Научная статья на тему 'O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR'

O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
23996
578
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qobiliyat / iqtidor / pedagogika / umumiy qobiliyat / shaxsiy sifatlar / kasbiy sifatlar / muloqot / aloqa o’rnatish / muomala uslublari pedagogik ta’sir ko’rsatish / pedagogik nizo.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahzoda Rustam Qizi Tog’ayeva

Ushbu maqolada o’qituvchilik faoliyatidagi pedagogik va kommunikativ qobiliyatlar, ularning turlari va ularning sohadagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK VA KOMMUNIKATIV

QOBILIYATLAR

Shahzoda Rustam qizi Tog'ayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'qituvchilik faoliyatidagi pedagogik va kommunikativ qobiliyatlar, ularning turlari va ularning sohadagi ahamiyati yoritilgan.

Tayanch so'zlar. Qobiliyat, iqtidor, pedagogika, umumiy qobiliyat, shaxsiy sifatlar, kasbiy sifatlar, muloqot, aloqa o'rnatish, muomala uslublari pedagogik ta'sir ko'rsatish, pedagogik nizo.

Qobiliyat - odam psixikasining eng muhim xususiyatlaridan bin bo'lib, bu xususiyatlarni haddan tashqari keng to'ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq faoliyatning muvaffaqiaytli bajarish imkoni aslo yo'q emas. Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo'ladi. Faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to'g'risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiayti qobiliyatlar deyiladi.

Pedogogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo'lib, kishing pedagogik faoliyatiga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishni aniqlab beradi. Pedagogik psixologiyada o'qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o'rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.

Pedagogik olim I.P. Podlasiy pedagogik qobiliyatning tuzilishini quyidagi tarzda aniqlashtirgan: 1)tashkilotchilik, 2)diagnostik, 3)pertseptiv, 4)kommunikativ, 5)suggestive (ishontirish), 6)tadqiqotchilikka doir, 7)ilmiy-bilishga doir, 8)gnostik.

Pedagogika va psixologiya sohasida olibb borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o'qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1)didaktik qobiliyat, 2)akademik qobiliyat, 3)perseptiv qobiliyat, 4)nutqiy qobiliyat, 5)tashkilotchilik qobiliyati, 6)obro'ga ega bo'lishlik qobiliyati, 7)kommunikativ qobiliyatlar, 8)psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar, 9)diqqatni taqsimlash qobiliyati, 10)konstruktiv qobiliyat, 11)gnostic qobiliyat.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Pedagogik qobiliyatlar o'qituvchi xarakter-xislatlari bilan bog'liq. Uyushqoqlik, qat'iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko'ngilchanlik, adolatsizlik pedagogik faoliyat samarasini pasaytiradi.

Kasbiy faoliyat yaxlit tizim sifatida bir qancha tarkibiy qismlarni o'zida uyg'unlashtiradi. I.P. Podlasiyning kasbiy salohiyatning tuzilishiga doir tasnifidan kelib chiqib, N.M. Egamberdiyeva pedagogik ta'limdagi kasbiy yetuklik (professionallashuv), ijtimoiylashuv, insonparvarlashuv va madaniy ijodkorlikning zamonaviy yo'nalishlarga muvofiq keluvchi quyidagi muhim tuzilishli tarkibiy qismlarni ajratib ko'rsatadi: -pedagogik madaniyat; -pedagog ijodkorligi; -pedagogik aql-idrok; -kasbiy chuqur bilimga egalik; -individual faoliyat uslubi; -ijodiy tashabbusning rivojlanishi; -individual faoliyat; -insonparvarlikka yo'naltirilganlik; -ijtimoiy faollik.

Kommunikativ qobiliyat- bu pedagogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatlilikdir. Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi: 1) insonning insonni tushuna olishi, 2) insonni o'z-o'zini anglay olishi, 3) muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olish ko'nikmasi.

Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.

Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarni o'rganish pedagogik ta'sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko'rsatadi.

O'qituvchining har qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi, oqibat natijada o'quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta'sir ko'rsatishga ya'ni o'quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, hatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo'nalgan bo'ladi. Lekin ishontirirsh va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir. O'sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o'zaro ta'sirlanadilar. Bu o'zaro ta'sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me'yorlar majmui vujudga keladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'qituvchi pedagogik bilimdonlik, kreativlik, refleksiyaga ega bo'lish bilan birga pedagogik madaniyatni ham o'zlashtira olishi zarur. Pedagogik madaniyat kasbiy nuqtayi nazardan pedagogic faoliyatni olib boruvchi mutaxassis umumiy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ta'lim va tarbiyada o'qituvchidagi pedagogik qobiliyat va kommunikativlik qobiliyati muhim o'rin egallaydi. Bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o'ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o'z to'g'ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo'lmog'I lozim. O'quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga uning o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri boshqara olishiga va o'quvchilar bilan o'rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog'liq.

REFERENCES

1. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti, Toshkent-2017

2. X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi, Toshkent-2018

3. J. Hasanboyev, X.A. To'raqulov, I.SH. Alqarov, N.O'. Usmonov. Pedagogika, Toshkent-2011.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.