Научная статья на тему 'AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMI HAMDA MULTIMEDIYA VOSITALARI'

AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMI HAMDA MULTIMEDIYA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
701
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Internet / axborot / elektron kutubxona / elektron katalog / ma’lumotlar bazasi / foydalanuvchi / kompyuter texnologiyalari / multimediya vositalari / malaka oshirish / ARMAT / KARMAT / UNIKAT dasturlari / MARC farmaati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoiraxon To‘ychiyeva

Ushbu maqolada, axborot-kutubxona tizimida zamonaviy xizmat ko‘tsatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari hamda multimediya vositalari yordamida xodimlarning masofaviy malaka oshirishdagi samaralari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMI HAMDA MULTIMEDIYA VOSITALARI»

AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TIZIMI HAMDA MULTIMEDIYA VOSITALARI

Shoiraxon To'ychiyeva

O'zbekiston Davlat Sa'nat va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada, axborot-kutubxona tizimida zamonaviy xizmat ko'tsatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari hamda multimediya vositalari yordamida xodimlarning masofaviy malaka oshirishdagi samaralari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Internet, axborot, elektron kutubxona, elektron katalog, ma'lumotlar bazasi, foydalanuvchi, kompyuter texnologiyalari, multimediya vositalari, malaka oshirish, ARMAT, KARMAT, UNIKAT dasturlari, MARC farmaati

INTERNET SYSTEM AND MULTIMEDIA MEDIA IN INFORMATION

LIBRARY INSTITUTIONS

Shoirakhan Toychiyeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article describes modern service provision in the informationlibrary system, methods of effective use of information and communication technologies, and the effectiveness of remote training of employees using multimedia tools.

Keywords: Internet, information, electronic library, electronic catalog, database, user, computer technologies, multimedia tools, professional development, ARMAT, KARMAT, UNIKAT programs, MARC pharmacy

Hozirgi kunda internet tizimi foydalanuvchilar hayotiga shunchalik chuqur kirib borganki, natijada kutubxonachi va foydalanuvchining yuzma-yuz muloqoti kamayib ketmoqda. Foydalanuvchilar kutubxonalardagi bosma nashrga oid ma'lumotlardan ko'ra, Internetdan olingan ma'lumotlardan foydalanishni maqul ko'rmoqdalar. Shuning uchun hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda foydalanuvchilarni kutubxona bilan bevosita aloqani o'rnatish, qatnovni yo'lga qo'yish uchun ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda internetga ulangan maxsus kompyuterli xonalar ochib, ko'pgina kutubxonalar foydalanuvchilarga o'zlari murojaat qilish tartibini yo'lga qo'ydilar. Ular orqali mutaxassislarga kutubxona manbalaridan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Bu orqali kutubxona - axborot xizmati sifatini yanada oshirib, foydalanuvchilar sonini ko'paytirib bormoqdalar.

I icclT^^^^H 377 http://oac.dsmi-qf.uz

So'ngi paytlarda yurtimizda ham foydalanuvchilarning kutubxonalardan foydalanish darajasining pasayishi kuzatilayotgan edi, lekin horijiy mamlakatlar bilan o'rnatilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar natijasida bugungi kunda zamonaviy, yangi innavatsion va samarali texnologiyalar kirib keldi, horijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalar asosida mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida foydalanuvchilarga zamon talablari asosidagi interfaol xizmat turlaridan foydalanish sharoitlari yaratildi. Barcha turdagi Ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlarning elektron shakllari yaratilib, respublikadagi axborot-kutubxona markazlarining axborot resurslari jamlab, internet tarmog'ida korporativ tarmoq yaratilgan. Bu tarmoq orqali respublikamizning barcha axborot-kutubxona markazlari bitta markaziy tarmoqqa bog'lanib kutubxonalardagi barcha adabiyotlar haqidagi ma'lumotlar jamlanib, elektron kataloglar ma'lumotlar bazasi shakllantirildi. Bu loyiha yurtimiz kitobxonlariga axborot-kutubxona markazlari xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini bermoqda. Shu tarzda kutubxonalardan foydalanuvchilarning soni ortmoqda.

Bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiylarining rivojlanishi natijasida bugungi kunda axborot-kutubxona muassasalarida, foydalanuvchilarning xohish istagi, imkoniyatlari, axborotlarga bo'lgan qiziqishlarini ta'minlashning turli usullari bilan birga multimediya vositalaridan ham samarali foydalanilib kelinmoqda. Ayniqsa, multimediya vositalaridan ta'lim tizimida foydalanish ko'proq samara bermoqda.

Multimediya-kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko'rinishdagi avdio va vidio axboratlaridan foydalanadigan soha.

Multimediya (multimediya-ko'p muhitlik) vositalari bu apparat va dasturlar to'plami bo'lib, u insonga o'zi uchun tabiiy bo'lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, vidio, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalangan holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. Multimediya foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi, bunda foydalanuvchi u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi, shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun birinchi navbatda, tovushli va vidio obrazlar tilida bo'lib o'tadi.1

Bugungi kunda respublikamizning barcha axborot-kutubxona markazlarida O'zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonunning 4-moddasida keltirilgan foydalanuvchilarga axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Kutubxonalarda xizmatlarning innavatsion turlari yaratildi ular qatori multimediya vositalaridan samarali foydalanish ham yo'lga qo'yilgan.

1 Y. O. Mannonov,K. G. Mavlyanov. Axborot-kutubxona texnologiyasi-o'quv qo'llanma, Toshkent.-"Noshir".-2013-yil.-39-bet.

378

http://oac.dsmi-qf.uz

Axborot-kutubxona muassasalarida multimediya vositalaridan foydalanish foydalanuvchilarning talab va istaklari asosida tashkillanadi. Multimediya vositalaridan foydalanuvchilarning savollariga aniq javob berish, olinayotgan axborotlarni eslab qolish yoki maxsus fayllar tashkil etish, matnlardan nusxa ko'chirishda foydalaniladi. Bundan tashqari undan o'quvchilarga audio, vidio, matn, grafika va animatsiya (obyektning fazodagi harakati) effektlari asosida o'quv materiallarini yetkazib berishda foydalaniladi, ayniqsa bugungi kunda xorijiy tillarni o'rganishda multimediyali kitoblar fodalanuvchilar o'rtadida keng ommalashgan.

Foydalanuvchiga multimediya vositalari orqali:

- berilayotgan ma'lumotlarni chuqur va mukammal o'zlashtirish;

- ta'limdagi innovatsion shakllari asosida bilimga ega bo'lish;

- tez va sifatli ma'lumotlar asosida vaqtdan unumli foydalanish;

- ta'limning innovatsion usuli-ko'rish, eshitish orqali olingan bilimning uzoq vaqt xotirada saqlanib qolish imkoniyatlari yaratiladi.

Bunday innovatsion texnologiyalardan foydalanish foydalanuvchilarning kutubxonalarga bo'lgan qizishini orttirishda ham muhim rol o'ynaydi.

Xodimlarning malakasini oshirishda ham multimediya vositalaridan foydalanish juda qulay vositaga aylangan. Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'qitishning an'anaviy usulidan ko'ra interaktiv dasturlarga asoslangan multimediya vositalari yordamida o'qitish ancha samarali va tushunarli ekanligini isbotladi. Chunki eshitib o'rgangan materialning faqat to'rtdan bir qismigina yodda qolsa, multimediya vositasi orqali interaktiv dasturi yordamida ko'rib o'rganish natijasida organilgan manbaning eslab qolish darajasi o'ttiz foyizgacha ortar ekan.

Rivojlangan mamlakatlarda multimediyali vositalar asosida xodimlarning malakasini oshirish XX asrning so'nggi yillarida boshlangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, ular xodimlarning bevosita ish o'rinlarida malakasini oshirish, ya'ni mustaqil ta'lim olishga imkoniyat yaratishga katta e'tibor berganlar.

Peugeot va Allied Irish Bank (AIB) firmalari o'z xodimlarni multimediali kurslarda o'qitish afzalligini birinchilardan tushunib yetdilar, ularning fikricha, ish o'rinlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malaka oshirish, maslahatlar olishda multimediyali tizimlardan foydalanish katta samara berar ekan. Peugeot firmasida multimediyali darsliklar CD-ROM disklarida interaktiv videokliplar shaklida saqlanadi. Kompaniyaning sotish bilan shug'ullanadigan barcha xodimlari ana shunday disklar bilan ta'minlangan. AIB firmasi interaktiv multimediali dastur bilan har bir bank xodimini ta'minlagan. Xodimlarning har biri kerakli maslahatni bevosita ish o'rnida olishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006-yilda qabul qilingan "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risidagi" Qarori asosida, dastlab respublikamizda tashkil etilgan ARM va AKM xodimlarini

I ihSi^^Bl ^79 http://oac.dsmi-qf.uz

malakasini oshirishda ushbu multimediya vositalaridan o'qitish usulidan foydalanila boshlangan.

Multimedia tizimlarining yuqorida keltirilgan imkoniyatlaridan ARM va AKM xodimlarining malakasini oshirishda samarali foyda keltirdi. ARM va AKM xodimlari malakasini oshirishda asosan elektron katalog bazasini shakllantirish malaka va ko'nikmalarini egallashga qaratilgan. Ma'lumki MARC formatlariga tegishli 1000 ga yaqin maydonlardan, keraklisi tanlab to'ldirish avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimining elektron katalogini shakllantirishda qo'llanilgan. ARM va AKM xodimidan Elektron katalog (EK) bazasini shakllantirish katta malaka talab qiladi.

«Adobe Captivate», «Adobe Audition», «Adobe Flash» dasturlaridan samarali foydalangan holda axborot-resurs markazi xodimlari malakasini oshirishga mo'ljallangan «Bir muallifli kitob bibliografik tavsif elementlarini KARMAT tizimining EK bazasiga kiritish KARMAT tizimi asosida elektron katalog bazasini shakllantirish" multimedia o'quv qo'llanmasini Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti dotsenti U.F.Karimov rahbarligida TATU talabasi F.Axmedov tomonidan bitiruv malakaviy ishi sifatida yaratildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Ushbu dastlabki multimediali o'quv qo'llanmasi elektron katalog yaratuvchilar va avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimidan foydalanuvchilarning mustaqil ravishda elektron katalog yaratish va undan foydalanishni o'rgatishga mo'ljallangan. Ushbu multimediya vositalaridan foydalanib xodimlar EK bazasiga kiritiladigan bibliografik ma'lumotlarni kiritish tartibi va tarkibini o'rgana boshladilar.

Bundan tashqari, bir muallifli hujjatning bibliografik tavsif elementlarini tizimning maydon va maydon ostilariga kiritish ARMAT++ dasturida ARMAT-U dasturidagiga o'xshash Kataloglashtirish MARC 21 formati talablari asosida bajariladigan multimediyali o'quv dasturlari ham ishlab chiqilib xodimlar malakasini oshirishda qo'llanilib kelindi.

Bugungi kunda esa axborot kutubxona tizimining elektron katalogini shakllantirishning yanada samarali, qulay usullari yaratilib, unicat.natlib.uz onlayn tizimida bibliografik yozuvga hujjatning nusxasini qo'shish jaroyonlari asosida axborot-kutubxona xodimlarining malakasi oshirilishda foydalanilmoqda. Bunday usullardan foydalanishning afzalliklari juda ko'pdir. Masalan, xodimlar multimediyali vositalar yordamida o'z ish joyining o'zida malakasini oshirib, zamonaviy ishlash usullarini o'rganishlari mumkun, bu esa xodimning vaqtini tejab, ortiqcha mablag' sariflashni oldini oladi, eng asosiysi eshitib, ko'rib, bevosita osha jaroyonning o'zida ishtirok etib o'rganish orqali ishlash uslubini tez va oson o'zlashtirishga erishmoqdalar.

Unicat dasturi universal kataloger bo'lib, dastur ko'p tilli va juda ko'p turli xil funktsiyalarni o'z ichiga oladi, uning yordamida axborot-kutubxona xodimlari ma'lumotlarni turli joylarda va hatto turli tashuvchilarda jismonan joylashishi mumkin

I ibiSi^^Bl ^80 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lgan bir xil bo'limlarga guruhlash orqali istalgan mavzu va tuzilmaning kataloglarini yaratishlarni o'rganadilar. Ushbu dastur yordamida axborot-kutubxona xodimlari kitoblar, kompakt disklar, hujjatlar va boshqalar kabi har qanday turdagi ma'lumotlar uchun katalog yaratishinni o'rganmoqdalar. Ushbu dastur ma'lumotni saqlash xavfsizligi uchun axborot-kutubxona xodimlari kataloglar va shaxsiy ma'lumotlarni parol bilan himoya qilishni o'rganmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.J. Yuldashev, O'.Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti-o'quv qo'llanma. T.-2020y, 303 bet.

2. Berdiyeva Z.Kutubxonashunoslik: kasb-hunar kollej uchun qo'llanma, 2-nashr; Toshkent.-Ilm-ziyo.-2013.-397 b.

3. Y.O.Mannonov, K.G.Mavlanov. Axborot-kutubxona texnologiyasi-o'quv qo' llanma, Toshkent,-No shir. -2013 -yil. -160-bet.

4. Islomova X., Karimov O'.. Xodimlar malakasini oshirishda multimedia tizimlaridan foydalanish / Islomova X., Karimov O'// Sharh va fikr-mulohazalar.-2010-yil.

5. Raxmatullayev M.A., Ganiyeva B.I. Jahon axborot resurslari: darslik / M.A.Raxmatullayev, B.I. Ganiyeva; oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU.-Toshkent: Aloqachi, 2019.-180b.

6. Teshaboyeva Umida. Rivojlangan kutubxonalar mamlakat taraqqiyotining belgisidir /U Teshaboyeva //Infolib.-2020.-№3, -2 b.

7. Teshaboyeva Umida. Rivojlangan kutubxonalar mamlakat taraqqiyotining belgisidir /U. Teshaboyeva//Infolib.-2021.-№3, -7 b.

8. Yo'ldosheva S. O'qish psixologiyasi./ O'quv qo'llanma.-Qo'qon, ART PRESS, 2022.-146 b.

9. To'ychiyeva Sh. Bolalar kitobxonligi /Sh.To'ychiyeva //Oriental ART and Culture.-2022.-№1.-77-81 b.

10. To'ychiyeva Sh. Axborot-kutubxona markazi hodimlari faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san'atining ahamiyati /Sh.To'ychiyeva // Oriental ART and Culture.-2022.-№1.-607-613 b.

381

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.