Научная статья на тему 'O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo’lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari'

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo’lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7002
282
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy pedagogika / ijtimoiy pedagogikaning o’zbekistonga kirib kelishi / ijtimoiy pedagogikaning madaniy shart sharoitlari / ijtimoiy pedagogikaning xuquqiy shart sharoitlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zuhra Orzumatova, Bibinuriya Oripova

Ushbu maqola “O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo’lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari” haqida batafsil yozilgan va yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo’lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari»

O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo'lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari

Zuhra Orzumatova

Bibinuriya Oripova TMCI

Annotatsiya: Ushbu maqola "O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo'lishi, madaniy, tarixiy, ijtimoiy, xuquqiy shart sharoitlari" haqida batafsil yozilgan va yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy pedagogikaning o'zbekistonga kirib kelishi, ijtimoiy pedagogikaning madaniy shart sharoitlari, ijtimoiy pedagogikaning xuquqiy shart sharoitlari

The emergence of social pedagogy in Uzbekistan, cultural, historical, social, legal conditions

Zuhra Orzumatova Bibinuria Oripova TMCI

Abstract: This article is written and explained in detail about "Emergence of social pedagogy in Uzbekistan, cultural, historical, social and legal conditions".

Keywords: social pedagogy, introduction of social pedagogy to Uzbekistan, cultural preconditions of social pedagogy, legal preconditions of social pedagogy

O'zbekiston respublikasiga ijtimoiy pedagogika fani mustaqillika erishganidan so'ng kirib kelgan, lekin undan avval u ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtmoiy ximoya ko'rinishida qadimiy ildizlariga ega. Ilk diniy falsafaviy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go'ro'g'li) manbalarida biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko'ramiz. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek kabi olimlar uz ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta'lim beruvchi ta'sir kuchlarini o'sib kelayotgan avlodga qaratish g'oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan. Bu, avvalambor, ular ta'limning maqsadini xryotga tayyorlash, axloqiy me'yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo'lishda, deb bilganliklarida namoyon bulgan.

Mashxur olim Al-Xorazmiy (783 - 850 y.) asarlari yorqin didaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulga kiritilishi, bu jarayonda shaxs

boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a'zosiga aylanishini ta'kidlagan.

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973 - 1050 y.) ta'lim jarayonida qullaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U, shuningdek, ta'lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo'naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o'z ifodasini topgan. Uning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy faoliyat uchun ilm va meqnatning ahamiyati haqidagi g'oyalari hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab qolgan.

Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980 - 1037 y) o'z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan bo'lib, uning barcha asarlarida pedagogic qarashlar mavjud. Olimning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrofmu\it ta'siri, axloqiy va mehnattarbiyasi, muomala san'ati, bolalarni jamoada o'qitish haqidagi g'oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi.

"Ijtimoiy pedagogika" kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlar, ma'naviy omillar, shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari, ijtimoiy pedagog kasbining o'ziga xos xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. O'quv fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o'qitishdan maqsad - bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta'lim qonuniyatlarini o'zlashtirish. Fanning vazifasi - gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika, uning obyekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish; talabalarda ijtimoiy - pedagogik tadqiqotga doir ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: ijtimoiy - pedagogik faoliyatning madaniy - tarixiy an'analari; ijtimoiy - pedagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pedagog, ijtimoiy - pedagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar; ijtimoiy - pedagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy - pedagog faoliyati vazifalari; ijtimoiy - pedagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta'lim mazmuni; O'zbekistonda ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining o'ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro muhitning roli; rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bola, nogiron bola, cheklangan imkoniyati bola tushunchalari tavsifi; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishdagi umumiylik va tafovutlar; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishning shartlari va xuquqiy me'yorlari; ijtimoiy pedagogik kategoriyalar; ijtimoiy pedagogikaning tamoyillarini bilishi kerak; - ijtimoiy pedagog faoliyat metodikasi va

texnologiyasi; asotsial oilaga ijtimoiy - pedagogik yordamning asosiy shakllari; ijtimoiy pedagog faoliyatida ishontirish metodlari, korrektsiya, mashqlarini qo'llash; kasbiy faoliyatda sotsiologik metodlardan foydalanish; ijtimoiy pedagogik texnologiyalarini qo'llash; xavotirli oila ijtimoiy maqomini tavsiflash; xavotirli oila bilan ishlash metodlarini qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak; - ota - ona vasiyligisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat olib borish; deviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyatni tashkil etish va olib borish malakalariga ega bo'lishi kerak.

Ijtimoiylashtirish - 1) inson tomonidan jamiyatda muayyan vaqt oralig'ida qadriyatlar, axloqiy me'yor, namuna va ko'rsatmalarning o'zlashtirilishi; 2) shaxsning turli ijtimoiy umumiylik (guruh, ijtimoiy institut, ijtimoiy tashkilot), ijtimoiy munosabatlar tizimiga integratsiyalashuvi. Shaxsning ijtimoiy o'z - o'zini aniqlashidan kelib chiqib, ijtimoiy munosabatlarning umimiy tizimida o'z o'rni va nuqtaiy nazari.

Ijtimoiy pedagogika - 1) jamoatchilik tarbiya institutlari haqidagi fan; shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - tarbiya tizimi; 2) shaxsni ijtimoiylashtirish, jamiyat hayotiga tayyorlash muammolari bilan shug'ullanadigan pedagogika fanining alohida tarmog'i.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress,

1(5).

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

10. Амиркулович, X. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

11. Хайдаров С. (2021). Узбекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.