Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM ISLOHOTI – DAVR TALABI'

MAKTABGACHA TA’LIM ISLOHOTI – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
111
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nodavlat maktabgacha ta’lim / interfaol mashg‘ulotlar / ijtimoiy / shaxsiy / hissiy / nutqiy / matematik / jismoniy / ijodiy rivojlantirish. / non-state preschool education / interactive classes / social / personal / emotional / speech / mathematical / physical / creative development.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nargiza Abdug‘Ofurovna Jumaniyazova, Dildoraxon Odiljon Qizi Ganiyeva

Maktabgacha ta’lim – ta’limning eng muhim hamda eng boshlang‘ich nuqtasidir. Ta’limni eng yuqori cho‘qqiga olib chiqish ham, pastki darajalarga tushib ketishiga sabab bo‘la oladigan ham maktabgacha ta’lim tizimidir. Shuning uchun hozirgi kunda bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda. Maqolada maktabgacha ta’lim sohasida qilinayotgan ishlar, maktabgacha ta’lim sohasida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muammolar, hozirgi kunda erishilgan yutuqlar, yurtboshimiz va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan sohaga doir vazifalar ularning nazorati haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE REFORM OF PRESCHOOL EDUCATION IS A REQUIREMENT OF THE ERA

Preschool education is the most important and the most starting point of learning. This is a system of preschool education, which can lead both to the peak of education and to its fall to lower levels. Therefore, much attention is currently being paid to this area. The article examines the work carried out in the field of preschool education, the problems that should be paid attention to in the field of preschool education, the achievements currently achieved, the tasks set by the Head of State and the Ministry of Preschool Education in this area.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM ISLOHOTI – DAVR TALABI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAKTABGACHA TA'LIM ISLOHOTI - DAVR TALABI

Nargiza Abdug'ofurovna Jumaniyazova Dildoraxon Odiljon qizi G'aniyeva

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maktabgacha ta'lim - ta'limning eng muhim hamda eng boshlang'ich nuqtasidir. Ta'limni eng yuqori cho'qqiga olib chiqish ham, pastki darajalarga tushib ketishiga sabab bo'la oladigan ham maktabgacha ta'lim tizimidir. Shuning uchun hozirgi kunda bu sohaga katta e'tibor qaratilmoqda. Maqolada maktabgacha ta'lim sohasida qilinayotgan ishlar, maktabgacha ta'lim sohasida e'tibor berilishi kerak bo'lgan muammolar, hozirgi kunda erishilgan yutuqlar, yurtboshimiz va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan sohaga doir vazifalar ularning nazorati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: nodavlat maktabgacha ta'lim, interfaol mashg'ulotlar, ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy, ijodiy rivojlantirish.

THE REFORM OF PRESCHOOL EDUCATION IS A REQUIREMENT OF THE

ERA

ABSTRACT

Preschool education is the most important and the most starting point of learning. This is a system of preschool education, which can lead both to the peak of education and to its fall to lower levels. Therefore, much attention is currently being paid to this area. The article examines the work carried out in the field of preschool education, the problems that should be paid attention to in the field of preschool education, the achievements currently achieved, the tasks set by the Head of State and the Ministry of Preschool Education in this area.

Keywords: non-state preschool education, interactive classes, social, personal, emotional, speech, mathematical, physical, creative development.

Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan hamma sohada qilinayotgan o'zgarishlar kabi maktabgacha ta'lim tizimi sohasida ham misli ko'rilmagan o'zgarishla rni har bir yurtdoshimiz ko'rib, sezib turibdi. Avvallari maktabgacha ta'lim sohasi xalq ta'limi vazirligi tarkibida edi. Ilk o'zgarish maktabgacha ta'lim yo'nalishini xalq ta'limi tarkibidan ajratib alohida vazirlik tashkil etilgani boTdi. Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta'limga bosqichma-bosqich qamrab olishni ta'minlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2017-yilning 30-

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida^gi Farmoni bilan Maktabgacha ta'lim Vazirligi tashkil etildi. Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ma'suldir. Shu tufayli maktabgacha ta'lim sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritayotgan tashkilot maktabgacha ta'lim yoshidagi 3-7 yosh bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olishi darkor. Bugungi kunda Ozbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. 2019 yilda Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim tizimiga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda 59.5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2020 yilda 85.2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik ta'lim bilan qamrab olishdi. 2022-yilda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olish ko'rsatkichi 69.4 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 2022-yilda 5060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11970 quvvatga ega 342 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yolga qo'yildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi murojaatnomalarida bog'chalar sonini ko'paytirish, ulardagi ta'lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo'yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganligini, bog'cha qamrovini 80 foizga yetkazish bo'yicha xususiy sektorga qo'shimcha sharoitlar yaratilishini ta'kidlab o'tishdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimiga 3-7 yoshli 2.5 mln bola qamrab olingan, Respublikada 6154 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ulardan 5586 tasi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 568 tasi esa nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotidir. Bugungi kunda 859 141 nafar bola maktabgacha ta'limga qamrab olingan, bu umumiy hisobning 34 foizi demakdir. Jami 1 mln 600 dan ziyod bola maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan.

Ma'lumki Maktabgacha ta'lim Vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan, modellar yetarli darajada rivojlanmagan edi. Bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy, ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturi tatbiq qilinmagan edi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi o'sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos qilib tarbiyalashda eng quyi pog'onasiga qadar ahamiyat berilayotganligi yaqqol misol bo'la oladi, Jumladan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to,g,risida"gi farmoni, "Ozbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to,g,risida"gi 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qarori, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida" PF-5198-sonli Farmoni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

7-fevraldagi "Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to,g,risida"gi PF-4947-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to,g,risida"gi 802-sonli qarori, BMT ning bolalar jamg'armasi YUNISEFning Ozbekiston vakolatxonasi texnik ko'magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi namuna boTa oladi.

"Ilk qadam" Davlat o quv dasturi Ozbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yosdagi bolalarni rivojlantirish borasidaga davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, shuningdek, bolaning ta'lim olishida keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.

Bu dastur asosida qilinayotgan ishlar bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning shaxsiy qobiliyatlarini, intilishlarini, iqtidorlarini, intilish va extiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va o'zbek xalqiga mos an'anaviy urf-odatlarga, mustaqillik g'oyalariga sodiq holda tarbiyalashga qaratilgan.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimiga boshqa sohalarga qaraganda ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Chunki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarning boshlang'ich darajadagi yetuk kadr yetishib chiqishida, bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini belgilashida o'rni ahamiyatlidir. Ayni shu sohadagi tizimli ishlar, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolajonlarda interfaol texnologiya, matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi, bolalarni o'yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o'yinlar orqali ko'rsatib berish kabi metodlardan keng foydalanib kelinmoqda.

Interfaol mashg'ulotlar faol o'quv usulining navlaridan biridir. Interfaol o'quv o'zaro ta'siri nafaqat tarbiyachi va maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar o'rtasida amalga oshiriladi, bu holda barcha tinglovchilar birgalikda guruhlarda ishlaydilar. Interfaol o'rganish usullari har doim o'zaro ta'sir, hamkorlik, qidirish, muloqot, odamlar yoki inson va axborot muhiti o'rtasidagi o'yindir. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi interfaol texnologiyalar va o'quv usullariga asosan qo'llaniladi. Maktabgacha tarbiyachi uchun o'yin-bu asosiy faoliyat va u orqali bolaning yoshida zarur bo'lgan hamma narsani o'rgatish mumkin.

Shu o'rinda dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasiga ham nazar tashlaymiz. Masalan,

1.Regjio Emiliya usuli ya'ni, o'z-o'zini boshqarish usuli.

2.Waldorf usuli. Bu usuldagi intizom bolalarni mustaqil fikrlovchi bo'lishga undaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

3.Play-Way usuli. Bunda bolalar o'yin-kulgini yaxshi koradilar va ushbu maktabgacha tarbiya o'yin uslubini ta'lim usuli sifatida ishlatiladi.

4.Bank ko'cha usuli. Ushbu uslubning maqsadi bolalarga shunchaki faktlarni yodlatish emas, boshqotirma, ekskursiya va bloklar kabi o'rganishning boshqa usullari beriladi va bolalarga raqobatdosh emas, bir-biriga yordam berishni o'rgatadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning shaxsiy qobiliyatlarini, intilishlarini, iqtidorlarini, intilish va extiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va o'zbek xalqiga mos an'anaviy urf-odatlarga, mustaqillik g'oyalariga sodiq holda tarbiyalash, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga qo'yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta'limiga mos va xos bolgan tarzda tarbiyalashdan iborat.

Avvallari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rta maxsus ma'lumotga ega hamda nomutaxassis kadrlar faoliyat ko'rsatar edi. Hozirgi kunga kelib esa maktabgacha ta'lim tizimida davlat talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'rta maxsus ma'lumotga ega tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilarni oliy ma'lumotli mutaxassis kadr qilish borasida Ozbekistonda oliy ta'lim muassasalarida hozirgi kunda sirtqi bolimning maktabgacha ta'lim yo'nalishi tashkil etilganligi pedagog kadrlarga bolgan e'tiborning yaqqol misoli bola oladi.

Xulosa qilib aytadigan bolsak, bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida jahon talablariga mos tarzda tarbiyalanayotganligi, ularning vaqtlari unumli tarzda o'tayotganligi ota-onalarning xotirjam ishga, o'qishga borib kelayotganliklari Ozbekistonda yaratilgan zarur shart-sharoitlarning yaqqol dalilidir. Kelajak avlod tarbiyasi maktabgacha ta'lim yoshidan boshlanadi. Demak, bizning farzandlarimiz kelajakda yetuk, mustaqil fikriga ega bolgan shaxs sifatida voyaga yetishlarida maktabgacha ta'lim dargohining o'rni beqiyos.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to,g,risida"gi Farmoni.

2. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to,g,risida"gi Qarori.

3. 3."Ilk Qadam" davlat o'quv dasturi.

4. "Kun.uz"saytining 2019-yil 2-avgustdagi soni

5. ^yMaHH^30Ba H. A. THHrA 3LTHBOP-3^rA 3LTHEOP //SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. - 2022. - T. 1. - №. 2. - C. 130-133.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

6. Abdugofurovna J. N., Turgunovna M. S. THE PROBLEMS IN TEACHING LANGUAGE //INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876. -2022. - T. 16. - №. 5. - C. 46-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.