoblanib isloxotlarni eng quyi pag'onasidan amalga oshrilayotgan isloxotlar. Bu kabi isloxotlarni amlaga oshirish jarayonlarini ijtimoiy jamiyatga tadbiq etishimzda biz maktabgacha ta'lim tizimida faoliyta yuritayotgan tarbiyachi pedagoglarni faoliyatlarida ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: professional, ta'lim-tarbiya, bilim, jamiyat, odob, etika, bola rivojlanishi, bog'cha, bog'bon qizlar, muassasa, mexribonlik

Tasks of organization of preschool education and the main

stages of its development

Shahnoza Shokirjonovna Odilova

KIUT

Abstract: In the article presented below, the most relevant part of the reforms implemented in our developed society today is the preschool education system, which is being implemented from the lowest level of reforms. When we apply the processes of implementation of such reforms to the social society, we consider the work of educators and pedagogues working in the preschool education system.

Keywords: professional, education, knowledge, society, manners, ethics, child development, kindergarten, gardener girls, institution, kindness

Bugungi rivojlangan jamiyatimiz davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshiriladigan isloxotlarning eng dolzarb bo'g'ini bu maktabgacha ta'lim tizimi hisoblanib isloxotlarni eng quyi pag'onasidan amalga oshrilib kelinmoqda. Bu kabi isloxotlarni amlaga oshirish jarayonlarini ijtimoiy jamiyatga tadbiq etishimzda biz maktabgacha ta'lim tizimida faoliyta yuritayotgan tarbiyachi pedagoglarni faoliyatlarida ko'rishimiz mumkin. Ta'lim tarbiya jarayoni xar bir jamiyatning ajralmas qismi va bolani katta hayotga jamiyatda o'z o'rnini topishga imkon beradi. Maktabgacha ta'lim tizimining bugungi kun va bugungi amaliy ahamiyatga erishishi o'zining boy tajribasi va tarixi bilan bevosita bog'liq.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 252 [Ml^^^H

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida o'zbilim tajribalari bilan faoliyat yuritadigan pedagog tarbiyachilar:

> bolalarga professional darajada ta'lim-tarbiya berishlari;

> pedagogik odob va etikaga rioya etishlari,

> bolaning faoliyat jarayonida sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishlari,

> bolalar turli zo'ravonlik xolatlaridan himoya qilishlari,

> bolalarga vatanparvarlikning, mehnatning, qonun va huquq normalariga hurmat bilan va yashayotgan atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kabi ilk tarbiya ko'rinishlari bilan ruhida tarbiyalashlari;

> tarbiyachi tomonidan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturini me'yoriy talablarini bajarishlari;

> tarbiyachi o'z malakasini muntazam oshirib borishlari;

> tarbiyachi pedagoglar o'z kasbiy ko'nikma malakalrini va pedagogik mahoratini takomillashtirib borishlari bugungi kun talab darajasidagi pedagog maqomiga ega bo'lishlari;

Yuqoridagi talablarni bajarish uchun pedagog tarbiyachilarga doimo izlanish va maktabgacha ta;lim tizimi rivojlanish bosqichi va tarixini o'rganishlari lozim. Quyuda taqdim etayotgan maqolamizda biz maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanish tarixi bilan tanishtirib o'tmoqchimiz.

Maktabgacha ta'lim tizimi rivojlanishi XIX asming ikkinchi yarmi - XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi doirasidagi isloxotlari bilan bog'liq. Pedagogikaning rivojlanish tarixida nazariyasida Frebel tadqiqotining ahamiyatli tomoni shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo'libgina qolmay, maktabgacha pedagogikani fanining mustaqil fan tarmog'iga ajratilishiga ham amaliy ko'mak berdi. O'sha davrdan u ilk bor «bolalar bog'chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi va ilk bor faoliaytnini boshladi. Fridrix Frebelning (1782-1852) pedagogik tadqiqotlari ta'lim tizimida "Bolalar bog'chasi" ning paydo bo'lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog'chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning BadBlankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini "bolalar bog'chasi" deb atadi va ushbu atama butun ta'lim tizimisoxasida va dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi.

Jamiyat a'zolari tomonidan shunday savol tug'iladi:

Nima sababdan muassasa "bolalar bog'chasi" deb ataladi?

Bu savol albatta ko'pchilikning bu soxadagi izlanishlari va tadqiqotlariga ham asos vazifasini o'tagan, taxminlarga va tadqiqotlarga ko'ra, F.Frebel bolalarni "Alloh ekinlari" deb hisoblagan va bu qarashlari orqali bolalarga g'amxo'rlik qilish ularni parvarishga muhtoj o'simliklar bog'i kabi extiyotlik bilan parvarish qilish kerakligini takidlab o'tgan.

Tarixiy izlanishlar yana bizga bu bog'cha faoliayti haqida quyudagi faktlami ham keltriladi. Nemis pedagoglari "Saroy bog'ida" deb nomlangan sobiq mehmonxonalarning birida "Bolalarni parvarishlash bo'yicha birinchi muassasa" faoliyat yurutgan va bu muassasa ilk muassasalardan biri hisoblangan. Ota-onalar farzandlarini muassasaga olib borish jarayonida bolalarga bog'ga ketyapmiz deb aytishgan. Bunga sabab bolalar bog'chasi o'zining o'zgacha dizayni bilan gullar va daraxtlarga o'ralgan bog' ko'rinishida bo'lgan. Bolalar bog'chasida faoliyat yurutayotgan tarbiyachilarmi nemis pedagogilari "bog'bon qizlar" deb atagan va bu bilan u bolalarga bo'lgan mehrini ifodalashga harakat qilgan, pedagoglarni esa doimo bolalarni voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga da'vat etgan va buni qatiy nazorat qilgan. Frebel o'z faoliyati jarayonida bolalar bog'chalari bilan birgalikda, vaqtincha oila o'rini bosuvchi va ota-onalarga ta'lim-tarbiya ishlariga yordamlashib turuvchi va faoliyatiga ko'maklashish uchun tashkil qilingan bu yerga onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o'ynashi va bog'bon qizlardan turli tarbiya usullarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Shu tarzda, F.Frebel maktabgacha ta'lim tizimiming isloxotlari va bola tarbiyasi uchun onalarga amaliy yordam uchun katta xizmati bolalar bog'chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta'lim uslubiyotining va dasturlarining yaratilishi bo'ldi. Maktabgacha ta'lim tizimining yaratilishi va Uning asosini bolalarga bo'lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. U tadqiq etgan ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini quyudagilar tashkil qiladi. 1.1 rasm

O'yin,

Nutqni rivojlantírish

1.1 rasm

Bolalar tarbiyasiga katta e'tibor qaratar ekanmiz Maktabgacha ta'lim har tomonlama uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalay olishi, bolani jamiyatdagi butun faoliyat jarayonini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod ong-u shuuri va qalbiga singdirishda juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lgan asosiy tizimlardan biridir. Shu bois O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash va yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 254 LME^^fi]

e'tibor qaratib kelinmoqda. Bunga misol qilib 2017 yil 16 avgust kuni Prezident Sh.M.Mirziyoev boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko'plab yo'nalishlari bilan bir qatorda bu soxaga ham asosiy yo'nalish belgilab berilmoqda. Xulosa qiladigan bo'lsak maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilishimiz va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalarni amalga oshirish uchun bu soxa vakillari yani pedagog tarbiyachilar bor kuch va g'ayratlari bilan harakatqilishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. MAKTABGACHA TA'LIM - TARBIYANI TASHKIL ETISH. Darslik. Z.T.Qoraboyeva Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish

2. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дши философиядагы мейiрбан жэне кемел адам TYcirnri. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.

3. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.

4. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.

5. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

6. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

7. 6. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

8. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

9. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

10. Vol. 2 No. 8 (2023): Results of National Scientific Research International Journal Impact Factor Published: Aug 30, 2023Keywords:Ta'lim tarbiya tizimi,

muassasalart, jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish mashg'ulotlari, o'quv mashg'ulotlari, psixologik xususiyatlari, mulliy g'urur, estetik dunyoqarash, estetik xatti-harakatlar.

11. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG'ULOTLARI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY G'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of national scientific research, 2(8), 60-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.8320633

12. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЩИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 413-416.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.