Научная статья на тему 'SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI'

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
47171
2155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Shaxs / tarbiya / ta`lim / ijtimoiylashuv / intellektual / biolagik va ijtimoiy qonuniyatlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Roza Ahmedova

Shaxs tushunchasi bu keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.Har bir inson tug`ilibdiki bu shaxsdir.Lekin uning o`sib rivojlanishi katta ahamiyatga ega.Yosh bola bir yoki ikki yosh paytidan unga tarbiya berish boshlanadi.Yetti yoki sakkiz yosh paytidan esa uning yoniga ta`lim ham qo`shiladi.Har ikkalasi yilllar davomida teng ravishda berib boriladi.Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga kasb yoki hunarga yo`naltirish beriladi. Shu paytdan boshlab bola o`z kelajagiga birinchi qadamni tashlaydi.Endi u omma ichida o`zini qanday tutishlar va qanday rivojlanishlar haqida fikr yurita boshlaydi.Agar bolani yosh paytidan odamlar ichida ko`proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson boladi va u kata shaxs bo`lib yetishadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI»

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Ro'za Ahmedova

Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Shaxs tushunchasi bu keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.Har bir inson tug" ilibdiki bu shaxsdir.Lekin uning o"sib rivojlanishi katta ahamiyatga ega.Yosh bola bir yoki ikki yosh paytidan unga tarbiya berish boshlanadi.Yetti yoki sakkiz yosh paytidan esa uning yoniga talim ham qo"shiladi.Har ikkalasi yilllar davomida teng ravishda berib boriladi.Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga kasb yoki hunarga yo"naltirish beriladi. Shu paytdan boshlab bola oz kelajagiga birinchi qadamni tashlaydi.Endi u omma ichida o zini qanday tutishlar va qanday rivojlanishlar haqida fikr yurita boshlaydi.Agar bolani yosh paytidan odamlar ichida ko"proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson boladi va u kata shaxs bo"lib yetishadi.

Kalit so'zlar: Shaxs, tarbiya, talim, ijtimoiylashuv,intellektual,biolagik va ijtimoiy qonuniyatlar.

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi.Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak.Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta' limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi.Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga karatilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy axloqiy qiyofasi, estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta'lim va ma'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki axloqiy-ma'naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim

vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit tasir ko'rsatadi.Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak.

REFERENCES

1. Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo'llanma II qism T.,(tuz. S.Nishonova, B.Hasanova ) TDPU 2002 y.

2. Pedagogika tarixidan Xrestomatiya (Tuz. O. Hasanboyeva) T., O'qituvchi, 1973.

3. Rajabov.S.Pedagogika faning buyuk allomalari. T. «O'kituvchi», 1990.

4. Hasanov R. K.D.Ushinskiy. (voizga yordam) T. MRDI 1999.

5. Hoshimov K., Nishonova S Pedagogika tarixi. O'quv qo'llanma. T., A.Novoiy nomidagi O'z.Res "milliy kutibxona" nashryoti, 2006.

6. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

7. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

9. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

10. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

11. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

12. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

14. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

15. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 7(6).

16. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

18. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.