Научная статья на тему 'Xorijda va O’zbekistonda ijtimoiy pedogogikani rivojlanish tarixi'

Xorijda va O’zbekistonda ijtimoiy pedogogikani rivojlanish tarixi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1869
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ibtidoiy davr / ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishi / ijtimoiy tarbiya / ijtimoiy muhofaza / ijtimoiy yordam / pedagogik bilim / ijtimoiy pedagogika rivojining davrlari / yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar / O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Yuldashova, Gulchehra Yusupova

Ushbu maqola xorijda va O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi, fanning turli asrlar davomida shakllanishi, sharq va g‘arb olim va mutafakkirlarning fan rivojiga qo‘shgan hissasi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorijda va O’zbekistonda ijtimoiy pedogogikani rivojlanish tarixi»

Xorijda va O'zbekistonda ijtimoiy pedogogikani rivojlanish

tarixi

Maftuna Yuldashova Gulchehra Yusupova TMSI

Annotatsiya: Ushbu maqola xorijda va O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi, fanning turli asrlar davomida shakllanishi, sharq va g'arb olim va mutafakkirlarning fan rivojiga qo'shgan hissasi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ibtidoiy davr, ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishi, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy yordam, pedagogik bilim, ijtimoiy pedagogika rivojining davrlari, yangi ijtimoiy pedagogik g'oyalar, O'zbekistonda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan

The history of the development of social pedagogy abroad and

in Uzbekistan

Maftuna Yuldashova Gulchehra Yusupova TMSI

Abstract: This article describes the history of the development of social pedagogy as a science abroad and in Uzbekistan, the formation of the science over different centuries, the contribution of Eastern and Western scientists and thinkers to the development of science.

Keywords: primitive period, the emergence of social-pedagogical practice, social education, social protection, social assistance, pedagogical knowledge, periods of development of social pedagogy, new social pedagogical ideas, social pedagogy is an independent science in Uzbekistan

Ijtimoiy pedogogika fani bundan 2000 yil oldin ham mavjud bo'lgan bo'lib, ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixida, bu fan pedagogikaning tarkibida bo'lgan. Ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichda rivojlanish tarixini ko'rish mumkin.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi.

Qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda tarbiya tajribasining ortib borishi, faktlar to'planishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalar

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 423 [M^^^Hl

shakllangan. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining bu bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan tavsiflanib, bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelishi muqarrar bo'lgan.

Ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishida qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo'lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta'sir etgan. Miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtasi va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g'oyalarni yaratgan allomalar nomlari ma'lum bo'lib, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr faylasuflari ham katta hissa qo'shgan.

Ulardan Suqrot "O'z-o'zingni angla" degan shiorni ilgari surgan bo'lib, Demokrit esa o'z ta'limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslagan, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerakligini talqin qilgan.

Shuningdek, Aflotun ilk marotaba tarbiya va davlatning o'zaro munosabati g'oyasini ilgari surib, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo'lishini aytib o'tgan.

Bundan tashqari, Arastu antik dunyoda tarbiyaning to'liq nazariyasini ishlab chiqqan bo'lib, Aflotundan farqli o'laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e'tiborni insonning o'z manfaatlariga va uning rivojlanishiga qaratadi.

Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri XVII-XIX asrlarda ijtimoiy-pedagogika ilg'or g'oyalar va ilmiy asoslantirishlar bilan boyitilgan davr. XVIII-XIX asrlar olimlari faylasuf, sotsiolog, pedagog va psixologlar davlat va jamoat institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy pedagogik muammolarni hal qilish g'oyalarining paydo bo'lishi davridir.

Shu davrda ijtimoiy pedagogikadagi asosiy yo'nalishlarning, g'oyalarning rivojlanishiga frantsuz faylasufi, ma'rifatparvar, yozuvchi, J.Russo, rus pedagogi va qomusiy olimi M.Lomonosov, frantsuz faylasufi va ma'rifatparvari K.Gelvetsiy, Shvetsariyalik buyuk pedagog I.Pestalotstsi, ingliz pedagogi va faylasuflari R.Ouen va G.Spenser oilaning shaxs tariqasida shakllanishidagi o'rni haqida ijtimoiy-pedagogik g'oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan.

XIX asr davr mobaynida, ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanidan ajralish jarayoni sodir bo'lgan, uning falsafa, tibbiyot, sotsiologiya psixologiya kabi fanlar bilan yaqinlashuvi ro'y berishini ko'rish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida o'qitila boshlagan bo'lsa-da, u ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya, ijtimoiy tarbiya ko'rinishida qadimiy ildizlarga ega.

Ilk diniy-falsafiy manbasi Avesto va adabiy manbasi esa Alpomish, Go'ro'g'li dostonlarida biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi, pedagogik qarashlarning aks etganini ko'ramiz. Ijtimoiy pedagogik g'oyalar va nazariyalarning shakllanishida O'rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g'oyalari Sharq uyg'onish davri

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

424

olimlarining asarlari, ular faoliyatining mohiyati o'sha davrgacha mavjud bo'lgan ijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizim holatiga keltirgan.

Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug'bek, Al-Xorazmiy kabi olimlar o'z pedagogik va ilmiy faoliyatlarida tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va ta'lim beruvchi ta'sir kuchlarini o'sib kelayotgan avlodga qaratish g'oyasini avvalambor, ular ta'limning maqsadini hayotga tayyorlash, qoidalar, axloqiy me'yor, chuqur bilim va kasbiy malakalarga ega bo'lishda namoyon bo'lgan.

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sinolarning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo'naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida, uning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy faoliyat uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g'oyalari hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab qolgan.

Ushbu olimlarning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, axloqiy va mehnat tarbiyasi, atrof muhit ta'siri, bolalarni jamoada o'qitish, muomala san'ati haqidagi g'oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi.

Forobiy nihoyatda irodali, mehnatsevar, sodda bo'lgan, kamtar doim yordamga intilgan. Uning o'quvchilarni individual psixologik va aqliy xususiyatlariga mos keluvchi ta'limning ustuvorligi, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari katta ahamiyatga ega.

Alisher Navoiyning adabiy merosida pedagogik qarashlari insonparvar tavsifga ega. Buyuk alloma inson egallashi lozim bo'lgan barcha bilim va kasb hunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo'llanilishi kerakligini alohida ta'kidlab o'tgan.

Abdulla Avloniy O'zbekistondagi demokratik pedagogik g'oyaning taraqqiyparvar yo'nalishining yirik vakillaridan biri bo'lib, u Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o'rganib, mumtoz o'zbek adabiyoti ta'sirida she'rlar yozib, Toshkent maktablarining birida bolalarga ta'lim bergan.

U ilk marotaba tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo'ya olgan. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko'zlashi, tarbiyaning muvaffaqiyati oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanishi muhimligini qayd etgan.

Xulosa qilib aytganda, hozirda, respublikamizning barcha sohalarida bo'lgani kabi, ta'lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmokda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar o'zgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g'ayri ijtimoiy hodisalar - alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi va bu borada harakatlar susaytirilgani yo'q hamda davlat tomonidan nazoratga olingan.

Bunday holatda ijtimoiy yordam va muhofazaga birinchi navbatda bolalar, lekin shu bilan birga kattalar ham muhtojdirlar. Bunday sharoitda jamiyatning

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 425 [M^^^Hl

ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsning ijtimoiy muammolari bilan bog'liq bo'lgan pedagogik masalalarni hal qilishga yordam beruvchi mutaxassisga - ijtimoiy pedagogga extiyoj paydo bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress,

1(5).

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress,

1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. Амиркулович, С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ УКДТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

10. Амиркулович, У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

11. Хдйдаров С. (2021). Узбекистан тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

12. Abdurashidov Abbosbek, Ijtimoiy pedagogika-integrallashgan bilim sohasi sifatida, Kurs ishi

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

426

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.