O'ZBEKISTONDA ELEKTRON KUTUBXONALAR VA XALQARO HAMKORLIKNING RIVOJLANISH SAMARALARI
Shoiraxon To'ychiyeva
O'zbekiston davlat sa'nat va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro hamkorlik natijasida yurtimizda zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi hamda foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish maqsadida xodimlarning xalqaro tajribalar asosida masofaviy o'qitish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: xalqaro, hamkorlik, axborot-kutubxona muassasa, elektron, korparativ, tarmoq, loyiha, kitob, masofaviy o'qitish
DEVELOPMENT EFFECTS OF ELECTRONIC LIBRARIES AND INTERNATIONAL COOPERATION IN UZBEKISTAN
Shoirakhan Toychiyeva
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article covers the development of modern information-library institutions in our country as a result of international cooperation, as well as issues of distance education of employees based on international experiences in order to provide quality service to users.
Keywords: international, cooperation, information-library institution, electronic, corporate, network, project, book, distance learning
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida kitob ilm-fan, madaniyat va insonlar tafakkurining rivojlanishiga xizmat qilib kelgan. Zamonlar osha kitoblar kishilarni tarbiyalashi, ularni aqliy rivojlantirishi natijasida kitoblarning ham shakl-shamoyillari o'zgarib, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab elektron kitoblar yaratila boshlangan. Endi butun bir binoni egallab turgan yozma axborot manbalari-kitoblar, gazeta, jurnal va boshqa hujjatlar birgina kompyuter yoki kichkina telefonda jamlangan.
Bugungi kunda ulardan foydalanish samarasini oshirish maqsadida to'la matnli ma'lumotlar bazasini yaratilmoqda. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan axborot-kutubxona muassasalarida 2011-yil 23-fevraldagi "2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishining chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2012-yil 20-martdagi "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi-
axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etishning chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda O'zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonunida belgilab berilgan islohotlarni bajarib, elektron resurslar yaratish, mamlakatimizning yig'ma elektron katalogini tashkil etish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi kutubxonalarda 2013-yildan boshlab virtual korporativ tizimini yaratishga kirishilib, "O'zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli asosiy kutubxona va ilmiy-tekshirish institutlari kutubxonalarining virtual korporativ tizimi" mavzusida loyiha bo'yicha ish boshlandi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirish belgilandi:
- ilmiy axborotlarning tizimi va turlarini, ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy ishlar uchun zarur jarayonlar va vositalarning tahlili va tasnifi;
- bibliografik axborotlar, to'liq matnli axborotlar uchun xalqaro standartlar talabi asosida ma'lumotlar bazasi (matnli, video, audio) strukturasini ishlab chiqish;
- O'zbekiston Respublikasi FA kutubxonalarini kerakli texnik va dasturiy ta'minot bilan ta'minlash. Kutubxonachilarga elektron katalog yaratish, elektron kutubxona, kitobxonlarga zamonaviy axborot xizmati, virtual korporativ tarmoqda ishlash bo'yicha maxsus trening kurslarini o'tkazish;
- elektron katalog va to'liq matnli ilmiy-ta'limiy ma'lumotlar bazasini (dissertatsiyalar, avtoreferatlar, monografiyalar, ilmiy maqolalarni o'z ichiga oladi) shakllantirish va ularni yig'ma elektron katalogga ulab qo'yish;
- yig'ma elektron katalogga va ilmiy ta'limiy axborot ma'lumotlar bazasiga onlayn murojaatlarni taqdim qilish, virtual korporativ tizimi orqali kutubxonalarning tezkor ma'lumotlarini olishni ta'minlash;
FA tizimidagi kutubxonalar xodimlariga elektron ma'lumotlar bazasini yaratish, foydalanish, elektron katalog yaratish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish hamda samarali axborot almashish uchun va kitobxonlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatish uchun O'zbekiston Respublikasi FA kutubxonalarining rivojlangan virtual korporativ tizimini O'zbekiston Milliy kutubxonasining elektron kutubxonasiga ulashdan iborat masalalar hal etishga kirishildi.
Korporativ tarmoqda ishlash bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Bular: konsorsium ishtirokchilari o'rtasida axborotlarni operativ almashish, yozuvlar va materiallarning qayta takrorlanishi oldini olish, yig'ma elektron katalogni (YEK) shakllantirish. YEK tarmoqqa yagona portaldan kirish va JAR lardan samarali qidiruvni tashkil etishga imkon yaratadi.1
1 Raxmatullayev M.A., Ganiyeva B.I. Jahon axborot resurslari: darslik / M.A.Raxmatullayev, B.I. Ganiyeva; oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU.-Toshkent: Aloqachi, 2019.-16b.
2014-yilda yurtimizdagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari Koreya Respublikasining Kyonxi unversiteti markaziy kutubxonasida zamonaviy kutubxonalarning boshqarish usullarini o'rganish masalasida malaka oshirganlar. Respublikamizdagi joriy etilgan ilk Milliy umumta'lim elektron kutubxona (UZNEL) loyixasi ham Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg'armasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Ushbu dastlabki loyiha asosida O'zbekiston milliy kutubxonasi va viloyatlardagi 20 ta kutubxonalar o'zaro bog'langan. Kelgusida loyiha asosida o'zaro tarmoqlarga bog'lanish O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan 200 ta kutubxonani qamrab olish rejalashtirilgan.
Loyiha asosida, rivojlangan telekommunikatsion tarmoqlar va elektron ma'lumotlar bazasini shakllantiruvchi dasturiy mahsulotlar konsorsium ishtirokchilari o'rtasida yuqori tezlikdagi kanallar orqali ilmiy-ta'limiy axborotlarni almashishga imkon yaratildi.
Bugungi kunda xalqaro hamkorliklar natijasida yurtimizda yuqori malakali mutaxassislarning yetishib chiqishi hamda ma'lumot bazalarini, axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqilishi, axborotni tashuvchi, tarqatuvchi tashkilotlar bilan ijodiy hamkorlikning mavjudligi kutubxonalar, ta'lim muassasalari, ilmiy markazlarning zarur ilmiy-ta'limiy axborotlar bilan ta'minlanishi korporativ tarmoqni rivojlantirishning asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
So'ngi paytlarda mamlakatimizda foydalanuvchilarning kutubxonalardan foydalanish darajasining pasayishi kuzatilayotgan edi, lekin horijiy mamlakatlar bilan o'rnatilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy hamkorliklar bugungi kunda zamonaviy, yangi innovatsion va samarali texnologiyalarning kirib kelishi hamda horijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida foydalanuvchilarga zamon talablari asosidagi interfaol xizmat turlaridan foydalanish sharoitlari yaratildi. Barcha turdagi ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlarning elektron shakllari yaratilib, respublikadagi axborot-kutubxona markazlarining axborot resurslari jamlab, internet tarmog'ida korporativ tarmoq yaratilgan. Bu tarmoq orqali respublikamizning barcha axborot-kutubxona markazlari bitta markaziy tarmoqqa bog'lanib kutubxonalardagi barcha adabiyotlar haqidagi ma'lumotlar jamlanib, elektron kataloglar ma'lumotlar bazasi shakllantirildi. Korparativ tarmoqlarning rivojlanishi yurtimiz kitobxonlariga axborot-kutubxona markazlari xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini bermoqda. Shu tarzda kutubxonalardan foydalanuvchilarning soni ortmoqda.2
Ayniqsa, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda
2 To'ychiyeva Sh. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMI HAMDA MULTIMEDIYA VOSITALARI Volume 4 Issue 2 / April 2023.-378-bet
rTTTyjS^^Ä] 40 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga omil bo'ldi. Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va ta'lim oluvchilar Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o 'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagida bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «virtual o'quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo'ladi. Ma'lum sabablarga ko'ra, ta'lim muassasalarining kunduzgi bo'limlarida tahsil olish imkoniyati bo'lmagan, masalan, mutaxassiligini o'zgartirish niyati bo'lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo'lgan kishilar uchun masofaviy o'qitish qulay o'qitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan masalan, an'anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari o'quv qo'llanmalari va darsliklar talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'ladilar. Elekton masofaviy o'qitish - eng yaxshi an'anaviy va innovatsion metodlar, o'qitish vositalari va formalarini o'z ichiga olgan ta'lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta'lim formasidir
"2019-2024-yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi" asosida bugungi kunda kadrlar masalasiga juda katta e'tibor qarailib, soha xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ularga uzluksiz axborot-kutubxona ta'limini berish tizimi yaratilib zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida, axborot-kutubxona kadrlarini masofadan turib o'qitish tizimini joriy qilinmoqda (masofaviy ta'lim axborot texnoligiyalaridan faydalangan holda o'qituvchi va talaba o'rtasidagi bir-biri bilan masofa yoki vaqt oralig'ida ajratilgan ta'lim turi).
Shuningdek, o'qituvchi va assistentlarning xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda (kutubxona fakultetlarida) stajirovka o'tashi tashkil qilinib, axborot-kutubxonachilik ishi bo'yicha ilmiy maktablar rivojlantirilmoqda. Kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni o'rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida "Kutubxona-axborot faoliyati" yo'nalishi bo'yicha qabul kvotalarini oshirish, axborot-kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish bo'yicha xalqaro loyihalarda axborot-kutubxona muassasalarining ishtirokini kengaytirish va boshqa ishlar samaradorligi oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro hamkorliklar natijasida yurtimizda yuqori malakali mutaxassislarning yetishib chiqishi hamda axborot-kutubxona muassasalari masofadan turib, kadrlarining malakasini oshirish natijasida xodimlarning sohadagi ilg'or tajribalar, zamonaviy bilim va malakalarni o'zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish uchun kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini takomillashtirish va xodimlarning ijodiy faolligini rivojlantirishdir. Shu bilan birgalikda xodimlarning ijodiy-innovatsion faollik darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish, ilg'or xorij tajribalarini o'rgatishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Oliy Majlisga Murojaatnomasi.-T.; "O'zbekiston" NMIU, 2018.-80b.
2. Axborot-kutubxona faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'plami: uslubiy qo'llanma / Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi; M.Komilova tuzgan; muharrir A.Qilichboyev.- Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2021.-373 b.
3. I.J. Yo'ldoshev, O. Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyot - o'quv qo'llanma. T.-2020y, 303 bet.
4. Berdiyeva Z. Kutubxonashunoslik: kasb-hunar kolleji uchun qo'llanma, 2-nashr; Toshkent.-Ilm-ziyo.-2013.-397 b.
5. Y. O. Mannonov, K. G. Mavlanov. Axborot-kutubxona texnologiyasi-o'quv qo'llanma, Toshkent, nashriyot. 2013. 160 bet.
6. Islomova X., Karimov O'.. Xodimlar malakasini oshirishda multimedia tizimlaridan foydalanish / Islomova X., Karimov O'// Taqriz va fikrlar.-2010.
7. Rahmatullayev M.A., G'aniyeva B.I. Jahon axborot resurslari: darslik / M.A.Rahmatullayev, B.I. G'aniyeva; Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU.-Toshkent: Aloqachi, 2019.-180b.
8. Teshaboyeva Umida. Rivojlangan kutubxonalar mamlakat taraqqiyotidan dalolatdir /U Teshaboyeva //Infolib.-2020.-№3, -2 b.
9. zOKIROV, m. (2022).o'zbekistonda boshlang'ich ta'lim tizimida ta'limlarda fuqarolik ta'limni shakllantirgan xorijiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirish markazini tuzish masallari.
10. Zakirov m. kelajak o'qituvchilarda o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga yo'llangan septik kobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodologik jonlari //Akademicheskie issledovannoy sovre. - 2023. - t. 2. - №. 1. - s. 81-85.
11. To'ychiyeva Sh. Axborot-kutubxona muassasalarida internet tizimi hamda multimediya vositalari Volume 4 Issue 2 / April 2023.-377-381-bet
12. To'ychiyeva Sh. O'zbekiston va xorijiy davlat kutubxonalari o'rtasidagi xalqaro anjumanlar Volume 3 Issue 4 / December 2022.-64-68 bet