Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMI VA MAMLAKATIMIZDA SOʻNGGI YILLARDA AMALGA OSHIRILGAN TAʼLIM ISLOHOTLARI'

OʻZBEKISTONDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMI VA MAMLAKATIMIZDA SOʻNGGI YILLARDA AMALGA OSHIRILGAN TAʼLIM ISLOHOTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tadqiqot / zamonaviy / muassasa / taʼlim tizimi / koʻnikma / muloqot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jasurbek Rahmatullayev, Ollamurodova Feruza

Dunyo boʻyicha uch yilda bir oʻtkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga koʻra Finlandiya maktab oʻquvchilari dunyo boʻylab en yuqori natijalarni qayd etmoqda. Shu bilan birga ular dunyoda eng koʻp kitob oʻquvchi bolalar deb ham tan olingan. Finlandiya ta’lim tizimi turli mamlakatlardagi o’qituvchilar orasida haqiqiy qiziqish uyg’otadi, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi va aholining hayratlanishiga sabab bo’ladi. Zamonaviy ota-onalar o’z farzandlarini Finlyandiyaga o’qishga yuborishni orzu qiladigan boʻlishdi va maktab bitiruvchilari bu mamlakatda ta’lim muassasalarini ko’proq afzal ko’radilar. Ushbu maqolada ushbu taʼlimning oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun ijobiy taraflari va qulayliklari haqida siz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMI VA MAMLAKATIMIZDA SOʻNGGI YILLARDA AMALGA OSHIRILGAN TAʼLIM ISLOHOTLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

OZBEKISTONDA FINLANDIYA TA'LIM TIZIMI VA MAMLAKATIMIZDA SONGGI YILLARDA AMALGA OSHIRILGAN TA'LIM ISLOHOTLARI

1Jasurbek Rahmatullayev, 2O11amurodova Feruza

1Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tashkent Axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti 2-kurs talabasi 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti kechki 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214626

Anotatsiya. Dunyo bo'yicha uch yilda bir o 'tkaziladigan xalqaro tadqiqotlarga ko'ra Finlandiya maktab o'quvchilari dunyo bo'ylab en yuqori natijalarni qayd etmoqda. Shu bilan birga ular dunyoda engko'p kitob o 'quvchi bolalar deb ham tan olingan. Finlandiya ta'lim tizimi turli mamlakatlardagi o'qituvchilar orasida haqiqiy qiziqish uyg'otadi, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi va aholining hayratlanishiga sabab bo'ladi. Zamonaviy ota-onalar o'z farzandlarini Finlyandiyaga o'qishga yuborishni orzu qiladigan bo'lishdi va maktab bitiruvchilari bumamlakatda ta'lim muassasalariniko'proqafzalko'radilar. Ushbumaqoladaushbu ta'limning o'quvchilar va o'qituvchilar uchun ijobiy taraflari va qulayliklari haqida siz boradi.

Kalit so'zlar: tadqiqot, zamonaviy, muassasa, ta'lim tizimi, ko'nikma, muloqot.

Annotation. According to international studies conducted every three years, Finnish schoolchildren record the highest results in the world. At the same time, they are recognized as the children who read the most books in the world. The Finnish education system arouses real interest among teachers from different countries, is discussed by experts and causes admiration of the population. Modern parents dream of sending their children to study in Finland, and school graduates prefer educational institutions in this country. This article will tell you about the advantages and benefits of this education for students and teachers.

Key words: research, modern, institution, educational system, skill, communication.

KIRISH

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi" deydi. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hozir ta'lim tizimi va o'quvchilarini ta'lim sohasida erishgan yutuqlari bilan dunyoda yetakchi o'rinni egallagan Finlyandiya ta'lim tizimiga to'xtalmoqchiman.

Finlyandiya yaqinda nisbatan mustaqil davlatga aylandi, shunday bo'lishiga qaramay ta'lim hamda ilm fan sohasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi, dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlardan birini yaratdi. Finlyandiyalik maktab o'quvchilari tabiiy fanlar bo'yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo'yicha esa beshinchi o'rinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu natijalar emas. Shunisi hayratlanarliki, dunyo miqyosida yuqori ko'rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o'quvchilari darslarga u qadar ko'p vaqt ajratishmaydi. Ularda dars o'tishning samarali usullari yo'lga qo'yilgan har bir o'quvchining qobilyatini o'rganib qiziqishidan kelib chiqib yo'nalish tanlanadi. Finlandiya ta'lim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

tizimida har bir fan har bir dars qiziqarli o'yinlardan tashkil topadi bu esa o'quvchini yanada fanga bo'lgan qiziqishini ortishiga sabab bo'ladi darslarda mavzular o'qituvchi tomonidan qiziqarli o'quvchi yoshiga mos qilib mazmunli o'tilsa dars albatta samarali bo'ladi. Finlandiya eng yirik maktablarida eng ko'pi bilan 950 nafar o'quvchi, eng kichigida esa 15 nafar o'quvchi ta'lim oladi. Ammo maktablar bir hil jihozlangan, bir xil imkoniyatlarga ega hamda bir xil moliyalashtirilgan bo'ladi. Sinfxonalarda ham hamma o'quvchiga bir xil qaraladi "yaxshi" va "yomon" o'quvchilar ham yo'q. O'quvchilarni bir-biriga taqqoslash mutlaqo taqiqlangan hisoblanadi. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo'shroq bolalar ham "o'ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o'qishadi. Nogironligi bo'lgan bolalar ham maktabga borib o'z tengqurlari qatorida ta'lim oladi. Eshitishida va gapirishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun alohida sinf ochishlari mumkin. O'quvchilarga bitta fanni boshqalariga nisbatan chuqurroq o'rgatilishi to'g'ri hisoblanmaydi. U yerda, masalan, matematika fani san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi, qiziqishi va qobilyati bo'lishi mumkin. O'quvchilarni ma'lum bir kasbga yo'naltirishda yoki Zarurat tug'ilganda o'qituvchi o'quvchini ota onasi haqida bilishi mumkin. O'quvchilarning ota-onalariga va ularning ish joylariga doir savollar berish taqiqlangan. Ota - onalar, o'qituvchilar va bolalar bir xil huquq ega hisoblanadi. Bu bolani yoshligidan erkin fikrlashga o'z fikrini erkin bayon qila olishga undaydi. Bugungi kunda Mamlakatimizda ham o'quvchilar darslarda erkin o'z fikr mulohazalarini bayon qila olishi o'qituvchi bilan dars jarayonida mavzu bo'yicha fikr mulohaza almashinuvi ancha rivojlangan.Yoshlarning yanada ta'limga qiziqishlarini ortishini va yoshlar o'rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish uchun Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.

Eng quvonarlisi Oliy ta'lim yo'nalishlari kengaydi o'qishga kirish uchun talab ko'paydi bu yoshlar o'rtasida raqobatni shakllanttirshga sabab bo'ldi barchamizga ma'lumki raqobat bor joyda intilish va yanada mustahkam harakat bo'ladi. Bu sa'y-harakatlar barchasi kelajak avlodni bunyodkor g'oyalar ruhida tarbiyalash uchun qilingan ishlar natijasidur

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, ta'lim sohasida amalga ashirilayotgan har bir istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. "Finlandiya ta'lim tizimining asosiy afzalliklari va kamchiliklari"

2. Alisher Anvarov

3. "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" Sobitxon Turg'unov

4. "TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH - FAROVON KELAJAK POYDEVORI" Nimatullayeva, Maxfirat Rahmatullayevna

5. Mustafayev, U. U. (2021). OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?. Oriental

6. https://hidoya.uz/uz/news/769

7. https://www.gazeta.uz/oz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.