Научная статья на тему 'O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATINI SAMARADORLIGI'

O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATINI SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7459
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motiv / ko’nikma / pedagog / kommunikatsiya / muloqot / qobiliyat / pedagogik ta’sir ko’rsatish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Uktam Qizi Eshmuminova

Bugungi kunda yurtimizning rivojlanishi, gullabyashnashi yoshlarimiz qo’lida ekan, unga ta’lim tarbiya berayotgan o’qituvchilar alohida bir qobiliyatga ega bo’lishi lozimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATINI SAMARADORLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATINI SAMARADORLIGI

Dildora Uktam qizi Eshmuminova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyot universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda yurtimizning rivojlanishi, gullab- yashnashi yoshlarimiz qo'lida ekan, unga ta'lim - tarbiya berayotgan o'qituvchilar alohida bir qobiliyatga ega bo'lishi lozimdir.

Tayanchso'zlar. motiv, ko'nikma, pedagog, kommunikatsiya, muloqot, qobiliyat, pedagogik ta'sir ko'rsatish.

Kommunikativ qobiliyati-bu pedogogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatliligidir.

Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarining bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi:

1) Insonning insonni tushuna olishi (inson shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini,motiv va ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq - atvorini ichki olami bilan bog'liqlikda ko'rib chiqish, yuz, qo'l, gavda harakatlarini «o'qish» ko'nikmasi)

2) Insonni o'z-o'zini anglay olishi (o'z bilimi, qobiliyati, o'z xarakteri va boshqa qirralarini baholash,inson boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko'zi bilan baholash)

3) Muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olishi ko'nikmasi (mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo'lish belgilari hamda ko'roq axborotlarni ajrata olish, ularga e'tiborni qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik mohiyatini to'g'ri idrok etish va baholash).

O'qituvchining o'quvchilar bilan muomilasi jarayonida ikki xil xissiy (ematsional) holati vujudga kelishi mumkin. Pedagogning ijodiy xissiyotlari asosida o'zaro hamkorlikni tashkil eta olish haqiqiy samara beradi.

Tajribalar shuni ko'rsatadiki, pedagogik jarayonning borligi o'qituvchiga munosabatni ijodiy xissiyotlar asosida tashkil etishga, bolalar bilan psixologik muloqot o'rnatishga imkon beradi. O'qituvchi o'quvchilarga biron - bir narsani o'rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishi shart. Munosabat odamlar o'rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishning ko'p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi.Bunday axborot ayirboshlanishi munosabatning kommunikativ jihati sifatida ta'riflanishi mumkin.Munosabatning ikkinchi jihati

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birlikdagi harakati nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar, xatti-harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.

Munosabatning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchanlarning bir-birini idrok eta olishlarini taqazo qilishdir. Shunday qilib yagona munosabat jarayoniga shartli ravishda uch jihatni kommunikativ (axborot uzatish) interaktiv (o'zaro birgalikda harakat) pertseativ (o'zaro birgalikda idrok etish)jihati alohida ko'rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko'rsatayotganda zaruriyatga ko'ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomilaga kirishi, ya'ni aloqa o'ratishi, o'zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabatning o'zaro birgalikda harakat qilish faoliyat ko'rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa munosabat sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi,

O'qituvchi zarur hollarda o'quv materiallarini o'zgartira olishi, qiyin narsalarni oson, murakkab narsalarni oddiy, noaniq narsalarni tushunarli qilib yetkaza olishi darkor.

O'qituvchi o'quvchinining mustaqil fikrlashini rag'batlantira oladi. Lekin ayrim fikrlarni uchratamiz: o'qituvchi opamiz hech narsaga yaramas ekan, yo'l - yo'lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar.

O'quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlariga asos qilib olinadi.Qobiliyatli pedagog bilim va kamolot darajasini oladi, ularning nima bilishlari va nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo'yganliklarini tasavvur etadi. Ko'pchilik o'qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi katta o'qituvchilarga, o'quv materiali oddiy va tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyulmaydi.

O'quvchilar o'qituvchilarni quyidagi uch xil xislatlari bo'yicha xarakterlab beradilar:

Birinchidan, o'qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, bolalarni yaxshi ko'rish xislatlari;

Ikkinchidan, tashqi xislatlari xulq - atvoriga qarab;

Uchinchidan, o'qituvchining o'z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi.

O'qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo'llari. O'qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta'sir ko'rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o'quvchilar orasida o'zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o'zgartirishi lozim. To'g'ri tashkil etilgan va har jihatdan munosabatda bo'ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish; munosabatga ustunlikka ega bo'lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning salbiy va ijobiy jihatlarini uzluksiz tahlil

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qilib borish zarur. O'qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo'lgan insoniy fazilatlar hamda xushmuomalalikni o'zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur.O'qituvchi pedogogik faoliyatiga oid shaxsiy o'z-o'zini tarbiyalashning o'zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarni bilishi zarur.

Pedogogik (kommunikativ) ta'sir ko'rsatish metodlari. Ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedogogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.

Talab-ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo'ladi. O'quvchining u yoki bu xatti-harakati o'qituvchi nazoratida bo'lib, ijobiy jihatlarni rag'batlantirib yoki aksincha nojo'ya xatti- harakati to'xtatib qo'yiladi.

Istiqbol-ta'sirchan pedagogik usul bo'lib, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma'lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo'ladi. Ushbu usul maktab o'quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo'lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi .

Rag'batlantirish va jazolash - tarbiyaviy ta'sirning eng an'anaviy usuli bo'lib o'quvchining xulq - atvoriga ijobiy ta'sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti - harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so'zsiz bajarishi o'quvchi rag'batlantiriladi. Nomaqbul xati-harakat, tartibbuzarlik, o'z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta'sir ko'rsatishni ta'minlaydi va uni qo'llash jarayonida ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab qilinadi.

Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning eng muhim usuli bo'lib, o'quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag'batlantirib borishda namoyon bo'ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma'lum bir yo'nalishda amalga oshirilishini ta'minlaydi, o'quvchining bir-biriga do'stona munosabatini shakllantiradi.

Kommunikativ qobiliyat (muloqot orqali ta'sir etish va muhitga kirib kelishi).

O'qituvchining kommunikativ ko'nikmasi "Yuzni o'qish san'ati", o'zgalar holatini tushuna olish, ozini namoyon qila bilish, nutq vositasi hamda so'zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchini to'g'ri tarbiyalash va jamiyat ravnaqi uchun yetuk shaxs etib tarbiyalanishi o'qituvchining ta'lim-tarbiyasiga bog'liqdir.

REFERENCES

1. Ganoblin D.N. O'qituvchi haqida qissa. Toshkent. 1969 yil.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Xodjayev B.X. "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". Toshkent. "Sano-standar" nashriyoti, 2017 yil.

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.