"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM UZVIYLIGINI TAMINLASH
MEXANIZMINI RIVOJLAN TIRISH Nuridinova Robiya Bekjonaliyevna
Xalqaro Nordik Universiteti 1 - kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10160048
Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning bosh bo'gini hisoblanadi va tarbiyalanuvchularni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalab maktab ta'limiga tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim o'quv dasturlarining uzviyligini ta'minlash hamda mavzulardagi o'zaro integratsiyasini ta'minlash orqali bolaning maktab muhitiga adaptatsiya jarayonini shakllantirish mumkun. Ushbu maqolada maktagacha va boshlang'ich ta'lim jarayonida uzviylikni ta'minlashni Fin ta'limi tizimi asosida tashkil etishni ko'rish mumkin.
Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, uzviylik, uzluksizlik, PISA, ta'lim - tarbiya, Fin ta'limi, maktabga tayyorgarlik, adaptatsiya, ko'nikma, qobiliyat, integratsiya.
Аннотация. Система дошкольного образования является основным звеном непрерывного образования и имеет особое значение в подготовке учащихся к школьному обучению. Сформировать процесс адаптации ребенка к школьной среде можно путем обеспечения согласованности программ дошкольного и начального образования и взаимной интеграции предметов. В данной статье можно увидеть организацию преемственности в процессе дошкольного и начального образования на основе финской системы образования.
Ключевые слова: система образования, последовательность, преемственность, PISA, образование, финское образование, подготовка к школе, адаптация, навыки, способности, интеграция.
Abstract. The preschool education system is the main link of lifelong education and is of particular importance in preparing students for school education. The process of adaptation of a child to the school environment can be shaped by ensuring consistency between preschool and primary education programs and mutual integration of subjects. In this article you can see the organization of continuity in the process ofpreschool andprimary education based on the Finnish education system.
Keywords: education system, consistency, continuity, PISA, education, Finnish education, school preparation, adaptation, skills, abilities, integration.
KIRISH
Mamlakatimizni gullab-yashnashi va jahon miqyosida munosin o'rin tutishi uchun hamda jamiyatimizning rivojlanishiga, eng avvalo, farzandlarimizning har tomonlama yetuk, bilimli va salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi bugungi kundagi dolzarb masalalardan bin hisoblanadi. Bu maqsadga erishishda uzluksiz ta'limda uzviylikka erishish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'limda uzviylikni taminlash maqsadida ta'lim berish jarayoni avvalgisining negizida yuzaga kelishi, o'quv jarayonining barcha bosqichlari hamda mashg'ulotlarida o'zaro integratsiyaning mavjudligi o'quv dasturlardagi mavzularning takrorlanishlarning bo'lmasligi hamda mavzularning soddadan murakkabga qarab borishini taminlash alohida ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Ta'lim sohasi mamlakatimizda rivojlanib borayotgan ijtimoiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi. 2020- yil 23- sentabrida O'RQ- 637- sonli " Ta'lim to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqlandi. Qonunda ta'lim turlari:
♦ Maktabgacha ta'lim va tarbiya;
♦ Umumiy o'rta va o'rta maxsusta'lim;
♦ Proffesional ta'lim;
♦ Oliy ta'lim;
♦ Oliy ta'limdan keyingi ta'lim;
♦ Kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish;
♦ Maktabdan tashqari ta'lim kabi ta'lim turlari uzluksizligi va uzviyligini, mazmun jihatdan ketma- ketligini ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda. [1]
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim va tarbiya masalalariga katta e'tibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni ta'lim va tarbiyalashda, bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turini takommillashtirish va bu ikki ta'lim turlari aro o'quv dasturlarining va ta'lim jarayoni uzviyligini taminlashga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 6- noyabrdagi Talim- tarbiya va ilm fan sohalarini yanada takommillashtirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlar dasturining 4-bandida Maktabgacha,umumiy o'rta ta'lim, professional va oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ijro uchun ma'sullar etib, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, maktabgacha ta'lim vazirligi, Oliy va o'rta ta'lim vazirligi etib tayinlangangan ( bugungi kunda " Maktab va maktabgacha ta'lim" vazirligi etib yuritiladi). [2]
MUHOKAMA
Birinchi sinf o'quvchilarini yangi o'quv muhitiga adaptatsiya jarayoni ancha qiyin kechadi. Mutaxassislar bu masalani atroficha o'rganib quyidagi xulosaga kelishdi, birinchi sinf o'quvchilarining ijtimoiylashuvini tezlashtirish hamda jamiyatga muvaffaqiyatli qo'shilishi uchun maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim ishidagi uzluksizlikni ta'minlash degan xulosaga kelishdi.
Maktabgacha yosh davri (3 yoshdan 7- yoshgacha) asosiy bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay davr hisoblanadi. Bu davrda bolalar bilish jarayoni- idrok, xotira, hayol, tasavvur va tafakkur qilish jarayoni faol sodir bo'ladi. Bu jarayonni to'g'ri tashkil qilish uchun nafaqat maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimidagi uzluksizlikni ta'minlagan holda yaxlit muhitni tashkil qilish kerak, balki har bir ta'lim jarayonidagi mavzular o'rtasidagi uzviylikni taminlash ham alohida ahamiyatga ega. Uzviylik bo'yicha vazirliklararo xamkorlikning dastlabki kunlaridanoq maktabgacha ta'lim hujjatlari mazmuni bilan boshlang'ich sinf bilan bog'lanishiga e'tibor qaratildi. Jarayonda UNISEF xalqaro bolalar fondi mutaxassislari ishtirokida Estoniya, Finlandiya, Janubiy Kareya va polsha davlatlarining tajribasi o'rganilgan. [3]
Finlandiya maktab o'quvchilari PISA (Xalqaro talabalar ta'lim yutuqlari tadqiqotlari) xalqaro tadqiqotlarida qoyilmaqom natijalarga erishdi. Bu muvaffaqiyatning siri nimada? Barchasining asosida boshlang'ich o'rta maktabning yagona tuzilmasi va unga biriktirilgan holda, o'quvchilar faravonligini ta'minlashga yo'naltirilgan turli toifadagi xizmatlar yotibdi. Boshlang;ich maktab - bu ma'lum ma'nodagi fin jamiyatining mitti holatidir. Turli xil oilalardan kelgan va turli darajadagi iqtidorga ega bo'lgan o'quvchilar bir guruhda o'qimoqda.
Ikkinchi omil- bu ta'lim vazifalari bilan bir qatorda, bolalarning ijtimoy , axloqiy va jismoniy rivojlanishi bo'yicha farqlarini ham e'tiborga oluvchi o'quv rejasidir. Tabiiyki oliy
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
ma'lumotli va o'z ishiga sodiq bo'lgan malakali o'qituvchi markaziy omil bo'lib xizmat qiladi. O'qituvchilar o'z ishlarida keng miqyosdagi pedagogik muhtoriyatga va ham o'z o'quvchilarining ota- onalari ham boshqaruvning ishonchiga ega. Bu finlandiyadagi maktablarga davlat kamissilarining kelmasligi va faoliyat ustidagi ta'lim organlari nazoratining ham yo'qligini anglatadi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim bu- kelajakkka ko'prik va boshlang'ich o'rta maktab ushbu ko'prikni ko'tarib turuvchi ustundir. [4]
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilarga Vatanni sevish, asrab- avaylash u bilan g'ururlanish kabi xissini uyg'otish, jamiyatga moslashishini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda savodxonlik, nutq o'stirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish kabi frontal mashg'ulotlar hamda 5ta rivojlanish burchaklaridagi mashg'ulotlar orqali bolalar boshlang'ich bilimlarni oladi. Bolalarning yetakchi faoliyati o'yin ekanligini inobatga olgan holda barcha mashg'ulotlar o'yin tarzida va qiziqarli metodikalar tarzida olib boriladi. Barcha frontal va rivojlanish markazlaridagi mashg'ulotlar bolaning yosh xususiyatiga mos va xos tarzda va diqqatini e'tiborga olgan holda tashkillashtiriladi. Boshlang'ich ta'limda esa bu jarayonni avvalgisini negisidan olgan holda, ham o'quv dasturlaridagi integratsiyasini taminlab, o'quv jarayonini to'g'ri tashkillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o'tishida bolaning turmush tarzida, ahloqi, qiziqishi, munosabatlarida, anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bolalarga maktabgacha ta'lim hamda oilada uncha murakkab bo'lmagan va soddadan murakkabga qarab ketuvchi bilim, ko'nikmalar, tushunchalar berib boriladi.
Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra " Maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi:
❖ jismoniy;
❖ shaxsiy ( ruhiy);
❖ aqliy;
❖ maxsus tayyorgarlik. [5]
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lig'ini, harakat ko'nikmalarini bajara olishi hamda rivojlanish darajasining qay darada ekanligini anglatsa, shaxsiy ya'ni ruhiy tayyorgarlik bolaning atrofda yuz berayotgan vodea- hodisalarga munosabatida, tengdoshlariga hamda jamiyatdagi insonlarga bo'lgan munosabatida, o'zini tuta bilishida namoyon bo'ladi. Maktabga tayyorgarlik maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta'lim- tarbiyaviy ishining muhim yakuni sifatida qaraladi. Bolani yetakchi faoliyati bo'lmish o'yin faoliyatidan maktab muhitida o'quv faoliyatiga o'tadi, ma'lum erkin faoliyatdan farqli o'laroq majburiy bo'ladi. Faoliyatning o'zgargani hisobiga bola kundalik hayot jarayonlarini qayta quradi. Bolaning mustaqilligi, ijtimoiylashuvi, atrofdagilarga munosabati, intizomlilik talablari ortadi, shaxsiy ma'suliyati ancha- muncha oshadi. Bunday muommolarni yechimini topishimiz uchun biz pedagoglar, bolalarning o'zlashtirishda yuqori ko'rsatkichlarni qo'lga kiritishimiz kerak. Bu ko'rsatkichlarga erishish bir qator omillarning faoliyati natijasidir:
❖ ta'lim tiziming tuzilishi, uzluksizligi va o'zaro uzviyligi;
❖ qaror qabul qilishning taqsimlangan vakolatlari va maktablarning ta'lim tarbiya berishdagi muxtorligi;
❖ ta'lim- tarbiya jarayoning o'quvchiga moslashganligi;
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
♦ o'quv jarayonida ma'lum qiyinchiliklarga duch kelgan o'quvchilar uchun alohida ta'lim
tizimi;
♦ o'quvchilarga har tomonlama yordam berish tizimi;
♦ malakali hamda tajribali, o'z kasbini sevadigan pedagoglar jamoasi. XULOSA
Muhtasar qilib aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning birinchi va bosh bo'g'ini hisoblanadi. U bolaning har tomonlama psixologik, jismonan va ruhan barkamol etib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi. Tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart- sharoitlar yaratish, moddiy- texnik bazasini yanada takomillashtirish, MTTga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb qilish alohida ahamiyatga ega. Tarbiyachilar tomonidan o'quv dasturlari o'zlashtirilib, davlat talablari asosida zamonaviy o'quv- metodik majmualar, didaktik va ko'rgazmali o'quv materiallardan to'la qonli foydalanishi kerak. Finlandiya o'quv jarayonining asosiy yutug'i o'qituvchilar, o'quv dastur va qo'llanmalardan to'liq, kerakli va samarali foydalanishadi. Ular bu qo'llanmalarni qimmatli ko'makchilar deb qarashadi. Ularga tayangan holda darslarni osonroq va tezroq rejalashtirish mumkin, o'quv boshidan boshlab ishlab chiqishga alohida darslarning mavzularini o'ylab topishga zarurat qolmaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2020- yil 23- sentabrdagi O'RQ 637- sonli " Ta'lim to'g'risidagi" qonuni
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 6- noyabrdagi " Ta'lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida" gi PQ- 4884- son qarori
3. О.АДуйсинов. А.А.Насиров. Узлуксиз таълим тизимида узвийликни таъминлаш муоммо ва ечимларию - Замонавий таълим / Современное образование 2022, бет-113
4. Илкка Тайпале. Финляндиянинг 100 та ижтимоий инновацияси. - Т.: Шарк-2019 - бет 139
5. B.R.Djurayeva., H.M.Tojiboyeva., G.M.Nazirova. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda ta'lim tarbiya berishning zamonavit tendensiyalari. - T.: O'zPFITI - 2015 bet - 72
6. www.lex.uz