Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLAT KUTUBXONALARI O’RTASIDAGI XALQARO ANJUMANLAR'

O’ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLAT KUTUBXONALARI O’RTASIDAGI XALQARO ANJUMANLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
486
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Axborot-kutubxona / mamlakat / Milliy kutubxona / xalqaro / Central Asia / xalqaro / zamonaviy / elektron

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoiraxon No’Monovna To’Ychiyeva

Ushbu maqolada, yurtimizda kitobxonlikni yuksaltirish hamda jahon tajribalari asosida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish yo‘lidagi xalqaro hamkorlik munosabatlarning olib borilishi ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLAT KUTUBXONALARI O’RTASIDAGI XALQARO ANJUMANLAR»

O'ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLAT KUTUBXONALARI O'RTASIDAGI

XALQARO ANJUMANLAR

Shoiraxon No'monovna To'ychiyeva O'zbekiston davlat sa'nat va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada, yurtimizda kitobxonlikni yuksaltirish hamda jahon tajribalari asosida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish yo'lidagi xalqaro hamkorlik munosabatlarning olib borilishi ifodalangan.

Kalit so'zlar: Axborot-kutubxona, mamlakat, Milliy kutubxona, xalqaro, Central Asia, xalqaro, zamonaviy, elektron.

INTERNATIONAL CONFERENCES BETWEEN UZBEKISTAN AND

FOREIGN STATE LIBRARIES

Shoirakhan Nomonovna Toychiyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the promotion of reading in our country and the development of the information-library sector based on world experiences are expressed.

Keywords: Information library, country, National Library, international, Central Asia, international, modern, electronic.

Davlatning taraqqiy etishi va millatning yuksalishida axborot-kutubxonalarning ham hissasi juda kattadir, chunki dunyodagi erishilgan ilm-fan sohasidagi jamiki yutuqlar majmuasi kutubxonalarda jamlangan bo'ladi. Kutubxonalardan foydalanuvchilarning nazariy tajribalar almashinuvi, har bir sohaga oid zamonaviy bilimlarini mustahkamlash, o'quv jarayonida zarur materiallar va qo'llanmalardan unumli foydalanish va ta'limga oid bir qator tadbirlarni amalga oshirishning asosi ham shu yerda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda barcha insonlar kitob o'qimay turib yuksak taraqqiyotga erishib bo'lmasligini anglamoqda, shuning uchun ham kutubxonalar salohiyatini yuksak darajaga ko'tarish hamda xalqaro andozalarga moslashtirish zamon talabiga aylangan.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalarining yuqori darajada rivojlanib borayotganligi tufayli, axborot-kutubxona muassasalari ham yangicha qiyofa kasb etmoqda. Bugungi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha axborot-kutubxona muassasalarining axborot resurslariga lokal va internet orqali kirish,

I ibiSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

axborot bibliografik xizmat ko'rsatish, elektron resurslardan masofaviy foydalanish va yetkazib berish, ma'lumot-axborot xizmat ko'rsatish faoliyatlari yo'lga qo'yilgan.

Mamlakatimizda kitobxonlikning rivojlantirish yo'lida an'anaviy xalqaro konferensiyalar, seminarlar, turli milliy va xorijiy grantlar jalb qilinib, tajribalarni o'rganish va o'zimiz erishgan yutuqlar yuzasidan xalqaro ilmiy forumlarda chiqishlar qilinmoqda. Soha rivoji uchun Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi juda ko'plab xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan anjumanlarda ishtirok etib, yurtimizda konferensiyalar, seminarlar tashkil etib kelmoqdalar. Ayniqsa, bugungi kunda respublikamizda axborot-kutubxona sohasini yuqori darajaga ko'tarish, foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko'rsatish darajasini oshirish hamda sohadagi yutuqlarimizni yuzaga chiqarish borasida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining rahbari Umida Teshaboyevaning sa'y harakatlari katta bo'lmoqda. Uning ko'p yillik ish tajribasi hamda o'z ishiga talabchanlik, mas'uliyat bilan yondashishi evaziga 2020-yil noyabrdagi Yevroosiyo kutubxona assambleyasining XXIV umumiy yig'lishida ishtirok etib, MDH mamlakatlari kutubxonalarining 2020-2024-yillarda Yevroosiyo kutubxonalar assamblieyasi kengashiga o'tkazilgan saylovda Umida Teshaboyeva vitse-prezident lavozimiga tayinlandi1. Bunday yuksak ishonch mamlakatimiz axborot-kutubxonalarining taraqqiyot darajasi rivojlangan horijiy kutubxonalar qatoriga qo'shilayotganligidan dalolatdir.

Agar respublikamizning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 1999-yildan buyon kutubxona sohasining fidoiy mutaxassislarining tashabbusi hamda horijiy tashkilotlar ko'magida "Fan, texnika va biznes sohalarida kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish-Central Asia" Xalqaro anjuman o'tkazila boshlangan. Konferensiyada dunyoning yetakchi kutubxonashunos va bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jaroyonlarini avtomatlashtirish bo'yicha mutaxassaislar ishtirok etganlar.

Bo'lib o'tgan dastlabki anjumanda Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Latviya, Litva, Shvetsiya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi mamlakatlar bilan soha rivoji uchun grantlar ajratilib hamkorlik o'rnatilgan. Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonashunos-bibliograflari, talabalar, mamlakatimizning yirik kutubxonalari xodimlari qatnashdilar. Ayniqsa, bu borada Germaniyaning Gyote instituti faoliyti juda samarali bo'lgan. Bu institut yordamida Samarqand viloyat AKMda, Toshkent shahar sanoat kasb-hunar kollejining ARMda nemis o'quv zallari tashkil etilgan, kompyuter va ilg'or texnika vositalari bilan jihozlandi, adabiyotlar va

^utubxonachilik sohasida quvonchli voqea /Taxririyat // Infolib.-2020.-№4(24).-lb.

65

elektron resurslar fondi tashkil etildi.2 Ushbu hamkorliklarning natijasida mamlakatimizda dastlabki xususiy elektron resurslar yig'ish, yig'ma elektron kataloglar yaratish ishlari shakllana boshlagan.

Bundan tashqari, 20l4-yilda yurtimizdagi axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari Koreya Respublikasining Kyonxi unversiteti markaziy kutubxonasida zamonaviy kutubxonalarning boshqarish usullarini o'rganish masalasida malaka oshirganlar. Respublikamizdagi joriy etilgan ilk Milliy umumta'lim elektron kutubxona (UZNEL) loyixasi ham Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg'armasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Ushbu dastlabki loyiha asosida O'zbekiston milliy kutubxonasi va viloyatlardagi 20 ta kutubxonalar o'zaro bog'langan. Kelgusida loyiha asosida o'zaro tarmoqlarga bog'lanish O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan 200 ta kutubxonani qamrab olish rejalashtirilgan.

Yuqorida ta'kidlangan kutubxonashunoslik sohasi hamda kitobxonlikning rivojlanish yo'lidagi "Central Asia: fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari" Xalqaro anjumanlarning mamlakatimizda o'tkazib kelish an'anaga aylangan, ular yildan-yilga yangicha usullarda olib borilmoqda. Axborot-texnologiyalarning rivojlanishi tufayli xalqaro miqyosdagi konferensiyalar Zoom platformasida ham efirga uzatilib, onlayn qatnashuvchilar soni ortib bormoqda.

"Central Asia-2022: fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari" XV Xalqaro konferensiyasi Andijon shahrida bo'lib o'tdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi mamlakatimizda fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini rivojlantirish hamda qo'llashda axborot-kutubxona muassasalari, o'quv yurtlari, arxivlar, muzey va boshqa tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish, kutubxona ishini yanada yuqori bosqichga ko'tarish, mavjud muammolarni bartaraf etish, yutuq va ilg'or tajribalarni ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Ushbu xalqaro anjumanda Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Respublikamizning barcha viloyatlari axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, umuman, sohaning 400 nafardan ziyod mutaxassislari, shuningdek, Germaniya, Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston, Belarus kabi xorijiy mamlakatlardan 30 nafar ekspertlar ishtirok etishdi.

Konferensiyada ishtirokchilar "Axborot texnologiyalari asrida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish", "Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bibliografik yozuvlarni yaratish va bibliografik faoliyat", "Respublika axborot infratuzilmasini rivojlantirishda zamonaviy arxivlarning o'rni", "Kutubxona menejmenti va marketingini rivojlantirish muammolari va yechimlari" nomlardagi mashg'ulotlar,

2 Berdiyeva Z.SH. Kutubxonashunoslik /Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.-Toshkent.- "Ilm-ziyo".-2013y.-26 bet

I fcclT^^^^HI 66 http://oac.dsmi-qf.uz

shuningdek, qator yo'nalishlar bo'yicha mahorat darslari hamda davra suhbatlarida qatnashdilar.

Mashg'ulotlarda "Kutubxona va mutolaa madaniyatini oshirish, ijodiy, innovatsion faoliyat va kadrlar salohiyatini yuksaltirish", "Imkoniyati cheklangan -zaif eshituvchilar o'rtasida kitobxonlik targ'ibotining interaktiv metodlari", "Hududiy axborot-kutubxona markazlarida bibliografiya ishi: tahlil, muammo va yechimlar", "Arxivlarning elektron jamiyatdagi o'rni", "Arxiv jarayonlarini avtomatlashtirishning dolzarb masalalari", "Axborot resurslarini shakllantirish va qidirishning texnologik jihatlari" singari o'nlab mavzular muhokama qilindi. Mutaxassislar, xorijlik ekspertlar tomonidan kutubxonachilik ishini yanada yuqori bosqichga ko'tarish, faoliyatga ilg'or va innovatsion ish uslublarini joriy etish, ilg'or tajribalarni o'rganish va ommalashtirish bo'yicha mahorat darslari o'tildi.3

Bundan tashqari respublikamizda 2012-yildan buyon har yili "INFOLIB UZBEKISTAN" milliy axborot-kutubxona haftaliklari bo'lib o'tadi. Ushbu haftaliklar davomida respublikamizda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, foydalanuvchilarga sifatli, zamonaviy usullarda xizmatni joriy etish, kitobxonlik, kitob mutolaasini targ'ib qilish, yoshlarni intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularni kutubxonalarga qiziqishlarini oshirishdir.

"INFOLIB UZBEKISTAN - 2022" XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh kutubxonachilar forumi, amaliy seminarlar, yangi kitoblarning taqdimotlari, uchrashuvlar, muloqotlar, ko'plab qiziqarli tadbirlar, mahorat darslari, psixologik treninglar bo'lib o'tdi.

Haftalikda Rossiya davlatidan ham vakillar ishtirok etishdi. Moskva davlat madaniyat instituti rektori Yekaterina Kudrina ham haftalikda ishtirok etib, u axborot-kutubxona sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini juda ahamiyatli ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ham xalqaro hamkorlikdagi uchrashuvlar, Zoom orqali masofaviy konferensiyalar o'tkazib boriladi. 2022-yil 24-25-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi "Sharqiy Sibir davlati Madaniyat instituti" hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali "Kutubxona-axborot faoliyati" yo'nalishi professor o'qituvchilari "Raqamli asrda kitob madaniyati" nomli Xalqaro Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. Ushbu anjumanning asosini ham kitob, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalasini tashkil etdi.

Xulosa qilib aytganda, har bir qilinayotgan harakatlar Yangi O'zbekistonda -ma'rifatli jamiyatni, madaniyat va san'atni yuksaltirish, yoshlarni sog'lom e'tiqod

1 https://uza.uz/oz/posts/xalqaro-konferensiya-tajriba-organish-maydoniga-aylandi_375752

ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o'zaro hurmatni mustahkamlash, bundan tashqari respublikamizdagi axborot-kutubxona tizimini yanada takomillashtirish, sohani ilmiy tadqiq qilish, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdiyeva Z.SH. Kutubxonashunoslik /Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.-Toshkent.- "Ilm-ziyo".-2013y.- 397 bet

2. Kutubxonachilik sohasida quvonchli voqea /Taxririyat // Infolib.-2020.-№4(24).-1b.

3. Teshaboyeva Umida. Rivojlangan kutubxonalar mamlakat taraqqiyotining belgisidir /U Teshaboyeva //Infolib.-2020.-№3, -2 b.

4. Teshaboyeva Umida. Rivojlangan kutubxonalar mamlakat taraqqiyotining belgisidir /U. Teshaboyeva//Infolib.-2021.-№3, -7 b.

5. Qilichboyev Obodboy. Kitobxonlik rivoji yo'lidagi an'anaviy xalqaro konferensiya./ Obidov Q. // Kutubxona.UZ.- 2021№ 2.-3b.

6. Yo'ldosheva S. O'qish psixologiyasi./ O'quv qo'llanma.-Qo'qon, ART PRESS, 2022.-146 b.

7. To'ychiyeva Sh. Bolalar kitobxonligi /Sh.To'ychiyeva //Oriental ART and Culture.-2022.-№1.-77-81 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.