Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA BOG’DORCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDAGI YUTUQLAR'

O’ZBEKISTONDA BOG’DORCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDAGI YUTUQLAR Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
296
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog’dorchilik / uzumchilik / tok / issiqxona / vinochilik / eksport daromadi

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Hasanova Nishona Normurotovna

Ushbu maqolada dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan bog’dorchilik va uzumchilik tarixi, uzumchilik sohasida bugungi kundagi islohotlar, O’zbekistonning uzum eksporti va jahonda uzumchilik sohasidagi o’rni bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA BOG’DORCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDAGI YUTUQLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'ZBEKISTONDA BOG'DORCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDAGI YUTUQLAR

Hasanova Nishona Normurotovna

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8001921

Annotatsiya. Ushbu maqolada dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan bog'dorchilik va uzumchilik tarixi, uzumchilik sohasida bugungi kundagi islohotlar, O'zbekistonning uzum eksporti va jahonda uzumchilik sohasidagi o'rni bayon etilgan.

Kalit so'zlar: bog'dorchilik, uzumchilik, tok, issiqxona, vinochilik, eksport daromadi.

Mamlakatimizda uzum qadim zamonlardan beri yetishtirib kelinadi. Uni mavjudligi eramizdan oldingi IV asrlarda yozma adabiyotlarda mavjudligi bilan ajralib turadi. Uzumchilik qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan bo'lib, aholining oziq-ovqatga va sanoatni esa xom-ashyoga bo'lgan talabini qondiradi. O'zbekistonning tuproq va iqlim sharoiti bu ekin uchun nisbatan qulay bo'lgani uchun u mamlakatimizning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida o'stiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan "Uzumchilik bu -xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, g'ururi va daromad manbai hisoblanadi. Uzum xalqimizning turmush tarzi va urf-odatlari bilan bevosita bog'lanib ketgan" [1] deb ta'kidlanishi ham chuqur ma'no yotadi.

Tok qimmatbaho ekin hisoblanadi. Uzum mevasi tarkibida 15-30% hatto so'litilganda 40-50%gacha shakar, organik kislotalar, pektin, o'simlik yelimi, bir qancha fermentlar, A, V, V, S vitaminlar va tuzlar bo'ladi. Bugungi kunda tokzorlarning umumiy maydoni 7 mln 546 ming gektarni, yalpi uzum hosili 62 mln tonnani tashkil etmoqda. Yetishtirilgan uzum hosilining asosiy qismi-83% vino tayyorlash, 12% istemol qilish va 5% qurutish (mayiz) uchun ishlatiladi. Uzumchilikning 4 asosiy yo'nalishi: xo'raki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (sharbatlar, konserva mahsulotlari tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud [2, 33-b.].

Pishgan uzum sarxilligida yeyiladi. Undan mayiz, qiyom, shinni, sharbat, kompot tayyorlanadi. Sharbatidan vino va konyak olinadi. Uzum nafaqat ovqat, balki yurak-tomir, asab, oshqozon-ichak, kamqonlik sil, va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda ishlatiladigan nodir meva hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo'yicha mayiz ishlab chiqarish hajmi 1,220 mln tonnani tashkil etmoqda [3, 174-175-b.]. Yalpi mayiz yetishtirish bo'yicha O'zbekiston jahonda yettinchi o'rinni egallab (32,893 ming tonna) kelmoqda va unda germiyonning ulushi 8-10 ming tonnani tashkil etmoqda.

Mamlakatimizda germiyon mayizini ishlab chiqarish hajmini oshirish tashqi bozorda raqobatbatbardosh bo'lgan mahsulot eksporti hajmini oshirishga imkon beradi. Uzum yetishtirish bo'yicha Xitoy dunyoda eng yetakchi davlat hisoblanadi. U yiligi 15 mln tonna uzum yetishtishtirib beradi. Mashhur uzum navi ixtirochisi Musamuhamedov Rizamat ota (1881-1979)-dunyoga mashhur o'zbek uzumchiligi mirishkoridir. Rizamat ota ikki marta Mehnat Qahramoni, davlat mukofotlari laureate, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi, Respublikada xizmat ko'rsatgan agranom va uzumchi unvonlariga sazovor bo'lgan. U XIX asr oxiri Toshkent viloyatidagi "Degress"uzumchilik xo'jaligida ish boshlagan [4, 14-b.].

Mashhur olimlar Strelsov va Shrederlar shogirdi bo'lgan. 1914-1922-yillarda Rizamat ota maxsus "Kensays'' uzumchilik xo'jaligida bosh mutaxasis bo'lib ishlagan. 1950-yildan keyin

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligida uzumchilik yo'nalishida bosh agranom bo'lib ishlash davomida, uzumning yangi ekish usullari va bog' yaratish sxemalarini ishlab chiqqan. Ushbu inson boshchiligida Yevropa va Markaziy Osiyoda 3600 dan ortiq uzum bog'lari yaratilgan. Ota faoliyati davomida 10 dan ortiq uzum navlarini seleksiya qilgan. Valish va so'ritokda uzum o'stirgan birinchi bog'bon ham shu insondir.

O'zbekistonda uzumchilik va vinochilik katta salohiyatga ega va iqtisodning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mintaqamizda sifatli uzum yetishtirish va jahon eksportiga yo'naltirilgan qimmatbaho vino markalarini ishlab chiqarish uchun sharoit mavjud [5, 45-46-b.]. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 2017-2021-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakat strategiyasiga asosan zamonaviy qishloq xo'jaligi texnalogiyalari va tomchilatib sug'orishni amalga oshirish rejalashtirilgan, uning hisobiga uzum hosildorligini oshirish ko'zda tutilmoqda. 2021-yil birinchi choragida 87 ming gektardan ortiq yerni mevali bog'lar va tokzorlar egallagan.

Uzum O'zbekistondan yangi mevalarni eksport qilish reytingida eksport savdosidan tushgan pulning ham miqdori, ham summasi bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi. 2017-yildan 2020-yilgacha mamlakatimiz 117 mingdan 141 ming tonnagacha yangi uzumni tashqi bozorlarga eksport qildi va 2020-yil oxirigacha eksport daromadi 133 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Joriy yilda O'zbekistonda fermer xo'jaliklari uzum yetishtirish uchun issiqxona texnalogiyalarini muvafaqqiyatli joriy etishga kirishdi. Ushbu texnalogiya Janubiy Koreyada keng qo'llaniladi [6, 322-b.]. Yopiq tuproqda uzum yetishtirish: salbiy ob-havo sharoitlari va zarakunandalardan himoya qilishdan tortib ancha erta muddatlarda hosil olish imkoniyatigacha ko'p afzalliklarga ega.

Uzumchilikda nav xilma-xilligi ortib bormoqda- texnik yo'nalishdagi yangi seleksiya navlari ko'paytirildi, ular orasida "Muskat orzu", "Oltinday", "Rodina" va boshqalar [7, 113-116-b.]. 2021-yil uzumning elita navlarini ekishni yo'lga qo'yish maqsadida Navoiy viloyati innovatsion boshqarmasi va Genomika va bioinformatika markazi bilan birgalikda Xatirchi tumaning Oltinsoy, Uchqora va Tasmachi mahallalarida uzumchilikni keng miqyosda tadqiq etish ishlari olib borildi. Samaqand viloyatida 2019-yilda uzum ishlab chiqarish salmog'i boshqa yillardagiga qaraganda yuqori bo'lgan. Uzum yetishtirish bo'yicha viloyatning Bulung'ur, Urgut, Ishtixon va Payariq tumanlari ig'orlikda oldingi o'rinlarda turishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda uzumchilik eng serdaromad sohalardan biri bo'lib, davlat tomonidan uzumchilik va bog'dorchilik sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.07.2021 yildagi PQ-5200-son.

2. "Agro - ilm" jurnali, 4-son, 2021 y., 30-37 b.

3. Temurov Sh. Uzumchilik. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent, 2002. 174-175-b.

4. N.N.Hasanova Agriculture Changes During the Years of Independence in Uzbekistan //Eurasian Journal of History, Geography and Economics. - 2023. - T. 18. - C. 14-16.

5. "Qishloq xo'jalik" gazetasi, 7-son, 2021 y., 45-46 b.

6. N.N.Hasanova "Qishloq xo'jaligida donli ekinlar." Innovations in Technology and Science Education 2.8 (2023): 321-325.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

7. Abdullayev, R.M., Mirzayev, M.M., Nabiyev, U.Y., Abror (2013) Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamonaviy texnologiyasi. Toshkent: Sharq-Nashriyoti-Matbaa Aksiyadorlik Kompaniyasi, 113-116-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.